Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti
1,800
Talabalar
1
Xorijiy talabalar
122
O'qituvchilar
2
Fakultetlar
5
Kafedralar
2020
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti - iqtisodiyotning qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti hisoblanadi. Institut Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyuldagi 216-son qaroriga asosan, Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali negizida tashkil etilgan. Institutda 2 ta fakultet (agrobiologiya, iqtisodiyot va boshqaruv), 5 ta tadqiqot markazlari, 5 ta kafedralar, 3 ta laboratoriya, ochiq va yopiq sport majmualari, tadqiqotlar olib borish uchun 50 gektar “Axborot maslaxat markazi” faoliyat yuritmoqda. Taʼlimning bakalavriatura (kunduzgi va sirtqi), magistratura hamda doktorantura shakllarida kadrlar tayyorlanadi. Bundan tashqari, Institutda AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Polsha, Latviya, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarning turli universitetlari bilan akademik hamkorlikni yoʻlga qoʻygan.
2025-yilda O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi va Italiyaning Tushia universiteti (UNITUS) o'rtasidagi kelishuvga muvofiq, institut bazasida qo'shma universitet kampusi tashkil etildi. Rasmiy kelishuv 2025-yil 28-mayda Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni tashrifi doirasida O'zbekiston Qishloq xo'jaligi vaziri Ibrohim Abduraxmonov va Tushia universiteti prezidenti Stefano Ubertini tomonidan imzolandi; qo'shma dasturlar 2025-yil 3-oktabrda tantanali ochildi. 2025-2026 o'quv yilidan boshlab kampus Yevropa ta'lim standartlari asosida ishlab chiqilgan ikki diplomli dasturlarni - bakalavriatda Agronomiya hamda Oziq-ovqat fanlari va texnologiyasi, magistraturada Organik dehqonchilik va Doiraviy iqtisodiyot yo'nalishlarini taklif etadi. Ta'lim muvofiqlashtirilgan o'quv rejalari asosida ingliz tilida olib boriladi va navbatma-navbat O'zbekiston va Italiyada amalga oshiriladi; bitiruvchilar har ikki davlatda tan olinadigan diplomlarni oladilar.
Xorijiy talabalar uchun
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar universiteti chet ellik talabalar uchun zamonaviy, qulay va xalqaro standartlarga mos ta'lim muhitini taklif etadi. Qadimiy va xavfsiz Samarqand shahrida joylashgan universitet talabalarga ham sifatli ta'lim, ham boy madaniy tajriba imkoniyatini beradi.
Ta'lim muhiti va infratuzilma
- Zamonaviy jihozlangan o'quv laboratoriyalari, multimediali auditoriyalar va amaliy mashg'ulotlar uchun biolaboratoriya;
- Chet tillarini o'rganish markazi va boy kutubxona resurslari;
- Yopiq va ochiq sport inshootlari, talabalar uchun ijtimoiy va dam olish maydonlari;
- Amaliyot va ilmiy tadqiqotlar uchun 50 gektarlik "Axborot-maslahat markazi".
Xalqaro ta'lim imkoniyatlari
- Italiyaning Tushia universiteti (UNITUS) bilan birgalikdagi qo'shma (ikki diplomli) bakalavr va magistr dasturlari;
- 20 dan ortiq mamlakatdagi 50 ga yaqin oliy ta'lim muassasasi bilan hamkorlik va akademik almashinuv;
- Xorijiy professorlar va xalqaro ekspertlar ishtirokidagi darslar, seminarlar va mahorat darslari;
- Germaniya, Polsha va Buyuk Britaniya kabi qishloq xo'jaligi rivojlangan davlatlarda haq to'lanadigan amaliyot va malaka oshirish dasturlari.
Talabalarni qo'llab-quvvatlash
- Hujjatlarni rasmiylashtirish, ro'yxatdan o'tish va moslashish bo'yicha yordam;
- Yotoqxona va turar joy bilan ta'minlash imkoniyatlari;
- Tyutor va ilmiy rahbarlar tomonidan individual qo'llab-quvvatlash;
- Xalqaro talabalar uchun qulay va xavfsiz kampus muhiti.
Universitet chet ellik talabalarni qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va iqtisodiyot sohalarida xalqaro miqyosda raqobatbardosh mutaxassislar sifatida tayyorlashga intiladi.
Xalqaro hamkorlik
Institut ta'lim sifati va xalqaro ko'lamdagi nufuzini oshirishda xorijiy oliy ta'lim muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish va izchil rivojlantirish.
Bo'lim faoliyati haqida
Xalqaro hamkorlik bo'limi professor-o'qituvchilar va talabalarning xorijda o'qishi, malaka oshirishi, stajirovka o'tashi, ilmiy seminarlar, xalqaro konferensiya va simpoziumlarda ishtirok etishini ta'minlaydi. Shu orqali bo'lim xorijiy ilg'or tajribani o'rganadi hamda o'zlashtirilgan bilim va ko'nikmalarni o'quv jarayoniga va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasiga tatbiq etish bo'yicha amaliy ishlarni amalga oshiradi. Bo'lim faoliyati institutni global ta'lim makoniga integratsiyalashtirish, xalqaro grant va loyihalarni jalb etish hamda talabalar va xodimlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga yo'naltirilgan.
