WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Sun’iy intellekt

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Intellektual TIZIMLAR VA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI

60610700 - Sun'iy intellekt

Ushbu yo'nalishdagi talabalar sun'iy intellekt va dasturlash texnologiyalari, dasturlash tillari va kompyuter dasturlashni mukammal egallaydilar. Bundan tashqari, siz kompyuter fanlari, veb-texnologiyalar, sun'iy intellekt va ob'ektga yo'naltirilgan dasturlash texnologiyalarining barcha fanlarini mukammal o'rganishingiz mumkin.

Kredit

Jami soat

Auditoriya soati

Kurs ishi

Malakaviy asmaliyot

Mustaqil ta’lim

Jami

Ma’ruza

amaliy

Laboratoriya

Seminar

240

7200

2790

1076

1176

442

96

 

180

4230

 

1-bosqichda Xorijiy til, Oʻzbekistonning eng yangi tarixi, Samarqand tamadduni tarixi, Hisob (Calculus), Fizika, Dasturlash, Akademik yozuv, Dinshunoslik, Falsafa, Differensial tenglamalar, Diskret tuzilmalar  fanlari o‘zbek tilida olib boriladi.

2-bosqichdan boshlab oʻquv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashgʻulotlari va laboratoriya ishlari fakultetning IT markazida o‘taydilar hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda oʻtkaziladi.  Bundan tashqari IT markazda iqtidorli hisoblangan talabalar o’z StartUp lar ustida ish olib boradi. Yaratilgan ishlar bilan soha bo’yicha turli xil tanlovlarda ishtirok etadi. Kurs ishlsri  faniga ajratilgan mustaqil ta’lim soatlari hisobidan 1 kredit asosida bajariladi.

2, 3, 4-bosqichda mutaxassislik fanlari Ma’lumotlar bazasi, Kiberxavfsizlik asoslari, Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar, Elektronika va sxemalar dan tashqari Sun'iy intellekt uchun dasturlash, Kompyuter grafikasi va geometriyasi, Fraktallar nazariyasi va fraktal grafika, tanlov fanlar  ham olib boriladi. Fakultetda iqtidorli talabalardan tuzilgan guruhlarda mutaxasisilik fanlari to‘liq ingliz tilida o‘qitiladi.

4 yillik o‘qishni muvaffaqiyatli bitirgandan so‘ng talabalarga Sun’iy intellect texnologiyalari mutaxasisi, Kompyuter dasturchisi, Informatika va matematika fani o‘qituvchisi mutaxassisligi beriladi.

1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.

GPA ko‘rsatkichi har yili avgust oyining uchinchi haftasida aniqlanadi.

Harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari tanlov fanlari blokining soatlari hisobiga (tanlov fanlarini o‘zlashtirish sharti bilan), harbiy yig‘in esa ta'til vaqti hisobiga o‘tkaziladi. Tanlov fanlari bloki OTM Kengashi qarori bilan mehnat bozori va kadrlar buyurtmachilarining talablari, moslanuvchanligi va harakatchanligini ta'minlovchi fanlar majmuasidan belgilanadi.

O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 % gacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 % gacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.

Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.

O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta'lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.

Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta'minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.

Jismoniy tarbiya va sport fani fakultativ kurs sifatida talabaning ixtiyoriy tanlovi asosidagi sport seksiyalarida tashkil etiladi.

Kurs ishlari shu fanga ajratilgan mustaqil ta'lim soatlari hisobidan I kredit asosida bajariladi.

 

Oʻquv jarayonining tarkibiy qismlar

Haftalar soni

Semestr

Nazariy va amaliy taʼlim

112

1-8

Malakaviy amaliyot

12

6, 8

Attestasiyalar

21

1-8

Davlat attestasiyasi

6

8

Taʼtil

46

1-8

Fanlarni tanlash uchun roʻyxatdan oʻtish

4

1-8

GPA koʻrsatkichlarini hisoblash

3

1-6

Jami

204

 

 

TA’TIL VAQTI:

  1. 1-kurs:

- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyun oyining 2-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 10.06.2024-02.09.2024)

  1. 2-kurs:

-dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyul oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 01.07.2024-02.09.2024)

  1. 3-kurs:

- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyul oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 01.07.2024-02.09.2024)

  1. 4-kurs:

- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyul oyining 1-haftasidan

FANLAR

  1. Xorijiy til
  2. Oʻzbekistonning eng yangi tarixi, Samarqand tamadduni tarixi
  3. Hisob (Calculus)
  4. Fizika
  5. Dasturlash
  6. Akademik yozuv
  7. Dinshunoslik
  8. Falsafa
  9. Differensial tenglamalar
  10. Diskret tuzilmalar
  11. Ma’lumotlar bazasi
  12. Kiberxavfsizlik asoslari
  13. Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar
  14. Elektronika va sxemalar
  15. Kompyuterni tashkil etish
  16. Kompyuter tarmoqlari
  17. Sun’iy intellekt asoslari
  18. Web ilovalar yaratish
  19. Ehtimollik va statistika
  20. Sun'iy intellekt uchun dasturlash
  21. Kompyuter grafikasi va geometriyasi
  22. Fraktallar nazariyasi va fraktal grafika"

O'xshash dasturlar