Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
48,000
Talabalar
571
Xorijiy talabalar
1,500
O'qituvchilar
16
Fakultetlar
38
Kafedralar
1931
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha respublikada tayanch oliy o‘quv yurti hisoblanib, 1931-yilning 13-avgustida sobiq Ittifoq xalq komissarlari kengashining qarori bilan O‘rta Osiyo moliya-iqtisod instituti sifatida tashkil topgan. Shu yilning 31-avgustidan Toshkent moliya-iqtisod instituti deb atalgan. 1931-yilning 31-avgusti Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining tashkil topgan kuni deb hisoblanadi. 1962-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 11-iyundagi 285-sonli buyrug‘i bilan Toshkent moliya-iqtisod instituti Toshkent Xalq xo‘jaligi institutiga aylantirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 6-iyuldagi VII-217-sonli farmoni va Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 19-iyuldagi 164-sonli qaroriga muvofiq, oliygohning iqtisodchi kadrlarni tayyorlashdagi qo‘lga kiritgan yutuqlari hamda ilmiy-pedagogik salohiyatini hisobga olib, Toshkent Xalq xo‘jaligi institutiga Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti maqomi berilgan. Universitet Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tarkibiga kiritilgan.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oliy majlis qarorlari, “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa me’yoriy hujjatlari va o‘z Ustaviga amal qiladi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti yuridik shaxs hisoblanadi. Mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa, shu jumladan, valyuta bo‘yicha hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shtamplar va boshqa rekvizitlarga ega.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining beshta bakalavriat yo‘nalishi – “Moliya, bank ishi va audit”, “Buxgalteriya hisobi va audit”, “Iqtisodiyot va sug‘urta” yo‘nalishi Mustaqil akkreditatsiya va reyting agentligi (IAAR) standartlari bo‘yicha xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Bundan tashqari, ushbu boshqaruv dasturi ACBSP sertifikatiga muvaffaqiyatli erishdi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti joylashgan manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 49-uy.

Xorijiy talabalar uchun
TSUEga xorijiy talabalarni qabul qilishning asosiy talabi — yuqorida ko‘rsatilgan tartiblarga muvofiq, o‘qishga ariza topshirgan abituriyentlarning bilim va ko‘nikmalarini aniqlash bo‘yicha suhbatdan o‘tishdir.
Suhbatni muvaffaqiyatli topshirgan va hujjatlarni universitetga taqdim etgan xorijiy talabalar uchun belgilangan tartibda fuqarolik bilan bog‘liq hujjatlar Qabul komissiyasiga topshiriladi va ularning o‘qishga qabul qilinishi rasmiylashtiriladi. Quyida asosiy talab qilinadigan hujjatlar keltirilgan:
-
belgilangan namunadagi ariza;
-
diplomning asl nusxasi va notarial tasdiqlangan nusxasi (bakalavriat uchun — o‘rta maxsus ta’lim haqidagi hujjat ilovasi bilan; magistratura va ikkinchi oliy ta’lim uchun — bakalavr diplomi va ilovasi bilan; doktorantura uchun — magistr diplomi va ilovasi bilan);
-
3×5 o‘lchamdagi fotosuratlar;
-
fuqarolik pasportining asli.
Universitet xorijiy talabalarni viza rasmiylashtirish jarayonining barcha bosqichlarida zarur yordam va maslahat bilan qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
TSUEga rasmiy qabul qilingan xorijiy talabalar quyidagi majburiyatlarga ega:
-
universitetning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish;
-
O‘zbekistonning viza va fuqarolik masalalariga oid qonunchiligiga amal qilish;
-
diniy, etnik, irqiy yoki boshqa turdagi targ‘ibot bilan shug‘ullanmaslik;
-
boshqa talabalar bilan do‘stona va samimiy ruhda ta’lim jarayonida ishtirok etish.
Qo‘shimcha va batafsil ma’lumot olish uchun TSUE Xalqaro hamkorlik bo‘limi yoki Qabul komissiyasiga murojaat qilishingiz yoki admission@tsue.uz manziliga yozishingiz mumkin.
Xalqaro hamkorlik
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) iqtisodiyot, moliya, bank ishi, turizm, logistika, biznes boshqaruvi va boshqa yangi ta’lim yo‘nalishlaridagi akademik, shuningdek ilmiy ishlab chiqarish, innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan ilg‘or sohalarni qamrab olgan ilmiy hamkorlik aloqalariga ega. TDIUning xalqaro hamkorlari Osiyo, Amerika, Yevropa, Avstraliya va boshqa mintaqalardai xorijiy universitet va ta’lim tashkilotlaridir.
TDIUda bugun London Oliy iqtisodiyot maktabi, Avstriya KREMs Amaliy fanlar universiteti, Rossiya Federastsiyasining Ural davlat universiteti, Indoneziyaning Pendidikan universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlari muvaffaqiyatli faoliyat yuritadi. Kelgusida xorijiy hamkorlar bilan istiqbolli yo‘nalishlarda qo‘shma fakultetlar tashkil etish reja qilingan.
Hozir kunda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti chet mamlakatlarning 277 ta universitet va tashkilotlar bilan hamkorlik bitimlariga asosida ish olib bormoqda. Ulardan quyidagi xorijiy unversitetlar bilan faol aloqalarni alohida qayd etishimiz mumkin:
- Germaniyaning Vurzburg-Shvaynfurt oliy texnika maktabi (“Technische Hochschule Wurzburg-Schweinfurt”);
- Germaniyaning Vurzburg-Shvaynfurt Amaliy fanlar texnika universiteti (“Technical University of Applied Sciences Wurzburg-Schweinfurt”);
- Birlashgan Arab Amirliklaridagi “Krovn plaza Dubay Marina” xalqaro holding guruhi;
- Indoneziya ta’lim universiteti;
- Koreya Respublikasining Kemyung universiteti,
- Qirg‘iz Respublikasining O‘sh davlat universiteti;
- Qozogʻistonning Narxoz universiteti;
- Malayziyaning Malaya universiteti;
- Sankt-Peterburg shahridagi Buyuk Pyotr nomidagi Politexnika universiteti (QS bo‘yicha 393-o‘ridagi muassasa);
- Rossiya Federatsiyasining Milliy tadqiqotlar yadro universiteti;
- Rossiya UFA davlat neft texnika universiteti;
- Rossiya Federatsiyasining Ural davlat iqtisodiyot universiteti;
- Slovakiya Respublikasining Bratislava shahridagi Komenius universiteti (Comenius University);
- Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon qishloq xo‘jaligi universiteti.
Yuqorida keltirilgan universitetilar bilan muntazam ravishda professor-o‘qituvchilar, talabalar va ilmiy xodimlar almashinuvi, qo‘shma seminarlar, ilmiy loyihalar, simpoziumlar o‘tkazishi hamda yozgi, qishki oromgohlar tashkil etib kelinmoqda.
TDIUning dunyo reytinglarida yuqorilashi, shuningdek xalqaro hamkorligini jadalllashtirish kelgusidagi ustuvor maqsadlardan biri sifatida belgilangan.
Til kurslari
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida xorijiy tillarni sifatli o‘rganish uchun har tomonlama sharoitlar yaratilgan bo‘lib, bu iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar va global biznes sohalari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning eng muhim qismidir. Universitet bosqichma-bosqich ko‘p tilli ta’lim muhitini rivojlantirib bormoqda va buning natijasida talabalar ingliz, polyak, xitoy, rus va turk kabi talab yuqori bo‘lgan tillarni erkin o‘zlashtirish imkoniga ega.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘ziga xos o‘quv tizimi mavjud bo‘lib, unga zamonaviy metodik yondashuvlar, individual rivojlanish yo‘nalishlari, kommunikativ amaliyot va interaktiv mashg‘ulotlar kiradi. O‘quv jarayonida xalqaro darsliklar, multimedia platformalari, onlayn resurslar qo‘llaniladi, amaliy mashg‘ulotlar esa maxsus jihozlangan til xonalarida — proyektor tizimlari, audio va video texnika bilan ta’minlangan auditoriyalarda o‘tkaziladi, bu esa to‘liq til muhitini yaratishga yordam beradi.
Og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Talabalar uchun muntazam ravishda Speaking Club’lar, munozara uchrashuvlari, mahorat darslari, treninglar hamda til egalarining ishtirokidagi ochiq darslar tashkil etiladi. Har bir til yo‘nalishida qo‘shimcha kurslar, xalqaro imtihonlarga tayyorlov (IELTS, HSK va boshqalar), shuningdek akademik mobillik va xorijdagi stajirovkalarga tayyorlanayotgan talabalar uchun maslahatlar mavjud.
TSUEda xorijda malaka oshirgan va sertifikatga ega bo‘lgan yuqori malakali o‘qituvchilar va tajribali metodistlar faoliyat yuritadi. Universitet Polsha, Xitoy, Turkiya va boshqa davlatlarning ta’lim tashkilotlari, madaniyat markazlari va xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikni kengaytirmoqda. Bu esa tashqi ekspertlarni jalb etish, o‘quv dasturlarini yangilash va zamonaviy ta’lim yondashuvlarini joriy etish imkonini beradi.