Bo'limning vazifalari
- Xorij safarlariga yuborilayotgan institut vakillarining hujjatlarini ko'rib chiqish va muvofiqlashtirish;
- Institutda amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalarga ko'mak berish, ularning monitoringini olib borish va har chorakda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga hisobot taqdim etish;
- Institut professor-o'qituvchilari, xodimlari va talabalari uchun seminar va davra suhbatlarini tashkil qilish;
- Institutning xorijiy hamkorlar bilan tuzadigan bitim, shartnoma va protokollarini ko'rib chiqish, tahlil qilish va tavsiyalar berish, zarurat bo'lganda hujjatlarni tegishli tashkilotlar bilan kelishish;
- O'zbekistondagi elchixonalar, xalqaro ta'lim tashkilotlari va jamg'armalari bilan hamkorlikda ta'limning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha seminar va ilmiy-amaliy anjumanlar o'tkazish;
- Xorijiy fuqarolarni o'qitishdan tushadigan valyuta tushumlari bo'yicha oylik, choraklik, yarim yillik va yillik hisobotlarni vazirlik so'roviga binoan tayyorlash;
- Xorijiy hamkorlar e'lon qiladigan stajirovka, malaka oshirish, o'quv kurslari, magistratura va doktorantura grantlari tanloviga institut professor-o'qituvchilari, izlanuvchilar, magistrant va talabalarini tavsiya etish;
- E'lon qilinayotgan xalqaro grantlar haqida axborotni jamlab tarqatish, kafedralarga loyihalar tuzishda ko'maklashish va loyiha ijrosida bevosita ishtirok etish;
- Xalqaro tadbirlar, konferensiya va seminarlar haqidagi ma'lumotlarni to'plab fakultetlarga yetkazish.
Xalqaro akademik mobillik (2025–2026)
Institut har yili professor-o'qituvchilar va talabalarning xalqaro akademik mobilligini izchil kengaytirib bormoqda. Faqat 2025-yilning o'zida institutning 50 dan ortiq professor-o'qituvchisi va rahbar xodimi 13 ta mamlakatga — Italiya, Germaniya, Niderlandiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Turkiya, Polsha, Slovakiya, Portugaliya, Finlandiya, Latviya va Tojikistonga ilmiy-akademik safar, malaka oshirish va hamkorlik muzokaralari uchun yo'l oldi. Shuningdek, 240 dan ortiq talaba, magistrant va yosh tadqiqotchi xorijiy universitet va korxonalarda amaliyot, akademik almashinuv va malaka oshirish dasturlarida ishtirok etdi.
Yil davomidagi muhim tashriflar sirasiga quyidagilar kiradi:
- Institut rektorining Xitoy (Urumchi shahridagi "Xitoy – Markaziy Osiyo" sammiti), Niderlandiya (Vageningen universiteti), Janubiy Koreya (Bog'dorchilik va o'simlikshunoslik milliy tadqiqot instituti), Germaniya (O'zbekiston–Germaniya rektorlar forumi, Rostok universiteti) va Yaponiya (Tokio qishloq xo'jaligi va texnologiya universiteti, JICA loyihasi) bo'yicha safarlari;
- Xalqaro hamkorlik bo'limi rahbarining Polsha, Finlandiya (Oulu universiteti) va Italiya (Tushia universiteti, "Joint Campus" o'quv dasturlari muhokamasi) safarlari.
2026-yilning birinchi yarmida bu jarayon yanada jadallashib, professor-o'qituvchilar Italiya (Roma Tre universiteti, AIEAA agrar iqtisodchilar uyushmasi konferensiyasi), Yaponiya, Malayziya (Sultan Idris universiteti), Xitoy, Qozog'iston, Janubiy Koreya (Vonkvang universiteti) va Shvetsiya kabi davlatlarga safarlar amalga oshirdi.
Xalqaro loyihalar
Institut Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasidagi qator nufuzli loyihalarda faol ishtirok etadi:
- BioEcoUz — O'zbekistonda barqaror bio-iqtisodiyot bo'yicha yangi o'quv dasturini ishlab chiqish;
- OFINU — oziq-ovqat innovatsiyalarini joriy etish bo'yicha "Ochiq universitet" loyihasi;
- MIND — xalqaro akademik tarmoq va rivojlanish loyihasi;
- BioDigiskills — raqamli va bio-ko'nikmalarni rivojlantirish loyihasi (Latviya);
- Agricool — agrar amaliyot va innovatsiyalar loyihasi (Polsha);
- Erasmus+ ICM (Xalqaro kredit mobilligi) va CBHE (Oliy ta'limni rivojlantirish) yo'nalishlari.
