WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi

Toshkent shahri Davlat Veb-sayt

635

Talabalar

4

Xorijiy talabalar

39

O'qituvchilar

1

Fakultetlar

25

Kafedralar

2020

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

AKADEMIYA HAQIDA

Sо‘ngi yillarda mamlakatimizda о‘zbek raqs san’ati sohasida keng kо‘lamdagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev tashabbuslari bilan 2020 yilda О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tashkil etildi. Akademiya tarkibiga Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati kiritildi, shuningdek, akademiya huzurida Buxoro, Qarshi, Namangan va Urganch shaharlarida ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlari tashkil etildi.

Xoreografiya ta’limi sohasiga davlatimiz tomonidan qaratilayotgan e’tibor milliy raqs san’ati ustalarini, tajribali о‘qituvchi va murabbiylarni, yosh san’atkorlarni yangi О‘zbekiston san’ati rivojiga munosib qissa qо‘shishga chorlaydi.

 

О‘zbekistonda professional xoreografiya ta’limi 1933-yilda tashkil etilgan Respublika balet maktabidan boshlangan. Uning tashkilotchilari va birinchi о‘qituvchilari о‘zbek raqs san’atining mashxur namoyandalari Tamaraxonim, U.O.Komilov, M.Turg‘unboyeva, YE.K.Obuxova va V.N.Gubskayalar bо‘lishgan.

Balet maktabining, keyinchalik xoreografiya bilim yurtining birinchi bitiruvchilari raqs ansambllari, Davlat Akademik Katta teatri professional asosini tashkil etib, О‘zbekiston san’ati shon-shuhratini dunyo bо‘ylab namoyon etishdi.

Galiya Izmaylova, Bernora Qoriyeva, Klara Yusupova, Gulnora Mavayeva, Valentina Proskurina, Ibragim Yusupov, Qо‘rqmas Sagatov, Vitaliy Vasilyev, Guli Xamrayeva, Ma’mura Ergasheva, Qodir Mо‘minovlar mamlakatimiz raqs san’ati tarixida yorqin iz qoldirishdi.

 

Milliy raqs va xoreografiya san’atini rivojlantirish maqsadida, О‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Farmoniga binoan oliy ta’lim muassasasi – Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tashkil etildi.

TDMRXOMning tashkil etilishi uzluksiz ta’lim tizimini uzoq muddatli va maqsadli dasturini amalga oshirishga, ya’ni balet artisti, ansambl artistini tayyorlaydigan о‘rta-maxsus bosqichdan yuqori malakali mutaxassislar – rejissyor-baletmeyster, pedagog-xoreograf, xoreografik jamoalar rahbari, san’atshunos kabi bakalavr va magistrlarni tayyorlash imkonini yaratdi.

Akademiyada tizimdagi vorislik va uzluksizlik saqlanib kelinmoqda. Ixtisoslashgan xoreografiya maktab-internatini tugatgan bitiruvchilar О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida ta’lim olish imkoniyatiga ega.

 Ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishni istaganlar magistraturada ta’lim olish imkoniyatiga ega. Hozirgi kunda О‘zDXAda magistrlarni о‘qitish ham byudjet, ham tulov-kontrakt asosida olib borilmoqda.

Ta’lim uzluksizligi, ya’ni ixtisoslashgan xoreografiya maktab-internatdan boshlab magistraturagacha olib borilgan о‘quv jarayoni natijasida  yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash imkoniyatini yaratdi.

Xorijiy talabalar uchun

О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi barcha oliy ta’lim muassasalari kabi bakalavr va magistratura yо‘nalishlarida  mutaxassislarni tayyorlaydi. Bakalavriyat yо‘nalishi 4 yilni, magistratura yо‘nalishi 2 yilni tashkil etadi. Bundan tashqari tayanch doktarantura yо‘nalishi ham 2024 yildan faoliyatini boshladi.

Akademiya xalqaro ahamiyatga ega, ya’ni barcha xorijiy davlatlardan bakalavr va magistratura, shuningdek doktarantura yо‘nalishlariga ham talabgorlar qabul qilinadi. Qabul suhbat shaklida kontrakt  asosida amalgan  oshiriladi.

