Dastur haqida
Ta’lim yo‘nalishi tavsifi:
70610701 - Sun’iy intellekt magistratura mutaxassisligi – fan sohasidagi magistratura mutaxassisligi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, davlat boshqaruvi organlari, sun’iy intellekt sohasiga oid korxonalar va ularning tuzilmaviy tizimlarining barcha shaklida xizmat ko‘rsatish, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalarida magistratura mutaxassisligiga oid fanlarni o‘qitish, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida kompleks masalalar bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.
Dasturni o‘rganish natijalari:
Dasturni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng:
- kichik ilmiy xodim va yordamchi lavozimlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishi;
- ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish jamoasi tarkibida (magistratura mutaxassisligi xususiyatlariga mos ravishda) kasbiy faoliyat masalalarini yechish;
- ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar hamda ilmiy, tahliliy ommabop nashrlarda maqolalar bilan qatnashish;
- ilmiy va ilmiy-uslubiy faoliyat turlari bo‘yicha axborot-resurs kataloglarini tuzish va ulardan foydalanish, ilmiy-texnikaviy ma’lumotlarni yig‘ish, ishlov berish, tahlil qilish va olgan ma’lumotlarni tizimlashtirish;
- sun’iy intellekt sohasiga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish hamda ilg‘or ilmiy-tadqiqot natijalarni va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishda qatnashish bo‘yicha faoliyat olib borish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
- sanoati koʻrsatkichlarini bashoratlash, tahlil qilish va qarorlarni qabul qilish maqsadlarida sun'iy intellekt tizimlarini qoʻllash;
- iqtisodiyot tarmoqlarida istiqbolli innovasion ishlanmalar va startap-loyihalarini amalga oshirish, ularni tijoratlashtirish va texnologiyalar transferini qoʻllab-quvvatlash masalalarini hal etishga qaratilgan bilimlar bilan ega boʻlish;
- zamonaviy texnologiyalardan foydalanish asosida korxona va tashkilotlarga biznes faoliyatini tashkil etish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
- sun’iy intellekt sohasi qurilmalarida dasturiy ta’minot ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan resurslarni rejalashtirish hamda sifatini boshqarish jarayonlarini ishlab chiqish va tatbiq qilish;
- ilmiy va amaliy faoliyatda sohaga mos tizimni rivojlantirish va ulardan foydalanish;
- xorijiy tillardan birida kasbiy faoliyatiga oid hujjatlar va ishlar mohiyatini tushunish, tabiiy ilmiy fanlar bo‘yicha kasbiy faoliyati doirasida zururiy bilimlarga ega bo‘lishi hamda ulardan zamonaviy ilmiy asosda hayotda va o‘z kasb faoliyatida foydalanish hamda yangi bilimlarni mustaqil egallash, o‘z ustida ishlash va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qilish;
- sohaga oid innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq qilishni tashkil etish;
- ijrochilar jamoasi ishini tashkil qilish va bajarayotgan faoliyati bo‘yicha ish rejasini tuzish va amalga oshirilgan ishlarning natijalarini baholash;
- sun’iy intellekt sohasida neyron tarmoqlarni loyihalash usullarini tadqiq qilish;
- ma’lumotlarga ishlov berish jarayonlarini tahlil qilish, sintezlash va optimizatsiyalash usullarini qo‘llash, mahsulotni sertifikatlashtirish;
- sun’iy intellekt texnologiyalarining dasturiy ta’minotini yaratishda axborot bilan ishlash jarayonlari bo‘yicha matematik modellarni qo‘llash;
- umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassalarida mutaxassislikka oid tayyorgarlik yo‘nalishida nazarda tutilgan o‘quv fanlari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish;
- o‘quv fanlarini o‘qitish uslubiyotini egallash hamda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanib o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish;
- mustaqil ta’lim va ijodiy izlanish natijasida o‘qitilayotgan fan hamda pedagogik faoliyat sohasidagi uslublar, vositalar va shakllar tizimida o‘z-o‘zini muntazam takomillashtirib borish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.
O'xshash dasturlar
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti
Axborot xavfsizligi
15 000 000 so'm
yiliga
Buxoro davlat texnika universiteti
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
14 400 000 so'm
yiliga
Andijon davlat texnika instituti
Axborot tizimlari
9 700 000 so'm
yiliga
AFRASIAB UNIVERSITY
Kompyuter injiniringi
22 000 000 so'm
yiliga
Britaniya menejment universiteti
Biznes-tahlil
60 000 000 so'm
yiliga
Qarshi davlat universiteti
Axborot tizimlari
16 800 000 so'm
yiliga