Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti
Buxgalteriya hisobi
Dastur haqida
Iqtisodiyot (oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti) – bakalavriat ta’lim yo‘nalishi - fan va ishlab chiqarish sohasidagi, oziq ovqat tarmoqlarining hamda u bilan bog‘liq agrar sohaning resurs potensialining iqtisodiy salohiyat va vazifalarini o‘rganadigan ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, u oziq ovqat sanoati va u bilan bog‘liq boshqa ishlab chiqarish va noishlab chiqarish majmualari rivojlanishi, iqtisodiyot tarmoqlari va mintaqalarda makro-mikroiqtisodiy rivojlanish va uni tartibga solish mexanizmi, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutaxassislik qobiliyatiga hamda milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash strategiyasi va yo‘nalishlari majmuasini qamrab oladi.
Iqtisodiyot (oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari:
- iqtisodiyotning oziq ovqat sanoati va u bilan bog‘liq qishloq xo‘jalik korxonalari;
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, tayyorlash va qayta ishlash korxonalarining iqtisodiy faoliyat jarayonini, boshqa mulkchilik shaklidagi korxonalarni boshqarish va ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini ta’minlash;
- shuningdek, turli sohalardagi biznes-jarayonlar, bozorda yuzaga kelgan vaziyatni baholash, keng qamrovli tadbirkorlikni tashkil etish va boshqarish, innovatsion boshqaruv g‘oyalarini qishloq va shaharlarda amalga oshirish jarayonlari ham kasbiy faoliyat ob’ektlari hisoblanadi.
Iqtisodiyot (oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tgandan keyin, professional ta’lim muassasalarida ta’limning vakolatli boshqaruv organlari tomonidan aniqlanadigan umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi. Bakalavriatning kasb ta’limi yo‘nalishlari bundan mustasno.
Iqtisodiyot (oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining turlari:
- tashkiliy-boshqaruv.
- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish:
- axborot-tahiliy faoliyat;
- ilmiy-tadqiqot faoliyati;
- tadbirkorlik.
Iqtisodiyot (oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy vazifalari.
Iqtisodiyot (oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Milliy malaka ramkasining 6-malaka darajasi hamda bakalavr kasbiy faoliyatlarining sohalari, ob’ektlari va turlariga muvofiq bakalavriat bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalarni bajarishga qodir bo‘lishi lozim:
1. Tashkiliy-boshqaruv hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatida:
- oziq ovqat korxonalari xo‘jalik moliyaviy va ishlab chiqarish faoliyati bo‘yicha istiqbolli va joriy rejalari (dasturlarini) ishlab chiqish;
- moddiy, mehnat va moliyaviy xarajatlar normativini ishlab chiqarish;
- xo‘jalik yurituvchi sub’ekt va uning buyruqlari faoliyatini iqtisodiy tahlil hamda hisob-kitob qilish;
- oziq ovqat sanoatida mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish, jarayonlarga yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, soha bo‘yicha ratsionalizatorlik takliflar va ixtirolar bo‘yicha iqtisodiy samaradorlikni aniqlash;
- xo‘jalik faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini olib borish uslublari va vositalaridan foydalanish;
- faoliyat shartnomalarini tuzish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni to‘plash;
- ishlab chiqarish va sotish faoliyatiga oid tezkor va statistik hisobotni olib borishni tashkil etish;
- hisobotlarni tuzish tartiblarini aniqlash;
- oziq ovqat sanoati korxonalari iqtisodiy faoliyatini ratsional tashkil etishda mamlakatimiz va horijiy tajribasini o‘rganish;
- ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil etish;
- ishlab chiqarishni texnologik asoslarini bilish;
- xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni texnika-iqtisodiy hisob-kitoblarni va xo‘jalik faoliyati tahlilini olib borishda axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanish;
- mehnatni muxofaza qilish norma va qoidalariga amal qilish;
- oziq ovqat sanoati korxonalari faoliyati sifatini boshqarish jarayonlarini ishlab chiqish va tadbiq qilish;
- oziq ovqat va qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan resurslarni baholash va rejalashtirish;
- oziq ovqat ishlab chiqarishida zamonaviy axborot texnologiyalar tizimini yaratish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash metodlari va mexanizmlarini ishlab chiqish;
- oziq ovqat sanoati korxonalarida ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar echimlarini amaliyotga tadbiq etish;
- oziq ovqat sanoati korxonalari ishlab chiqarish jarayonlarida iqtisodiy va moliyaviy faoliyatini boshqarish;
- fikrlar har xil bo‘lgan sharoitda boshqaruv qarorini qabul qilish;
- ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhit muhofazasi, yong‘in, texnika va mehnat xavfsizligi talablariga mosligini monitoring qilish;
- oziq ovqat sanoati korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarini rejalashtirish va bajarish;
- oziq ovqat tarmoqlarida investitsion faoliyatini jadallashtirish maqsadida loyihalar ishlab chiqish;
- amaliyotda axborot texnologiyalarining xalqaro va kasbiy standartlarini qo‘llash;
- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarini rivojlantirishning istiqbolli rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish;
- oziq ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobat strategiyalarini ishlab chiqish.