Xorijiy talabalar barcha sharoitlarga ega talabalar turar joyi bilan ta’minlanadi.   Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan о‘quv auditoriyalari va  raqs zallarida mashg‘ulotlar olib boriladi.  Toshkent shahrida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik  Katta teatriga, Muqimiy nomidagi О‘zbekiston musiqali teatriga, О‘zbekiston musiqali (operetta) komediya teatriga  tashriflari bepul uyushtiriladi.

 

Talabalar kirish vizasi (oliy ta’lim muassasalararo almashish asosida — vaqtincha ta’lim olish davriga)

O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida qisqa muddatda (oliy ta’lim muassasalararo almashishga binoan yoki oliy ta’lim muassasalararo o‘zaro aloqalar doirasida vaqtincha asosda) ta’lim oluvchi xorijiy talabalarga 1 yilgacha muddatga beriladi, o‘z tasarrufida ta’lim muassasasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi.

Xalqaro hamkorlik

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Xalqaro bo‘limi 2017-yil sentyabr oyida tashkil etilgan.

Hozirgi kunda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Rossiya Federatsiyasining A.Y.Vaganova nomidagi Rus baleti akademiyasi (Sankt-Peterburg), Moskva davlat xoreografiya akademiyasi, Belorussiya davlat madaniyat va sanʼat universiteti, Belorussiya davlat xoreografiya gimnaziya-kolleji,  Z.Ismagilov  nomidagi  Ufa davlat sanʼat instituti, Chelyabinsk davlat madaniyat instituti, Janubiy Qozog‘iston davlat pedagogika universiteti, Qozog'iston milliy xoreografiya akademiyasi, Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston davlat akademik opera va balet teatri, Qozog‘iston milliy ayol pedagogika universiteti, M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti, Boku davlat xoreografiya akademiyasi, Moskva davlat madaniyat instituti, Oltoy davlat madaniyat instituti, Jumabek Tashenev nomidagi universiteti   bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Ushbu shartnomalar (Qozog‘iston davlat milliy xoreografiya akademiyasi) doirasida so‘nggi ikki yilda jami 6 nafar bakalavriat taʼlim yo‘nalishining (5150204-Sanʼatshunoslik hamda 5111000-Kasb taʼlimi) talabalari almashinuv dasturlarida ishtirok etgan. Jumladan, 2020-2021 yilda 3 nafar, 2021-2022 yilda 3 nafar.

Akademiyada jami 2 nafar xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqdalar.

So‘ngi 3 o‘quv yilida O‘zbekiston davlat xoreografiya ak ademiyasida jami 3 nafar xorijlik talaba (Qozog‘iston Respublikasi, Ukraina va Xitoy davlatidan) tahsil olmoqda.

 

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Xalqaro aloqalar bo‘limi akademiya rektorining bevosita rahbarligi ostida quyidagi faoliyatni amalga oshiradi:

– хorijiy mamlakatlardagi oliy o‘quv yurtlari, jamg‘armalar, nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatish va rivojlantirish;

– сhet eldagi oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarini shartnoma asosida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalariga dars berish uchun taklif etish;

– сhet ellik talabalarni shartnoma-to‘lov asosida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasiga o‘qishga taklif etish;

– O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professor-o‘qituvchilarini xorijiy oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirishga va talabalarni ilm olish uchun qisqa va uzoq muddatli safarlarga yuborish;

– хorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va anjumanlarda akademiya vakillarining ishtirokini taʼminlash;

– O‘zbekistonda o‘tkaziladigan turli darajadagi ilmiy anjumanlarga, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan kelishilgan holda, taniqli xorijiy olimlarni taklif qilish;

– сhet eldagi mashhur ilmiy markazlar va turli dasturlar hamda ularning O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan vakolatxonalari bilan yaqindan aloqa o‘rnatish va hamkorlik qilish;

– хorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari va vakolatxonalari bilan do‘stona aloqalar o‘rnatish;

- O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professor-o‘qituvchilari va talabalari safarga borgan xorijiy mamlakatlardagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonalari bilan aloqa o‘rnatish.