Shu tariqa, TSUEda yaratilgan xorijiy tillarni o‘qitish tizimi talabalarga kasbiy, akademik va shaxsiy rivojlanish uchun keng imkoniyatlar yaratadi, raqobatbardosh kompetensiyalarni shakllantiradi va xalqaro karyeraga yo‘l ochadi.
Talabalar uchun imkoniyatlar
1
Fakultetlar
IQTISODIYOT FAKULTETI
Fakultet haqida
Respublikamiz milliy iqtisodiyotining rivojlanishida iqtisodiyot tarmoqlari barqaror va ishonchli faoliyat yuritib, yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etib kelmoqda. Respublika iqtisodiyot tarmoqlarini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. “Iqtisodiyot” fakulteti 1952 yilda “Iqtisodiy rejalashtirish” fakulteti nomi bilan tashkil etilgan bo‘lib, 1960-1963 yillarda “Mehnat iqtisodiyoti”, “Xalq xo‘jaligi rejalashtirish” ixtisosliklari bo‘yicha, 1968 yildan “Savdo iqtisodi”, 1969 yildan “Narx va baholash” sohasi bo‘yicha iqtisodchi mutaxassisliklar tayyorlangan. 1970-1971 o‘quv yilida “Iqtisodiy rejalashtirish” fakulteti uchta ixtisosliklar asosida “Savdo iqtisodiyoti” fakulteti tashkil topdi. 1980-1981 o‘quv yilida fakultetning “Xalq xo‘jaligini rejalashtirish” va “Sanoatni rejalashtirish” yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlandi. 1985 yilda fakultetda “Mehnat iqtisodi” yo‘nalishi tashkil etildi.
Iqtisodiyot fakulteti O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, universitet rektorining tegishli buyruq va ko‘rsatmalari asosida faoliyat yuritadi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalari va fan dasturlari xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari tajribalari asosida takomillashtirilgan. Fakultet talabalari va magistrlarining o‘quv jarayoni to‘liq kredit-modul tizimiga asosida tahsil olishmoqda.
Fakultet jamoasi 2021/2022 o‘quv yilida O‘zbek-Turk Test Markazi tomonidan xalqaro talablar asosida Iqtisodiyot fakultetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari xalqaro standartlar bo‘yicha baholanib, ISO 9001:2015 Xalqaro ta’lim sifati menejmenti sertifikatini qo‘lga kiritganlar.
Bitiruv oldi amaliyotini o‘tishda belgilangan o‘quv jadvaliga muvofiq, talabalar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika Agentligi, Viloyat, shahar va tuman hokimiyatlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tijorat banklari, Savdo-sanoat palatasi va boshqa turli tashkilot hamda korxonalarda o‘z nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etib, amaliyot o‘tish jarayonida mavjud yangiliklar, yo‘riqnomalar, qaror va qonun-qoidalar bilan mukammal tanishish imkoniyatiga ega.
Fakultetning missiyasi
Barqaror iqtisodiyot va jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shish, mutaxassis va yetakchilar sifatida yuksak bilimli kadrlarni tayyorlash.
Missiyaning asosiy yo‘nalishlari:
- Iqtisodiyot tarmoqlari uchun ijodiy qobiliyatga ega, olingan bilimlarni amaliyotga tatbiq etishda innovatsion qarorlar qabul qiladigan yangi avlod biznes rahbarlarini tayyorlash;
- Mamlakatning iqtisodiy o‘sishini ta’minlashda innovatsion texnologiyalar ishlab chiqish va joriy etishda munosib hissa qo‘shish;
- Iqtisodiy taraqqiyot va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun inson kapitalini rivojlantirishda faol ishtirok etish;
- Yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining ilg‘or tajribalari asosida fakultet faoliyatini doimiy rivojlanishini ta’minlash;
- Ilm-fan, innovatsiyalar, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi doirasida mintaqamizdagi muammolar yechimini ilmiy asoslab berish;
- Mutaxassislar va yetakchilar sifatida yuqori ish bilan ta’minlangan bitiruvchilarni yetishtirish.
BAKALAVRIAT TA’LIM YO'NALISHLARI
- Inson resurslarini boshqarish;
- Mintaqaviy iqtisodiyot;
- Iqtisodiyot (taraqqiyot iqtisodiyoti);
- Iqtisodiyot (barqaror biznes);
- Iqtisodiyot (yashil iqtisodiyot);
- Iqtisodiyot (shaharlar iqtisodiyoti);
- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha).
MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI
- Iqtisodiy nazariya;
- Inson resurslarini boshqarish;
- Mintaqaviy iqtisodiyot;
- Makroiqtisodiyot;
- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha).
Fakultetda hozirgi kunda 19 nafar professor, 41 nafar katta o‘qituvchi va 23 nafar assistentlar faoliyat yuritib kelishmoqda. Ilmiy salohiyat 72,2 foizni tashkil etadi. Fakultetda jami 46 ta magistratura tinglovchilari uchun va 37 ta bakalavr bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun fanlar mavjud.
MOLIYA FAKULTETI
Fakultet haqida
O‘zbekiston iqtisodiyotini yuksaltirishda moliya-bank tizimi uchun yangi zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashning o‘rni beqiyos. Respublikaning moliya, bank, hisob-kredit muassasalari hamda turli mulk shakllariga asoslangan korxona va tashkilotlar uchun malakali mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirish maqsadida bozor munosabatlari bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlarini o‘zida mujassamlashtirgan Toshkent moliya instituti 1991-yil 13-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-207-sonli Farmoniga ko‘ra Toshkent xalq xo‘jaligi institutining Moliya-kredit va Hisob-iqtisod fakultetlari negizida tashkil etildi.
Moliya fakulteti institut tashkil etilgan davrdan boshlab bugunga qadar davlat moliyasini boshqarish tizimiga mutaxassis tayyorlab kelayotgan eng yirik fakultet hisoblanadi.
Bugungi kunda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Moliya fakulteti O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, universitet rektorining tegishli buyruq va ko‘rsatmalari asosida faoliyat yuritadi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalari va fan dasturlari xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari tajribalari asosida takomillashtirilgan. Fakultetdagi o‘quv jarayoni to‘liq kredit-modul tizimi asosida tashkil etilgan.
Fakultet tasarrufidagi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari talabalari bitiruv oldi amaliyotini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika agentligi, viloyat, shahar va tuman hokimiyatlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, Savdo-sanoat palatasi va boshqa turli korxona hamda tashkilotlarda o‘taydilar. Amaliyot o‘tash davomida ular o‘z nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etadilar, amaliyot obyektlaridagi yangiliklar bilan tanishadilar, mavjud muammolarni o‘rganadilar, amaliyot davomida orttirgan bilim va ko‘nikmalari asosida bitiruv-malakaviy ishlari va boshqa ilmiy ishlar bajaradilar.
Fakultetning missiyasi - mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasblarni puxta egallab, xalqaro maydonda raqobatga kirisha oladigan mutaxassislar tayyorlash va barkamol shaxslarni tarbiyalash.
Missiyaning asosiy yo‘nalishlari:
- kelajagi buyuk davlatning moliyaviy poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladigan yuqori malakali moliyachilarni tayyorlash;
- mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash uchun innovatsion moliyaviy texnologiyalar ishlab chiqish va joriy etishga munosib hissa qo‘shish;
- iqtisodiy taraqqiyot va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun inson kapitalini rivojlantirishda faol ishtirok etish;
- yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining ilg‘or tajribalari asosida fakultet faoliyatining doimiy ravishda rivojlanishini ta’minlash va mobil almashuv dasturlari asosida iqtidorli talabalarni xorijiy oliy taʼlim muassasalariga jo‘natish;
- ilm-fan, innovatsiyalar, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi doirasida moliyaviy muammolarning yechimlarini topish va ilmiy asoslab berish;
- kreativ fikrlaydigan, jamoa bilan ishlash qobiliyatiga ega, muammoli vaziyatlarda muhim boshqaruv qarorlarini tezkorlik bilan qabul qila oladigan, liderlik xususiyatlariga ega malakali mutaxassislarni tayyorlash.
Fakultet tasarrufidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari
60410400 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
60412100 – Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari;
60410800 – Statistika (tarmoqlar va sohalar).
Hozirgi kunda fakultetda 21 nafar professor, 36 nafar dotsent, 40 nafar katta o‘qituvchi va assistentlar faoliyat yuritib kelishmoqda. Ilmiy salohiyat 58,8 foizni tashkil etadi. Fakultetda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida jami bo‘lib 1425 nafar talaba tahsil olmoqda.
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT FAKULTETI
Fakultet haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 1991-yil 13-maydagi PF-20 farmoniga asosan Toshkent moliya instituti va uning tarkibidagi “Hisob-iqtisod” fakulteti tashkil etilgan. 2011-yil sentabr oyidan 2018-yil noyabr oyiga qadar fakultet “Hisob va audit” nomi bilan atalgan. 2018-yil 25-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan Toshkent moliya institutining yangi tashkiliy tuzilmasiga va institut rektorning 2018 yil 3-noyabrdagi 754-sonli buyrug‘iga asosan fakultet “Buxgalteriya hisobi va audit”fakulteti deb o‘zgartirildi.
Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti institut tashkil etilgan davrdan boshlab bugunga qadar yirik korporativ tuzilmalar, real sektor korxonalari, xorijiy qo‘shma korxonalar hamda auditorlik tashkilotlari bilan hamkorlikda mutaxassis tayyorlab kelayotgan eng yirik fakultet hisoblanadi.
Bugungi kunda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, universitet rektorining tegishli buyruq va ko‘rsatmalari asosida faoliyat yuritadi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalari va fan dasturlari xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari tajribalari asosida takomillashtirilgan. Fakultetdagi o‘quv jarayoni to‘liq kredit-modul tizimi asosida tashkil etilgan.
Fakultet tasarrufidagi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari talabalari bitiruv oldi amaliyotini yirik korporativ tuzilmalar, real sektor korxonalari, xorijiy qo‘shma korxonalar, auditorlik tashkilotlari hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda o‘taydilar. Amaliyot o‘tash davomida ular o‘z nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etadilar, amaliyot obyektlaridagi yangiliklar bilan tanishadilar, mavjud muammolarni o‘rganadilar, amaliyot davomida orttirgan bilim va ko‘nikmalari asosida bitiruv-malakaviy ishlari va boshqa ilmiy ishlar bajaradilar.
Fakultetning missiyasi – buxgalteriya hisobi va audit sohasida yuqori malakali, xalqaro maydonda raqobatga kirisha oladigan mutaxassislar tayyorlash va barkamol shaxslarni tarbiyalash.
Missiyaning asosiy yo‘nalishlari:
- kelajagi buyuk davlatning moliyaviy poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladigan yuqori malakali buxgalter va auditorlarni tayyorlash;
- iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash uchun milliy va xalqaro tajribalar asosida hisob-kitob tizimini ishlab chiqish va tahlilini amalga oshirishga munosib hissa qo‘shish;
- yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining ilg‘or tajribalari asosida fakultet faoliyatining doimiy ravishda rivojlanishini ta’minlash va mobil almashuv dasturlari asosida iqtidorli talabalarni xorijiy oliy taʼlim muassasalariga jo‘natish;
- ilm-fan, innovatsiyalar, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi doirasida buxgalteriya hisobi va audit sohasida muammolarning yechimlarini topish va ilmiy asoslab berish;
- kreativ fikrlaydigan, jamoa bilan ishlash qobiliyatiga ega, muammoli vaziyatlarda muhim hisob-kitob va uning tekshiruvi yuzasidan qarorlarini tezkorlik bilan qabul qila oladigan, liderlik xususiyatlariga ega malakali mutaxassislarni tayyorlash.
Fakultet tasarrufidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari
60410100 - Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha);
60411500 - Biznes-tahlil;
Hozirgi kunda fakultetda 18 nafar professor, 45 nafar dotsent, 37 nafar katta o‘qituvchi va assistentlar faoliyat yuritib kelishmoqda. Ilmiy salohiyat mutaxassislik kafedralarda 62,6 foizni tashkil etadi. Fakultetda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida jami bo‘lib 1741 nafar talaba, shularda, kunduzgi ta’lim shakli bo’yicha – 827 ta, masofaviy ta’lim shakli bo’yicha – 283 ta, ikkinchi oliy ta’lim (sirtqi) – 631 ta talaba tahsil olmoqda.
BANK ISHI FAKULTETI
Fakultet haqida
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng, moliya-kredit sohasida mutaxassis kadrlarga bo‘lgan talabning kuchayishini inobatga olib, respublikamiz birinchi Prezidentining 1991-yil 13-maydagi farmoni bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Moliya-kredit” va “Hisob-iqtisod” fakultetlari negizida Toshkent moliya instituti tashkil etilgan. Xuddi shu yildan institutning yetakchi fakulteti sifatida “Kredit-iqtisod” fakulteti o‘z faoliyatini boshlagan. “Kredit-iqtisod” fakulteti “Bank ishi”, “Bank hisobi va auditi”, “Bank ishi va auditi” yo‘nalishlari bo‘yicha respublikadagi bank muassasalari uchun bakalavr mutaxassislarini tayyorlab beruvchi tayanch fakultet hisoblanadi.
2007-yilda institut rektorining buyrug‘i asosida fakultet tasarrufida "Banklarda buxgalteriya hisobi va auditi" kafedrasi tashkil etildi. Hozirgi kunda fakultetda “Bank ishi”, “Banklarda buxgalteriya hisobi va auditi”, “Xorijiy tillar”, “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedralari faoliyat yuritmoqda.
2018-yil noyabr oyidan boshlab institut rektorining buyrug‘iga asosan Kredit-iqtisod fakulteti negizida Bank ishi fakulteti tashkil etildi.
Bugungi kunda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Bank ishi fakulteti O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, universitet rektorining tegishli buyruq va ko‘rsatmalari asosida faoliyat yuritadi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalari va fan dasturlari xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari tajribalari asosida takomillashtirilgan. Fakultetdagi o‘quv jarayoni to‘liq kredit-modul tizimi asosida tashkil etilgan.
Bank ishi fakultetida “Bank ishi” ta‘lim yo‘nalishi bo‘yicha Respublikamiz bank tizimiga bilimli, yetuk va teran fikrlaydigan kadrlar tayyorlanadi. Bank tizimi uchun yetuk kadrlarni tayyorlab yetkazib berish yuzasidan 2019/2020 – o‘quv yilidan 1 ta yo‘nalishda ya‘ni “Bank hisobi va audit” ta‘lim yo‘nalishiga talabalar qabul qilinishi boshlandi. 2020-2021 o’quv yilidan boshlab “Bank ishi” va “Bank hisobi va audit” ta’lim yo’nalishlari birlashtirilib “Bank ishi va auditi” ta’lim yo’nalishi tashkil etildi. Yuqoridagilarning isboti sifatida fakultetning 3-bosqich talabalarining aksariyati, 4-bosqich talabalarining asosiy qismi bank tizimida o‘z o‘rnini topib ish bilan ta‘minlangan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, yetakchi tijorat banklarining stipendiyalarini qo‘lga kiritgan.
Fakultetning missiyasi – Kelajagi buyuk davlatning bank-kredit sohasi poydevorini mustahkamlovchi yuqori malakali bankirlarni tayyorlash.
Missiyaning asosiy yo‘nalishlari:
- raqamli bank tizimini rivojlantirish, iqtisodiyotni malakali kadrlar bilan ta’minlash orqali barqaror iqtisodiyot va jamiyat rivojiga munosib hissa qo’shish;
- barqaror iqtisodiyot va jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shish, mutaxassis va yetakchilar sifatida yuksak bilimli kadrlarni tayyorlash;
- moliyaviy sektorlarda pul-kredit siyosatini hamda zamonaviy bank xizmatlarini takomillashtirishda ilg’or xorijiy tajribalarni doimiy qo’llash;
- yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining ilg‘or tajribalari asosida fakultet faoliyatining doimiy ravishda rivojlanishini ta’minlash va mobil almashuv dasturlari asosida iqtidorli talabalarni xorijiy oliy taʼlim muassasalariga jo‘natish;
- yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, bitiruvchilarni barkamol va fidoyi shaxs sifatida shakllantirish.
Fakultet tasarrufidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari
5230700 – Bank ishi va auditi;
60410500 – Bank ishi va auditi;
Hozirgi kunda fakultetda 11 nafar professor, 35 nafar dotsent, 50 nafar katta o‘qituvchi va assistentlar faoliyat yuritib kelishmoqda. Ilmiy salohiyat 48,0 foizni tashkil etadi. Fakultetda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida jami bo‘lib 836 nafar talaba tahsil olmoqda.
Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti to’g’risida
“Raqamli iqtisodiyotsiz mamlakat iqtisodiyotining kelajagi yo'q” Sh.Mirziyoev
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar zamonaviy jamiyat hayotining barcha sohalariga, jumladan, iqtisodiyot sohasiga ham faol kirib bormoqda. Iqtisodiyotni raqamlashtirish global iqtisodiyotda iqtisodiy o‘sishning muhim omiliga aylanmoqda. Shuning uchun O‘zbekistonda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining jadal raqamli rivojlanishini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maqsadlarga erishishni taʼminlash tahliliy va ilmiy-uslubiy tadqiqotlar va innovatsion o‘zgarishlarni talab qiladi. Bunday o‘zgarishlar esa raqamli iqtisodiyot sharoitida nazariy va tahliliy bilimlar va ko‘nikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni talab qiladi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti raqamli iqtisodiyot dunyodagi eng tez rivojlanayotgan sohalardan biri bo‘lgani uchun yuqori sifatli tajriba va malakali inson salohiyatiga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlaydi. Bunga raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt, statistika, iqtisodiy va axborot xavfsizlik, iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari sohalarini qamrab oladigan o‘quv dasturlari orqali erishiladi.
Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti tarixi 1963 yilda "Iqtisodiy axborotni avtomatlashtirilgan qayta ishlashni tashkil etish" ixtisosligi bo'yicha talabalarni qabul qilish bilan boshlangan. 1968-yilda “Iqtisodiy kibernetika” mutaxassisligining ochilishi bilan Iqtisodiy kibernetika fakulteti tashkil etildi. Raqamli texnologiyalarning barcha sohalarga va odamlar hayotiga jadal kirib borishi tufayli 2020-yildan boshlab fakultet Raqamli iqtisodiyot nomi bilan atala boshlandi va 2024 yilda fakultet nomi Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalariga o’zgartirildi.
Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakultetida 100 dan ortiq professor-o‘qituvchilar axborot tizimlari va texnologiyalari, raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt, statistika, iqtisodiy va axborot xavfsizlik sohalarining mehnat bozorida raqobatbardosh malakali mutaxassis-kadr tayyorlash uchun zarur bo‘lgan zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalar beradi.
Fakultetning missiyasi
Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari uchun mehnat bozorida raqobatbardosh zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega malakali mutaxassis-kadrlarni tayyorlash.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
- 60310200 - Ekonometrika;
- 60610200 - Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
- 60310400 - Iqtisodiy xavfsizlik;
- 60310500 - Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
- 6410800 - Statistika (tarmoqlаr vа sоhalar bо'yichа)
- 60610300 - Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)
- 60610700 - Sunʼiy intellekt
Magistratura mutaxassisliklari
- 70310201 - Ekonometrika;
- 70310106 - Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari va tizimlari;
- 70310401 - Iqtisodiy xavfsizlik;
- 70310108 - Iqtisodiyotda matematik metodlar;
- 70410801- Statistika (tarmoqlаr vа sоhalar bо'yichа)
- 60610300 - Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)
- 60610700 - Sunʼiy intellekt
XALQARO TURIZM FAKULTETI
Fakultet haqida
Respublikamiz milliy iqtisodiyotining rivojlanishida iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari barqaror va ishonchli faoliyat yuritib, yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining mustaqilligini mustahkamlash va kuchli iqtisodiyot asoslarini yaratish turli sohalarda iqtisodiyotni modernizatsiyalashni taqozo etadi. Davlat iqtisodiy taraqqiyotining muhim shartlaridan biri tovar va xizmatlarni izchillik bilan jahon bozorlariga kirib borishida sayyohlik xizmatlaridan unumli foydalanishdan iboratdir. Bu jarayonni amalga oshirishda turizm sohasida kadrlar tayyorlash muhim omil hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning 1999-yil 30-iyundagi “O‘zbekistonda turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yuqoridagi farmon asosida qabul qilingan 1999-yil 2-iyuldagi 324-sonli “O‘zbekistonda turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlariga asosan Xalqaro turizm fakulteti tashkil qilingan. Hozirgi kunda fakultet tomonidan iqtisodiyotning barcha sohalariga “Turizm (faoliyat yo‘nalishlar bo‘yicha)”, Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqarishdan ajralmagan holda yuqori malakali kadrlar tayyorlanib kelmoqda. Shuni ta‘kidlash joizki, “Menejment: turizm biznesini boshqarish” yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari yangi zamon talablariga mos kadrlarni tayyorlash maqsadida, vazirliklar, yirik korxona va tashkilotlarning malakali mutaxassislari fakultetda dars berish uchun jalb qilinmoqda.
Хalqaro turizm fakulteti O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, universitet rektorining tegishli buyruq va ko‘rsatmalari asosida faoliyat yuritadi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalari va fan dasturlari xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari tajribalari asosida takomillashtirilgan. Fakultet talabalari va magistrlarining o‘quv jarayoni to‘liq kredit-modul tizimiga asosida tahsil olishmoqda.
Bitiruv oldi amaliyotini o‘tishda belgilangan o‘quv jadvaliga muvofiq, talabalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat statistika Agentligi, Viloyat, shahar va tuman hokimiyatlari, Tijorat banklar, Savdo-sanoat palatasi va boshqa turli xizmat ko‘rsatish tashkilotlari hamda korxonalarda o‘z nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etib, amaliyot o‘tish jarayonida mavjud yangiliklar, yo‘riqnomalar, qaror va qonun-qoidalar bilan mukammal tanishish imkoniyatiga ega.
Fakultetning missiyasi
O‘zbekiston Respublikasi turizm sohasi va xizmat ko‘rsatish tarmoqlariga munosib hissa qo‘shish, intellektual ko‘nikmalariga ega bo‘lgan mutaxassis va yetakchilar sifatida yuksak bilimli kadrlarni tayyorlash.
Missiyaning asosiy yo‘nalishlari:
- Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari uchun ijodiy qobiliyatga ega, olingan bilimlarni amaliyotga tatbiq etishda innovatsion qarorlar qabul qiladigan yangi avlod biznes rahbarlarini tayyorlash;
- Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy va madaniy boylik va ekologik barqarorlikni ta’minlashda innovatsion zamonaviy texnologiyalar ishlab chiqish va joriy etishda munosib hissa qo‘shish;
- Iqtisodiyot tarmoqlari uchun mehnat bozorida raqobatbardosh zamonaviy iqtisodiy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega malakali kadrlar tayyorlash;
- Yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining ilg‘or tajribalari asosida fakultet faoliyatini doimiy rivojlanishini ta’minlash
- Ilm-fan, innovatsiyalar, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi doirasida mintaqamizdagi muammolar yechimini ilmiy asoslab berish;
- O‘zbekiston Respublikasida ichki va tashqi turizm bozorini rivojlantirishning asosiy geografik yo‘nalishlari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash;
- Mutaxassislar va yetakchilar sifatida yuqori ish bilan ta’minlangan bitiruvchilarni yetishtirish.
BAKALAVRIAT TA’LIM YO'NALISHLARI
Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)
Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish
Menejment (turizm biznesini boshqarish)
MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI
Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)
Turizm (ziyorat turizmi)
Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish
Fakultetda hozirgi kunda 5 nafar professor, 6 nafar dotsent, 8 nafar katta o‘qituvchi va assistentlar faoliyat yuritib kelishmoqda. Ilmiy salohiyat 72,2 foizni tashkil etadi. Fakultetda jami 13 ta magistratura tinglovchilari uchun va 28 ta bakalavr bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun fanlar mavjud.
MENEJMENT FAKULTETI
Fakultet haqida
Respublikamiz milliy iqtisodiyotining rivojlanishida moliya-bank tizimi barqaror va ishonchli faoliyat yuritib, yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etib kelmoqda. Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Aynan shu jihatdan ham mamlakatimizning moliya-bank tizimi jarayonida faoliyat yurituvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirining 1990-yil 28-apreldagi 270-sonli buyrug‘i bilan «Xalqaro iqtisodiy munosabatlar» fakulteti tashkil topgan. 2011-yil 3-oktyabrdan ushbu fakultet «Investitsion faoliyat» nomi bilan yuritiladi va 2013-yil 2-yanvardan universitetning 1-sonli buyrug‘iga asosan fakultet nomi «Bank ishi» fakulteti deb o‘zgartiriladi. 2016-yili 2023 yilgacha fakultet «Korporativ boshqaruv» nomi bilan faoliyat olib bordi. 2023 yil 4-sentabrdan yangi Biznes boshqaruvi nomi bilan ish yuritib kelmoqda.
Menejment fakulteti O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, universitet rektorining tegishli buyruq va ko‘rsatmalari asosida faoliyat yuritadi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalari va fan dasturlari xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari tajribalari asosida takomillashtirilgan. Fakultet talabalari va magistrlarining o‘quv jarayoni to‘liq kredit-modul tizimiga asosida tahsil olishmoqda.
Bitiruv oldi amaliyotini o‘tishda belgilangan o‘quv jadvaliga muvofiq, talabalar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Viloyat, shahar va tuman hokimiyatlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tijorat banklari, Savdo-sanoat palatasi va boshqa turli tashkilot hamda korxonalarda o‘z nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etib, amaliyot o‘tish jarayonida mavjud yangiliklar, yo‘riqnomalar, qaror va qonun-qoidalar bilan mukammal tanishish imkoniyatiga ega.
Fakultetning missiyasi
Akademik sohalarimizda innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash va bilimlarni oshirish. Talabalarimizni o'z tanlagan kasblarida yetakchilik qilish va muvaffaqiyatga erishish imkonini beradigan hayotni o'zgartiruvchi ta'lim tajribasi bilan ta’minlash.
Missiyaning asosiy yo‘nalishlari:
• iqtisodiyot tarmoqlari uchun bitiruvchilarimizni o‘z tashkilotlari va jamoalarida o‘zgarishlarga yordam beruvchi va iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlovchi samarali menejerlar va yetakchilar qilib tarbiyalash;
• yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining ilg‘or tajribalari asosida fakultet faoliyatini doimiy rivojlanishini ta’minlash
• ilm-fan, innovatsiyalar, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi doirasida mintaqamizdagi muammolar yechimini ilmiy asoslab berish;
• mutaxassislar va yetakchilar sifatida yuqori ish bilan ta’minlangan bitiruvchilarni yetishtirish.
