专业介绍
60610400 – Dasturiy injiniring
Tavsif:
Ushbu ta’lim dasturi – axborot texnologiyalari, dasturiy ta’minot ishlab chiqish, raqamli xizmatlar va IT tizimlarini yaratish sohasiga yo‘naltirilgan bo‘lib, u o‘z ichiga zamonaviy dasturlash tillari, dasturiy tizimlar arxitekturasi, ma’lumotlar bazalari, sun’iy intellekt elementlari, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, testlash va joriy etish texnologiyalarini o‘zlashtirishni qamrab oladi.
Yuqоrida keltirilgan kasbiy faоliyat sоhalarining
Tashkiliy-boshqaruv faoliyatida:
- dasturiy ta’minot yaratish va ularning ekspluatatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash uslublari hamda mexanizmlarini ishlab chiqish;
- atrof-muhitni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi talablariga mos kelishi borasida ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish;
- dasturiy ta’minot ishlab chiqarish faoliyati sifatini boshqarish jarayonlarini ishlab chiqish va tatbiq qilish;
- ishlab chiqarish jarayonida sifatni boshqarish;
- ijrochilar jamoasi ishini tashkil qilish;
- birlamchi konstruktorlik, texnologik yoki ishlab chiqarish guruhlari ishini tashkil qilish va uni boshqarish;
- bajarilayotgan faoliyat bo‘yicha ish rejasini tuzish, uni bajarish va nazorat qilish hamda natijalarni baholash;
Loyihaviy-konstruktorlik faoliyatida:
- dasturiy ta’minot yaratish, avtomatlashtirilgan tizimlar vositalari, dasturiy mahsulotlarni sinash va ekspluatatsiya qilish loyihalarini ishlab chiqish;
- bajarilayotgan tajriba-konstruktorlik va amaliy ishlar mavzusi bo‘yicha matematik hamda imitatsion modellarni ishlab chiqish va tadqiq qilish;
- loyihaviy va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish qobiliyatiga ega bo‘lish;
- amaliyotda axborot texnologiyalarining xalqaro va kasbiy standartlarini, zamonaviy paradigma va metodologiyalarni, instrumental hamda hisoblash vositalarini tayyorgarlik ixtisosligiga mos ravishda qo‘llash;
Foydalanish va servis xizmati ko‘rsatish faoliyatida:
- dasturiy ta’minot tizimlaridan foydalanish va ularni tuzatish;
- axborot-kommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarini qurish hamda montaj qilishda ishtirok etish, ularni maxsus vositalar yordamida boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lish;
Ishlab chiqarish-sozlash faoliyatida:
- namunaviy texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ularni qo‘llash;
- dasturiy ta’minot ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan resurslarni rejalashtirish;
- ishlab chiqarish jarayonlarida atrof-muhit muhofazasi, yong‘in, texnika va mehnat xavfsizligini ta’minlash;
- ilmiy va amaliy faoliyatda sohaga mos tizimlarni rivojlantirish va ulardan foydalanish;
- axborot-kommunikatsiya tizimlarining texnik vositalari, qurilmalari, uzatish, saqlash va qayta ishlash tizimlarini yig‘ish hamda ishga tushirish bo‘yicha ishlarni rejalashtirish va bajarish;
Konsalting xizmati faoliyatida:
- dasturiy injiniring sohasida mavjud holatning tahliliy sharhini ishlab chiqish;
- tayyorgarlik ixtisosligiga mos mavzular bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatish
kabi kasbiy faоliyati turlari bilan shug’ullanadi.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestir(4 yil) davomida jami:
240 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi.
Jami auditoriya soati: 3120 soat
Malkaviy amaliyot: 900 soat
Mustaqil ta’lim: 3180 soatni tashkil etadi
|
O’quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
105 |
1 – 8 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestasiyasi |
|
Malakaviy amaliyot |
15 |
8 |
|
|
Attestatsiya |
21 |
1 – 8 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
8 |
8 |
|
|
Ta’tillar |
47 |
1 – 8 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
5 |
1,3,5,7 |
|
|
GPA ko’rsatgichini hisoblash |
3 |
2, 4, 6 |
|
|
Jami |
204 |
Qo’shimcha izoxlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi
相似专业
纳曼干国立技术大学
技術流程和生產的自動化。
13 000 000 so'm
每年
纳曼干国立技术大学
工艺机械和设备
13 000 000 so'm
每年
纳曼干国立技术大学
信息系统和技术(按行业和部门)
13 000 000 so'm
每年
纳曼干国立技术大学
信息安全
13 000 000 so'm
每年
奥尔马利克国立技术学院
信息系统和技术(按行业和部门)
9 500 000 so'm
每年
Toshkent shahridagi “Sankt-Peterburg davlat universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi Filiali
编程与信息技术
—