Hamkorlarimiz

  1. Moskva davlat xoreografiya akademiyasi (Rossiya Federatsiyasi) – https://balletacademy.ru/
  2. A.Vaganova nomidagi Rus baleti akademiyasi (Rossiya Federatsiyasi) – –   https://vaganovaacademy.ru/
  3. Belarus davlat madaniyat va sanʼat universiteti (Rossiya Federatsiyasi) – https://by
  4. Belarus davlat xoreografiya gimnaziya-kolleji (Rossiya Federatsiyasi) – https://bghgk.by/
  5. Zagir Ismagilov nomidagi Ufa davlat sanʼat instituti (Rossiya Federatsiyasi) – https://ufaart.ru/
  6. Chelyabinsk davlat madaniyat instituti (Rossiya Federatsiyasi) – https://chgik.ru/
  7. Janubiy Qozog‘iston davlat pedagogika universiteti (Qozog‘iston Respublikasi) – https://okmpu.kz/ru/
  8. Qozog‘iston milliy xoreografiya akademiyasi (Qozog‘iston Respublikasi) – https://info@balletacademy.kz/
  9. Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston davlat akademik opera va balet teatri (Tojikiston) – https://operabalet.tj/
  10. Qozog‘iston milliy ayol pedagogika universiteti (Qozog‘iston Respublikasi) – https://qyzpu.edu.kz/
  11. M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti (Qozog‘iston Respublikasi) – https://auezov.edu.kz/
  12. Boku davlat xoreografiya akademiyasi (Ozarbayjon) – https://bxa.edu.az/
  13. Moskva davlat madaniyat instituti (Rossiya Federatsiyasi) – https://www.mgik.org/
  14. Oltoy davlat madaniyat instituti (Rossiya Federatsiyasi) – https://agik22.ru/

Til kurslari

{}

Talabalar uchun imkoniyatlar

 Hozirda О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi bakalavriat ta’lim yо‘nalishilari kunduzgi ta’lim shaklida 382 nafar sirtqi ta’lim shaklida 248 nafar, magistratura mutaxassisliklarida 7 nafar talaba, jami 637 nafar talaba tahsil olmoqda. Ushbu talabalarning 50 nafari iqtidorli talabalar hisoblanadi.   

 Akademiyada yо‘lga qо‘yilgan “Ustoz-shogird” an’anasiga kо‘ra har bir saralab olingan iqtidorli talabalar kelajakda Xoreografiya sohasining yetuk mutaxassislari sifatida shakllanishlari uchun uzoq yillik ish tajribasiga ega bо‘lgan, tashabbuskor va salohiyatli professor-о‘qituvchilarga biriktirildi.  

Yil davomida iqtidorli talabalar о‘zlarining ilmiy-ijodiy ishlari bilan akademiyada о‘tkazilgan va davlat miqyosida tashkil etiladigan turli ma’daniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etadilar.

Bundan tashqari,  

 

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bо‘limining 2020 – 2021 о‘quv yili davomida Respublika kо‘rik-tanlovlarda -- nafar talaba g‘olib bо‘ldi.

Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” Respublika kо‘rik-tanlovida 1 nafar talaba;

  1. Alina Babeshko 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.

 “Nihol” davlat  mukofoti sovrindorlari;

  1. Ochilov Ulug‘bek
  2. Ziyayeva Sitora
  3. Xasanova Yoquthon
  4. Mirzayeva Dilnoza

О‘zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalariga sazovor bо‘lganlar;

  1. Axmedova Risolat – I. Karimov nomli davlat stipendianti

Xalqaro kо‘rik tanlovlarda:

“Open Asia” xalqaro kо‘rik tanlovida laureat bо‘lganlar;

  1. Komiljonova Dilbarxon
  2. Gizatulina Alina

“Conserto Irtuoso”   xalqaro kо‘rik tanlovida;

  1. Gizatulina Alina 1-darajali diplom
  2. Sadinov Sardor  1-darajali diplom
  3. Komiljonova Dilbarxon 1-darajali diplom
  4. Mirzayeva Sexriyo 1-darajali diplom
  5. Orazbayeva Aida Marat qizi 1-darajali diplom
  6. Mariya Tixolova  1-darajali diplom bilan taqdirlanganlar.

