专业介绍
Yo‘l muhandisligi (avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiyasi)
Tavsif:
Ushbu ta’lim dasturi - ishlab chiqarish texnika sohasidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, O‘zbekiston Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi va xususiy avtomobil yo‘llarni, ko‘priklar, tonnellar va boshqa sun’iy inshootlarni, shahar yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish, yo‘llarni ko‘kalamzorlashtirish korxonalarida loyiha - qidiruv ishlari, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, texnik-iqtisodiy hisoblash, loyiha ekspertiza ishlari, avtomobil yo‘llarini qurish, qurilishni tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish, ekspluatatsiya qilish, ishlar sifat nazoratini ta’minlash, avtomobillar harakat xavfsizligini ta’minlashda muhandislik hisoblashlarni qo‘llash, ularga algoritmlar tuzish va matematik ta’minotini ishlab chiqish, yo‘l muhandisligiga rahbarlik qilish kabi ko‘nikmalarga yo‘naltirilgan inson faoliyatiga bog‘liq kompleks masalalar va kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.
Yuqоrida keltirilgan kasbiy faоliyat sоhalarining
ishlab chiqarish: Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari Qo‘mitasi strukturasiga kiruvchi va xususiy yo‘l ekspluatatsiya korxonalarida yo‘l laboratoriyasi laboranti, laboratoriya mudiri, texnik, yo‘l ustasi, yo‘l ekspluatatsiyasi muhandisi, harakat xavfsizligi muhandisi, texnolog, mutaxassis, yetakchi mutaxassis, yo‘l ta’mirlash bo‘limi boshlig‘i, ishlab chiqarish texnik va ekspluatatsiya bo‘limi boshlig‘i, bosh muhandis, korxona direktori o‘rinbosari, yo‘l xo‘jaligi ishlab chiqarish korxonalarida muhandis, bosh nuhandis, hududiy boshqarma direktori, avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bo‘limlari boshliqlari, qo‘mita raisi o‘rinbosari, avtomobil yo‘llari tarmog‘ini ekspluatatsiya qilish tizimida har qanday lavozimlardagi kvalikatsiyalariga ega bo‘ladi.
loyiha-tahliliy: avtomobil, shahar yo‘llari va ulardagi sun’iy inshootlarni loyihalash va qurish ishlarini, qidiruv, o‘lchash ishlarini bajarish, avtomatlashtirilgan loyihalash, loyihalash jarayonida tizimli yondashish, yo‘l muhandisligi ishlatiladigan konstruksiyalarini zavod va poligonlarda ishlab chiqarish jarayonlarini tanlash, xom ashyolarga ishlov berish va mahsulotlarni ishlab chiqarish loyihasini tuzishni amalga oshira olishi, yo‘llar va ulardagi sun’iy inshootlarni reabilitatsiya, diagnostika va rekonstruksiya qilish uchun ularni texnik holatini tekshirish va baholash.
ilmiy-tadqiqot: avtomobil, shahar yo‘llarini loyihalash, qurish, ekspluatatsiya qilish, avtomobil, shahar yo‘llaridagi sun’iy inshootlar yo‘nalishlariga mos keluvchi ilmiy-texnik axborotlar, ilg‘or mahalliy va xorijiy tajribalarni bilishi, avtomobil va temir yo‘llari, shahar yo‘llari, avtomobil va temir yo‘llaridagi sun’iy inshootlarni loyihalash bo‘yicha o‘tkaziladigan tajriba maqsad va vazifalarni qo‘yish, avtomobil va temir yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishda muhandislik hisoblarini dasturiy ta’minotini ishlab chiqish, avtomobil va temir yo‘llari, shahar yo‘llari va ulardagi sun’iy inshootlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha ilmiy-texnikaviy ma’lumotlarni yig‘ish, ishlov berish, tahlil qilish va olingan ma’lumotlarni tizimlashtirish, yo‘l muhandisligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot natijalarini va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish, internet tarmog‘ida eng yangi ilmiy, texnologik va ekspluatatsion yutuqlar haqida ma’lumotni maqsadga yo‘naltirilgan holda qidirish va topish, hamda tadqiqot natijalari va ishlanmalarni tatbiq etish, ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda xalqaro tajribalarga asoslanib tuzilgan dasturlar bo‘yicha avtomobil va temir yo‘llari, shahar yo‘llari va ulardagi sun’iy inshootlarni qidiruv va loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarini tadqiq qilish, bajarilayotgan loyiha ishlari bo‘yicha matematik va imitatsion modellarni ishlab chiqish va tadqiq qilish, yo‘l muhandisligida qo‘llaniladigan mahsulotlar sifatini sertifikatsiya qilish, standartlashtirishni ta’minlash, texnologik jarayonlarni tahlil qilish, sintez qilish va optimallashtirish metodlarini qo‘llash.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestir(4 yil) davomida jami:
240 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi.
Jami auditoriya soati: 6420 soat
Malakaviy amaliyot: 540 soat
Davlat attestatsiyasi: 240 soatni tashkil etadi.
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
105 |
1 - 8 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestasiyasi |
|
Malakaviy amaliyot |
18 |
4,6,8 |
|
|
Attestatsiya |
17 |
1 - 8 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
8 |
8 |
|
|
Ta’tillar |
48 |
1 - 8 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
5 |
1,3,5,7 |
|
|
GPA ko’rsatgichini hisoblash |
3 |
2, 4, 6 |
|
|
Jami |
204 |
Qo’shimcha izoxlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi
相似专业
塔什干国立农业灌溉与机械化工程师研究型大学
地籍
—
纳曼干国立技术大学
建築學
14 000 000 so'm
每年
Karshi state technical university
土木工程
9 600 000 so'm
每年
布哈拉國立技術大學
建筑材料、制品与结构制造
14 400 011 so'm
每年
布哈拉國立技術大學
城市规划与设计
14 400 010 so'm
每年
University of Business and Science
测绘学与地理信息学
—