专业介绍
Ekologiya (Magistratura)
Tavsif:
Ushbu ta’lim dasturi – fan va texnika, ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilishning zamonaviy ilmiy-nazariy, uslubiy va boshqaruv asoslarini chuqur o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan. Dastur magistrantlarda ekologiya, tabiatdan oqilona foydalanish, atrof muhitni muhofaza qilish, ekologik boshqaruv va ekologik xavfsizlik sohasidagi milliy hamda xalqaro me’yoriy-huquqiy hujjatlar, zamonaviy ilmiy yondashuvlar va innovatsion texnologiyalar bo‘yicha yuqori darajadagi bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni shakllantirishni nazarda tutadi.
Ta’lim dasturi ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatining atrof muhitga ta’sirini ilmiy asosda baholash, ekologik monitoringni tashkil etish va takomillashtirish, atmosfera havosi, suv, tuproq, biologik xilma-xillik hamda boshqa tabiiy resurslarning ekologik holatini kompleks tahlil qilish va prognozlash, tabiiy resurslardan barqaror va samarali foydalanishning zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etishni qamrab oladi. Shuningdek, chiqindilarni boshqarish, resurs tejamkor va kam chiqindili texnologiyalarni qo‘llash, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, iqlim o‘zgarishi sharoitida ekologik barqarorlikni mustahkamlash hamda barqaror rivojlanish tamoyillarini ishlab chiqarish va boshqaruv amaliyotiga integratsiya qilish bo‘yicha kompetensiyalarni rivojlantiradi.
Dastur doirasida magistrantlar ekologik monitoring, ekologik audit, atrof muhitga ta’sirni baholash (AMTB), strategik ekologik baholash, ekologik risklarni tahlil qilish va boshqarish, ekologik me’yorlar va standartlarni ishlab chiqish hamda takomillashtirish, ekologik menejment tizimlarini joriy etish va ularning samaradorligini baholash, atrof muhit ifloslanishining oldini olishga qaratilgan ilmiy asoslangan va innovatsion yechimlarni ishlab chiqish, shuningdek, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis sifatida tayyorlanadilar.
Yuqоrida keltirilgan kasbiy faоliyat sоhalarining
ishlab chiqarish: sanoat korxonalari, qurilish tashkilotlari, transport, energetika, neft-gaz, kimyo, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi, kommunal xo‘jalik, xizmat ko‘rsatish hamda boshqa tarmoqlardagi tashkilotlarda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha rahbar, bosh mutaxassis, ekspert, ekolog-auditor yoki maslahatchi sifatida professional faoliyat yuritish; ekologik boshqaruv tizimlarini ishlab chiqish, joriy etish, takomillashtirish va ularning samaradorligini baholash; ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatining atrof muhitga ta’sirini kompleks tahlil qilish, ekologik risklarni aniqlash, baholash va boshqarishning zamonaviy usullarini qo‘llash; ekologik monitoring, ekologik audit, atrof muhitga ta’sirni baholash (AMTB) hamda strategik ekologik baholash jarayonlarini tashkil etish va ularning natijalari asosida boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish; ekologik me’yoriy-huquqiy va me’yoriy-texnik hujjatlar, korporativ ekologik standartlar hamda ekologik menejment tizimlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va amaliyotga tatbiq etish; tabiiy resurslardan oqilona va barqaror foydalanish, chiqindilarni kompleks boshqarish, atmosfera havosi, suv resurslari va tuproqni muhofaza qilishga qaratilgan innovatsion texnologiyalarni joriy etish; ekologik xavfsizlikni ta’minlash, ishlab chiqarish jarayonlarida barqaror rivojlanish tamoyillarini integratsiya qilish hamda ekologik talablarga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish; ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish, ekologik loyihalar va dasturlarni boshqarish hamda ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etish.