Bundan tashqari, Yaponiyaning JICA agentligi ko'magida Samarqand viloyatida xurmoni quritish orqali aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan loyiha amalga oshirilmoqda.
Talabalar amaliyoti va xalqaro almashinuv
Har yili 200 dan ortiq talaba qishloq xo'jaligi rivojlangan davlatlarda haq to'lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini o'taydi. Eng yirik yo'nalish — Germaniyadagi yetakchi agrar korxonalar ("Schneiders Obsthof", "Mühlenhof Zepelin", "FVG Fruchtveredelungsgesellschaft Bonn", "BioBördeland", "HegeLand", "Obsthof Hubertus Wolf" va boshqalar) bilan hamkorlikdagi amaliyot dasturi. Talabalar shuningdek Slovakiya (Nitra qishloq xo'jaligi universiteti — bir semestrlik almashinuv), Polsha ("Agricool" loyihasi doirasida Krakov agrar universiteti va Green Crops kompaniyasi) va Janubiy Koreya dasturlarida malaka oshirmoqda. Bu amaliyotlar talabalarga jahon tajribasini o'zlashtirish, chet tilini takomillashtirish va xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh bo'lish imkonini beradi.
Ilmiy hamkorlik va xalqaro tadbirlar
Institut vakillari "Xitoy – Markaziy Osiyo mamlakatlari sanoat, ta'lim va tadqiqot integratsiyasi" sammiti, O'zbekiston–Germaniya oliy ta'lim muassasalari rektorlari forumi, AIEAA (Italiya agrar va amaliy iqtisodchilar uyushmasi) xalqaro konferensiyasi hamda Turkiya, Qozog'iston va boshqa davlatlardagi ilmiy anjumanlarda ishtirok etib, qo'shma ilmiy loyihalar, maqolalar va tadqiqotlar bo'yicha kelishuvlarga erishdi.
Xorijiy hamkorlar (bitim va shartnomalar)
🇩🇪 Germaniya
- Internship International MChJ — qishloq xo'jaligi amaliyot dasturi (2020.10.20–2025);
- "Praktikum 4 people" — amaliyot dasturi (2021.04.15–2026);
- "JD East" — talabalar amaliyot dasturi (2021.04.01–2026);
- IAMO instituti — tadqiqot va yosh ilmiy xodimlar malakasini oshirish (2023.01.04–2028);
- "LOGO e.V." — talabalarni amaliyotga yuborish (2023.02.22–2028);
- "NÜRNBERGER" dasturi — kasbiy malaka oshirish (2023.10.10–2029);
- "STAFF & DA" dasturi — kasbiy malaka oshirish (2023.10.24–2028);
- Rostok universiteti — rektorlar forumi va ilmiy hamkorlik (2025).
🇫🇮 Finlandiya
- JAMK Amaliy fanlar universiteti — Erasmus+ BioEcoUz (2021.05.21–2026);
- Oulu universiteti — Erasmus+ ICM/CBHE hamkorligi (2025).
🇱🇻 Latviya / 🇱🇹 Litva
- Vytautas Magnus universiteti — Erasmus+ BioEcoUz (2021.05.21–2026);
- Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti — hamkorlik memorandumi (2022.03.02–2027);
- Bulduri texnikumi — "BioDigiskills" loyihasi (2025).
🇰🇷 Janubiy Koreya
- Jeju milliy universiteti — talabalar almashinuvi dasturi (2021.04.14–2026);
- Andong milliy universiteti — o'quv va ilmiy hamkorlik (2024.01.31–2029);
- Xalqaro bog'dorchilik instituti va Bog'dorchilik milliy tadqiqot instituti — kartoshkachilik bo'yicha qo'shma loyiha (2025).
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi
- Janubiy Ural davlat agrar universiteti (2021.12.01–2026);
- Rossiya FA O'simliklar fiziologiyasi instituti (2021.09.29–2031);
- N.V. Parakhin nomidagi Orlovskiy davlat agrar universiteti (2021.06.16–2026).
🇵🇱 Polsha
- Warsaw University of Life Sciences – SGGW (2022.04.01–2027);
- Krakov agrar universiteti, Jeshuv (Rzeszów) universiteti va Ignatsiy Mossitskiy nomidagi Amaliy fanlar universiteti — "Agricool" loyihasi (2024–2025).
🇨🇳 Xitoy
- Annexure Financial Solutions Ltd (Gonkong) — o'quv va ilmiy hamkorlik (2022.02.20–2025);
- Xinjiang Agricultural University (XJAU) (2023.02.24–2028);
- Shihezi qishloq xo'jaligi universiteti — "Xitoy–Markaziy Osiyo" sammiti va talabalar almashinuvi (2025).