BAKALAVRIAT TA’LIM YO'NALISHLARI
Bank ishi va auditi
Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
Korporativ boshqaruv
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo’yicha)
Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari
MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI
Bank ishi va auditi
Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
Korporativ boshqaruv
Jahon iqtisodiyoti (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha)
Tashqi iqtisodiy faoliyat (tarmoqlar va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)
Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish
Investitsiyalarni boshqarish (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
Fakultetda hozirgi kunda 18 nafar professor, 39 nafar fan nomzodi/PhD 57 nafar katta o‘qituvchi va assistentlar faoliyat yuritib kelishmoqda. Ilmiy salohiyat 68,4 foizni tashkil etadi.
Fakultet haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2005-yil 3-fevraldagi 21-sonli buyrug‘i, shuningdek, institut rektorining 2005-yil
27-avgustdagi 137-sonli buyrug‘iga asosan Moliya-iqtisod fakultetida tayyorlanayotgan “Soliqlar va soliqqa tortish” va “Sug‘urta ishi” ta’lim yo‘nalishlari negizida Soliq va sug‘urta ishi fakulteti tashkil qilindi.
2011-2018 o‘quv yillarida fakultetning nomi Sug‘urta fakulteti deb nomlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan 2018 yil 25-oktyabrda kelishilgan Toshkent moliya instituti tashkiliy tuzilmasi va institut rektorining 2018 yil 3-noyabrdagi 754-sonli buyrug‘iga asosan Sug‘urta fakulteti Soliqlar va sug‘urta fakulteti deb o‘zgartirildi.
Fakultetni tashkil etilganidan buyon iqtisod fanlari doktori, professor A.S.Jo‘raev (2005-2006), iqtisod fanlari doktori, professor M.I.Almardonov (2006-2011), iqtisod fanlari nomzodi U.A.Radjabov (2011-2014, 2015-2017), iqtisod fanlari doktori, professor D.R.Rustamov (2014-2015), iqtisod fanlari nomzodi, dotsent G‘.A.Safarov (2018-2019) boshqargan. 2019-yil noyabr oyidan boshlab iqtisod fanlari nomzodi, dotsent L.S.Zoyirov fakultetga rahbarlik qilib kelmoqda.
Fakultetning bugungi kundagi asosiy maqsadi “Soliqlar va soliqqa tortish” va “Sug‘urta ishi” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarning o‘qishlarini tashkil etish va shu asosda yuqori malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan.
Fakultetda tayyorlanayotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar respublikamizning turli sohalarida, ya’ni Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Markaziy bank, Sug‘urta kompaniyalari, shuningdek iqtisodiyotning turli yo‘nalishlarida korxona, firma va kompaniyalarda moliyachi, iqtisodchi va boshqa lavozimlarda xizmat qilmoqdalar.
Fakultet tasarrufidagi ixtisoslik kafedralari tomonidan har yili bitiruvchilar uchun korxona va tashkilotlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Fakultet va kadr buyurtmachilari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari keng yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Vazirliklar, Qo‘mitalar, turli mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar, banklar, investitsiya institutlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan “Oliy ta’lim – fan – ishlab chiqarish integratsiyasi” doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu hamkorlik natijasida so‘nggi yillarda fakultet bitiruvchilari bandligi to‘liq ta’minlanmoqda.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” doirasida jamiyatimizda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida instituti rahbariyati, fakultet talaba-yoshlarini o‘z sohasidagi kasbiy bilimlarini yanada chuqurlashtirish va yaxshilash maqsadida darslar tashkil etilib kelinmoqda.
Oxirgi yillarda fakultet talabalari mutaxassislik fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika Fan olimpiadalarida salmoqli o‘rinlarni egallab kelishmoqda. Jumladan, 2019-2020-o‘quv yilida Qurbonova Shaxzoda Raximjon qizi “Makroiqtisodiyot. Mikroiqtisodiyot” fanidan Respublika Fan olimpiadasida qatnashib faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, fakultetda respublika miqyosidagi tanlovlarda g‘olib chiqish an’ana tusiga kirib bormoqda. 2019-2020-o‘quv yilida ST-40 guruh talabasi Axmedova Maftuna Yusuf qizi 2018-2019 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidagi Davlat stipendiya sovrindori bo‘ldi.
Fakultetda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada jonlantirish, talaba-yoshlarni yuksak ma’naviyatli va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar etib tarbiyalashda “Institut – oila - mahalla” tizimli tarbiya borasida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Bu borada institut va fakultet miqyosida Oliy majlis Qonunchilik palatasi Qo‘mitalari a’zolari ishtirokida “Yuksak ma’naviyatli yoshlar – kelajak poydevori”, “Talaba-yoshlarning mafkuraviy immunitetini oshirishning ma’naviy-huquqiy asoslari”, O‘zbekiston Respublikasi soliq qo‘mitasi, Sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollari” kabi qator o‘quv, ilmiy va ma’naviy mavzular doirasida fakultet va institut miqyosida tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Shu orqali fakultet jamoasi respublikamizga yuqori intellektual salohiyatga ega bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalashga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
Fakultet tarkibidagi kafedralar o‘quv yili davomida respublikamizning qator oliy o‘quv yurtlari va bir qancha iqtisodiy yo‘nalishdagi texnikumlar va maktablar bilan hamkorlik ishlarini olib boradilar.
Joriy o‘quv yilida ham ular bilan hamkorlik ishlarini yanada kengaytirish va rivojlantirish rejalashtirilgan. Fakultetida mavjud bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari va Namunaviy o‘quv dasturlari asosida ishchi-o‘quv rejalari yaratilib, ishchi-o‘quv dasturlar tasdiqlangan va barcha kafedralar to‘liq ta’minlangan. Shuningdek, kafedralarda o‘qitiladigan asosiy fanlardan elektron darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar yaratilgan. O‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar yaratilgan va ular har o‘quv yilida yangilanib borilmoqda.
“Soliqlar va budjet hisobi” fakultetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalari va fan dasturlari xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari tajribalari asosida takomillashtirilgan. Fakultet talabalarining o‘quv jarayoni to‘liq kredit-modul tizimi asosida tashkil etilmoqda.
Shuningdek, fakultetning bitiruvchilari Bitiruv oldi amaliyotini o‘tishda belgilangan o‘quv jadvaliga muvofiq, talabalar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika Agentligi, Viloyat, shahar va tuman hokimiyatlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tijorat banklari, Savdo-sanoat palatasi va boshqa turli tashkilot hamda korxonalarda o‘z nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etib, amaliyot o‘tish jarayonida mavjud yangiliklar, yo‘riqnomalar, qaror va qonun-qoidalar bilan mukammal tanishish imkoniyatiga ega.
Fakultetning missiyasi
Yuksak ma’naviyatli, yuqori intellektual salohiyatli raqobatbardosh kadrlar tayyorlash.
Missiyaning asosiy yo‘nalishlari:
• mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq eta oladigan kadrlarni tayyorlash;
• mamlakatning budjet-soliq tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiluvchi kadrlar tayyorlash;
• mamlakatda xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash hamda xususiylashtirish jarayonida olib boriladigan baholash faoliyatini tartibga solish mexanizmini ishlab chiqish;
• iqtisodiyotning drayveri bo‘lgan investitsiya siyosatini to‘g‘ri olib borish uchun strategiyalar ishlab chiqish;
• innovatsion iqtisodiyot sharoitida raqamli texnologiyalar va elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirish.
Fakultetda hozirgi kunda 19 nafar professor, 41 nafar 23 nafar katta o‘qituvchi va assistentlar faoliyat yuritib kelishmoqda. Ilmiy salohiyat 72,2 foizni tashkil etadi. Fakultetda jami 46 ta magistratura tinglovchilari uchun va 37 ta bakalavr bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun fanlar mavjud.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Ural davlat iqtisodiyot universiteti xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi fakulteti
Fakulteti haqida
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Olim taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-2909-sonli qarori, 2017 yil 27 iyundagi “Oliy maʼlumotlari mutaxassislar tayyorlash sifatni oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarni ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-3151-sonli qarori, 2018 yil 5 iyundagi “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-3775-sonli qarori hamda 2019 yil 11 iyuldagi “Oliy va oʼrta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4391-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (keyingi oʼrinda universitet deb yuritiladi) TDIU va UrDIU xalqaro qoʼshma taʼlim dasturi fakulteti (keyingi oʼrinda fakultet deb yuritiladi) tashkil etildi.
