WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Jizzax davlat pedagogika universiteti

Jizzax viloyati Davlat Veb-sayt

15,821

Talabalar

11

Xorijiy talabalar

612

O'qituvchilar

9

Fakultetlar

23

Kafedralar

1974

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

Jizzax maftunkor tabiati, betakror iqlimi, noyob hayvonot va o‘simlik dunyosi bilan ajralib turadigan go‘zal vohadir. Vohada munosib diqqatga sazovor joylar ko‘p, lekin ko‘plab ziyolilarni tarbiyalagan Jizzax davlat pedagogika universiteti haqida eshitganmisiz? Ilmning o'rni haqida nimalarni bilasiz?

 

Jizzax davlat pedagogika universitetiga 50 yil to‘ldi. Buni inson hayotiga qiyoslaydigan bo‘lsak, demak, u yoshligida kuch-g‘ayrat va g‘ayratga to‘la. O‘zbekistondagi yetakchi oliy o‘quv yurtlaridan biri sanalgan ta’lim muassasasi 1974-yilda tashkil etilgan. 1989 yilda unga Abdulla Qodiriy nomi berildi. 2 fakultetda 5 yo‘nalish va 6 kafedra, 50 professor-o‘qituvchilar va 425 talaba bilan ish boshlagan institut 9 fakultet va 31 kafedraga ega yirik ilmiy markazga aylandi.

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 21.06.2022 yil «Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to’g’risida» gi PQ-289 sonli qaroriga ko’ra A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutiga, Jizzax davlat pedagogika universiteti maqomi berildi. Ayni paytda Universitet rektori: pedagogika fanlari doktori. prof. M.A. Yuldashev.

 

Xorijiy talabalar uchun

Jizzax davlat pedagogika universiteti xalqaro hamkorlik bo‘limi chet el talabalari va mehmonlarga ko‘chib o‘tish va o‘qish jarayonidagi barcha tashkil masalarga yordam beradi. 

Xorijiy talabani o‘qishga qabul qilish tartibi

Xorijiy talabalar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari zarur:

  • Pasport nusxasi
  • Diplom yoki attestat nusxasi (notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan)
  • O‘qigan fanlar va baholar ko‘rsatilgan akademik ma’lumotnoma
  • Fotosuratlar (odatda 3.5x4.5 o‘lchamda)
  • Ariza (universitet tomonidan belgilangan shaklda)

Ariza topshirish

Xorijiy fuqarolar ushbu saytdan to’g’ridan to‘g‘ri yoki universitetning rasmiy saytining maxsus bo’limi orqali ariza qoldirishi mumkin.

 

Viza olish

O‘zbekistonga kirish uchun viza talab qilinadigan davlatlar fuqarolari o'z davlatlaridagi O'zbekiston elchixonasi yoki konsulligiga murojaat qiladi.

Birinchi navbatda telex viza olish uchun quyidagi veb sahifadan rasmiy viza anketasini to'ldiradi: https://visa.mfa.uz/

Imzolangan anketa shaklini JDPU xalqaro hamkorlik bo'limiga taqdim etadi va universitet telex viza uchun hujjatlarni tegishli tashkilotlarga taqdim etadi. 

Talabalik vizasi uchun talablar:

JDPU ga onlayn hujjat topshirish

Qabul xatini olish

Viza anketasini to‘ldirish

Viza to‘lovini to‘lash

Ro‘yxatdan o‘tish:

O‘zbekistonga kelgach, 72 soat ichida immigratsiya idorasida ro‘yxatdan o‘tish shart. Bojxona deklaratsiyasi ham talab qilinadi.

Stipendiya

Universitetda xorijiy talabalarga stipendiya taqdim etilmaydi.

Xalqaro hamkorlik

 

Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026-yil davomida xalqaro hamkorlik aloqalari

Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026-yilning dastlabki oylarida xorijiy oliy ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar va jamg‘armalar bilan hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish, akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish hamda ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan qator uchrashuvlar, seminar-treninglar, konferensiyalar va muzokaralar tashkil etildi.

Joriy yilning 4-yanvar kuni universitetda Rossiya Federatsiyasining “Sinergiya” tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida tibbiyot, rus tili va adabiyoti, maktabgacha ta’lim, pedagogika va psixologiya, inklyuziv ta’lim, turizm va menejment yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, masofaviy ta’limni yo‘lga qo‘yish hamda pedagoglarning malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishga kelishib olindi.

