WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Samarqand viloyati Davlat Veb-sayt

16,875

Talabalar

203

Xorijiy talabalar

865

O'qituvchilar

12

Fakultetlar

61

Kafedralar

1927

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

  Samarqand davlat universiteti nafaqat O’zbekistonda, jahonning ko’plab mamlakatlarida ham mashxur qadimiy va mumtoz oliy ta’lim muassasasidir. Oliy ta’lim muassasamizning rasman tashkil topishi 1927 yil bilan belgilansada, uning shakllanishi va oliy ta’lim maqomiga ega bo’lishi ilm-fan va ta’lim, san’at va madaniyat durdonalari, arxitektura-qurilish inshootlari bilan jahonga mashhur bo’lgan Temuriylar davri, xususan, Ulug’bek akademiyasining boy tarixi va yutuqlari bilan uzviy bog’liq.

 

  Mirzo Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, G’iyosiddin Koshiy, Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy kabi buyuk avlodlarimiz Samarqandda ma’rifat va madaniyatni yuksaltirgan va jahon tamadduni tamal toshlari qo’yganliklari, ularning boy meroslari asosida bugungi oliy ta’lim muassasalari tashkil topganidan g’ururlanamiz. Ana shunday oliy ta’lim muassasalaridan biri - Samarqand davlat universiteta o’zining uzoq yillik faoliyati davrida O’zbekistonimiz xalq xo’jaligiga minglab mutaxassislar va oliy malakali kadrlar tayyorlab berdi.

  Samarqand davlat universiteti 1927 yil 22 yanvarda O’zbekiston Hukumati qarori bilan Oliy pedagogika instituti nomi bilan tashkil qilingan (1927-1933), 1930 yili O’zbekiston davlat pedagogika akademiyasiga (1930- 1933) va 1933 yilda esa O’zbekiston davlat univereitetiga (1933-1941) aylantirilgan, 1941-1944 yillarda ikkinchi jahon urushi munosabati bilan O’zbekiston davlat universiteti O’rta Osiyo universiteti tarkibiga kiritilgan (xozirgi O’zbekiston Milliy universiteti), 1944 yilda O’zbekiston davlat universiteti qayta tiklandi (1944- 1960), 1960 yildan boshlab O’zbekiston davlat universiteti Samarqand davlat universiteti deb atalib kelmoqda.

  Bugungi kunda Samarqand davlat universitetining 14 ta fakultet va 63 ta kafedralarida 34 ta ta’lim yunalishi va 40 ta magistratura mutaxassisligi bo’yicha 13000 ga yaqin talabalar tahsil olmoqda. Ularga 800 dan ortiq professor-o’qituvchilar, jumladan, 3 nafar O’zFA akademiklari, 81 nafar fan doktorlari va 311 nafar fan nomzodlari ta’lim berishmoqda. 40 dan ortiq mutaxassisliklar bo’yicha falsafa doktori (Phd) va fan doktorligi (DSc) doktoranturalari, ularni ximoyasini o’tkazuvchi 9 ta ilmiy kengashlar faoliyat yuritmoqda.

  Universiteti tarkibida 3 mln. dan ortik ilmiy va o’quv adabiyotlari, jumladan, 15 000ga yaqin nodir kitob va sharq qo’lyozmalari mavjud bo’lgan kutubxona hamda 3 ta akademik lisey, 4 ta muzey, 1ta oranjereya, 2ta noyob qurilma faoliyat yuritmoqda.

  Ta’lim-tarbiya jarayonini muntazam ishlashini ta’minlash maqsadida “Samarqand Davlat universiteti ilmiy axborotnomasi” ilmiy-uslubiy jurnali va “Samarqand universiteti” gazetasi davriy ravishda chop etilmoqda, o’quv va ilmiy adabiyotlarni taxrir va nashr qiluvchi bosmaxona ishlab turibdi.

  Mustaqillik yillarida universitet talabalaridan 19 nafari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidagi davlat stipediyalari, 98 nafari esa atoqli shaxslar nomidagi davlat stipendiyalarini, 9 nafar talaba esa “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti olishga sazovor bo’lishgan. 7 nafar talabalarimiz jahon chempioni, 57 nafar talabalar Osiyo chempioni, 170 nafardan ortiq talabalar O’zbekiston chempioni, 300 nafardan ortiq talabalar universiada chempioni va sovrindorlari bo’lishgan.

