WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Dastur haqida

Chorvachilik (70810803) magistratura dasturi chorvachilik ishlab chiqarishini ilmiy asosda tashkil etish va boshqarish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi. Dastur qishloq xo‘jaligi hayvonlarini ko‘paytirish va naslchilik ishlarini yuritish, seleksiya va zotni takomillashtirish, hayvonlarni oziqlantirish va parvarish qilish, mahsuldorlikni oshirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan.

Talabalar qishloq xo‘jaligi hayvonlarining genetik salohiyatini oshirish; zamonaviy seleksiya va biotexnologik usullarni qo‘llash; ozuqa bazasini yaxshilash; resurs tejamkor va innovatsion texnologiyalarni joriy etish; ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirish; iqtisodiy samaradorlikni tahlil qilish hamda chorvachilik sohasining barqaror rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha ilg‘or kompetensiyalarni egallaydilar. O‘quv reja sohaning asosiy yo‘nalishlarini — qoramolchilik, parrandachilik, qo‘ychilik va echkichilik, otchilik hamda boshqa chorvachilik tarmoqlarini, shuningdek, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashni qamrab oladi.

Dastur davomida talabalar ilmiy-tadqiqot, tahliliy va boshqaruv ko‘nikmalarini mustahkamlab boradilar hamda ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanadilar. Bitiruvchilar turli mulkchilik shaklidagi chorvachilik xo‘jaliklari va naslchilik korxonalarida, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida, davlat va mahalliy boshqaruv organlarida, ilmiy-tadqiqot institutlarida, ta’lim muassasalarida, veterinariya va zootexnika xizmatlarida hamda agro-sanoat majmuasining tegishli tashkilotlarida faoliyat yuritishga tayyorlanadi.

O'xshash dasturlar