27–29-yanvar kunlari Janubiy Koreyaning Kyungwoon universiteti professori Eun Ha Won boshchiligidagi 10 nafar talaba Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi. Mehmonlar JDPU bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Global Citizenship Workshop” xalqaro seminar-treningida ishtirok etdilar. Mazkur tadbir talabalarda global fuqarolik, madaniyatlararo muloqot va xalqaro hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

16-fevral kuni Walid Fouque boshchiligidagi delegatsiya Jizzax viloyati hokimligi vakillari hamrohligida universitetga tashrif buyurdi. Uchrashuvda JDPU Filologiya fakultetida ingliz, nemis, koreys, xitoy tillari bilan bir qatorda fransuz tili ham o‘qitilayotgani ta’kidlandi. Mr. Walid Fouque fransuz tili ta’limini rivojlantirish, akademik hamkorlikni kengaytirish hamda universitetni fransuz tilidagi o‘quv va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

21–23-fevral kunlari AQSHning Georgia universiteti professorlari hamda GATESOL vakillari Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi. Tadbir davomida ingliz tili ta’limini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, Markaziy Osiyo miqyosida ingliz tili o‘qituvchilarini birlashtiruvchi yirik xalqaro konferensiyani muntazam tashkil etish tashabbusi muhokama qilindi. Shuningdek, qo‘shma ilmiy tadqiqot guruhlarini shakllantirish, xalqaro grant loyihalarida hamkorlikda ishtirok etish, sun’iy intellektni til ta’limiga integratsiya qilish, o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish hamda CEFR asosida baholash tizimini takomillashtirish ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi.

10-aprel kuni Janubiy Koreyaning Koreya ta’lim markazi direktori boshchiligidagi delegatsiya JDPUga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida KOICA bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, koreys tili, IT, pedagogika va innovatsion ta’lim yo‘nalishlarida koreyalik mutaxassislar ishtirokida darslar, seminarlar va mahorat mashg‘ulotlarini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

21-aprel kuni Turkiyaning hamkor oliy ta’lim muassasasi vakillari — professor, universitet rektori o‘rinbosari Dr. Idris Nebi Uysal hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi koordinatori Dr. Gulina Yusupova JDPUga tashrif buyurdi. Tashrif davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, turk tilini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish, turk tili va madaniyati markazini tashkil etish, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, akademik mobillik hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish masalalari ilgari surildi.

29–30-aprel kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetida XVI xalqaro FLTAL konferensiyasi tashkil etildi. Konferensiyada AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya va boshqa xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi. Tadbir til ta’limi, amaliy lingvistika, xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi va xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratildi.

13-may kuni Turkiyaning Ordu universiteti vakillari JDPUga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida akademik almashinuv, qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy loyihalar hamda Erasmus+ va boshqa xalqaro grantlar doirasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va qo‘shma tashabbuslarni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

May oyida Jizzax viloyati rasmiy delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi amalga oshirildi. Delegatsiya tarkibida Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjan Yuldashev ham ishtirok etdi. Tashrif davomida investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va zamonaviy tajribalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. 21-may kuni Sian shahrida bo‘lib o‘tgan III O‘zbekiston–Xitoy hududlararo hamkorlik forumi doirasida JDPU, Sian International Studies University hamda Beijing Financial Street Education Investment tashkiloti o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi.

2026-yil may oyida Malayziyada malaka oshirish kurslarida ishtirok etayotgan Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari uchun “Future-Ready Curriculum: A Global Transformative Approach” mavzusidagi navbatdagi o‘quv moduli tashkil etildi. Mazkur modul doirasida zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, global transformatsion yondashuvlar asosida o‘quv jarayonini tashkil etish hamda xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq kompetensiyalarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

2-iyun kuni Jizzax davlat pedagogika universitetida Toshkentdagi Vebster universiteti rektori Dr. Jean Paul van Marissing boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi mavjud hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish hamda akademik aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Umuman olganda, 2026-yilning dastlabki oylarida amalga oshirilgan xalqaro uchrashuvlar va tadbirlar JDPUning xorijiy hamkorlar bilan aloqalarini yanada mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish, akademik mobillik imkoniyatlarini kengaytirish, qo‘shma dasturlar va xalqaro grant loyihalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Hozirda Jizzax davlat pedagogika universiteti dunyoning 60+ nufuzli universitetlari bilan hamkorlik qilmoqda.