Fakultet universitet boshqaruv (tashkiliy) tuzilmasining tarkibiy boʼlinmasi hisoblanadi. Uning faoliyati tegishli taʼlim yoʼnalishlari va mutaxassisliklari boʼyicha talabalarni oʼqitish, taʼlim – tarbiya jarayonlarini uzviy va uygʼunlashgan holda olib borish, iqtisodiyot tarmoqlari, fan va ijtimoiy sohani rivojlantirish ehtiyojlarini hisobga olgan holda taʼlim yoʼnalishlari va mutaxassisliklarini optimallashtirish, ishlab chiqarish va boshqa korxonalarda talabalar amaliyotini tashkil etishga yoʼnaltirilgan.
Fakultet oʼz tarkibiga kiritilgan bakalavr va magistratura yoʼnalishlariga taalluqli kafedralardan iborat.
Fakultetning missiyasi
Xorijiy OTMlar va Oʼzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar rivojlantirish vazifalarini hal etishda fakultet rolini kuchaytirish va xorijiy OTM, Vazirlik va universitet rahbariyatining talablari asosida talabalarning haftalik oʼquv yuklamalari va mustaqil ish soatlari hajmini hamda oʼqitiladigan fanlar tizimini muvofiqlashtirish;
Iqtisodiyot, fan va boshqaruv sohalarida ularning faoliyati sifati va samaradorligini taʼminlovchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashning yangi shakllari, usullari va texnologiyalarini ishlab chiqish va davlat taʼlim standartlari asosida shakllantirish;
Taʼlim, iqtisodiyot va fanning eng dolzarb muammolari boʼyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va oʼtkazish;
Innovatsion faoliyatni amalga oshirish va ijodiy faoliyatini roʼyobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy – texnikaviy sharoitlar yaratish;
Fakultet tasarrufidagi kafedralarda katta ilmiy xodim-izlanuvchilarni tayyorlash, pedagog xodimlar malakasini oshirish boʼyicha ishlarni muvofiqlashtirish, alohida oʼrnak koʼrsatganlarni turli tanlovlarda ishtirok etishlari uchun tavsiya etish;
Fakultet oliy maʼlumotli, mutaxassislik (mutaxassislik yoʼnalishlari), boʼyicha mutaxassisning malakasini oshirishni taʼminlovchi oliy taʼlimning qoʼshma taʼlim dasturlarini amalga oshiradi va ikki diplom yaʼni xorijiy OTMlar va TDIU diplomlariga ega, yuqori malakali, raqobatbardosh oliy toifali mutaxassislarni tayyorlaydi.
Fakultet faoliyatining maqsadi taʼlim, ilmiy, ilmiy-texnikaviy va innovatsion faoliyatni amalga oshirish, oliy iqtisodiy taʼlimni ilmiy-uslubiy jihatdan taʼminlash boʼyicha faoliyatni amalga oshirishdan iborat, pedagogika muammolari, oliy maktabda oʼqitish metodikasi, yuqori malakali mutaxassislarni oʼqitish, qonun hujjatlarida belgilangan doirada kadrlar va boshqa faoliyatni tanlash va joylashtirish boʼyicha axborot almashish sohasidagi tajribani kengaytirish;
BAKALAVRIAT TA’LIM YO'NALISHLARI
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
- Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
- Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
- Biznes-tahlil;
Raqamli iqtisodiyot ta'lim yo‘nalishlariga talabalar qabul qilingan
MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI
- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
- Davlat moliya va xalqaro moliya
- Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) magistratura ta'lim yo‘nalishlariga talabalar qabul qilingan.
Fakultetda hozirgi kunda 3 nafar professor, 22 nafar fan nomzodi/PhD, 29 nafar katta o‘qituvchi va assistentlar faoliyat yuritib kelishmoqda. Ilmiy salohiyat 68 foizni tashkil etadi. 

TDIU-PENDIDIKAN xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi fakulteti
Fakultet haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni hamda “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining o‘zaro kelishuvi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari asosida talabalarni o‘qitishni tashkil etish maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Indoneziya ta’lim universiteti o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturi tashkil qilindi. 2022-yil 10-oktyabrdan ushbu qo‘shma ta’lim dasturi “TDIU-Pendidikan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi” nomi bilan ish yuritib kelmoqda.
TDIU-Pendidikan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi 421-son qaroriga asosida faoliyat yuritadi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalari va fan dasturlari hamkor universitet hamda xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari tajribalari asosida takomillashtirilgan. Bo‘lim talabalari va magistrlarining o‘quv jarayoni to‘liq kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 3+1 asosida magistratura mutaxassislilklari uchun esa 1+1 ta’lim shakli asosida o‘quv jarayoni tashkil etilishi ikki universitet o‘rtasida imzolangan memorandumda belgilab o‘tilgan.
Fakultetning missiyasi
Hamkor universitet tajribasidan keng ko‘lamli foydalangan holda akademik sohalarimizda innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, bilimlarni oshirish va ikki universitet professor-o‘qituvchilari o‘rtasida hamkorlikda amaliy ilmiy-tadqiqot loyihalarni takomillashtirish. Talabalarimizni o‘z tanlagan kasblarida yetakchilik qilish, xorijiy til ko‘nikmasini oshirish va hamkor universitetda o‘quv jarayoni davrida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni mukammal egallashlarini ta’minlash.
Missiyaning asosiy yo‘nalishlari:
• iqtisodiyot tarmoqlari uchun bitiruvchilarimizni o‘z tashkilotlari va jamoalarida o‘zgarishlarga yordam beruvchi va iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlovchi samarali iqtisodchi kadrlar qilib tarbiyalash;
• xorijiy hamkor universitetning yuqori darajadagi ilg‘or tajribalari asosida bo‘lim faoliyatini doimiy rivojlanishini ta’minlash;
• ilm-fan, innovatsiyalar, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi doirasida mintaqamizdagi muammolar yechimini ilmiy asoslab berish;
• mutaxassislar va yetakchilar sifatida yuqori ish bilan ta’minlangan bitiruvchilarni yetishtirish.
BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHLARI
60411200- Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
60410100-Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha)
MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI
70411201-Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
70310102-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
Fakultetda hozirgi kunda 3 nafar professor, 14 nafar fan nomzodi/PhD 13 nafar katta o‘qituvchi va assistentlar faoliyat yuritib kelishmoqda. Ilmiy salohiyat 56,6 foizni tashkil etadi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Avstriyaning Krems amaliy fanlar universiteti qo’shma ta’lim dasturi 2018 yilda tashkil etilgan bo’lib, hozirgi paytda ushbu dasturda talabalar ikkita bakalavr yo’nalishida, xususan, Xalqaro biznesni boshqarish (avvalgi nomi: Eksportga yo’naltirilgan menejment) hamda Turizm va dam olish menejmenti yo’nalishlarida ta’lim olmoqdalar. Qo’shma ta’lim dasturida bir vaqtning o’zida mahalliy hamda xorijiy professorlarning darslarni olib borishi talabalarga xalqaro standardlarga mos ta’lim muhitini yaratadi. Jumladan, professor- o’qituvchilarning 30-40% Krems amaliy fanlar universitetidan, qolgan qismi esa xalqaro ta’lim tajribasiga ega yetakchi mutaxassis o’qituvchilar hisoblanadi. Dastur 2019-yilda Austrian Quality Assurance - AQ (Avstriya ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi) tomonidan akkreditatsiyadan o’tgan.
O’quv jarayoni Krems amaliy fanlar universitetining o’quv dasturi, ECTS (Yevropa kredit transfer tizimi) asosida olib boriladi. Shu sababli talabalar o’quv semesterini Krems universitetining Avstriyada joylashgan asosiy kampusida, shu bilan birga Germaniya, Yaponiya, Malayziya, Shvetsiya kabi rivojlangan mamlakatlarning nufuzli universitetlarida ham talaba almashinuv dasturi asosida o’qish imkoniyatini yaratadi.
Ushbu dastur asosida o’qish mobaynida talabalar ham nazariy bilimlarini, ham amaliy ko’nikmalarini rivojlantirib boradilar. Xususan, liderlik hamda shaxsiy ko’nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bundan tashqari, talabalarning malakaviy amaliyotini vazirliklar, davlat qo’mitalari, logistika kompaniyalari, turizm instituti, banklar va qator nufuzli tashkilotlarda o’tashlariga imkoniyat yaratiladi.
O’qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar bir paytning o’zida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Avstriyaning Krems amaliy fanlar universitetining bakalavrlik diplomlari bilan taqdirlanadilar. Bu bitiruvchilarga O’zbekiston va Yevropa davlatlarida ishlash imkoniyatini beradi.
TDIU va UoL-LSE hamkorligidagi ISEF qo’shma ta’lim dasturi
“International School of Economics and Finance” ya’ni “ISEF” dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri bo’lgan London Iqtisodiyot va Siyosiy Fanlar Maktabi (LSE) akademik rahbarligi asosida London universiteti (University of London) va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligidagi 2021-yilda tashkil etilgan. Ushbu qo’shma ta’lim dasturi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kampusida joylashgan. https://www.london.ac.uk/study/where-study/teaching-centre/uzbekistan/tashkent-state-university-economics) Universitet kampusi Toshkent shahrining markazida joylashgan bo’lib, umumiy maydoni 78981,7 kvadrat metrni tashkil qiladi. Bundan tashqari, universitetda professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun dam olish maskani, o’quv labarotoriylari, kutubxona, turli sport mashg’ulotlari va to’garaklar bilan shug’ullanish uchun qulayliklar yaratilgan.