  Universitet professor-o’qituvchilardan 1 nafari “Buyuk xizmatlari uchun”, 5 nafari “El -yurt xurmati”, 5 nafari “Mexnat shuxrati” ordenlari, 3 nafari “Shuxrat” medali bilan taqdirlangan, 3 nafari “O’zbekiston Fan arbobi” va 6 nafari “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi” unvonlarini olishgan.

  Samarqand davlat universiteti O’zbekistonda ta’lim va ilm-fan soxalarida olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisi, ta’lim-tarbiya jarayonini uyg’unlashtirish, tayyorlanadigan mutaxassis kadrlarning raqobatbardoshligini oshirish, ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish, ilmiy tadqiqotlarni ustivorligi va dolzarbligini ta’minlash ishlarida tashabbuskorlik ko’rsatayotgan maskandir.

Samarqand davlat universiteti QS Stars reytingida 5 yulduzli universitetlar qatoriga qo’shildi

2024-yil 15-mayda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti O’zbekistonda birinchilardan bo’lib QS Stars reytingida 5 yulduzni qo’lga kiritdi va dunyodagi eng yuqori baholangan universitetlar qatoriga qo’shildi.

QS Stars – dunyo miqyosida universitetlar uchun eng ta’sirli va ishonchli reytinglardan biri bo’lib, oliy ta’lim muassasalarida bir qancha yo’nalishlar bo‘yicha samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholovchi tanlov tizimi hisoblanadi.

QS Stars reyting tizimi Quacquarelli Symonds (QS) xalqaro reyting agentligi tomonidan 2009-yilda universitetlarga o'zlarining kuchli sohalarini targ'ib qilish va zaif tomonlarini aniqlash va yaxshilashga yordam berish maqsadida ishga tushirilgan.

QS ma'lumotlariga ko'ra, ish beruvchilar odatda 5 yulduzli universitetlar bitiruvchilarini to'g'ridan-to'g'ri ishga olishadi. Bunday muassasasalarning faoliyati QS Stars reyting tizimida “A’lo” deb baholanadi.

QS Stars reyting tizimi universitetlar faoliyatini quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha baholaydi:

Teaching

Ta’lim sifati - Ta'lim sifatini baholash ko’rsatkichi hisoblanib, talabalar o’rtasida o’tkazilgan so’rovlar natijalari, oliy ta’limdan keying ta’lim darajasi va talabalar hamda o’qituvchilar nisbatini baholaydi.

Employability

Bitiruvchilarning ishga joylashishi - Ish beruvchilar o’rtasida o’tkazilgan so’rovlar, bitiruvchilaring ishga joylashish darajasi va universitetdagi karyera qo’llab quvvatlash markazi faoliyatini baholaydi.

Internationalisation

Xalqarolashuv - Xalqaro talabalar va xodimlarning nisbati, almashinuv dasturlari bo’yicha universitetga kelgan va universitetdan yuborilgan talabalari soni, talabalar jamoasidagi millatlar soni, boshqa universitetlar bilan xalqaro hamkorliklar soni va mustahkamligini baholaydi.

Academic

Development

Akademik rivojlanish - Bu kategoriyada universitetning o'z talabalari va professor-o'qituvchilari uchun o’qish va o'qitishdan tashqari akademik rivojlanish imkoniyatlari baholanadi. Bunga talabalar uchun assistentlik, sinfdan tashqari faoliyat turlari mavjudligi va rivojlanish dasturlarida ishtirok etuvchi o'qituvchilar soni kabi ko’rsatkichlar kiradi.

Facilities

Qulayliklar - Ushbu kategoriya doirasida talabalarga universitetlaridan kutishlari mumkin bo'lgan muhit haqida tushuncha beruvchi universitet infratuzilmasi baholanadi. Bularga sport inshoatlari, talabalar turar joylari va kutubxona kabi ko'rsatkichlar kiradi.

Programme

Strength

Tanlangan talim yonalishi - Bu kategoriyada universitet tomonidan tanlangan muayyan ta’lim yo’nalishining mukammallik darajasi ko’rib chiqiladi. Bunga ko’ra, tanlangan yo’nalish qay darajada raqobatbardosh va hurmatga sazovorligi, yetakchi professor o’qituvchilari, istiqbolli talabalari shuningdek, yo’nalishning ta’lim va sanoatdagi roli bilan baholanadi.