Til kurslari

{}

Talabalar uchun imkoniyatlar

HAFIZA IXTIYOR QIZI
Chet tillar fakulteti Ingliz tili va adabiyoti yo’nalishi 3-bosqich talabasi. 2022-yil 21-may kuni Adiblar xiyobonida «Katta adabiyot bayrami» haftaligi doirasida o’tkazilgan tanlovda faxrli II-o’rinni egalladi va «Ilhom» mukofoti sovrindori bo’ldi.

 

MAMARASULOVA MUQADDAS ABULQOSIM QIZI
Chet tillar fakulteti Ingliz tili va adabiyoti yo’nalishi 2-bosqich talabasi. 2021-yil 3-martda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga binoan “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

NODIRBEK SHAROFIDDINOV
Fizika va texnologik talim fakulteti 3-bosqich talabasi. 2022-yil 19-21 may kunlari bo’lib o’tgan «Mirzo Ulug’bek vorislari» respublika tanlovining final bosqichida onlayn, uy ta’limida o’qiydigan va maktab o’quvchilarga mo’ljallangan elektron darslik loyihasi bilan ishtirok etdi.

NAVRUZOVA YELENA PAVLOVNA
Rus tili va adabiyoti fakulteti Rus tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi. 2022-yil 27-may kuni «Yangi O’zbekistonni o’zimiz, o’z qo’llarimiz bilan bunyod etamiz!» respublika esselar tanlovi final bosqichida ishtirok etib, «Ona tilim – jon-u dilim» nominatsiyasi bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritdi.

SHERMUXAMMADOV SHERDIL MAMARASUL O’G’LI
Chet tillar fakulteti  talabasi. 2022-yil 19-21 may kunlari bo’lib o’tgan «Mirzo Ulug’bek vorislari» respublika tanlovining final bosqichida bolalarga tillarni tarjimasiz yangicha metodika yordamida ishoralar yordamida orgatish (robokid) loyihasi bilan ishtirok etdi.

JUMANOV LOCHINBEK HABIBULLAYEVICH
Chet tillar fakulteti 3-bosqich talabasi. 2022-yil 19-21 may kunlari bo’lib o’tgan «Mirzo Ulug’bek vorislari» respublika tanlovining final bosqichida ikkilamchi suyakdan kalsiyga boy parranda va baliqchilik uchun ozuqa ishlab chiqishga mo’ljallangan dasturi bilan ishtirok etdi

etdi.


TURSUNBOYEVA FARANGIZ SANJAROVNA
Rus tili va adabiyoti fakulteti Rus tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi. 2022-yil 5-iyun kuni Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi miqyosida tashkil etilgan Xalqaro ilmiy-amaliy koʻrik tanlovda «Ilm-fan sohasidagi xizmatlari uchun» esdalik ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

YAXSHILIQOVA NARGIZA XUDOYBERDI QIZI
Chet tillar fakulteti 2- bosqich talabasi. 2022-yil 5-iyun kuni Mustaqil davlatlar hamdo’stligi miqyosida tashkil etilgan Xalqaro ilmiy-amaliy ko’rik tanlovda «Ilm-fan sohasidagi xizmatlari uchun» esdalik ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

Fakultetlar

Filologiya fakulteti – yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan yetakchi ilmiy markaz

Filologiya fakulteti Jizzax davlat pedagogika universitetining tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik sohalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan yetakchi fakultetlaridan biridir. Fakultet 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab O‘zbek tili va adabiyoti, Xorijiy tillar hamda Rus tili va adabiyoti fakultetlarining birlashtirilishi asosida tashkil etilgan bo‘lib, u til va madaniyatlararo kommunikatsiya yo‘nalishida innovatsion yondashuvlarni joriy etgan. Talabalar o‘qish davomida o‘zbek, rus va ingliz tillarining lingvistik tizimini chuqur o‘rganadilar, zamonaviy tarjima texnologiyalari, lingvokulturologiya, nutq madaniyati va adabiy tahlil usullarini puxta egallaydilar.