🇰🇿 Qozog'iston
- Atyrau universiteti (2023.02.24–2028);
- Abylkas Saginov nomidagi Qaraganda texnika universiteti (2024–2029);
- Qozog'iston milliy agrar tadqiqotlar universiteti (2025–2026).
🇹🇷 Turkiya
- Isparta, Siirt va Çoruh universitetlari (2023.11.14–2028);
- Ondokuz Mayis hamda Qahramonmarash Sutchi Imom universitetlari (2025).
Boshqa davlatlar
- 🇭🇺 Vengriya — Hungarian University of Agriculture and Life Sciences (MATE) (2023.01.30–2028);
- 🇮🇪 Irlandiya — IICRR (2023.04.14–2028);
- 🇬🇧 Buyuk Britaniya — "HOPS" kompaniyasi, kasbiy malaka oshirish (2023.11.20–2028);
- 🇳🇱 Niderlandiya — Vageningen universiteti (2025);
- 🇯🇵 Yaponiya — Tokio qishloq xo'jaligi va texnologiya universiteti (2025–2026);
- 🇲🇾 Malayziya — Sultan Idris universiteti (2026).
Erasmus+ Xalqaro kredit mobilligi (ICM) loyihalari:
- 🇷🇴 Cluj-Napoca qishloq xo'jaligi va veterinariya universiteti (Ruminiya, 2022–2023);
- 🇵🇹 Porto universiteti (Portugaliya, 2022–2023);
- 🇧🇬 D.A. Tsenov nomidagi Iqtisodiyot akademiyasi – Svishtov (Bolgariya, 2022-yildan).
Italiyaning Tushia universiteti bilan qo'shma kampus
Xalqaro hamkorlikning eng yirik va istiqbolli natijasi — Italiyaning Tushia universiteti (UNITUS, Viterbo) bilan tashkil etilgan qo'shma universitet kampusidir. 2025-yil 28-mayda O'zbekiston Qishloq xo'jaligi vazirligi va Tushia universiteti o'rtasida imzolangan kelishuv asosida yo'lga qo'yilgan ushbu tashabbus doirasida 2025–2026 o'quv yilidan boshlab ikki diplomli (double-degree) dasturlar amalga oshirilmoqda: bakalavriatda — Agronomiya hamda Oziq-ovqat fanlari va texnologiyasi; magistraturada — Organik dehqonchilik va Doiraviy iqtisodiyot. Ta'lim Yevropa standartlari asosida, ingliz tilida olib boriladi va navbatma-navbat O'zbekiston va Italiyada amalga oshiriladi; bitiruvchilar har ikki davlatda tan olinadigan diplomlarga ega bo'ladilar.
Til kurslari
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar universiteti xorijiy tillarni o'rganishni talabalarning xalqaro miqyosda raqobatbardosh mutaxassis bo'lib yetishishining muhim sharti deb biladi. Globallashuv sharoitida chet tillarini bilish talabalarga jahon ilm-fani yutuqlaridan bahramand bo'lish, xalqaro qo'shma dasturlarda qatnashish, chet elda amaliyot va malaka oshirish hamda akademik almashinuv imkoniyatlaridan keng foydalanish yo'lini ochadi.
Universitetning chet tillarini o'rganish markazida talabalar va professor-o'qituvchilar uchun zamonaviy, kommunikativ metodikalar asosida til kurslari tashkil etilgan. Mashg'ulotlar tilni bilish darajasiga ko'ra (boshlang'ich bosqichdan ilg'or bosqichgacha) kichik guruhlarda olib boriladi va og'zaki nutq, tinglab tushunish, o'qish hamda yozish ko'nikmalarini bir vaqtda rivojlantirishga qaratilgan. Markazda shuningdek xalqaro til sertifikatlari (IELTS, TOEFL, Goethe-Zertifikat, TOPIK, JLPT va boshqalar) imtihonlariga tayyorgarlik ko'rish imkoniyati ham mavjud.
Hozirgi kunda quyidagi tillar bo'yicha ta'lim olish mumkin:
- Ingliz tili — xalqaro ta'lim, ilmiy nashrlar va qo'shma dasturlarning asosiy tili;
- Rus tili — mintaqaviy va ilmiy hamkorlik uchun;
- Nemis tili — Germaniyadagi amaliyot va malaka oshirish dasturlari uchun;
- Turk tili — Turkiya oliy ta'lim muassasalari bilan almashinuv va stipendiya dasturlari uchun;
- Koreys tili — Koreya universitetlari va grant dasturlari bilan hamkorlik doirasida;
- Yapon tili — Yaponiya bilan ta'lim va ilmiy aloqalarni mustahkamlash maqsadida.