Social

Responsibility

Ijtimoiy masuliyat - Bu ko’rsatkich universitetning ijtimoiy manfaatlarga hissa qo'shish darajasini, ijtimoiy tenglik va jamoatchilik bilan keng ko’lamli aloqalarni ta'minlashdagi o’rnini o’rganish orqali baholaydi. Bular muassasaning ijtimoiy ta'sirini, targ'ibot ishlari, xayriya ishlariga investitsiyalar va inson kapitalini rivojlantirish kabi omillar kiradi. Shuningdek, mazkur ko’rsatkich doirasida, institutning aholi o’rtasidagi tengsizliklarni kamaytirishga qo'shgan hissasi va uning aholi salomatligi va farovonligiga ta'siri ham hisobga olinadi.

Inclusiveness

Inklyuzivlik - Bu kategoriya doirasida nogironlarni qo'llab-quvvatlash xizmatlari, talabalar va xodimlar o'rtasidagi gender tengligi va uni ta'minlaydigan strategik asosning mavjudligi ko'rib chiqiladi.

 

Universitet mazkur tanlovning talim, bitiruvchilarning ishga joylashishi, xalqarolashuv, akademik rivojlanish, qulayliklar, tanlangan talim yonalishi (Fizika), ijtimoiy masuliyat kategoriyalari bo’yicha eng yuqori ko’rsatkichlarga erishib,  ni qo’lga kiritdi.

Universitetning QS 5 yulduzli reytingi 2028-yilning fevraligacha amal qiladi.

 

}test

Xorijiy talabalar uchun

XORIJIY TALABALAR UCHUN  TIL KURSLARI HAQIDA MA'LUMOT:

Bugungi kunda Samarqand davlat universitetida barcha qulayliklarga ega bo'lgan va alohida kutubxonasiga ega bo'lgan Turkologiya ilmiy tadqiqot instituti ham faoliyat yuritmoqda. Ushbu institut negizida Ingliz tili, rus tili, turk tili, o'zbek tili kurslari tashkil etilgan. Shuningdek universitetda "Korea madaniyat markazi" ham tashkil qilingan va Korea Respublikasi tomonidan to'liq jihozlangan va korealik o'qituvchilar jalb qilingan holda koreys tili to'garaklari faoliyat olib bormoqda. 2024-yilda universitetda "Xitoy madaniyati markazi" tashkil qilindi va Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan 1500 dan ortiq xitoy tilidagi darslik va o'quv materilallari olib kelingan va Xitoydan Valantyor sifatida o'qituvchi jalb qilingan.


Xalqaro hamkorlik

Bugungi kunda Samarqand davlat universiteti 35 dan ortqi mamlakatlarninig 250 dan ortiq eng nufuzli universitetlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan (https://www.samdu.uz/uz/pages/international-cooperation-organizations).

Shuningdek Dunyozining nufuzli universitetlaridan reytingi yuqori universitetlaridan 2024-yilda 240 ta 2025-2026-o'quv yili uchun 270 dan ortiq professor o'qituvchilar kelib universitetda ilmiy hamda pedagogik faoliyat olib bormoqda.

Dunyoning nufuzli TOP-1000 ro'yxatidagi 9 ta universitet bilan 16 ta yo'nalishda bakalvr va magistratura yo'nalishlari uchun qo'shma ta'lim dasturlari asosida talabalar tahsil olmoqda.

{

Samarqand davlat universitetining xorijiy davlat universitetlar bilan amaldagi shartnomalari