Fakultet bitiruvchilari respublika va xalqaro miqyosdagi ta’lim muassasalari, OAV, tarjima markazlari, nashriyotlar hamda ilmiy-tadqiqot institutlarida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega. O‘qituvchilar tarkibi – tajribali filologlar, xalqaro nufuzga ega professor-o‘qituvchilar hamda yosh tadqiqotchilardan iborat.

Filologiya fakultetida o‘qish jarayoni ilg‘or metodikalar asosida tashkil etilib, talabalar uchun zamonaviy lingvistik laboratoriyalar, multimedia markazlari va elektron ta’lim platformalari yaratilgan. Fakultet talabalari har yili xalqaro olimpiadalar, konferensiyalar va madaniy tadbirlarda ishtirok etib, o‘z iqtidorini namoyish etmoqda.

Fakultetda 4 ta kafedra mavjud:
– Biologiya va uni o’qitish metodikasi;
– Kimyo va uni o’qitish metodikasi;
– Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari;
– Fiziologiya va ekologiya.
Fakultetda 6 ta yo’nalish mavjud:
– 5110400 – Biologiya o’qitish metodikasi;
– 60110900 -Biologiya;
– 5110300 – Kimyo o’qitish metodikasi;
– 60110800 – Kimyo (qo’shimcha biologiya);
– 5110500 – Geografiya o’qitish metodikasi;
– 60111000 – Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari.

Fakultetda 2 ta kafedra mavjud:
– Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti
– Boshlang’ich ta’lim metodikasi

Fakultet 1974 yilda o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti kafedrasi sifatida ish boshlagan. 1976-yilda alohida “Boshlang‘ich ta’lim” fakulteti sifatida ish boshladi. Fakultetda jami 40 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda, ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchilar soni 20 nafar, ulardan 3 nafari fan doktori, 17 nafari fan nomzodi va falsafa doktori (PhD)dir. Ayni paytda fakultetda 1000 nafar bakalavriat va 15 nafar magistrant tahsil olmoqda.

Fakultetda 2 ta kafedra mavjud:
– Tarix va uni o’qitish metodikasi kafedrasi 
– Falsafa, tarbiya va huquq ta’limi kafedrasi 
Fakultetda 2 ta yo’nalish mavjud:
– 60111100 Tarix va uni o’qitish metodikasi
– 60112100 Falsafa, tarbiya va huquq ta’limi

Jizzax davlat pedagogika universitetining Tarix fakulteti Sh. Rashidov tumani Pastki So’loqli MFY da joylashgan. Fakultetda jami 73 ta professor-o’qituvchi faoliyat ko’rsatadi. Ushbu fakultetdagi jami talabalar soni esa 724 nafardir.

Fakultetda 3 ta kafedra mavjud:
– Fizika va uni o’qitish metodikasi kafedrasi 
– Texnologik ta’lim kafedrasi
– Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi;
Fakultetda 6 ta yo’nalish mavjud:
– 60210500-Rangtasvir (dastgohli)
– 60111200-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
– 60110700-Fizika va astronomiya
– 5110200 Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi
– 70110701 Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Fizika va astronomiya) magistratura
– 5112100 Texnologik ta’lim
– 5111004 Dizayn(libos va gazlamalar)

Fakultet 1974-yili tashkil etilgan. Fakultetda 57 nafar professor-o’qituvchi faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan 1 nafar fan doktori, 8 nafar fan nomzodi, 6 nafar dotsent ishlab kelmoqda. Fakultetda hozirgi kunda 985 ta bakalavr, 28 nafar magistr tahsil olmoqda.

