WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Moliya va moliyaviy texnologiyalar

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

“Moliya va moliyaviy texnologiyalar” ta’lim yo‘nalishi
Umumiy tavsifi
Moliya va moliyaviy texnologiyalar ta’lim yo‘nalishidagi bakalavr dasturi davlat moliyasi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi, uy xo‘jalik moliyasi, davlat xaridi, g‘aznachilik, korporativ tuzilmalar moliyaviy resurslarini boshqarish, qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyatni tashkil etish, moliya bozoridagi operatsiyalarni yuritish, moliyaviy tizimlarning operatsiyalari, moliya sohasida sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar va blokcheyn texnologiyasining turli xil jihatlari haqida har tomonlama bilim va ko‘nikmalar beradi.
Tarkib va o‘quv rejasi
Dastur talabalar moliya va moliyaviy texnologiyalarga oid bir qator fanlarni, jumladan, moliya asoslari, moliya, moliyaviy bozorlar, institutlar va instrumentlar, davlat moliyasi, davlat xaridi, g‘aznachilik,  korporativ moliya, moliyaviy risklar, moliyaviy texnologiyalar haqida tushunchaga ega bo‘ladilar.
O‘quv reja nazariy bilimlarni amaliy qo‘llash bilan uyg‘unlashtirib, talabalarga moliya va moliyaviy texnologiyalar kontekstida tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi. Talabalar amaliy tajriba orttirish uchun amaliy tadqiqotlarni tahlil qilish, guruh loyihalarida ishtirok etish va amaliyot qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
O‘quv natijalari
Dasturning o‘quv natijalariga quyidagilar kiradi:
• Moliya asoslari bilan bog‘liq moliyaviy siyosat, moliyaviy munosabatlar, moliyaviy boshqaruv, moliya nazariyalari, moliyaviy infratuzilma, moliyaviy yangiliklar, pul oqimlari harakati, pulning davriy qiymati va pul oqimlarining diskontli tahlili, moliyaviy hisobotlar, davlat va nodavlat moliyaviy muassasalarning moliyaviy faoliyati, moliyaviy risklar, kichik biznes moliyasi, startuplarni moliyalashtirish, sug‘urta, xalqaro moliya munosabatlari haqida keng qamrovli tushunchani shakllantirish;
• Davlat moliyasining mazmunini, davlat daromadlari va xarajatlariga oid ilmiy konsepsiyalar, qarashlar to‘g‘risida ma’lumotga, davlat moliyasini makroiqtisodiy muvozanatga ta’siri bo‘yicha ma’lumotlarni tahlil qilish va davlat moliyasini isloh qilish bo‘yicha tushunchalarni shakllantirish;
• Korporativ moliyaning asosiy nazariy jihatlarini,  jumladan, risk, daromad, pulining vaqt qiymati, kapitalni budjetlashtirishni, qimmatli qog‘ozlarni baholash va qarz kapitalini moliyalashtitirishni, risk va kutilayotgan daromad: portfel tahlil qilish tamoyillari, korporati kapitalni baholash asoslari, korporativ qarz kapitalini aniqlash, samarali bozor gipotezasining korporativ tahlildagi roli: nazariya va  amaliyoti kapital tarkibini tanlash va korporativ qiymatni aniqlash bilim ko‘nikmalarini shakllantirish;
• G‘azanachilik tizimida  davlat va korporativ moliya institutlarining funksiyalarining o‘ziga xos xususiyatlarini, jumladan g‘aznachilik tizimda davlat budjetini ijro etish  bilan bog‘liq davlat moliyaviy  nazoratini tahlili qilish, davlat budjetining g‘aznachilik ijrosini amalga oshirishda yuridik va moliyaviy majburyatlarini aniqlash bilan bog‘liq bilim ko‘nikmalari rivojlantirish;
• Moliyaviy texnologiyalarda moliyaviy tizimlar dizayni va moliyaviy kriptografiya, blokcheyn texnologiyasi, bank va to‘lov tizimlaridan elektron savdo va portfelni boshqarishgacha bo‘lgan moliyaviy texnologiyalar sanoatining turli jihatlarini bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish
Karyera imkoniyatlari
Bakalavriat dasturining bitiruvchilari moliya va molyaiviy texnologiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan turli soha va lavozimlarda, xususan moliyachi, treydir, aktivlar menejeri, buxgalter, g’aznachi, moliyaviy menejer, risk menejer, analitik, investitsion bankir lavozimlari faoliyat yuritishlari mumkin. Bitiruvchilar budjet tashkilotlari, markaziy bank, tijorat banklar, jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatuvchi nobank tashkilotlar, pul muomalasi, kassa, hisob-kitob faoliyati bilan shug‘ullanuvchi bo‘limlarida hamda kriptobirjalar, sug‘urta kompaniyalari, elektron to‘lov tizimlari, elektron tijorat sub’ektlari, lizing kompaniyalari, fond birjasi va birjadan tashqari bozorlar, investitsiya fondlari va kompaniyalari, depozitariylar, investitsion vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi kompaniyalar, valyuta birjasi, tovar-xom ashyo birjalarida ishga joylashish imkoniyatiga egadir.

 

O'xshash dasturlar