Xalqaro hamkorlikning kengayishi bilan universitet til yo'nalishlarini yanada boyitib bormoqda. Yaqin kelajakda italyan tili kurslarini joriy etish rejalashtirilgan — bu Italiyaning Tushia universiteti (UNITUS) bilan amalga oshirilayotgan qo'shma ta'lim dasturi va ikki diplomli yo'nalishlar bilan bevosita bog'liq. Shuningdek, xitoy tili kurslarini ham tashkil etish ko'zda tutilgan: so'nggi davrda universitetning 15 dan ortiq talabasi Xitoyga til o'rganish dasturlari doirasida yuborildi, bu esa ikki davlat o'rtasidagi ta'lim aloqalarining mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.
Til kurslari nafaqat talabalarning kasbiy va ilmiy salohiyatini oshiradi, balki ularning global ta'lim makoniga integratsiyalashuvi, xalqaro loyihalarda ishtirok etishi va kelajakdagi xalqaro martabasi uchun mustahkam poydevor yaratadi.
Talabalar uchun imkoniyatlar
Talaba-yoshlarni o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlaridagi faoliyatini yanada rag‘batlantirish va moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan bo’lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sovrindori 1 nafar va Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sovrindorlari 2 nafarni tashkil etadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi stipendiyasi” ni 6 nafar iqtidorli talabalarimiz qo‘lga kiritgan. Institut rektori tomonidan ta’sis etilgan “Rektor stipendiyasi” har o‘quv yilida fakultetlardan 2 nafar iqtidorli talabalarga beriladi, jumladan hozirgacha 32 nafar iqtidorli talaba “Rektor stipendiyasi” sohibi bo‘lgan.
Fakultetlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyuldagi “Agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-216-sonli qarori ijrosini ta’minlash barobarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali faoliyatini tashkil etish to‘g’risida”gi 556-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020-yil 18-sentabrdagi №155-son buyrug‘ining
1-ilovasidagi filial tuzilmasi asosida tashkil etildi.
2023-yil sentabrdan Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti deb qayta nomlangan.
Fakultetda 60310100-Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligida), 60410100-Buxgalteriya hisobi va audit (qishloq xo‘jaligida), 60411300-Biznesni boshqarish (qishloq xo‘jaligida), 60412400-Agrobiznes va investitsion faoliyat, 60411700-Logistika (agrologistika), 61010400-Turizm (agroturizm), 60610200-Axborot tizimlari va texnologiyalari (qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalar), 60810100-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish, 60811300-Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha), 5311000-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (qishloq xo‘jaligida), 60811500-Zooinjeneriya (qorako‘lchilik) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar, 70310102-Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligida), 70310201-Ekonometrika, 70410101-Buxgalteriya hisobi (qishloq xo‘jaligida), 70811301-Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (dala ekinlari mahsulotlari hamda meva-sabzavot mahsulotlari bo‘yicha), 70810101-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish, 70310109-Bioiqtisodiyot xalqaro magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar hamda 08.00.04-Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti, 05.07.01-Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash, 06.01.11-Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktoranturada oily malakali kadrlar tayyorlanmoqda.
Bugungi kunda fakultetda “Iqtisodiyot va biznes”, “Raqamli texnologiyalar va buxgalteriya hisobi”, “Agroinjeneriya” hamda “Oziq-ovqat xavfsizligi va texnologiyasi” kafedralari mavjud bo‘lib, ularda 7 nafar fan doktori, 21 nafar fan nomzodi (shundan, falsafa fanlari doktori (PhD) 13 ta), 2 nafar PhD xorijdagi vatandoshlardan iborat bo‘lgan tajribali professor o‘qituvchilar jamoasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga jahonning top 1000 talikga kirgan nufuzli xorij universitetlarida magistratura kusrlarini muvaffaqiyatli tugatib kelgan 6 nafar yosh olimlar assistent hamda katta o‘qituvchi lavozimlarida ishlab kelmoqda. Fakultetda 937 nafar bakalavr, shundan, 1 kursda-349 nafar, 2-kursda-296 nafar, 3-kursda 213 nafar, 4-kursda 79 nafar talaba, 1 va 2-bosqichda 16 nafar magstrlar 6 ta akademik guruh kesimida tahsil olmoqda.