Universitet nomi

Sayt

Mamlakat

Logotip

Arizona Shtat Universiteti

https://www.arizona.edu/

АQSh

Renodagi Nevada universiteti

https://www.unr.edu

АQSh

Yuta universitet

https://www.usu.edu/

АQSh

Wyoming Universiteti

http://www.uwyo.edu/

АQSh

Xolon texnologiya instituti

https://www.hit.ac.il/en

Isroil

Leyden Universiteti

https://www.universiteitleiden.nl/

Niderlandiya

Darmshtadt Politexnika Universiteti

https://www.tu-darmstadt.de

Germaniya

Labora GmbH

https://www.labora-gmbh.de

Germaniya

Rostok Universiteti

https://www.uni-rostock.de

Germaniya

Parij 1 Pantheon-Sorbonna

http://www.pantheonsorbonne.fr

Fransiya

"N+i" muhandislik instituti

https://www.nplusi.com

Fransiya

Poitiyers universiteti

http://www.univ-poitiers.fr/

Fransiya

Maxsus taʼlim sohasida Kadrlar tayyorlash va tadqiqotlar milliy Oliy instituti

https://www.inshea.fr

Fransiya

Algarve universiteti

https://www.ualg.pt

Portugaliya

Turku Universiteti

 https://www.utu.fi/fi

Finlaniya

Kareliya Finlyandiya texnik universiteti

https://karelia.fi/

Finlaniya

Granada universiteti

https://www.ugr.es/en/

Ispaniya, Granada

Santyago-De Kompostela universiteti

http://www.usc.es/

Ispaniya

Malaga universiteti

https://www.uma.es

Ispaniya

Lʼaquila Universiteti

http://www.uni&q.it/en/

Italiya

Pisa universiteti

http://www.unipi.it

Italiya Luca Ghini

Venetsiya universiteti

http://www.iuav.it/

Italiya Venetsiya

Insubria Universiteti

http://www.uninsubria.eu

Italiya

Boloniya universiteti

http://www.unibo.eu

Italiya

Florensiya universiteti

https://www.unifi.it

Italiya

Milan Davlat Universiteti

https://www.unimi.it/it

Italiya

Dongguk Universiteti

http://www.dongguk.edu 

Janubiy Koreya

Gachon Universiteti

https://www.gachon.ac.kr

Janubiy Koreya

Chonnam Davlat Universiteti

https://international.jnu.ac.kr

Janubiy Koreya

Sunchonhyang Universiteti

https://homepage.sch.ac.kr

Janubiy Koreya

Koreya Pavilyoni, Koreya-Markaziy Osiyo Do‘stlik Uyushmasi

 https://korea-dpr.com/kfa-conference/

Janubiy Koreya

Keimyung Universiteti

https://www.kmcu.ac.kr

Janubiy Koreya

Shandong Global Universiteti

https://www.handong.edu

Janubiy Koreya

KTI

https://eng.kumoh.ac.kr

Janubiy Koreya

Dongguk ayollar universiteti

 https://www.dongduk.ac.kr/

 

