WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
纳曼干国立技术大学

市场营销

硕士 全日制 2年

专业介绍

70411201 – Marketing

magistratura mutaxassisligi

Tavsif:

Ushbu magistratura mutaxassisligi barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlari hamda ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tadqiqot faoliyatini yuritish, turli mulkchilik shaklidagi korxonalar, nodavlat va notijorat tashkilotlar, markaziy va mahalliy davlat boshqaruv organlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida marketing faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.

Kasbiy faoliyat sohalari va obyektlari:

Davlat va nodavlat tashkilotlar, korxonalar va muassasalar, kompaniyalar, ishlab chiqarish birlashmalari va soha korxonalarida iqtisodiy faoliyat; Fanlar akademiyasi, tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari hamda oliy ta’lim muassasalaridagi ilmiy-tadqiqot jarayonlari; real sektor korxonalarining rivojlanish strategiyasini ifodalovchi iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi; davlat va mahalliy boshqaruv organlari, iqtisodiyot va savdo sohalaridagi boshqaruv jarayonlari; assotsiatsiyalar, korporatsiyalar, konsernlar, firmalar, kompaniyalar, xoldinglar va ishlab chiqarish birlashmalarida marketing faoliyatini tashkil etish va boshqarish; aksiyadorlik jamiyatlari, qo‘shma va xorijiy korxonalar, sug‘urta va lizing kompaniyalarining bozor faoliyati; iste’mol tovarlari va xizmatlar bozori subyektlari; marketing tadqiqotlari, strategik rejalashtirish va marketing xizmatlarini tashkil etish; birjalar, bitimlar, shartnomalar va kontraktlar; ilmiy-tadqiqot markazlari va loyihalash institutlarida ilmiy-tadqiqot ishlari hamda nazariy konsepsiya va ishlanmalar yaratish.

Kasbiy faoliyat turlari:

Ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyat: ilmiy va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish, tajriba natijalarini tahlil qilish, ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish; ilmiy maqola, ma’ruza, risola va o‘quv adabiyotlarini tayyorlash; ilmiy seminar, konferensiya va simpoziumlarni tashkil etish; ilmiy loyihalar ishlab chiqish; oliy ta’lim, qayta tayyorlash, malaka oshirish va professional ta’lim muassasalarida pedagogik hamda o‘quv-uslubiy faoliyat yuritish.

Moliyaviy-iqtisodiy, hisob, tahlil va nazorat faoliyati: iste’mol tovarlari va xizmatlar bozorini miqdoriy va sifat mezonlari bo‘yicha o‘rganish; marketing tadqiqotlarini olib borish; bozor subyektlarining moliyaviy barqarorligini oshirish yo‘llarini ishlab chiqish; mikro va makro darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish; moliyaviy operatsiyalar va moliya bozori faoliyatini monitoring qilish; ichki nazorat va audit tizimining samaradorligini baholash.

Tashkiliy-boshqaruv, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati: korxonalar marketing faoliyatini tashkil etish va boshqarish; marketing jarayonlarini rejalashtirish; zamonaviy raqamli marketing kommunikatsiya tizimlarini yaratish; bozor monitoringi va tovarlar sifatini baholash usullarini ishlab chiqish; marketing bo‘linmalari tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish; resurslardan samarali foydalanishni rejalashtirish; marketing innovatsiyalari va texnologiyalarini joriy etish.

Konsalting xizmati: iqtisodiy faoliyat bo‘yicha tahliliy sharhlar ishlab chiqish; mutaxassislikka mos loyihalarni ekspertiza qilishda qatnashish; mutaxassislikka oid hamda marketing konsalting xizmatlarini ko‘rsatish.

Axborot-tahliliy faoliyat: bozor axborotlarini yig‘ish va qayta ishlash; bozor konyunkturasi, iste’molchilar va raqobat muhitidagi o‘zgarishlarni sifat va miqdor jihatdan tahlil qilish; marketing tadqiqotlari va faoliyati natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash; korxonalarning bozordagi muammolarini yechishga qaratilgan tahliliy ishlar olib borish; marketing faoliyati samaradorligini baholash.

Mutaxassislik bitiruvchilari oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish hamda professional ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.

 

Ta’lim muddati va o‘quv yuklamasi

Ta’lim shakli: kunduzgi.

Magistratura dasturining me’yoriy muddati: 2 yil.

Jami: 3600 soat, 120 kredit.

Fanlar katalogi bo‘yicha jami yuklama: 1800 soat, 60 kredit.

Ilmiy-pedagogik ish va malaka amaliyoti: 600 soat, 20 kredit, 1–4-semestrlar.

Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash: 1200 soat, 40 kredit, 1–4-semestrlar.

Kvalifikatsiya: marketolog (pedagog-tadqiqotchi).

T/r

O‘quv jarayonining tarkibiy qismi

Soat

Kredit

Semestr

1

Majburiy fanlar

900

30

1–2

2

Tanlov fanlari

900

30

2–3

3

Fanlar katalogi bo‘yicha jami

1800

60

1–3

4

Ilmiy-pedagogik ish va malaka amaliyoti

600

20

1–4

5

Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash

1200

40

1–4

 

Jami

3600

120

 

Amaliyot va ilmiy faoliyat turlari:

Ilmiy-pedagogik ish va malaka amaliyoti

Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash

Qo‘shimcha izohlar:

Ilmiy amaliyot umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan olingan nazariy bilimlarni amaliy jarayonlar bilan uyg‘unlashtirishga qaratiladi.

Amaliyot tegishli ilmiy-tadqiqot va amaliy ko‘nikmalar, kompetensiyalar hamda malakalarni shakllantirishni nazarda tutadi.

Mutaxassislik Milliy malaka talabining 7-malaka darajasiga mos keladi.

 

相似专业