2. Axborot-tahliliy faoliyatida:
- iqtisodiyotning oziq ovqat sanoatiga oid ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish usullarini bilish;
- oziq ovqat va u bilan bog‘liq tarmoqlar iqtisodiy ma’lumotlarini hamda ularning resurs salohiyatini tahlil qilish va umumlashtirish;
- oziq ovqat sanoati korxonalari faoliyatini mulkchilik shaklidan qat’iy nazar xalqaro amaliyot mezonlari, me’yorlari va talablari asosida tahlil qilish;
- oziq ovqat sanoati korxonalari ko‘rsatkichlarining o‘zgarish tendensiyalari va dinamikasini tahlil qilish;
- oziq ovqat sanoatidagi tarmoq va korxonalar moliyaviy va statistik hisobotlarini tuzish hamda ularni sharhlash;
- oziq ovqat, agrar va atrof-muhit iqtisodiyotidagi yoki biznes jarayonlarini boshqarishdagi jarayonlar va omillarning o‘zaro munosabatlarini tahlil qilish va tanqidiy baholash;
- tahliliy masalalarni hal qilishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan va texnik vositalaridan foydalanish.
3. Ilmiy-tadqiqot faoliyatida:
- ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlarda ta’lim yo‘nalishlaridagi fanlar va ularni o‘qitish metodikasiga oid mavzularda tadqiqot olib borish;
- oziq ovqat sanoati korxonalarida ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishga qatnashish;
- oziq ovqat sanoati korxonalariga tegishli mamlakatdagi va xorijiy davlatlardagi fan-texnika yutuqlarini, maxsus adabiyotlarni va boshqa ilmiy-texnik axborotlarni urganish;
- oziq ovqat sanoati korxonalaridagi hamda resurs bilan ta’minlash sohasidagi muammolar mavzulari bo‘yicha iqtisodiy axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va tizimlashtirish ishlarini amalga oshirish;
- internet tarmog‘ida eng yangi ilmiy yutuqlar xaqidagi ma’lumotlarni maqsadga yo‘nalgan xolda qidirish va topish;
- ta’lim yo‘nalishidagi fanlarga oid ilmiy to‘plamlar, mahalliy va chet el ilmiy-tadqiqot yutuqlarini o‘rganish;
- ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini tayyorlash, soxa adabiyotlari ekspertizasini amalga oshirishda qatnashish;
- ma’lumotlarni jamlash, qayta tayyorlash, mavzu bo‘yicha ilmiy ma’lumotlarni tizimli taxlil qilish;
- tadqiqot natijalari va ishlanmalarini tatbiq etish;
- ilmiy muammolar echimi natijalarini amaliyotga joriy etish.
4. Tadbirkorlik faoliyatida:
- yangi biznes-loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish;
- biznesni tashkil etish, biznes-rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- o‘z biznesini yaratish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim
Iqtisodiyot (oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar
Umumiy kompetensiyalar:
- davlat siyosatini dolzarb masalalarini bilishi, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi;
- xorijiy tillardan birida kasbiy faoliyatiga oid xujjatlar va ishlar mohiyatini tushunishi, tabiiy ilmiy fanlar bo‘yicha kasbiy faoliyati doirasida zaruriy bilimlarga ega bo‘lishi hamda ulardan zamonaviy ilmiy asosda kasb faoliyatida foydalana bilish;
- axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatida qo‘llay bilishi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini egallagan bo‘lishi, faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlar qabul qila olish;
- yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o‘z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olish;
- sog‘lom turmush tarzi va unga amal qilish zaruriyati to‘g‘risida tassavvurga ega bo‘lish.