Fakultetda 2 ta kafedra mavjud:
– Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi 
– Sport turlarini o’qitish metodikasi 
Fakultetda 2 ta yo’nalish mavjud:
– Xotin-qizlar sporti yo’nalishi 
– Sport faoliyati: kurash yo’nalishi 

Fakultet 1974-yili tashkil etilgan. Fakultetda jami 45 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan 1 nafar professor, 2 nafar fan nomzodi va 3 nafar dotsent faoliyat yuritmoqda. Fakultetda 583 nafar bakalavr, 8 nafar magistrant tahsil olmoqda. Jizzax viloyatida sport turlarini yanada rivojlantirish va yuqori malakali murabbiylarni yetishtirib chiqarishni inobatga olgan holda, bu sohani yanada rivojlantirish maqsadida Jizzax davlat pedagogika universiteti Jismoniy madaniyat fakulьtetida 2021-2022 o’quv yilidan boshlab “Sport faoliyati (kurash)”, 2022-2023 o’quv yilidan boshlab “Sport faoliyati (voleybol)” ta’lim yo’nalishlari o’z faoliyatini boshladi. Bu esa sport faoliyati (voleybol va kurash) sohasini yanada rivojlantirishga va voleybol va kurash sport turlari bo’yicha sport ustalari va mutaxassis kadrlarga bo’lgan ehtiyojini ta’minlashda amaliy va ilmiy yordam bermoqda. Shuni xam qayd etish lozimki, universitetda bu ta’lim yo’nalishining ochilishi qo’shni Sirdaryo va Samarqand viloyatlari uchun ham malakali sport trenerlari kurash va voleybol sport turi bo’yicha kadrlar tayyorlashga imkoniyat yaratadi hamda bu viloyatlarning kadrlarga bo’lgan extiyoji qondiriladi. Shuningdek, xalq ta’limi, o’rta maxsus va oliy ta’lim, sport maktablari, bolalar o’smirlar sport maktabi (BO’SM)lar o’quvchi-yoshlarni sportning kurash va voleybol turlariga qiziqtirish va shu sport turlari bo’yicha shahar, viloyat, Respublika terma jamoani yetuk malakali sport ustalari va murabbiylar bilan ta’minlanishida o’z xissasini qo’shmoqda.

Fakultetda 5 ta kafedra mavjud:
– Pedagogika ta’lim nazariyasi kafedrasi 
– Maxsus pedagogika kafedrasi 
– Maktab menejmenti kafedrasi 
– Umumiy pedagogika kafedrasi 
– Umumiy psixologiya kafedrasi

Pedagogika va psixologiya fakulteti institut rektorining 2020-yil 29-iyundagi № 429-U-sonli buyrug’i bilan tashkil topgan. Fakultetda jami 66 nafar professor o’qituvchilar faoliyat olib boradi. Shundan 46 nafari (69,6%) ayollar. O’qitiuvchilar ilmiy darajasi bo’yicha, 1 nafar fan doktori, 8 nafar fan nomzodi dotsent, 3 nafar PhD falsafa doktori, 19 nafar katta o’qituvchi, 23 nafar o’qituvchilar, 12 nafar stajor o’qituvchilardan iborat. So’nggi 2 yilda o’qituvchilardan 6 nafari fan doktori va fan nomzodi ilmiy darajasiga erishdi. Bugungi kunda fakultetda 1053 nafar talabalarga ta’lim-tarbiya beriladi. Shundan 774 nafari qizlar, 279 nafari o’g’il bolalar. 174 nafar magistrant tehsil oladi.

Tibbiyot, sog‘liqni saqlash va reabilitatsiya sohalarida yetuk mutaxassislar tayyorlovchi fakultet
Tibbiyot fakulteti – bu aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilishga xizmat qiluvchi yuqori malakali tibbiyot mutaxassislarini tayyorlaydigan zamonaviy ilmiy-ta’lim maskani hisoblanadi. Fakultet bitiruvchilari mamlakatimizning turli tibbiyot muassasalarida shifokor, hamshira, tibbiy pedagog, sog‘lomlashtirish muassasalari mutaxassisi sifatida samarali faoliyat yuritmoqdalar.

Fakultetda tahsil olayotgan talabalar inson anatomiyasi va fiziologiyasi, ichki kasalliklar, umumiy va ixtisoslashgan tibbiyot, profilaktika, sanitariya-gigiyena, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va zamonaviy tibbiy texnologiyalar bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar.

Bitiruvchilar o‘z faoliyatlarini poliklinika va shifoxonalarda, sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya markazlarida, shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimining turli bo‘g‘inlarida davom ettirishlari mumkin. Ular magistratura, klinik ordinatura yoki ilmiy-tadqiqot institutlarida tahsilni davom ettirish imkoniyatiga ham egalar.