“Talanti Rossii 7-xalqaro kо‘rik tanlovida;

  1. Yusupov Elchin 2-darajali diplom bilan taqdirlandi.

 

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bо‘limining 2021 – 2022 о‘quv yili davomida Respublika kо‘rik-tanlovlarida g‘olib bо‘lganlar;

“Nihol” davlat mukofoti sovrindorlari:

  1. Tо‘reyeva Janar,
  2. Komiljonova Dilbarxon,
  3. Haydarov Islom,
  4. Fotima va Zuhra Nazrullayevalar

Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” Respublika kо‘rik-tanlovida g‘olib bо‘lganlar;

  1. Axmadjonova Nilufar 2 о‘rin;
  2. Muxammadsharipova Feruza 3 о‘rinni egalladi.

Yakkasaroy tumani hokimligi tomonidan e’lon qilingan “Yakkasaroy tumani hokimi mukofoti” “Yilning eng iqtidorli yoshi” nominatsiyasi bо‘yicha;

  1. Pardaboyev Rustam g‘olib bо‘ldi.

О‘zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalariga sazovor bо‘lganlar;

  1. Dilbarxon Komiljonova - I. Karimov nomli davlat stipendianti

Xalqaro kо‘rik-tanlovlarda g‘olib bо‘lganlar;

Rossiya davlatida bо‘lib о‘tgan “Talanti Rossii” xalqaro kо‘rik-tanlovida;

  1. Yusupov Elchin 2 о‘rinni egalladi.

“Art silk way” xalqaro raqs festivalida;

  1. Mustafoyev Begzod hamda Otaboyev Ruslan “Jang” zamonaviy raqsi bilan  1 о‘rin;
  2. Mustafoyev Begzod hamda Muxammedova Radmira “Olov” raqsi bilan Gran-Priga sazovor bо‘ldilar.
  3. Haydarov Islom Rossiyada о‘tkazilgan “Art musis festival” deb nomlangan xalqaro kо‘rik-festivalda g‘olib bо‘lib, I darajali diplom bilan taqdirlandi.

Iqtidorli talabalarning hisobot yili davomida respublika gazetalari, ilmiy jurnallar, ilmiy-amaliy konferensiyalarda 54 ta maqolalari e’lon qilindi, xalqaro ilmiy jurnallar, ilmiy-amaliy konferensiyalarda 20 dan ziyod maqolalari e’lon qilindi.

 

 

 

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bо‘limining 2022 – 2023 о‘quv yili davomida Respublika kо‘rik-tanlovlardagi ishtiroki

"Yosh balet ijrochilari" kо‘rik-tanlovida;

  1. Sardor Sadinov 1-о‘rin,
  2. Alina Gizatullina 3-о‘rinni egalladi.

Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi Respublika “Milliy raqs ijrochilari” kо‘rik tanlovida;

  1. Mirzayeva Guli Oybek qizi 2 о‘ringa sazovor bо‘ldi.

О‘zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalariga sazovor bо‘lganlar;

  1. Dilbarxon Komiljonova О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi g‘olibi;
  2. Karamova Ra’no Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi g‘olibi bо‘ldilar.

“E’tirof-2022” mukofoti sovrindorlari;

  1. Komiljonova Dilbarxon Shukurjon qizi “Yil raqqosasi” nominatsiyasi g‘olibi bо‘ldi;
  2. Sadinov Sardor Batirovich “Yil balet artisti”  nominatsiyasi g‘olibi bо‘ldi.

“Yangi О‘zbekiston yulduzlari” milliy mukofoti taqdirlash marosimida;

4-kurs talabasi Dilnoza Ortiqova “ Eng yaxshi raqqosa” nominatsiyasi g‘olibi bо‘ldi.