Kasbiy kompetensiyalar:
- me’yoriy-huquqiy xujjatlarni izlash, tahlil qilish va ulardan kasbiy faoliyatida foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- tashkiliy tuzulmalarni optimallashtirish, kadrlarni boshqarish strategiyasini qo‘llash, tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- muzokaralar, uchrashuvlar, ishbilarmonlik yozishmalarini olib borish va onlayn aloqalarni amalga oshirishni bilish;
- korporativ axborot tizimlarini, moliyaviy-iqtisodiy tahlil va moliyaviy hisobotlarni tayyorlashni, ma’lumotlar bazasini yuritishni bilish;
- strategik va operatsion boshqaruv vazifalarini, ishni tashkil qilish, boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini, xodimlar jamoasiga etakchilik qilishni bilish;
- strategik tahlil qilish, raqobatdoshlikni ta’minlashga qaratilgan tashkilot strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- aktivlarni baholash, aylanma mablag‘larni boshqarish, dividend siyosati va kapital tuzilmasini shakllantirishda moliyaviy boshqaruvning asosiy usullarini qo‘llay bilish
- loyihalar, biznes-rejalar va shartnomalarni shakllantirish hamda boshqarish, ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- makroiqtisodiy muhitni, bozor va unga xos xatarlarni, raqobat muhitini tahlil qilish va baholash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- boshqaruv qarorlarini qabul qilishda, ularni aniq boshqaruv vazifalariga moslashtirish orqali iqtisodiy, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv modellarini shakllantirishda miqdoriy va sifatli tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- buxgalteriya siyosati va tashkilotning moliyaviy hisobotlarini shakllantirishda moliyaviy buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplari va standartlarini, boshqaruv hisobi ma’lumotlari asosida xarajatlarni boshqarish va qarorlarni qabul qilish uquviga ega bo‘lish;
- biznes jarayonlarni modellashtirish, biznes yuritishning iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarini baholash, yangi bozor imkoniyatlarini aniqlash va yangi biznes modellarini shakllantirishni bilish;
- yangi tashkilotlarni (faoliyat yo‘nalishlari, mahsulotlari) yaratish va rivojlantirish uchun biznes rejalashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
Umumiy va kasbiy kompetensiyalarni egallashni ta’minlaydigan fanlar va amaliyotlarga qo‘yiladigan talablar.
Talabalar umumiy va kasbiy kompetensiyalar, bilim va ko‘nikmalarni egallashi o‘quv rejasiga mantiqiy ketma-ketligda kiritiladigan majburiy va tanlov fanlarni o‘zlashtirish, amaliyotlarni o‘tish hamda boshqa o‘quv mashg‘ulot va akademik vazifalarni bajarish yordamida amalga oshiriladi.
Majburiy fanlar – bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bevosita umumiy va kasbiy kompetensiyalarni egallashga qaratilgan, zarur tayanch bilim va ko‘nikmalarni ta’minlaydigan fanlar majmuasidir.
Tanlov fanlari – ta’lim yo‘nalishi doirasida ixtisoslashuvdan kelib chiqib chuqurlashtirilgan, qo‘shimcha bilim berish, bevosita ixtisosligi uchun zarur kompetensiyalarni kengaytirishga xizmat qiladigan, shuningdek, talabaning shaxsiy qiziqishlari, ijodiy yondashuvlari va iqtidorini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan fanlar majmuasidir.
Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha malakaviy amaliyot o‘tkaziladi:
Malakaviy amaliyot – umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy (ishlab chiqarish) jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, tegishli amaliy ko‘nikmalar, kompetensiyalar va malakalarni shakllantirishga qaratiladi.
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Menejment
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Iqtisodiyot
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Marketing
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Iqtisodiyot
62 937 500 so'm
yiliga
Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
40 000 000 so'm
yiliga
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Iqtisodiyot
15 000 000 so'm
yiliga