Afina davlati va Kapodistriya universiteti

https://en.uoa.gr

Gretsiya

RUDN

http://eng.rudn.ru

Rossiya Federatsiya

A.I.Gersena  nomidagi RGPU

https://www.herzen.spb.ru

Rossiya Federatsiya

A. N. Seversov Rossiya Fanlar Akademiyasining Yekologiya va yevolyusiya instituti

https://sev-in.ru/ru

Rossiya Federatsiya

A. N. Tupolev nomidagi qozon Davlat Politexnika universiteti

https://kai.ru

Rossiya Federatsiya

Pushkin nomidagi Sankt-Peterburg Davlat universiteti

http://lengu.ru/

Rossiya Federatsiya, Sankt-Peterburg

A. S. Pushkin nomidagi davlat rus tili instituti

https://www.pushkin.institute/

Rossiya Federatsiya

Adigeya Davlat Universiteti

http://www.adygnet.ru

Rossiya Federatsiya, Maykop

Agrofizik Tadqiqotlar Universiteti

https://agrophys.ru

Rossiya Federatsiya

Akademik M. F. Reshetnev nomidagi Sibir Davlat fan va texnologiya universiteti

https://www.sibsau.ru/

Rossiya Federatsiyasi, Krasnoyarsk

Boshqird Davlat Universiteti

http://www.bashedu.ru

Rossiya Federatsiya

Bauman Moskva Yelektrotexnika Politexnika Universiteti

https://bmstu.ru

Rossiya Federatsiya

Belgorod Davlat Universiteti

https://bsuedu.ru/bsu/

Rossiya Federatsiya

G. R. Derjavin nomidagi Tambov Davlat universiteti

http://www.tsutmb.ru

Rossiya Federatsiya

Gjel Davlat Universiteti

http://www.art-gzhel.ru/

Rossiya Federatsiya

Chuvash Davlat Universiteti

https://www.chuvsu.ru

Rossiya Federatsiya

Ivanovo Davlat kimyoviy texnologiya universiteti

https://www.isuct.ru

Rossiya Federatsiya

Kabardino-Balkar Davlat Universiteti

https://kbsu.ru/

Rossiya Federatsiya Nalchik

Kursk Davlat Universiteti

https://kursksu.ru

Rossiya Federatsiya

Lomonosov Nomidagi Moskva Davlat Universiteti

https://www.msu.ru/

Rossiya Federatsiya

Magnitogorsk Davlat Politexnika Universiteti

https://magtu.ru

Rossiya Federatsiya

Moskva Davlat Tilshunoslik Universiteti

https://linguanet.ru/

Rossiya Federatsiya

Moskva Davlat Mintaqaviy Universiteti

https://mgou.ru/ru/

Rossiya Federatsiya

Moskva elektron texnologiyalar instituti

https://miet.ru

Rossiya Federatsiya

Moskva psixoanaliz instituti

http://inpsycho.ru

Rossiya Federatsiya

N. G. Chernishevskiy nomidagi Saratov tadkikot Davlat universiteti

https://www.sgu.ru/

Rossiya Federatsiya, Saratov

N. I. Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod davlat tadkikot Davlat universiteti

http://www.unn.ru

Rossiya Federatsiya

Nijnevartovsk Davlat Universiteti

https://nvsu.ru

Rossiya Federatsiya

Penza Davlat Universiteti

https://www.pnzgu.ru/

Rossiya Federatsiya  Penza

Polesskiy Davlat Universiteti

https://www.polessu.by

Rossiya Federatsiya 

Qozon (Volga Viloyati) Federal Universiteti

https://kpfu.ru/

Rossiya Federatsiya  , Qozon

Rossiya Davlat gumanitar universiteti

https://www.rsuh.ru

Rossiya Federatsiya 

Rossiya Iqtisodiyot va Davlat boshqaruvi Akademiyasi

http://www.ranepa.ru

Rossiya Federatsiya  , Moskva

Rossiya Davlat turizm va servis universiteti

http://rguts.ru/

Rossiya Federatsiyasi, Moskva

V. L. Komarov Rossiya Fanlar Akademiyasining Botanika instituti

https://www.binran.ru/

Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg

Rossiya Federatsiyasining birinchi Prezidenti B. N. Yeltsin nomidagi Ural Federal universiteti

https://urfu.ru/

Rossiya Federatsiyasi, Yekaterinburg

Rossiya Fanlar Akademiyasining Butunrossiya parrandachilik ilmiy-tadqiqot va texnologik instituti

http://www.vnitip.ru

Rossiya Federatsiyasi,

Samara Davlat Madaniyat instituti

http://www.smrgaki.ru/

Rossiya Federatsiyasi, Samara

Sankt-Peterburg Davlat Agrar Universiteti

https://spbgau.ru

Rossiya Federatsiyasi,

Sankt-Peterburg Davlat Universiteti

https://spbu.ru/

Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg

Shimoliy Kavkaz Federal Universiteti

http://www.ncfu.ru/

Rossiya Federatsiyasi, Stavropol

Sibir Federal Universiteti

http://www.sfu-kras.ru/

Rossiya Federatsiyasi, Krasnoyarsk

STANKIN MGTU

http://www.stankin.ru

Rossiya Federatsiyasi, Moskva

Tomsk Davlat Tadqiqot Instituti

http://www.tsu.ru/

Rossiya Federatsiyasi, Tomsk

Tomsk Davlat Pedagogika Universiteti

http://www.tspu.edu.ru

Rossiya Federatsiyasi

Ulyanovsk Davlat Universiteti

https://www.ulsu.ru

Rossiya Federatsiyasi

Ural Davlat Iqtisodiyot universiteti

http://www.usue.ru/

Rossiya Federatsiyasi, Yekaterinburg

Sankt-Peterburg Davlat Yelektrotexnika Universiteti

http://www.eltech.ru/ru/universitet/

Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg

Volgograd Davlat Universiteti

https://volsu.ru

Rossiya Federatsiyasi

YU nomidagi Saratov Davlat Politexnika universiteti.A. Gagarin

http://www.sstu.ru/

Rossiya Federatsiyasi, Saratov

Ufa Davlat Neft Texnika Universiteti

www.rusoil.net

Rossiya Federatsiyasi

Udmurt Davlat Universiteti

www.udsu.ru

Rossiya Federatsiyasi

Oltoy Davlat Universiteti

www.asu.ru

Rossiya Federatsiyasi

Sankt-Peterburg Politexnika Universiteti

www.spbstu.ru

Rossiya Federatsiyasi

Saratov Davlat Yuridik Akademiyasi

http://www.сгюа.рф/ru/

Rossiya Federatsiyasi

N. G. va A. yu nomidagi Vladimir Davlat universiteti. Stoletov.

https://www.vlsu.ru/

 

