WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
纳曼干国立技术大学

工程通信建设与安装

硕士 全日制 2年

专业介绍

Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji

Tavsif: fan, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohasidagi mutaxassislik barcha ta'lim muassasalarida mutaxassislikka oid failarni o,qitish, O'zhekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq loyihalash-ilmiy-tadqiqot institutlarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi va hududiy boshqarmalarida, shahar, tuman, Davlat unitar korxonalarida, loyiha- instituti tashkilotlarida kompleks masalalarni yechish; davlat miqyosida, hududiy hamda tarmoq va sohalar kesimida qurilishni rivojiantirish istiqbollarini belgilash, qurilishni boshqarish va uni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish; kasbiy ko'nikmaga, mutaxassislik qobiliyatiga yo'naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.

Yuqоrida keltirilgan kasbiy faоliyat sоhalarining

 ishlab chiqarish: O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi tassarufidagi korxona va tashkilotlari; oliy ta'lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta'lim muassasalarida pedagogik faoliyat; O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida va markazlarida hamda oliy ta'lim muassasalarida ilmiy tadqiqot faoliyati va jarayonlar; respublika uy-joy kommunal sohasida boshqarish jarayonlari; muhandisIik kommunikatsiya tizimlarini boshqarish jarayonlari; muhandislik kommunikatsiy a tizimlari sohasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish jarayonlarida ilmiy-tadqiqot markazlari va loyihalash institutlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari; mutaxassislikka mos kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy ta'lim muassasalarining bo'limlari va o'quv jarayonlariga rahbarlik qilish.

loyiha-tahliliy: Obyektlarning muhandislik kommunikatsiya tizimlari loyihalarini ishlab chiqish va ekspeftiza qilish; muhandislik kommunikatsiya tizimlarini qurish, ta'mirlash va rekonstruksiya qilish loyihalarini tayyorlashda konsruktiv yechimlar, standartlar, qurilish qoidalari va me'yorlari, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik shartlar va boshqa ijro hujjatlariga rioya qilish; muhandislik kommunikatsiyatizimlarini qurish, ta'mirlash va rekonstrkutsiya qilish bilan bog'liq innovatsion loyihalarini ishlab chiqish; muhandislik kommunikatsiya tizimlarini loyihalashda innovatsion texnologiyalarni, texnologik jarayonlarni va yangi qurilish materiallarini qo'llash; loyiha ishlarida zamonaviy usullar va avtomatlashtirilgan kompyuter-texnik vositalaridan foydalanish.

ilmiy-tadqiqot: Manbalarga asoslangan holda, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish, sohaning nazariy va amaliy muammolarini bilish, davr uchun dolzarb, hal etilishi lozim bo'lgan va takomillashtirish talab etiladigan yo'nalishlarga doir mavzulami aniqlay olish; internet tarmog'ida sohaga tegishli eng yangi ilmiy yangilik, texnologik yutuqlar haqidagi ma'lumotlarni maqsadga yo'naltirilgan holda qidirish, topish va amaliyotga qo'llash bo'yicha izlanish olib borish; ilmiy-tadqiqotlarni o'tkazish va yangi ilmiy hamda amaliy natijalarni olish; muhandislik kommunikatsiya tizimlari sohasida o'tkazilayotgan ilmiytadqiqot loyihalari mavzusi bo'yicha modellar, algoritmlar, metodlar, dasturiy yechimlar, instrumental vositalarni tadqiq qilish va ishlab chiqish; namunaviy uslublar va boshqalar bo'yicha eksperimental, loyiha-qidiruv tadqiqotlarni o'tkazish va ularning natijalarini qayta ishlash. ilmiy seminar, konferensiyava simpoziumlarni tashkil etish, o'tkazish hamda faol ishtirok etish bilan shug’ullanadi.

Pedagogik faoliyatida. O'qitish metodikasini egallash; oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimining ta'lim muassasalarida mutaxassisligiga oid tayyorgarlik yo'nalishida nazarda tutilgan o'quv fanlari bo'yicha nazariy, amaliy va Iaboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazish; zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanib noan'anaviy o'quv mashg'ulotlarini o'tkazish; uslubiy hujjatlarni tuzish, tayyorlash va rasmiylashtirish; o'qitilayotgan fan bo'yicha o’quv mashg'ulotlarni o'tkazish uchun o'qitishning texnik vositalaridan foydalanish; mustaqil ta'lim va ijodiy izlanish natijasida o'qitilayotgan fan hamda pedagogik faoliyat sohasidagi turli usullar, vositalar va boshqa sohalarda o'z-o'zini muntazam takomillashtirib borish; arxitektura va qurilish sohasi uchun DTS, Malaka talablari, Davlat talablari va boshqa o’quv-me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.

Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestir(2 yil) davomida jami:
120 kredit
to’plashingiz zarur bo’ladi.

Jami auditoriya soati: 3600 soat

Ilmiy faoliyat: 1800 soat

Davlat attestatsiyasi: 120 soatni tashkil etadi.

O’quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va ilmiy faoliyat

45

1 – 3

Magistrlik dissertasiyasini himoya qilish

Ilmiy amaliyot

7

4

Ilmiy-tadqqiqot ishi va magistrlik dissertasiyasini tayorlash

6

1-4

Attestatsiya

6

1 – 3

Davlat attestatsiyalari

4

4

Ta’tillar

44

1 – 4

Kredit ta’lim tizimiga kirish

3

1,2,3

 

Jami

100

   

Qo’shimcha izoxlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi

相似专业