Universidad Técnica Estatal de Namangan
Tecnología del procesamiento primario del algodón y preparación de semillas
Sobre el programa
Paxtani dastlabki ishlash va urug‘ tayyorlash texnologiyasi magistratura mutaxassisligi
Tavsif:
Ushbu ta’lim dasturi – paxtani dastlabki ishlash va urug‘ tayyorlash sohasida ilmiy-tadqiqot, ishlab chiqarish-texnologik, loyihalash-konstruktorlik-texnologik, tashkiliy-boshqaruv, axborot-tahliliy va pedagogik faoliyatni amalga oshirishga qodir yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan magistratura dasturi hisoblanadi. Magistratura dasturining me’yoriy muddati kunduzgi ta’lim shaklida 2 yil etib belgilangan.
Ta’lim dasturi paxtani dastlabki ishlash va urug‘ tayyorlash korxonalaridagi texnologik jarayonlarni tadqiq qilish va takomillashtirish, ulardan samarali foydalanish, paxta mahsulotlari sifatini me’yoriy-texnik hujjatlar asosida nazorat qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalash va boshqarish, zamonaviy axborot va raqamli texnologiyalarni qo‘llash hamda ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish bilan bog‘liq kompleks masalalarni qamrab oladi.
Magistrantlar chigitli paxtani qabul qilish, g‘aramlash va saqlash, quritish, tozalash, jinlash, tolani tozalash, namlash va toylash, chigitni linterlash va tozalash, momiqni tozalash va toylash, tolali chiqindilarni qayta ishlash, shuningdek, urug‘lik chigitni tayyorlash bilan bog‘liq texnologik jarayonlarni ilmiy jihatdan tadqiq qilish bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Malaka talabida ushbu jarayonlarda mavjud kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borish alohida kompetensiya sifatida belgilangan..
Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining:
Ilmiy-tadqiqot faoliyati: paxtani dastlabki ishlash va urug‘ tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha ilmiy va amaliy tadqiqotlarni olib borish; tajriba natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish; ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqish; ilmiy maqola, ma’ruza, risola va o‘quv adabiyotlarini tayyorlash; ilmiy adabiyotlar va internet manbalaridan zamonaviy ilmiy, konstruktorlik, texnologik va ekspluatatsion yutuqlarni izlash; ilmiy seminar, konferensiya va simpoziumlarda ishtirok etish; ilmiy loyihalarni ishlab chiqish hamda ilmiy muammo va topshiriqlarning konseptual va nazariy modellarini yaratish bilan shug‘ullanadi.
Ishlab chiqarish-texnologik faoliyati: paxtani dastlabki ishlash va urug‘ tayyorlash korxonalarida texnologik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish; chigitli paxtani quritish, tozalash, jinlash va linterlash jarayonlarini boshqarish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini ta’minlash; tola sifatini aniqlash; davlat va xalqaro standartlarni qo‘llash; sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilish hamda ishlab chiqarishni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash bilan shug‘ullanadi.
Tashkiliy-boshqaruv faoliyati: yangi mahsulot turlari uchun me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish; mahsulot sifatini boshqarishda texnik hujjatlar va yangi tajriba usullarini joriy etishni tashkil qilish va nazorat qilish; loyihalarni boshqarish; ishlab chiqarish jarayonlari va resurslarini rejalashtirish; yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni tahlil qilish; ijrochilar jamoasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish; ishlab chiqarish monitoringi va sifatni baholash metodlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhit muhofazasi, yong‘in, texnika va mehnat xavfsizligi talablariga muvofiqligini monitoring qilish, bajariladigan ishlarni rejalashtirish va natijalarini baholash ham tashkiliy-boshqaruv vazifalari tarkibiga kiradi.
Loyihalash-konstruktorlik-texnologik faoliyati: to‘qimachilik sanoatidagi paxta tozalash korxonalari loyihalarini ishlab chiqish; ishlab chiqarish korxonalaridagi loyihalash-texnologik ishlarni o‘rganish, tahlil qilish, ishlab chiqish va amaliyotga qo‘llash; urug‘chilik markazlaridagi jarayonlarni tashkil qilish bo‘yicha loyihalash-konstruktorlik va loyihalash-texnologik ishlarni bajarish; urug‘chilik jarayonlarini loyihalash va tashkil qilish hamda ushbu jarayonlarga zamonaviy axborot va raqamli texnologiyalarni joriy etish bilan shug‘ullanadi.
Axborot-tahliliy faoliyat: paxtani dastlabki ishlash va urug‘ tayyorlash faoliyatini tashkil etishga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va me’yoriy-huquqiy hujjatlaridan foydalanish; sohada yechilayotgan ilmiy muammo va topshiriqlarning konseptual hamda nazariy modellarini ishlab chiqish; ilmiy-tadqiqot natijalari bo‘yicha tavsiya va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish; ishlab chiqarish sohasidagi innovatsion texnologiyalarni tahlil qilish va ularni mahalliy sanoat korxonalariga joriy qilishga oid ko‘rsatkichlarni tahlil qilish va qiyoslash bilan shug‘ullanadi.
Pedagogik faoliyat: oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish hamda professional ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish; zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish; interaktiv o‘qitish usullarini qo‘llash; o‘quv jarayonini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga innovatsion yondashish bilan shug‘ullanadi..
Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestr (2 yil) davomida jami:
120 kredit to‘plashingiz zarur bo’ladi.
Jami ta’lim hajmi: 3600 soat
Auditoriya soati: 1800 soat
Ilmiy faoliyat: 1800 soatni tashkil etadi.
|
O’quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
56 |
1 – 3 |
Magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish |
|
Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish) |
4 |
4 |
|
|
Attestatsiya |
9 |
1-3 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
4 |
4 |
|
|
Ta’tillar |
24 |
1 – 4 |
|
|
Fanlarni tanlash uchun ro‘yxatdan o‘tish |
2 |
1,3 |
|
|
GPA ko’rsatgichini hisoblash |
1 |
2 |
|
|
Jami |
100 |
Qo’shimcha izoxlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish) oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalari, Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari hamda markazlari, davlat boshqaruvi organlarining tegishli bo‘linmalari, to‘qimachilik sanoati mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar, mahsulot ishlab chiqarishni loyihalash bilan shug‘ullanuvchi muassasalarda o’tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi
Programas similares
Instituto de Tecnología Química de Taskent
Oil and gas chemistry and technology
11 586 540 so'm
al año
Universidad Técnica Estatal de Namangan
Tecnología de productos textiles (tejido)
13 000 000 so'm
al año
Instituto de Tecnología Química de Taskent
Ciencia de los materiales y tecnología de materiales
11 586 540 so'm
al año
Instituto de Tecnología Química de Taskent
Atrof-muhit muhandisligi
11 586 540 so'm
al año
Instituto Técnico Estatal de Andiján
Automatización de procesos tecnológicos y de producción
8 968 000 so'm
al año
Karshi state technical university
Biotecnología
9 600 000 so'm
al año