Iqtidorli talabalarning Xalqaro miqyosida о‘tkazilgan kо‘rik tanlovlardagi ishtiroki;

“Lazgi” xalqaro festivalida;

  1. Dilnoza Ortiqova Gran-Pri sohibi bо‘ldi.

«Tansuy vsey dushoy» Xalqaro kо‘rik-tanlovida;

  1. Alina Xen Gran-Pri sohibi bо‘ldi.

Qozog‘iston Respublikasining Nur Sultan shahrida о‘tkazilgan xalqaro kо‘rik-tanlovda

  1.  Yusupov Elchinbek Erkin о‘g‘li 2 о‘ringa sazovor bо‘ldi.

“Guldengen qizg‘aldaqtar” xalqaro kо‘rik  tanlovida;

  1. Turapova Sitora Tо‘lqin qizi  Gran-Pri;
  2. Galimova Alsu Nailevna Gran-Pri mukofotiga sazovor bо‘ldilar.

Qozog‘iston Respublikasining Astana shahrida о‘tkazilgan “Reyting Uspexa” festivalida;

  1. Islom Haydarov - Gran-Priga sazovor bо‘ldi.

"Altin Karagöz" xalqaro festivalida;

  1.  Komiljonova Dilbarxon tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Qozoqisto Respublika Turkiston shahrida bо‘lib о‘tgan xalqaro raqs kо‘rik tanlovda

  1. Yusupov Elchin Erkin о‘g‘li - Gran-Pri sohibi bо‘ldi.

Qozog‘iston Respublikasida 1-xalqaro “Yosh xoreograf” kо‘rik tanlovida;

  1.  Radjabov Xasan 3-о‘rin sohibi bо‘ldi.

Iqtidorli talabalar hisobot yili davomida respublika gazetalari, ilmiy jurnallar, ilmiy-amaliy konferensiyalarda 57 ta maqolalari e’lon qilindi, xalqaro ilmiy jurnallar, ilmiy-amaliy konferensiyalarda 49 dan ziyod maqolalari e’lon qilindi. Respublika OAK jurnalida 2022-2023 о‘quv yilid davomida  5 nafar iqtidorli talabalar ilmiy  maqolalar bilan ishtirok etdilar.

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bо‘limining 2023 – 2024 о‘quv yili davomida

Davlat stipendiatlari 2 ta

Yilning eng yaxshi raqqosasi nominatsiyasi 1 ta

Xalqaro nufuzli kо‘rik tanlovlarda 8 nafar

Respublika kо‘rik tanlovlarida 3 nafar

Xalqaro konferensiyalardagi ishtiroki 13 nafar

Respublika  konferensiyalardagi ishtiroki 7 nafar

Manaviy-ma’rifiy tadbirlardagi ishtiroki 52 nafar

 

 

 

 

Fakultetlar

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 8 yanvardagi “О‘zbekistonda milliy raqs va xoreografiya san’atini rivojlantirish tо‘g‘risida”gi PF-1695-sonli farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 21 fevraldagi “О‘zbekistonda milliy raqs va xoreografiya san’atini rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 101–sonli qarori asosida Toshkent davlat Madaniyat institutining “Xoreografiya” kafedrasi va Xoreografiya bilim yurti negizida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tashkil etildi. 1997 yilda yagona fakultet “Xoreografiya san’ati” fakulteti ham shakllantirildi. Fakultet tashkil topganda “Xoreografiya” va “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi bilan faoliyatini boshlagan.

“Xoreografiya” kafedrasi “Xoreografiya jamoalari rahbari” yо‘nalishini tashkil etish bilan о‘z faoliyatini boshlagan. 2001 yil “Pedagog-xoreograf” va “Balet rejissyorligi” yо‘nalishlari tashkil etilib, talabalar qabul qilingan.

“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi  1997 yilda tashkil etilgan, bakalavriyat va magistratura yо‘nalishlari talabalariga ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardan saboq berib kelgan.

2005 yilda “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi tashkil etildi va “San’atshunoslik” yо‘nalishiga talabalar qabul qilindi.

2019 yilga qadar fakultet tarkibidagi kafedralar negizida quyidagi:

  1. Xoreografiya jamoalari rahbari
  2. Xoreograf-pedagog (Kasbiy ta’lim)
  3. San’atshunoslik nazariyasi kasbiy mutaxassislar tayyorlangan.