Fakultet jamoasi qishloq hududlarini rivojlantirish va uning iqtisodiyoti hamda boshqaruvi, buxgalteriya hisobi va audit xizmatlarini rivojlantirish va raqamlashtirish, agrologistika, agroturizm, agrobiznes va investitsion faoliyat, qishloq xo‘jaligida zamonaviy, resurstejamkor texnologiyalar ishlab chiqish, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi va mexanizmlarini amaliyotda qo‘llash samaradorligini oshirish, mehnat sarflarini kamaytirishga qaratilgan mexanizatsiya ishlarini takomillashtirish, texnik xizmat ko‘rsatish sohalarini barqarorlashtirish, ta’mirlash va mahsulotlarni qayta ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish va uni boshqarish bilan bog’liq muammolarni bartaraf etish va mahsulotlarni saqlashning zamonaviy texnologiyalarini O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish borasidagi ilmiy – tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
FAKULTET TARKIBIDA MAVJUD KAFEDRALAR
T/r Kafedra nomi
1 Iqtisodiyot va biznes kafedrasi
2 Raqamli texnologiyalar va buxgalteriya hisobi kafedrasi
3 Agroinjeneriya kafedrasi
4 Oziq-ovqat xavfsizligi va texnologiyasi kafedrasi
MALAKA TALABLARI
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi malaka talablari
• 60310100-Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligida)
• 60410100-Buxgalteriya hisobi va audit (qishloq xo‘jaligida)
• 60411300-Biznesni boshqarish (qishloq xo‘jaligida)
• 60412400-Agrobiznes va investitsion faoliyat
• 60411700-Logistika (agrologistika)
• 61010400-Turizm (agroturizm)
• 60610200-Axborot tizimlari va texnologiyalari (qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalar)
• 60810100-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish
• 60811300-Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)
• 5311000-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (qishloq xo‘jaligida)
• 60811500-Zooinjeneriya (qorako‘lchilik)
Magistratura mutaxassisliklari malaka talablari
• 70310102-Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligida)
• 70310109- Bioiqtisodiyot xalqaro magistratura
• 70310201-Ekonometrika
• 70410101-Buxgalteriya hisobi (qishloq xo‘jaligida)
• 70811301-Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)
• 70810101-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish
Agrobilogiya fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 sentabrdagi “Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali faoliyatini tashkil etish to‘g’risida”gi 556-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 18 sentabrdagi 155-son buyrug’ining 1-ilovasidagi filial tuzilmasi asosida tashkil etildi. Bugungi kunda fakultet tarkibida 4 ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda.
Agrobiologiya fakulteti O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, institut rektorining tegishli buyruq va ko‘rsatmalari asosida faoliyat yuritadi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalari va fan dasturlari xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari tajribalari asosida takomillashtirilgan. Fakultet talabalari va magistrlarining o‘quv jarayoni to‘liq kredit-modul tizimiga asosida tahsil olishmoqda.
Talabalarning amaliyot o‘tash davrida belgilangan o‘quv jadvaliga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Viloyat, shahar va tuman hokimligi qishloq xo‘jaligi bo‘limlarida va boshqa turli Klasterlar hamda korxonalarda o‘z nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etib, amaliyot o‘tish jarayonida mavjud yangiliklar, yo‘riqnomalar, qaror va qonun-qoidalar bilan mukammal tanishish imkoniyatiga ega.
Fakultetimizda jami 69 nafar professor-oʻqituvchi, ya’ni: 7 nafar fan doktori, 20 nafar fan nomzodi, 4 nafar katta o‘qituvchi, 38 nafar assistentlar faoliyat olib bormoqda.
Fakultet jamoasi qishloq hududlarini rivojlantirish va boshqaruvi, qishloq xo’jalik mahsulotlarini yanada sifatli va arzon narxlarda yetishrirish va raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligida zamonaviy, resurstejamkor texnologiyalar ishlab chiqish, hosildorligi yuqori, kasallik va zararkunandalarga chidamli navlar yaratish, o’simliklarning kasalligi va zararkunandalardan himoya qilish bilan bog’liq muammolarini bartaraf etish va mahsulotlarni saqlashning zamonaviy texnologiyalarini O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish borasidagi ilmiy – tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
FAKULTETNING MISSIYASI
Barqaror qishloq xo‘jaligi va jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shish, mutaxassis va etakchilar sifatida yuksak bilimli kadrlarni tayyorlash.
Missiyaning asosiy yo‘nalishlari:
• qishloq xo‘jaligi tarmoqlari uchun ijodiy qobiliyatga ega, olingan bilimlarni amaliyotga tatbiq etishda innovatsion qarorlar qabul qiladigan yangi avlod qishloq xo‘jaligi mutaxassislari va rahbarlarini tayyorlash;
• mamlakatning iqtisodiy o‘sishini ta’minlashda innovatsion texnologiyalar ishlab chiqish va joriy etishda munosib hissa qo‘shish;
• yetakchi xorijiy mamlakatlarning qishloq xo‘jaligining ilg‘or tajribalari asosida fakultet faoliyatini doimiy rivojlanishini ta’minlash;
• ilm-fan, innovatsiyalar, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi doirasida mintaqamizdagi muammolar yechimini ilmiy asoslab berish;
• mutaxassislar va yetakchilar sifatida yuqori ish bilan ta’minlangan bitiruvchilarni yetishtirish.
FAKULTET TARKIBIDA MAVJUD KAFEDRALAR
T/r Kafedra nomi
1 O‘simlikshunoslik va meva-sabzavotchiligi kafedrasi
2 Agrokimyo, tuproqshunoslik va o’simliklar himoyasi kafedrasi
3 Fundamental va gumanitar fanlar kafedrasi
4 Agrobiotexnologiya kafedrasi
FAKULTETNING YOSHLAR MASALALARI VA MA’NAVIY-MA’RIFIY FAOLIYATI
Agrobiologiya fakultetida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy sohaga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Vazirlik hay’at qarorlari, buyruqlari va modemnomalarida berilgan vazifalarning ijrosini yuqori saviyada o‘z muddatida so‘zsiz bajarilishiga, qabul qilingan Davlat Dasturlarini ijrosini sifatli ta’minlanishiga katta e’tibor berilib kelinmoqda.