Samara Politexnika Universiteti

https://samgtu.ru/

 

Lebedev Fizika instituti

https://www.lebedev.ru/ru/  

 

F. Yakubov nomidagi Qrim muhandislik-Pedagogika universiteti

 https://kipu-rc.ru/

Rossiya Federatsiyasi, Qrim

Tver Davlat Universiteti

 https://tversu.ru/

 

Qodirov Chechen Davlat Universiteti

 https://www.chesu.ru/

 

Rossiya Davlat Gidrometeorologiya Universiteti

 https://www.rshu.ru/

 

Sevastopol Davlat Universiteti

 https://www.sevsu.ru/

 

Ural Davlat Agrar Universiteti

 http://urgau.ru/

 

Boltiq Davlat texnika universiteti "VOYENMEH"

 https://www.voenmeh.ru/

 

Debrecen universiteti

https://unideb.hu/en

Vengriya

Yetves Lorand Universiteti

 https://www.elte.hu/en/

Vengriya

Dunauyvarosh universiteti

 http://www.uniduna.eu/ 

Vengriya

Nyiredhaza Universiteti

 http://www.nyf.hu/nyf-en/

Vengriya

Semmelveys Universiteti

 https://semmelweis.hu/english/

Vengriya

Javaharlal Neru Universiteti

http://www.jnu.ac.in/

Hindiston, Dehli

Chandigarh Universiteti

http://www.cuchd.in/

Hindiston, Chandigarh

Velsa fan, texnologiya va ilg‘or tadqiqotlar instituti

http://www.velsuniv.ac.in

Hindiston

Dehli universiteti

http://www.du.ac.in

Hindiston, Dehli

Hindiston Universiteti Oligarx Musulim

https://www.amu.ac.in

Hindiston

Hindiston dasturiy taʼminot texnologiyalari instituti

 https://www.iitsystem.ac.in/

Hindiston

Don Bosko Menejment instituti

https://dbim.ac.in

Hindiston

Hindiston madaniy aloqalar Kengashi

https://www.iccr.gov.in

Hindiston

Bombay texnologiya instituti

 https://www.iitb.ac.in/

 

Allohobod Instituti

 https://allduniv.ac.in/

 

Galgoshias Universiteti

 https://www.galgotiasuniversity.edu.in/

 

P. P. Savin Universiteti

 http://www.ppsuni.ac.in/

 

Bravijaya Universiteti

https://ub.ac.id

Indoneziya

Mercu Buan Universiteti

https://www.mercubuana.ac.id/en

 

Lyublin Politexnika Universiteti

http://en.pollub.pl/

Polsha

Lodz universiteti

http://www.uni.lodz.pl/

Polsha

Krakov Yagelloniya Universiteti

https://en.uj.edu.pl

Polsha

Krakov tadqiqot universiteti AGH

https://www.agh.edu.pl

Polsha

Lvov Politexnika Universiteti

https://lpnu.ua

Ukraina

Xarkov Aerokosmik Instituti

 https://khai.edu/ua/

 

V. Vinnichenko nomidagi Markaziy Ukraina Davlat Pedagogika universiteti

 

Ukraina

Pragadagi Chexiya agrar universiteti

https://www.czu.cz/en/

Chexiya Respublikasi

Latviya universiteti

http://www.lu.lv/

Latviya

Sitka Kochman Mug‘la Universiteti

http://www.mu.edu.tr/

Turkiya, Mug‘la

Anqara gumanitar Fanlar universiteti

http://www.asbu.edu.tr

Turkiya

Anqara Universiteti

http://www.ankara.edu.tr

Turkiya

Kavkaz Universiteti

https://www.kafkas.edu.tr/

Turkiya, Kars

Ankara Yildirim Bayazit Universiteti

https://aybu.edu.tr

Turkiya

Istanbul Universiteti

https://www.istanbul.edu.tr

Turkiya

OSTIN texnika universiteti

https://www.ostimteknik.edu.tr/

Turkiya

Inonu Universiteti

https://www.inonu.edu.tr/

Turkiya

Ege Universiteti

 https://ege.edu.tr/eng-0/homepage.html

 