         2020-yil 4-fevralda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4585-sonli qaroriga muvofiq Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabiga О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi maqomi berildi. Hozirgi kunda “Xoreografiya san’ati” fakulteti tarkibida 4 ta kafedra mavjud bо‘lib, 5 ta yо‘nalishda talabalar tahsil olmoqda:

  1. Professional ta’lim (turlari bo’yicha)
  2. Xoreografiya (xoreografiya jamoalari rahbari)
  3. Xoreografiya (zamonaviy raqs)
  4. Xoreografiya (baletmeyster-rejissyor)
  5. San’atshunoslik (xoreografiya bо‘yicha) kasbiy mutaxassislar tayyorlanadi.

         Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasida sohaning yetuk mutaxassislar, О‘zbekiston xalq artistlari, xizmat kо‘rsatgan artistlar, xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimlari, ta’lim a’lochilari, katta-о‘qituvchilar va stajyor-о‘qituvchilar quyidagi ta’lim yо‘nalishlarida talaba-yoshlarga tahsil bermoqda:

  • Xoreografiya (xoreografiya jamoalari rahbari)
  • Xoreografiya (zamonaviy raqs)
  • Xoreografiya (baletmeyster-rejissyor)

         “Xoreografiya pedagogikasi” kafedrasida sohaning yetuk mutaxassislar, О‘zbekiston xalq artistlari, xizmat kо‘rsatgan artistlar, xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimlari, ta’lim a’lochilari, katta-о‘qituvchilar va stajyor-о‘qituvchilar quyidagi ta’lim yо‘nalishlarida talaba-yoshlarga tahsil bermoqda:

            – Professional ta’lim (turlari bo’yicha)

         “Sanat nazariyasi va tarixi” kafedrasida soha professorlari, dotsentlari, fan nomzodlari, katta-о‘qituvchilar va stajyor-о‘qituvchilar quyidagi ta’lim yо‘nalishida talaba-yoshlarga tahsil bermoqda:

         – San’atshunoslik ta’lim yо‘nalishi.

         “О‘zbek tili, Ijtimoiy fanlar va jismoniy tarbiya” kafedrasida  sohaning yetuk professorlari, dotsentlari, fan nomzodlari, katta-о‘qituvchilar va stajyor-о‘qituvchilar talaba-yoshlarga tahsil bermoqda.

Ta'lim yo'nalishlari

Professional ta’lim (yo‘nalishlar bo‘yicha) 60112400 Bakalavr
San'atshunoslik: teatrshunoslik 6021100 Bakalavr
San’at nazariyasi va tarixi (turlari bo‘yicha) 70211003 Magistr
Xoreografiya (Xoreografiya jamoalari rahbari) 60211600 Bakalavr
Xoreografiya san’ati va xoreografiya (turlari bo‘yicha) 70211601 Magistr

Mashhur bitiruvchilar

Madraximova Gulmira O‘lmasovna

1. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist

Axmedova Zarina Axmedovna

1. Nihol davlat mukofoti sovrindori 2. “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni sohibasi 3. “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligi” ko‘krak nishoni sohibasi. 4. “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi” ko‘krak nishoni sohibasi. 5. “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” ko‘krak nishoni sohibasi. 6. “Do‘stlik” ordeni sohibasi 7. “E’tirof” davlat mukofoti sovrindori 8. “Shuhrat” ordeni sohibasi

Djurabayeva Charosoy Xosiljonovna

1. “Shuhrat” ordeni sohibasi 2. “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” ko‘krak nishoni sohibasi. 3. “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni sohibasi 4. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist

Xudoynazarova Shahzoda Tursunovna

1. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi ko‘krak nishoni sohibasi. 2. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 3. 2021-yil “Xoreografiya san’ati orqali imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirish” mavzusidagi grant loyiha muallifi va rahbari 4. 2022-yil “Inno Week” xalqaro haftaligi doirasida “Eng dolzarb ijtimoiy loyiha” nominatsiyasi g‘olibi.

