WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi

San'atshunoslik: teatrshunoslik

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

San'atshunoslik (Xoreografiya bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlovchi oliy ta'limning o‘quv reja va fan dasturi  asosida amalga oshiriladi. Uning nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirgan, yakuniy davlat attestasiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabaga “bakalavr”  malakasi (darajasi) hamda oliy ma'lumot to‘g‘risidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjat beriladi. O‘zlashtirish me'yoriy muddati-4 yil. San'atshunoslik (Xoreografiya bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar asosiy, umumta'lim va maxsus tayyorgarligiga mos ravishda kasbiy faoliyatning  o‘zbek va jahon xoreografiya san'ati tarixini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish; o‘zbek milliy raqs san'atini o‘ziga xos xususiyatlarini ilmiy jihatdan o‘rganish va targ‘ib etish, uning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini o‘rganish, ilmiy-tadqiqot institutlar, radio, televidenie, gazeta va jurnal redaksiyalari, ma'naviy -ma'rifiy markazlar, madaniyat va san'at muassasalari, o‘rta-maxsus madaniyat va san'at o‘quv yurtlarida ishlash; o‘zbek va jahon xoreografiya san'ati tarixini o‘rganish; raks usullarini tadqiq qilish; badiiy tahlilni o‘rganish; ilmiy tadqiqot metodologiyasini o‘zlashtirish; xoreografiya san'atining yetkazib berish vositalarini o‘rganish; xoreografiya asarida badiiy obrazlarni yaratish usullari tadqiqoti; xoreografiyadagi dramaturgiya qonunlarini qo‘llash imkoniyatlarini tadqiqot etishi shart.

O'xshash dasturlar