A. I. Kuza nomidagi yasskiy universiteti

http://www.uaic.ro/

Ruminiya

YUNESKO Markaziy Osiyo xalqaro instituti

https://en.unesco.org

UNESCO

Polotsk Davlat Universiteti

http://www.psu.by/

Belarus Respublikasi, Novopolotsk

Belorus Davlat Universiteti

https://www.bsu.by/

Belarus Respublikasi

Yanka Kupala Grodno Davlat Universiteti

http://www.grsu.by/

Belarus Respublikasi

Baranovichi Davlat Universiteti

https://www.barsu.by

Belarus Respublikasi

Belarus Politexnika Universiteti

http://www.bntu.by

Belarus Respublikasi

Minsk Davlat Tilshunoslik universiteti

 https://www.mslu.by/

 

Belarus Davlat jismoniy tarbiya universiteti

 https://www.sportedu.by/

 

Belarus Milliy Texnika Universiteti

 https://bntu.by/

 

Masherov nomidagi Vitebsk Davlat universiteti

 https://vsu.by/

 

Xo‘jand Davlat Universiteti

http://www.hgu.tj

Tajikistan, Ho‘jand

Tojikiston Pedagogika Instituti

http://www.dotpanj.tj/

Tajikistan, Panjakent

Tojikiston Milliy Universiteti

http://www.tnu.tj/

Tojikiston

Malayziya - Yaponiya xalqaro texnologiya instituti

https://www.utm.my/

Malayziya

Mara texnologiya universiteti

https://uitm.edu.my/index.php/en/

Malayziya

Malayziyaning Putra universiteti

http://upm.edu.my

Malayziya

Qirg‘iziston-Turkiya Manas universiteti

http://intl.manas.edu.kg

Qirg‘iziston Respublikasi

Qirg‘iz-O‘zbek Universiteti

https://www.kuu.kg

Qirg‘iziston Respublikasi

Abay nomidagi Qozog‘iston Pedagogika universiteti

http://www.kaznpu.kz

Qozog‘iston

Atirau muhandislik-gumanitar instituti

https://aigi.kz

Qozog‘iston

Janubiy Qozog‘iston Davlat Pedagogika Universiteti

https://okmpu.kz/

 

Qozog‘iston Iqtisodiyot instituti

 http://ieconom.kz/

 

L. N. Gumilyov Yevrosiyo Milliy universiteti NAO

 https://enu.kz/ru/

 

Nagoya Universiteti

http://en.nagoya-u.ac.jp

Yaponiya

Ayti sanʼat universiteti

https://www.aichi-fam-u.ac.jp/english

Yaponiya

Osaka universiteti tillar va Madaniyat Oliy maktabi

http://www1.lang.osaka-u.ac.jp/en/

Yaponiya

Kogakuin Universiteti

https://www.kogakuin.ac.jp

Yaponiya

SOKA Universiteti

https://www.soka.ac.jp

Yaponiya

Xiʼan Jiaotong universiteti

http://en.xjtu.edu.cn/

Xitoy

Shaanxi Pedagogika universiteti (gumanitar fanlar, pedagogik taʼlim, kutubxona, matbaa va arxivlar)

http://english.snnu.edu.cn/

Xitoy

Shimoli-G‘arbiy Universiteti

https://english.nwu.edu.cn  

Xitoy

Shanxay Universiteti, Xitoy Tili Markazi

 http://ru.shisu.edu.cn/about/introducing-sisu/

Xitoy

Shanxay Universiteti

https://apply.shu.edu.cn

 

Vuxan Universiteti

https://en.whu.edu.cn

Xitoy

Staffordshir Universiteti

 https://www.staffs.ac.uk/

Angliya

Vytautas Buyuk universitet

http://www.vdu.lt/

Litva

Gazi Universiteti

https://gazi.edu.tr/

Turkiya

Ingliz va chet tillari universiteti

https://www.efluniversity.ac.in/

Hindiston

VetVittles LLC  kompaniyasi

https://www.vetvittles.com/

Aqsh

Seinajoki amaliy Fanlar universiteti-tikuv

https://www.seamk.fi/en/

Finlandiya

Tyumen Davlat Universiteti

https://www.utmn.ru/

Rossiya

N. V. Sitsin Rossiya Fanlar Akademiyasining asosiy Botanika bog‘i

https://www.gbsad.ru/

Rossiya

K. A. Yasaviy Xalqaro Qozoq-Turk Universiteti

https://ayu.edu.kz/ru/

 

Qozog‘iston

Safi Utebayev nomidagi Atirau neft va gaz universiteti

https://aogu.edu.kz/

Qozog‘iston

 Linkoln Universiteti Kolleji

 https://lincoln.edu.my/

 