Fakultetda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda o’tkazilayotgan seminarlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar va davra suhbatlarining ta’sirchanligini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi, Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi, prokuraturasi, Adliya boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi viloyat kengashi, viloyat va tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limlari, Reproduktiv salomatlik markazi, viloyat OITSga qarshi kurashish markazi, Narkologiya dispanseri, Hadis ilmi maktabi, mahallalar, turli jamoat tashkilotlari, mehribonlik uylari, harbiy qismlar, kasaba uyushma tashkilotlari, shahar va tumanlar hokimliklari hamda bir qator tashkilotlar bilan hamkorliklar yo’lga qo’yilgan hamda hamkorlikda ma’naviy-axloqiy tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun va mohiyati, dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini yoritish, turli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish, yoshlarda sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, ularda axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash hamda yoshlar o’rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik va korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etilib, fakultetning talaba-yoshlari ishtirok etishi ta’minlanib kelinmoqda.
Fakultetda besh muhim tashabbus doirasida “Talabalar teatr studiyasi”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Sportchi talabalar”, “Kompyuter bilimdonlari”, “Baxs-munozara”, “Zakovat”, “Beshinchi tashabbus yulduzlari” nomli to‘garaklar tashkil etilib, doimiy ravishda faoliyat olib borishi yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, yil davomida besh muhim tashabbus doirasida fakultet miqiyosida ko’rgazmalar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, bellashuvlar, sport musobaqalari, kitobxonlik va sherxonlik kechalari o’tazilib kelinmoqda.
Hozirgi kunda fakultetda ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalarining ro‘yxati, yashash manzillari va ijara xonadonlarining egalari to‘g‘risida ma’lumotlarni o’zida jamlagan yig’ma jildlar tayyorlanib, yil davomida monitoringi olib borilmoqda va o‘quv yili davomida ijara xonadonlari qizil, sariq va yashil toifalarga ajratilgan holda ijara xonadonlarining holatlari va talabalarning yashash sharoitlari o‘rganilib kelinmoqda.
FAKULTETNING ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATINI USTUVOR YOʻNALISHLARI
• tuproq unumdorligi, sifat koʻrsatkichlari, xossa va xususiyatlari hamda ularni yaxshilash chora tadbirlarini oʻrganish bilan shugʻullanadi. Bunda tuproq unumdorligi, ekologik va meliorativ holatini tadqiqot qilishga alohida e’tibor beriladi;
• tuproqning agrokimyoviy xossalari hamda oʻsimlik oziqlanishi hamda mineral va organik oʻgʻitlarning qishloq xoʻjalik ekinlari oʻsishi, rivojlanishi, hosildorligi va mahsulot sifatiga ta’sirini oʻrganishga bagʻishlangan. Shu bilan birga qishloq xoʻjalik ekinlarini oʻgʻitlash tizimini takomillashtirish masalalari bilan shugʻullanadi;
• qishloq xoʻjalik ekinlarini zararkunanda, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish, oʻsimliklar karantini, pestisidlarning ta’sirini oʻrganish, biologik, kimyoviy va uygʻunlashgan himoya usullarini ishlab chiqish bilan bogʻliq;
• oʻsimlikshunoslikda qishloq xoʻjalik ekinlarinining yangi navlarining agrotexnikalari ishlab chiqiladi, parvarishlash texnologiyasi yaratiladi, introduksiya qilingan ekinlar va ularning navlari iqlimlashtiriladi va maqbul yetishtirish texnologiyalari yaratiladi.
• sabzavotchilik va polizchilik boʻlib, sabzavot ekinlarini yangi tur xillarini introduksiya qilish, asosiy va takroriy ekinlarda yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish, yangi nav va gitrozisli duragaylarni rayonlashtirish, yetishtirishda resurstejamkor texnologiyalarini ishlab chiqish
• mevachilik va uzumchilik boʻlib, bu yoʻnalishda intensiv meva ekinlarini yetishtirish uchun klonli payvandtaglar ishlab chiqish, koʻchatzor, yosh va hosilli bogʻlar agrotexnikasini takomillashtirish, uzumchilikda zamonaviy intensiv usulda tik simbagʻazlarda tok oʻstirish kabi agrotexnik tadbirlarni yaratish borasida ishlar olib borish
• umumiy dehqonchilik yoʻnalishida dala ekinlari hosildorligi va hosil sifatini oshirishga qaratilgan agrotexnik tadbirlar, ya’ni tuproq unumdorligi, sifat koʻrsatkichlari, xossa va xususiyatlari hamda ularni yaxshilash chora tadbirlarini oʻrganish, begona oʻtlarga qarshi kurashish, kasallik va zararkunandalardan himoyalash kabilar bilan shugʻullanadi.
• qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi hisoblanib, bu yoʻnalishda barcha qishloq xoʻjalik ekinlarni yangi nav va duragaylar yaratish borasida keng koʻlamli ishlar olib borish. Qishloq xoʻjaligi rivojlangan mamlakatlarning qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligidagi ilgʻor texnologiyalarni Oʻzbekistonda joriy qilish
• ijtimoiy va gumanitar fanlar boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib boradi, Tarix, falsafa, rustili, ingliz tili va jismoniy tarbiy fanlari boʻyicha;
Bakalavriatning kunduzgi ta’lim yo‘nalishlari
• 60810700-Agrokimyo va agrotuproqshunoslik
• 60810900-Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari boʻyicha)
• 60811000-Oʻsimliklarni himoya qilish (ekin turlari boʻyicha)
• 60811100-Oʻsimliklar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari karantini
• 60811200-Qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi (ekin turlari boʻyicha)
• 60811800-Mevachilik va uzumchilik
• 60811900-Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik
• 60812000-Issiqxona xoʻjaligini tashkil etish va yuritish
• 60812100-Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi
• 60820100-O'rmonchilik va aholi yashash joylarini ko'kalamzorlashtirish
Bakalavriatning sirtqi ta’lim yo‘nalishlari
• 60810900-Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari boʻyicha)
Magistratura mutaxassisliklari
• 70810702-Agrokimyo
• 70810902-Oʻsimlikshunoslik (gulchilik)
• 70810903-Organik dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligi
• 70811001-Oʻsimliklar himoyasi (usullari boʻyicha)
• 70811201-Seleksiya va urugʻchilik (ekin guruhlari boʻyicha)
• 70811901-Sabzavotchilik va polizchilik
• 70812101-Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish texnologiyasi
Ta'lim yo'nalishlari
| Agrokimyo 70810702 | Magistr |
| Agronomiya 60810400 | Bakalavr |
| Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60610100 | Bakalavr |
| Biznesni boshqarish (qishloq xo‘jaligida) 60411300 | Bakalavr |
| Buxgalteriya hisobi 60410200 | Bakalavr Magistr |
| Buxgalteriya hisobi 70410201 | Magistr |
| Chorvachilik 70810803 | Magistr |
| Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi 70811101 | Magistr |
| Ekonometrika 60310200 | Magistr |
| Iqtisodiyot 60310100 | Bakalavr Magistr |
| Iqtisodiyot 60410100 | Magistr |
| Iqtisodiyot (qishloq xo'jaligida) 60З10100 | Bakalavr |
| Meva-sabzavotchilik va uzumchilik 60811000 | Bakalavr |
| Organik dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligi 70810903 | Magistr |
| Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (konservalangan oziq-ovqat, go’sht, sut va baliq mahsulotlari) 70720101 | Magistr |
| Oziq-ovqat texnologiyasi. 60720100 | Bakalavr |
| O‘simliklar karantini va himoyasi 60811000 | Bakalavr |
| O‘simliklar karantini va himoyasi (usullari bo‘yicha) 70811001 | Magistr |
| Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish 60810100 | Bakalavr |
| Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi. 60810600 | Bakalavr |
| Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar bo‘yicha) 70810101 | Bakalavr Magistr |
| Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha) 60811300 | Bakalavr Magistr |
| Sabzavotchilik va polizchilik 70811901 | Bakalavr Magistr |
| Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik 60811900 | Magistr |
| Selektsiya va urug‘chilik 70810601 | Magistr |
| Turizm va mehmondo'stlik 71010101 | Magistr |
| Uzumchilik va vinochilik 70811803 | Magistr |
| Veterinariya sanitariya ekspertizasi 60840300 | Bakalavr |
| Аtrof muhit muhofazasi 70520201 | Magistr |
| О'simlikshunoslik 70810402 | Bakalavr Magistr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti
Iqtisodiyot
15 750 000 so'm
yiliga
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti
Turizm va mehmondo'stlik
19 400 000 so'm
yiliga
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti
Chorvachilik
17 936 000 so'm
yiliga
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti
Аtrof muhit muhofazasi
17 936 000 so'm
yiliga
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti
Buxgalteriya hisobi
24 000 000 so'm
yiliga
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti
Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
14 166 000 so'm
yiliga
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti
Iqtisodiyot
18 045 000 so'm
yiliga
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti
Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi.
11 100 000 so'm
yiliga
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti
Oziq-ovqat texnologiyasi.
11 100 000 so'm
yiliga
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti
Iqtisodiyot
24 000 000 so'm
yiliga
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti
Organik dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligi
17 936 000 so'm
yiliga
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti
Organik dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligi
17 936 000 so'm
yiliga