TDIU va UoL-LSE qo’shma ta’lim dasturining maqsadi talabalarni global iqtisodiyotning dinamik muammolariga tayyorlaydigan boyitilgan akademik sayohatni taqdim etishdan iborat. Dasturning oʼziga xosligi shundan iboratki, bitiruvchilar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi akademik yoʼnalishi boʼyicha London universiteti diplomini qoʼlga kiritishadi. Oʼqish jarayoni toʼliq ingliz tilida boʼlib, oʼquv materiallari va imtihon savollari LSE tomonidan tayyorlanadi va baholanadi. Bu esa oʼqish jarayonida shaffoflik boʼlishi va taʼlim sifatini taʼminlaydi
Shu o’rinda, London Iqtisodiyot va Siyosiy Fanlar Maktabi (LSE) haqida to’xtalib o’tsak. London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabiga (LSE)-1895 yil asos solingan, iqtisodiyot sohasidagi yetakchi taʼlim muassasasi boʼlib, universitet 1900-yildan beri London Universiteti federatsiyasi aʼzosi sanaladi. https://www.lse.ac.uk/study-at-lse/uolip Times Higher Education xalqaro reytingida 46-oʼrinni egallab kelmoqda. LSE QS-reytingida Top-49- o’rinni egallagan bo’lib, Ijtimoiy Fanlar va Menejment yoʼnalishi boʼyicha dunyoda 2-oʼrin, Buxgalteriya va Moliya yoʼnalishi boʼyicha esa dunyoda 6-oʼrinni (ushbu yoʼnalishlar boʼyicha Аngliyaning Oksford va Kembridj universitetlaridan yuqori oʼrinlarda turadi) egallaydi. Universitet iqtisodiyot sohasida 18 nafar “Nobel” mukofoti sohiblari hamda 55 nafar sobiq va hozirgi davlat rahbarlarini yetishtirgan. LSE talabalari 11 mingdan ortiq boʼlib, talabalarning qariyb 70% boshqa mamlakat vakillari hisoblanadi.
London universiteti (University of London-UoL) https://www.london.ac.uk/-1836 yilda tashkil topgan, unda 50 mingga yaqin talaba tahsil oladi. London universiteti federatsiya sifatida faoliyat koʼrsatib, oʼz tarkibiga Аngliyaning 17 ta yirik universitetini qamrab olgan. Shu jumladan, London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (LSE) ham shu federatsiya tarkibiga kiradi. Shuning uchun LSE oʼzining xalqaro qoʼshma taʼlim dasturlarini ushbu federatsiya aʼzosi sifatida amalga oshiradi. Hozirda dunyoda 30 ta UoL xalqaro qoʼshma dasturlari faoliyat yuritmoqda.
London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (LSE) akademik rahbarligi asosida London universiteti (University of London) xalqaro hamkorlik dasturlari Iqtisodiyot, Menejment, Moliya va Ijtimoiy fanlarni oʼz ichiga olgan - EMFSS dasturlari deb yuritiladi.
EMFSS dasturlarini amalga oshirilishida hamkor 3 ta universitetning ham roli muhim. LSE har bir dasturining oʼquv rejasini belgilaydi, har bir kursning oʼquv dasturini ishlab chiqadi va dunyo boʼylab tadqiqotlar olib borilishi uchun sharoit yaratadi. Shuningdek, akademik sifat va darajalarning oʼquv rejasi LSEning ichki darajalariga yaqin ekanligiga ishonch hosil qilish uchun xalqaro imtihon savollarini tuzib chiqadi va imtihon topshiriqlarini universitetlar kampusida tashkil qiladi.
Ushbu dasturda oʼqish davomida talabalarimiz Londondagi LSE kampusida "Summer School" (Yozgi Maktab) loyihasi orqali intensiv kurslarda oʼqish yoki toʼgʼridan toʼgʼri toʼliq bir oʼquv yilini Аngliyada oʼqib kelish imkoniyatiga ega boʼladilar. Hozirga qadar bir nechta talabalar aynan "Summer School" (Yozgi Maktab) loyihasi orqali LSE grantini qoʼlga kiritib, Londondagi LSE kampusida oʼqish imkoniyatiga ega boʼldilar.
Ushbu xalqaro bakalavr diplomi bitiruvchilarimizga dunyoning istalgan yetakchi universitetlaridan birida magistratura bosqichini davom ettirish yoki "The Big Four" (Katta Toʼrtlik) - Deloitte, Ernst & Young, PwC, KPMG kabi nufuzli biznes tashkilotlaridan birida ishlash imkoniyatini beradi.
Hozirgi kunda talabalar LSEning quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha oʼqimoqdalar:
Buxgalteriya hisobi va moliya (Accounting and finance)
Dunyoning yetakchi akademiklarimiz tomonidan o'qitiladigan ushbu dastur kengroq ijtimoiy fanlar orqali buxgalteriya hisobi va moliyani o'rganadi.Asosiy moliyaviy bilimlaringizni rivojlantirishdan tashqari, siz muassasalar va tashkilotlarning hisob-kitoblar, hisobotlar va baholash bilan shug'ullanish usullarini o'rganasiz. Siz buxgalteriya hisobi va javobgarlik, moliyaviy menejment va risk, samaradorlik va barqarorlikni boshqarish, boshqaruv va tartibga solish, siyosatni ishlab chiqish va o'zgartirish o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni ko'rib chiqasiz.
Dastur buxgalteriya hisobi va moliyaning jamiyatlar, iqtisodlar, muassasalar, bozorlar, tashkilotlar va hatto individual xatti-harakatlardagi rolini o'rganadi. Ushbu fanlararo trening shuni anglatadiki, bitiruvchilarimiz professional buxgalteriya hisobi, investitsiya banki va tahlili, boshqaruv konsaltingi va moliyaviy menejment kabi ko‘plab sohalarda talab yuqori.
Talabalar ushbu yo’nalish bo’yicha o'qishni tugatgandan so'ng, ba'zi professional buxgalteriya imtihonlaridan ozod bo'lishi albatta ularga professional faoliyatlarida ustunlik beradi.
Iqtisodiyot (Economics)
Ushbu yo’nalish talabalarga butun vaqt davomida iqtisodiy munosabatlarni rasmiy modellashtirish va ma'lumotlarga qarshi farazlarni sinab ko'rish orqali muammolarga ochiq va ilmiy yondashish imkonini beradi. LSE dunyodagi eng yirik Iqtisodiyot fakultetlariga ega universitet bo’lib, LSE akademiklari tomonidan doimiy ravishda Iqtisodiyot sohasida global fikrlash va tadqiqotlar olib boriladi. Muntazam ravishda Iqtisodiyot va Ekonometrika bo'yicha chop etilgan tadqiqotlari bo'yicha LSE dunyoda yetakchi o'rinni egallaydi.
Bank ishi va moliya (Banking and finance)
Ushbu yo’nalishda talabalar aniq moliyaviy usullardan foydalanish, moliyaviy qarorlar qabul qilish, risklarni boshqarish va moliyaviy bozorlarning xatti-harakatlarini o'rganadilar. Muhimi, ular analitik fikrlashni, moliyaviy masalalarni turli nuqtai nazardan baholashni va haqiqiy muammolarga tahliliy usullarni qo'llash bo’yicha bilimga ega bo’ladilar. Ushbu yo’nalish bo’yicha bitiruvchilarimiz investitsiya banki, savdo, investitsiya menejmenti, menejment bo‘yicha konsalting, startap, ilmiy tadqiqot va ilmiy sohalar uchun har tomonlama tayyor xalqaro kadrlar sifatida tayyorlanadilar.
LSEning ushbu taʼlim yoʼnalishlari nufuzli ACCA, ACA, CIMA xalqaro tashkilotlaridan akkreditatsiyadan oʼtgan. Hozirda talabalar orasida Xitoy, Rossiya va Hindiston kabi davlatlaridan kelib tahsil olayotgan xalqaro talabalar mavjud bo’lib, ular uchun universitetda yotoqxona va boshqa qulayliklar yaratilgan.
Xalqaro talabalar kirish imtihonlarini odatda suhbat asosida (ingliz tilida) topshiradilar.
Bugungi kunda ISEF qoʼshma dasturining bitiruvchi talabalari oʼqish bilan birga KPMG, “Oʼzavtosanoat” АJ va boshqa bir qator banklarda amaliyot oʼtamoqdalar
Fakultet haqida
Mamlakatimiz iqtisodiyoti taraqqiyotida moliya-bank va buxgalteriya tizimi uchun xalqaro standart talablariga javob beradigan barkamol, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashning o‘rni beqiyosdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni, 2019 yil 11 iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4391-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 421-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining o‘zaro kelishuvi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari asosida talabalar ta’limini amalga oshirish maqsadida 2019 yilda qo‘shma fakultet tashkil etildi.
