O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi
Xoreografiya (Xoreografiya jamoalari rahbari)
Dastur haqida
Xoreografiya jamoalari rahbari yo‘nalishini bo‘yicha o‘quv reja, namunaviy va ishchi dasturlar asosida amalga oshiriladi va uni nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlarini to‘lik o‘zlashtirgan, yakuniy davlat attestasiyasidan muvaffakiyatli o‘tgan talabaga «bakalavr» malakasi (darajasi), oliy ma'lumot to‘g‘risidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjat(lar) beriladi. O‘zlashtirish me'yoriy muddati-4 yil. Xoreografiya jamoalari rahbari yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar asosiy, umumta'lim va maxsus tayyorgarligiga mos ravishda kasbiy faoliyatning balet spektakllari va xalq raqs ansambllarida yakka va yetakchi partiyalarni ijro etish; bir aktli balet spektakllarini, konsert dasturlarini yaratish va sahnalashtirish, ijodiy xoreografiya jamoalari tuzish; o‘qitish, repetitorlik qilish kabi turlarini bajarishlari mumkin va harakatni ijro etish usullarini o‘rganish; dunyo raqs fol'klorlarni sahnada qayta ishlashda ijodiy va sintez usullarini qo‘llash; xoreografik meros namunalarini saqlash usullarni ishlab chiqish; musika va xoreografiya plastikasining mosligini tadqiq etish; xoreografiya asari (etyud, yakka va omaviy raqs, variasiya, duet, balet) qo‘yish texnologiyalari, usullarini tadqiqotini nazarda tutishi shart. Ta'lim jarayoniga mos keladigan o‘rta maxsus madaniyat va san'at o‘quv yurtlarining o‘quv tarbiya jarayoni, xoreografiya jamoalari, opera va balet teatrlari, xalq raqs ansamblari, madaniyat va san'at muassasalarida faoliyat olib boradi.
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Mediashunoslik
62 937 500 so'm
yiliga
Buxoro davlat universiteti
Madaniyatshunoslik
—
Termiz davlat universiteti
Dizayn (kostyum)
9 397 500 so'm
yiliga
Buxoro innovatsiyalar universiteti
Musiqa ta'limi
10 000 000 so'm
yiliga
Alfraganus universiteti
Dizayn
25 000 000 so'm
yiliga
AFRASIAB UNIVERSITY
Dizayn
18 000 000 so'm
yiliga