loyiha-tahliliy: korxona va tashkilotlarda ekologik boshqaruv tizimlarini loyihalash, joriy etish, baholash va takomillashtirish; ishlab chiqarish hamda xo‘jalik faoliyatining atrof muhitga ta’sirini kompleks tahlil qilish, ekologik xavf va risklarni identifikatsiya qilish, modellashtirish, baholash va boshqarishning zamonaviy usullarini qo‘llash; atrof muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish, resurslardan samarali foydalanish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan innovatsion texnik, texnologik va tashkiliy yechimlarni ishlab chiqish; ekologik me’yorlar, standartlar va xalqaro talablar asosida loyiha hujjatlari, ekologik monitoring dasturlari, ekologik menejment rejalari, chiqindilarni boshqarish strategiyalari hamda boshqa me’yoriy-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish; yangi texnologiyalar, ishlab chiqarish obyektlari va uskunalarning ekologik talablarga muvofiqligini ilmiy asosda baholash, ekologik ekspertiza, atrof muhitga ta’sirni baholash (AMTB) va strategik ekologik baholash jarayonlarini tashkil etish hamda ularning natijalari asosida boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish; ekologik loyiha va dasturlarni boshqarish, ularning samaradorligini baholash hamda ilmiy tadqiqot natijalarini ishlab chiqarish amaliyotiga tatbiq etish;
ilmiy-tadqiqot: ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish yo‘nalishida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni zamonaviy metodologiyalar asosida rejalashtirish, tashkil etish va amalga oshirish; ilmiy tadqiqot natijalarini kompleks tahlil qilish, ilmiy asosda umumlashtirish, baholash hamda ularni ishlab chiqarish va boshqaruv amaliyotiga joriy etish; atmosfera havosi, suv, tuproq, biologik xilma-xillik, tabiiy resurslar va ekotizimlarning ekologik holatini monitoring qilish, modellashtirish, prognozlash va baholash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish; ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatining atrof muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan innovatsion texnologiyalar, resurs tejamkor va ekologik xavfsiz yechimlarni ishlab chiqish hamda ularning samaradorligini baholash; ekologik monitoring, ekologik audit, atrof muhitga ta’sirni baholash (AMTB), strategik ekologik baholash va ekologik risklarni boshqarishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli platformalar, avtomatlashtirilgan monitoring va geoaxborot tizimlaridan (GIS) foydalanish hamda ularni takomillashtirish; ekologik ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun zamonaviy o‘lchash vositalari va ilmiy tadqiqot usullarini tanlash, laboratoriya va dala sharoitida eksperimental tadqiqotlarni amalga oshirish, olingan natijalarga statistik va matematik ishlov berish, ilmiy xulosalar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqish; ilmiy loyihalar, grantlar va innovatsion ishlanmalarni bajarish, ularning natijalarini ilmiy nashrlar, konferensiyalar va boshqa ilmiy platformalarda taqdim etish hamda amaliyotga tatbiq etish.
Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestr (2 yil) davomida jami:
120 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi.
Jami auditoriya soati: 750 soat
Ilmiy faoliyat: 720 soat
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
45 |
1 – 3 |
Magistrlik dissertatsiya ishini himoya qilish |
|
Ilmiy amaliyot (stajirovka) |
8 |
4 |
|
|
Attestatsiya |
6 |
1 – 4 |
|
|
Davlat attestatsiyasi |
2 |
4 |
|
|
Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash |
7 |
4 |
|
|
Ta’tillar |
29 |
1 – 4 |
|
|
Kredit ta’limi tizimiga kirish |
3 |
1-3 |
|
|
Jami |
100 |
|
|
Qo‘shimcha izoxlar:
- 1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
- Kurs loyiha, kurs ishlari uchun talabaga mustaqil ta’lim soatlaridan 30 akademik soatni ajratgan holda 1 kredit beriladi.
- Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish kiradi.
- Ilmiy amaliyot va tajriba orttirish oliy ta’lim, ilmiy tadqiqot muassasalari hamda bazaviy tashkilot va korxonalarida o‘tkaziladi.
相似专业
塔什干国立农业大学
O‘simliklar himoyasi va karantini
12 400 000 so'm
每年
塔什干国立农业大学
生态学
12 400 000 so'm
每年
安集延国立技术大学
Atrof-muhit muhandisligi
—
铁尔梅兹国立大学
Cleaning of industrial waste (recuperation)
9 416 400 so'm
每年
绿色大学
Environmental Sciences and Research, Environmental Analysis, Knowledge and Innovation Management
29 714 040 so'm
每年
Samarkand Agroinnovations and Research University
Защита окружающей среды
17 936 000 so'm
每年