Jizzax davlat pedagogika universiteti
Aniq va tabiiy fanlar o'qitish metodikasi (biologiya)
Dastur haqida
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (biologiya) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan magistrant bir semestr davomida 30 kredit, bir o‘quv yili davomida esa 60 kredit to‘plashi lozim. O‘qish muddati 2 yilni tashkil etadi va magistrlik dasturi yakunlanguniga qadar 120 kreditni o‘zlashtirishi zarur.
Magistratura bosqichida 1 ECTS kredit 30 akademik soatga teng bo‘lib, magistrantning bir yillik o‘quv yuklamasi 60 kreditni, ya’ni 1800 akademik soatni tashkil etadi. Ushbu yuklamaning 50 foizi auditoriya mashg‘ulotlariga, qolgan 50 foizi mustaqil ta’limga to‘g‘ri keladi. Magistrant semestr davomida o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida belgilangan majburiy va tanlov fanlari asosida shakllantiriladi.
70110801 – Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (biologiya) yo‘nalishi — umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlashni nazarda tutuvchi magistratura mutaxassisligidir. Ushbu yo‘nalish doirasida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari va metodlari zamonaviy talablarga mos shakllantirilgan.
Bitiruvchilar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida yoki mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladilar.
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti
Maxsus pedagogika (faoliyat turlari bo‘yicha)
25 290 000 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
—
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
Maxsus (defektologik) ta’lim. Sog‘lig‘i bo‘yicha imkoniyati cheklangan shaxslarni psixologik-pedagogik reabilitatsiya qilish
20 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
44.04.02 — Psixologik-pedagogik ta’lim. Ta’limda shaxs shakllanishini psixologik qo‘llab-quvvatlash
20 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
Psixologik-pedagogik ta’lim. Maktabgacha ta’limda metodik qo‘llab-quvvatlash
20 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
44.04.01 — Pedagogik ta’lim. Boshlang‘ich maktabda ta’lim jarayoni sifatini boshqarish
20 000 000 so'm
yiliga