Feruza Azatova

1. Xalqaro raqs ko‘rik tanlovlari mutlaq g‘olibi 2. “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni sohibasi 3. “Do‘stlik” ordeni sohibasi 4. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist

Usmanova Gulasal Normuhammad qizi

1. “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni sohibasi 2. San’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Kenjabayev Sherzod Aliyevich

1. “Nihol” davlat mukofoti sovrindori 2. “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni sohibi 3. “E’tirof” davlat mukofoti sovrindori 4. Bir necha bor xalqaro va respublika ko‘rik tanlovlar Gran-Pri sohibi

Madrahimova Dilorom Alisherovna

1. “Nihol” davlat mukofoti sohibasi 2. “E’tirof” davlat mukofoti sovrindori 3. “Kelajak bunyodkori” ko‘krak nishoni sohibasi 4. “Ehtirom” davlat mukofoti sovrindori 5. Bir necha bor xalqaro va respublika ko‘rik tanlovlar Gran-Pri sohibi

Sadinov Sardor Batirovich

1. 2020-yil onlayn tarzda о‘tkazilgan “Concerto Virtuoso” Xalqaro kо‘rik-tanlovda faxrli 1 -о‘rinni egallagan. 2. 2022-yil “Yosh balet ijrochilari” kо‘rik-tanlovi 1-о‘rin sohibi. 3. 2022-yil “E’tirof” mukofotining “Yil balet artisti” nominatsiyasi g‘olibi.

Komiljonova Dilbarxon Shukurjon qizi

1. Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibi. 2. “Nihol” davlat mukofoti sovrindori. 3. “E’tirof” mukofoti “Yilning eng yaxshi raqqosasi” nominatsiyasi g‘olibi. 4. O‘zbekiston Respubikasi Prezidenti davlat stipendiati.

Babeshko Alina Aleksandrovna

1. 2019-yil “Mukarrama Turg‘unboyeva” nomidagi milliy raqs ijrochilari kо‘rik-tanlov 1- о‘rin sovrindori. 2. 2022-yil Buyuk Britaniyadagi О‘zbekiston Elchixonasi bilan hamkorlikda “Mahorat darslari” tashkilotchisi.

Gizatulina Alina Albertovna

1. 2019-yil Qozog‘istonda о‘tkazilgan OPEN ASIA Xalqaro kо‘rik-tanlovida I darajali diplom. 2. 2020-yil onlayn tarzda о‘tkazilgan “Concerto Virtuoco” Xalqaro kо‘rik-tanlovning “Профессионалы Танец народно-сценический Возрастная группа: 19-20 год” yо‘nalishida I darajali diplom bilan taqdirlangan. 3. 2021-yil “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yillik” ko‘krak nishoni sohibasi. 4. 2022-yil “Yosh balet ijrochilari” kо‘rik-tanlovi 3-о‘rin sovrindori. 5. 2022-yil “Kelajak bunyodkori” ko‘krak nishoni sohibasi.

Talabalar fikri

BABESHKO ALINA ALEKSANDROVNA

Men О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi bitiruvchisi xalqaro tanlovlar g‘olibi Alina Babeshko bо‘laman. 2025- yil shaxsan davlatimiz rahbari tomonidan e’tirof etilib, Zulfiya nomidagi davlat mukofotini olganim mening eng katta yutug‘im deb bilaman. Bu e’tibor uchun men avvalo О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rahbari va akademiyada menga ta’lim bergan barcha professor-о‘qituvchilar jamoasiga о‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Xususan, akademiyada talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ilmiy darajaga ega ustozlardan о‘ziga xos pedagogik uslubda ta’lim olganim va ularning har bir talabaga bо‘lgan individual yondashuvi meni mazkur mukofotga sazovor bо‘lishimda katta ahamiyatga egadir. Akademiyamiz nafaqat nazariy balki amaliy mashg‘ulotlarni amaliyot bilan uzviy bog‘lab, aynan davlat tadbirlarini tashkil etish bilan bog‘liq ekani meni о‘z sohamning yetuk mutaxassisi bо‘lib yetishishimda katta о‘rin egalladi. Kelajakda raqs sohasining mohir mutaxassisi bо‘lishni istaganlar uchun akademiyamizda ta’lim olishni tavsiya qilaman.