Mamlakatimizning oliy ta’lim muassasalarida yoshlarni ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Xususan, universitetning qo‘shma fakultetida bu jarayonda xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida:
- qo‘shma ta’lim dastur(lar)i bo‘yicha o‘quv jarayonini samarali tashkil etish borasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining o‘quv reja va fan dasturlarini xorijiy oliy ta’lim muassasa(lar)i bilan hamkorlikda o‘zaro muvofiqlashtirish va optimallashtirish;
- qo‘shma ta’lim dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchiga xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkiloti joylashgan davlatda tan olinadigan diplom hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat namunasidagi diplomi taqdim etilishi nazarda tutilgan vazifalarning ijrosi ta’minlab kelinmoqda.
Qo‘shma fakultetning bitiruvchilari hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlarida samarali faoliyat ko‘rsatib kelishmoqda.
Bugungi kunda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining qo‘shma fakulteti O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, universitet rektorining tegishli buyruq va ko‘rsatmalari asosida o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalari va fan dasturlari xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari tajribalari asosida takomillashtirilmoqda. Fakultetdagi o‘quv jarayoni to‘liq kredit-modul tizimi asosida tashkil etilgan.
Fakultet tasarrufidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari bitiruvoldi amaliyotini O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, viloyat, shahar va tuman hokimiyatlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari va boshqa turli soha va tarmoq korxona hamda tashkilotlarda o‘tashmoqda. Amaliyot o‘tash davomida ular o‘z nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikma bilan boyitishmoqda, amaliyot o‘tash davomida orttirgan ko‘nikmalari asosida bitiruv malakaviy ishlari va boshqa ilmiy ishlanmalarni tayyorlashmoqda.
Xususan, mamlakatimizning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qo‘shma fakulteti jamoasining faoliyati imkoniyat va mas’uliyat negizida yoshlarni kasbga yo‘naltirish, abiturientlardan hujjatlarni elektron shaklda qabul qilish, iqtidorli yoshlarni tanlab olish, ularning umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida olgan bilimlarini yaxlitlik, uzluksizlik va uzviylikda mustahkamlash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti sohalarining yetuk, raqobatbardosh kadrlarga bo‘lgan talablarini qondirishga yo‘naltirilganligini alohida e’tirof etish o‘rinlidir.
Fakultetning missiyasi - ta’lim va tarbiya, ilm-fan va ma’naviyat, nazariya hamda amaliyotni tizimli uyg‘unlashtirish zamirida vatan ravnaqi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb mahoratini puxta egallagan raqobatbardosh kadrlarning yangi avlodini shakllantirish.
Missiyaning asosiy yo‘nalishlari:
- kelajagi buyuk davlatning poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
- mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi uchun innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishga munosib hissa qo‘shish;
- barqaror iqtisodiy rivojlanish maqsadlariga erishish uchun inson kapitalini rivojlantirishda faol ishtirok etish;
- xalqaro standart talablar asosida fakultet faoliyati rivojlanishi va faol akademik mobil almashinuv dasturlari doirasida samarali natijalarga erishish;
- ilm-fan, innovatsiyalar, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi doirasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli jarayonlarning yechimlarini ishlab chiqish va amaliyotga jorish etish ;
- ratsional kreativ fikrlaydigan, jamoa bilan ishlash qobiliyatiga ega, boshqaruv qarorlarini tezkorlik bilan qabul qila oladigan hamda liderlik xususiyatlariga ega malakali kadrlarning yangi avlodini tayyorlash.
Yangilanayotgan O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya fidoyilari zimmasiga ulkan mas’uliyatlar yuklatilgan, aynan shunday mas’uliyatga yo‘g‘irilgan maqsadli faoliyat zamirida ko‘zlagan natijaga erishish mumkin bo‘ladi.
Fakultet tasarrufidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
60410100 – Buxgalteriya hisobi va audit;
60410400 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar.
Fakultet tasarrufidagi magmistratura mutaxasisliklari:
70410101- Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)//7-06-0411-01 Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit;
70410403- Investitsiyalarni boshqarish (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)/7-06-0411-02 Moliya, soliqqa tortish va kredit.
Fakultet tarkibidagi kafedra:
“Umumiqtisodiy fanlar” kafedrasi.
Hozirgi kunda fakultetda 3 nafar professor, 21 nafar dotsent, 15 nafar katta o‘qituvchi va assistentlar faoliyat yuritib kelishmoqda. Ilmiy salohiyat 65 foizni tashkil etadi.
Hozirda fakultetda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxasisliklarida qayib 500 nafar talaba tahsil olmoqda.
Ta'lim yo'nalishlari
| Audit 70410501 | Magistr |
| Axborot tizimlari va texnologiyalari 60610100 | Bakalavr |
| Axborot xavfsizligi 60610200 | Bakalavr |
| BA(Hons) Business Management 60410900 | Bakalavr |
| Bank ishi 60410600 | Bakalavr Magistr |
| Biznes-tahlil 70410702 | Magistr |
| Biznesni boshqarish 60410900 | Bakalavr Magistr |
| Biznesni boshqarish (Master of Business Administration-MBA) 70411302 | Magistr |
| Biznesni boshqarish (barqaror biznes) 60411300 | Bakalavr |
| Buxgalteriya hisobi 60410200 | Bakalavr Magistr |
| Davalt auditi 70410301 | Bakalavr Magistr |
| Davlat moliyasi va xalqaro moliya 70410401 | Magistr |
| Davlat moliyaviy nazorati va auditi 70410506 | Magistr |
| Ekonometrika 60310200 | Bakalavr Magistr |
| Elektron tijorat 60412800 | Magistr |
| Inson resurslarini boshqarish 60411000 | Bakalavr Magistr |
| Investitsiyalarni boshqarish 70410503 | Magistr |
| Iqtisodiy nazariya 70310101 | Bakalavr Magistr |
| Iqtisodiy xavfsizlik 70410109 | Bakalavr Magistr |
| Iqtisodiyot 60310100 | Bakalavr Magistr |
| Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari va tizimlari 70410104 | Magistr |
| Jahon iqtisodiyoti (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha) 70411901 | Magistr |
| Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar 60411100 | Bakalavr |
| Logistika 61010400 | Bakalavr Magistr |
| Makroiqtisodiyot 70410103 | Magistr |
| Marketing 60411200 | Bakalavr Magistr |
| Menejment 60410800 | Bakalavr Magistr |
| Moliya 70410501 | Magistr |
| Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410500 | Bakalavr |
| Raqamli iqtisodiyot 70310501 | Magistr |
| Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) 60310500 | Bakalavr |
| Savdo ishi (turlari bo‘yicha) 60411300 | Bakalavr |
| Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60410700 | Bakalavr Magistr |
| Sug‘urta ishi 60410600 | Bakalavr |
| Sun’iy intellekt 60610500 | Bakalavr Magistr |
| Tashqi iqtisodiy faoliyat 70411102 | Magistr |
| Turizm va mehmondo‘stlik 61010100 | Bakalavr Magistr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Bank ishi
14 400 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Menejment
18 000 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Buxgalteriya hisobi
14 374 800 so'm
yiliga
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
14 400 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Audit
13 200 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Menejment
18 635 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
14 400 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Bank ishi
13 200 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Bank ishi
14 400 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Menejment
13 200 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
14 400 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Buxgalteriya hisobi
12 000 000 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
QOʻCHQOROV JAMSHID ANVAROVICH
XOʻJAYEV JAMSHID ABDUHAKIMOVICH
ABDUHAKIMOV AZIZ ABDUQAHHOROVICH
MUSAYEV BEHZOD ANVAROVICH
SAIDOV BAXTIYOR ODILOVICH
ERMANOV FARXOD URAZBAYEVICH
ZARIPOV BOTIR KOMILOVICH
TURSUNOV NORMAT TULKUNOVICH
NORQULOV ILHOM IBROXIMOVICH
BUZRUKXONOV SARVARXON MUNAVARXONOVICH
SHARIFXODJAYEV USMAN ULFATOVICH
ORTIKOV AKMALXON JO‘RAXONOVICH
YUSUPOV AXMADBEK TADJIYEVICH
GADOYEV ERKIN FAYZIYEVICH
JUMAYEV NODIR XOSIYATOVICH
BUTAYEV ORIF ALIBOYEVICH
INOMJONOV ELYOR ISROILOVICH
MAMATKULOV RUSTAM UKTAMOVICH
MIRZAYEV CHORI SADIBAQOSOVICH
SAYDAXMEDOV SAIDABROR SAYDIAG‘ZAMOVICH
TULYAGANOV KUDRATILLA ASATULLAYEVICH
Talabalar fikri
Kongratboy Sharipov
https://kun.uz/
Wei Xin (Хитой)
Koshkin Bogdan (Russia)
Wu Meng (Хитой)
Qu Xingxing (Хитой)
Abdullaev Mukhammaddier (Kyrgyzston)
Makhamatov Sanzharbek (Qozog`iston)