WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Dastur haqida

Agrokimyo magistratura dasturi (70810702) Qishloq xo‘jaligi sohasiga tegishli bo‘lib, tuproq unumdorligini oshirish, o‘g‘itlardan samarali foydalanish, o‘simliklar oziqlanishini boshqarish hamda ekin yetishtirishda zamonaviy agrokimyoviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi.

Talabalar tuproq diagnostikasi va agrokimyoviy tahlil, o‘simliklar oziqlanishini boshqarish, mineral va organik o‘g‘itlardan oqilona va muvozanatli foydalanish hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi va sifatini oshirishga qaratilgan resurs tejamkor zamonaviy agrokimyoviy texnologiyalar bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallaydilar. Dastur shuningdek agrokimyoviy monitoring, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, o‘g‘itlar va mahsulotlar sifatini standartlashtirish hamda nazorat qilish, ilmiy va innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqarishga joriy etishni ham qamrab oladi.

O‘qish davomida talabalar ilmiy-tadqiqot, tahliliy va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirib, ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanadilar. Bitiruvchilar qishloq xo‘jaligi korxonalari, agrokimyo va agroxizmat markazlari, o‘g‘it ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, ilmiy-tadqiqot institutlari, davlat va mahalliy boshqaruv organlari hamda oliy ta’lim muassasalarida agroximiyaviy tahlil, monitoring, tadqiqot, ishlab chiqarish va boshqaruv sohalarida kasbiy faoliyat yuritishga tayyorlanadilar.

O'xshash dasturlar