Fakultetda ta’lim “Umumiy tibbiyot”, “Hamshiralik ishi”, “Tibbiy pedagogika”, “Tibbiy-psixologik xizmat” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi. Talabalarga anatomiya laboratoriyalari, zamonaviy simulyatsion uskunalar, amaliyot bazalari va malakali tibbiyot mutaxassislari tomonidan ta’lim beriladi.
Fakultet tarixi
Tashkil topishi
Tibbiyot fakultetining ilmiy va metodik asoslari Jizzax davlat pedagogika universitetida ilk bor 1979-yilda tashkil etilgan Inson hayotiy faoliyati xavfsizligi kafedrasi faoliyati bilan bog‘liq. U kafedra professor Murod Rasulov boshchiligida faoliyat yuritgan bo‘lib, tibbiy bilimlar shu asosda universitetda shakllana boshlagan. 1983-yilda esa rasmiy Tibbiy bilim asoslari kafedrasi tashkil etilgan va uning ilk mudiri tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Sa’dulla Ibodov bo‘lgan.

1997-yilda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiyasiga binoan universitet qoshida Ibn Sino sog‘lomlashtirish markazi tashkil etilgan. Markazning birinchi rahbari shifokor Mahmud Kamolov bo‘lgan. U 2009-yilgacha bu lavozimda ishlagan.

Rivojlanish bosqichlari
Tibbiyot fakulteti 2020-yil 14-dekabrda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 654-sonli buyrug‘i asosida rasmiy tashkil etilgan. Shu asosda fakultet va uning tarkibidagi Umumkasbiy fanlar kafedrasi tashkil topdi.

2021–2022 o‘quv yilidan boshlab fakultetga biologiya fanlari nomzodi, dotsent Dilfuza Imomova dekan etib tayinlandi. Umumkasbiy fanlar kafedrasiga esa tibbiyot fanlari doktori, dotsent Nurali Qurbonov rahbarlik qilgan. Shu davrda fakultetning dastlabki ikki yo‘nalishi — Davolash ishi va Pediatriya ishi ochilgan. 2021-yilda bu yo‘nalishlarga mos ravishda 66 nafar talaba o‘qishga qabul qilingan.

Bugungi faoliyati
Bugungi kunda fakultetda 245 nafar talaba tahsil olmoqda: 140 nafari “Davolash ishi”, 105 nafari “Pediatriya ishi” yo‘nalishida o‘qiydi. Fakultet tarkibida 65 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ular orasida yuqori malakali shifokorlar, fan nomzodlari va PhD darajasiga ega pedagoglar mavjud.

Talabalarning amaliyoti uchun Jizzax shahridagi bir nechta tibbiy muassasalar bilan shartnomalar imzolangan:
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi
Viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasi
Shoshilinch tibbiy yordam markazi
Viloyat perinatal markazi
Onkologiya, dermatologiya, bolalar shifoxonasi va boshqalar

Shuningdek, Abu Ali ibn Sino nomidagi Jizzax jamoat salomatligi texnikumida fakultet uchun 10 ta o‘quv xonasi ajratilgan.

Hozirgi kunda fakultetga tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Laziz G‘oziyev rahbarlik qilmoqda.

Kelajak mutaxassislarini tayyorlaydigan fakultet
Matematika va informatika fakulteti – bu mantiqiy tafakkur, analitik yondashuv va zamonaviy axborot texnologiyalari asosida bilim beradigan, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlovchi yetakchi ta’lim maskani hisoblanadi. Fakultet bitiruvchilari mamlakatimizning barcha hududlarida, shuningdek, xorijiy davlatlarda ham muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqdalar.

 

Fakultetda tahsil olayotgan talabalar zamonaviy dasturlash, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt asoslari va matematikaning chuqur nazariy asoslarini o‘zlashtirish bilan birga, o‘quv-tarbiya va ilmiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarga ham ega bo‘ladilar.

 

Bitiruvchilar o‘z faoliyatlarini umumta’lim maktablarida o‘qituvchi, IT sohasi mutaxassisi, ilmiy xodim yoki oliy ta’lim muassasalarida pedagog sifatida davom ettirishlari mumkin.

