WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
纳曼干国立技术大学

应用数学与信息学

硕士 全日制 2年

专业介绍

Buxgalteriya hisobi (Tarmoqlar va sohalar bo’yicha) magistratura mutaxassisligi bo’yicha

Tavsif:

Namangan davlat texnika universiteti “Buxgalteriya hisobi” kafedrasining asosiy maqsadi - “Buxgalteriya hisobi” (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) magistratura mutaxassisligi bo’yicha talabalarga buxgalteriya hisobi, moliyaviy tahlil va audit yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur, tizimli va amaliy bilim berish orqali ularning kasbiy tafakkurini kengaytirish, analitik fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda ularni malakali, mas’uliyatli va raqobatbardosh mutaxassislar sifatida shakllantirishdir. 

Kafedra faoliyatining bosh maqsadi - talabalarda milliy va xalqaro buxgalteriya standartlariga asoslangan hisob yuritish madaniyatini, halollik, aniqlik va kasbiy etika tamoyillariga sodiqlikni shakllantirishdir. Shuningdek, kafedra O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, soliq va moliya siyosati mohiyatini talabalarga chuqur tushuntirish, ularning moliyaviy savodxonligini oshirish hamda bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil tahlil va qaror qabul qila oladigan buxgalter va auditorlarni tayyorlashni o‘zining ustuvor yo‘nalishi deb biladi

Faoliyatni ishlab chiqarish bilan bog’lash: bugungi kunda magistrantlarga barcha fanlardan namunaviy dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular asosida ishchi fan dasturlari muntazam takomillashtirilib boriladi. Bitiruvchilari iqtisodiyotni turli sektorrlarida, xususan auditorlik tashkilotlarida, ishlab chiqarish korxonalarida, tijorat banklari, moliya bo’limlari, sug’urta tashkilotlari va iqtisodiyotning turli sohalarida, bundan tashqari oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida pedagogik faoliyat olib borishlari mumkin.

loyiha-tahliliy: iqtisodiyotni turli sektorrlarida, xususan auditorlik tashkilotlarida, ishlab chiqarish korxonalarida, tijorat banklari, moliya bo’limlari, sug’urta tashkilotlari va iqtisodiyotning turli sohalarida mavjud muammolarni aniqlash va ularga tizimli yechimlar ishlab chiqish;

 

ilmiy-tadqiqot: Kafedra professor-o‘qituvchilari buxgalteriya hisobi, moliya, audit va iqtisodiy tahlil yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bilan bir qatorda, o‘quv jarayonida nazariy bilimlarni amaliyot bilan uzviy bog‘lashga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Buxgalteriya fanlaridan o‘quv yuklamalarini to‘liq va sifatli bajarish uchun har bir o‘qituvchi o‘z ustida muntazam ishlaydi, ilmiy yangiliklar, xalqaro standartlar va ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida malakasini oshirib boradi. Shu bois kafedra tasarrufidagi barcha fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar zamonaviy ilmiy talablarga muvofiq muntazam yangilanadi. Kafedra ilmiy-tadqiqot ishlarining ustuvor yo‘nalishi sifatida “Kichik biznes subyektlarida buxgalteriya hisobi va byudjetlashtirishni takomillashtirishning ilmiy asoslari”,“Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish yo‘nalishlari” va “Xo’jalik yurituvchi subyektlarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish masalalari” mavzulari doirasida izlanishlar olib borilmoqda. O’z navbatida talabalar ishlab chiqarish bilan uzviy holda ta’limni olib boorish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Buxgalteriya hisobi kafedrasi ilmiy-tadqiqot va o‘quv-uslubiy ishlar yo‘nalishida mamlakatimizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Jumladan, kafedra “Mirzo Ulug‘bek” nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Namangan davlat universiteti, TITU Namangan filiali, shuningdek, Malayziyaning Malayya universiteti, Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti, M. Satpayev nomidagi Qozog‘iston texnika universiteti, Belarus milliy texnika universiteti va Manas nomidagi Qirg’iz-Turk universiteti bilan ilmiy va uslubiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Magistratura dasturida siz 4 semestir(2 yil) davomida jami:
120 kredit
to’plashingiz zarur bo’ladi.

Jami auditoriya soati: 1800 soat

Ilmiy pedagogik va malkaviy amaliyot: 600 soat

Ilmiy tadqiqot ishi va magsitrlik dissertatsiyasi: 1200 soatni tashkil etadi.

O’quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

52

1,2,3

Magsitrlik dissertatsiya ishini himoya qilish

Ilmiy pedagogik va malkaviy amaliyot

20

1,2,3,4

Attestatsiya

10

1 – 4

Yakuniy davlat attestatsiyalari

5

4

Ta’tillar

25

1 – 4

Kredit ta’lim tizimiga kirish

5

1,3

GPA ko’rsatgichini hisoblash

3

2, 4

 

Jami

120

   

 

Qo’shimcha izoxlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi

 

相似专业