 

Fakultetda ta’lim quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi: “Matematika o‘qitish metodikasi”, “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Kompyuter tizimlari” va boshqa zamonaviy yo‘nalishlar. Talabalar uchun qulay o‘quv muhiti, ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan sinfxonalar va yuqori malakali professor-o‘qituvchilar jamoasi yaratilgan.

Ta'lim yo'nalishlari

Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (kimyo) 70530104 Bakalavr
Arxeologiya 60220400 Bakalavr
Biologiya 60510100 Bakalavr
Boshlang‘ich ta’lim 60110400 Bakalavr
Davolash ishi 60910200 Bakalavr
Fizika 60530500 Bakalavr
Geografiya 60530200 Bakalavr
Ijtimoiy ish 70920101 Bakalavr Magistr
Jismoniy madaniyat 60112200 Bakalavr
Kimyo 60110800 Bakalavr
Kompyuter injiniringi 60610300 Bakalavr
Kutubxona axborot faoliyati 60320400 Bakalavr
Maktabgacha ta’lim 60110200 Bakalavr
Matematika 60540100 Magistr
Maxsus peadagogika (surdotarjimonlik faoilyati) 60112700 Bakalavr
Maxsus peadagogika defektologiya (surdopedagogika) 70110401 Magistr
Maxsus pedagogika, defektologiya (logopediya) 70110401 Bakalavr Magistr
Menejment 60410800 Bakalavr
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 60111100 Bakalavr
Musiqa ta’limi 60110600 Bakalavr
Ona tili va adabiyoti: rus tili 7010801 Bakalavr Magistr
O‘zbek tili va adabiyoti 70111401 Bakalavr Magistr
Pedagogika 60110100 Bakalavr
Psixologiya 70310301 Bakalavr Magistr
Sport faoliyati (dzyudo) 61010200 Bakalavr
Sport faoliyati (voleybol) 61010200 Bakalavr
Sport faoliyati: futbol 61010200 Bakalavr
Tarix 60220300 Bakalavr
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi 60110500 Bakalavr
Texnologik ta’lim 60111300 Bakalavr
Vokal san’ati (An'anaviy xonandalik) 60211400 Bakalavr
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 60110900 Bakalavr
Xorijiy til va adabiyoti: Fransuz tili 60110903 Bakalavr
Xorijiy til va adabiyoti: Nemis tili 60111800 Bakalavr Magistr

Mashhur bitiruvchilar

Zokirov Jaxongir Lazizbek o’g’li

Zokirov Jaxongir Lazizbek o’g’li. Boks boyicha O’zbekiston terma jamoa a’zosi. Boks boyicha ko’p karra O’zbekiston va Osiyo chempioni, Yoshlar o’rtasida Jaxon chempioni, Jaxon kubogida 2025-yil oltin medal sohibi Xalqaro toifadagi sport ustasi

Nigina O'ktamova

Nigina O'ktamova. Boks boyicha O’zbekiston terma jamoa a’zosi Boks boyicha ko’pkarra O’zbekiston va Osiyo chempioni, Yoshlar o’rtasida Jaxon chempioni, Xalqaro turnirlar g’olibi Xalqaro toifadagi sport ustasi

Xayitmuxammedov Bunyod

Khayitmukhammedov Bunyod 是乌兹别克斯坦国家残疾人自行车队成员。他是多次乌兹别克斯坦残疾人自行车冠军、世界锦标赛和亚洲锦标赛奖牌获得者,并曾获得国际赛事冠军。

Mamatqulova Ganga

Mamatqulova Ganga- Vetnam davlatidagi “Vietnam International School” xalqaro maktabida Xalqaro toyifadagi Matematika fan o’qituvchisi 2018-2019 yillarda Xalq ta’limi alochisi ko’krak nishoni sohibasi 2024 yildan boshlab Vetnam davlatida Xalqaro Matematika o’qituvchisi maqomini qo’lga kiritib bugungi kunda Vetnam davlatidagi “Vietnam International School” xalqaro maktabida Xalqaro toyifadagi Matematika fan o’qituvchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. IELTS 7

Ergashev Sherzod

Ergashev Sherzod- O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Jizzax shahridagi Prezident maktabi Matematika (As & A Level) fan o’qituvchisi GRE 165 IELTS 6.5 “Ilg’or o’qituvchi” kasbiy daraja setifikati 2021-2025 o’quv yillari davomida Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan o’tkazilgan yakuniy As & A Level imtihonlarida bitiruvchi o’quvchilarining barchasi yuqori – A*, A, B, C darajalarni qo’lga kiritgan. Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan o’tkazilgan qator trening, vebinar, seminarlar qatnashchisi va sertifikatlari egasi. Hususan: Cambridge AS & A Level Maths: Exam Success in Cambridge International AS and A Level Maths Online Training 2019 (Oxford University Press, International Professional Development)  “Cambridge Mathematics Teacher Training Course”, Tashkent, 2021  “New Uzbekistan Education: Successful Partnerships for Educational Reforms”, Tashkent 2021. “Zamonaviy trener”, Tashkent, 2022. Professional Development Qualification (PDQ), Cambridge International Certificate in Teaching and Learning, 2022 Components 1, 2, 3, 4, 5, & 6 Marking Workshop Cambridge International AS & A Level Mathematics (9709) 2023-2025 Syllabus Cambridge IGCSE™ Mathematics (0580) (0980): Focus on differentiating for student abilities | Focus on Teaching | Online Cambridge International AS & A Level Mathematics (9709) | 2026-2027 syllabus | Introduction | Online How to run the March 2025 series webinar How to prepare for results webinar certificate How to run the May Checkpoint 2025 series webinar certificate of participation How to make entries webinar certificate January 2025 update webinar certificate of participation Welcome to being a Cambridge Exams Cycle webinar certificate of participation “ The Times Educational Supplement” (TES) tomonidan tashlik etilgan onlayn seminarlarida qatnashib xalqaro sertikifatlarni qoʼlga kiritgan. Jumladan; Child Protection Basics for International Schools https://www.myeducare.com/check_certificate.php (Code: B2DlDW6Jdl) Equality and Diversity for International Schools https://www.myeducare.com/check_certificate.php (Code: z2fpCtq1bf) Administration of Medication in Schools https://www.myeducare.com/check_certificate.php (Code: 9SYBcVaxj3) Child Exploitation for International Schools https://www.myeducare.com/check_certificate.php (Code: FhdM0ciY9Y) Adverse Childhood Experiences (ACEs) https://www.myeducare.com/check_certificate.php (Code: TYrEXyCLNV) Keeping Children Safe in Education 2023 Annex B Questionnaire https://www.myeducare.com/check_certificate.php (Code: mvv2UkcauN) A Guide to International Data Protection: Education https://www.myeducare.com/check_certificate.php (Code: 6TB8fkhvLH) Child Protection Refresher for International Schools 2023 https://www.myeducare.com/check_certificate.php (Code: iOqgCrT1te)

Mardiyev Rustam

马尔迪耶夫·鲁斯塔姆是哈米德·奥利姆琼和祖尔菲亚创意学校的高级教师,也是知识和资格评估署的外部专家。他拥有母语和文学专业的国家级证书(满分)。他的多名学生在地区和共和国奥林匹克竞赛以及各种比赛中获奖。

Tursunqulov Nurali

Jizzax shahridagi Uchinchi kasb-hunar maktabining birinchi darajali o'qituvchisi (Kasb-hunar ta'limi departamentiga qarashli) Tursunqulov Nurali 2023-yilda Jizzax hokimi tomonidan "Yilning eng yaxshi o'qituvchisi" mukofotiga sazovor bo'ldi. Uning ko'plab shogirdlari viloyat va respublika olimpiadalari va turli tanlovlarda sovrinli o'rinlarni egallagan.

Raxmonberdiyev Umidjon

Raxmonberdiyev Umidjon - UNODC - BMT ning Narkotik va Jinoyatchilikka qarshi kurashish bosh boshqarmasi, Statistika bo'yicha katta yordamchi • 10 yildan ziyod namunaviy ishlagani uchun BMT bosh kotibi tomonidan raxmatnoma bilan taqdirlangan; • 15 dan ortiq Umumjahon Narkotiklar Xisobitini tayyorlashda ishtirok etgan; • 50 dan ortiq narkotik va jinoyatchilik buyicha analitik xisobotlarni tayyorlashda bebvosita ishtirok etgan; • Ma’lumot yig’ish va choplash uchun bulut technologyalarini qullashni tashkillashtirgan