Ural Federal okrugining o‘qituvchilar uyi

 http://edu.urfodu.ru/

 

 Xitoyning Renmin universiteti

 https://www.ruc.edu.cn/en

 

Izmir Katip Celebi Universiteti

 https://acm.ikcu.edu.tr/

 

 Qozog‘iston Respublikasi Zoologiya instituti

 https://zool.kz/

 

Samarqand davlat universiteti quyidagi xalqaro loyihalarida ishtirok etmoqda:

  1. ERASMUS+ "Enhancing competencies of central Asian universities in agricultural policy focused on environmental protection land management" (Markaziy Osiyo universitetlarining atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan qishloq xo'jaligi siyosatidagi vakolatlarini oshirish)
  2. Erasmus+ dasturining “International Credit Mobility” loyihasi doirasida Evropa (Europa Union) universitetlari bilan pedagog-xodimlar, magistrantlar va talabalar almashinuvi va malakasini oshirish bo’yicha.
  3. Nursilin dasturining 561742-EPP-2015-1-PT-EPPKA2-CBHE-SP bo’yicha malaka oshirishni rivojlantirish va tanishish bo'yicha loyihasi

 

}test

Til kurslari

{}

Talabalar uchun imkoniyatlar

Turli yillarda universitetdan o’nlab yirik davlat, madaniyat va fan arboblari, yozuvchi va shoirlar yetishib chiqdi. Bular:

Sharof Rashidov (1917-1983) - 1959-1983-yillar O'zbekiston sovet sotsialistik Respublikasining birinchi kotibi.

 

 Hamid Olimjon (1909-1944)- o‘zbek shoiri, dramaturg, adabiy tanqidchi, XX asr o‘zbek mumtoz she’riyati namoyandasi

.

 

 Uyg’un (1905-1990)- shoir va dramaturg. Oʻzbekiston xalq shoiri. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi. Mehnat Qahramoni.

 Ibrohim Mo’minov (1908-1974)- tarixchi – arxeolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, tarix fanlari doktori, professor.

 Yahyo G'ulomov (1908-1977)- tarixchi – arxeolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, tarix fanlari doktori, professor.

 Muhammad Asimi (1920-1996)- shoir va akademik.

 

 Mirtemir (1910-1978)- Oʻzbekiston xalq shoiri.

 Usmon Nosir (1912-1944) - oʻzbek shoiri, tarjimon, dramaturg.

 

 Manzura Sobirova (Oydin, 1906-1953) - Birinchi o‘zbek adibasi, iqtidorli hikoyanavis

Xabib Yusufiy (1916-1945) - mohir tarjimon.

Fakultetlar

FAKULTET HAQIDA O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 apreldagi “O’zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi PF-5987-sonli Farmoni hamda Samarqand Davlan universitet rektorining 2020 yil 20 iyundagi 290-ij buyrug’iga asosan Samarqand davlat universitetida Yuridik fakulteti tashkil etildi. Fakultetda 5240100-“Yurisprudensiya”, 5111600-“Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”, “Falsafa” yo’nalishlari bo‘yicha bakalavr, 5A 120503-Etika va estetika, 5A111601 Ijtimoiy gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (Ma’naviyat asoslari), 5A120501-Falsafa (sohalar bo’yicha) mutaxassisliklari bo‘yicha magistrantlar hamda “Ijtimoiy falsafa”, “Ontologiya, gnoseologiya va mantiq” ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktorantura va doktorantura ixtisosliklari bo‘yicha oily malakali kadrlar tayyorlanmoqda. Bugungi kunda fakultetda Huquqshunoslik va huquq ta’limi, Falsafa va milliy g’oya, kafedralari mavjud bo‘lib, ularda 7 ta fan doktori, 29 ta fan nomzodi (shundan, falsafa fanlari doktori (PhD) 15 ta), 15 ta dosentlardan iborat bo‘lgan tajribali professor o‘qituvchilar jamoasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Fakultetda 432 nafar bakalavr-1 kursda-164 nafar, 2-kursda-116 nafar, 3-kursda-91 nafar, 4-kursda- 60 nafar talaba, 1 va 2-bosqichda 13 nafar magstr tahsil oladi va 22 ta akademik guruh mavjud. MALAKA TALABLARI Bakalavriat yo'nalishi malaka talablari va o'quv rejalari 5240100 Yurisprudensiya 5111600 Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 5120500 Falsafa Magistratura yo'nalishi malaka talablari 5A120503 Etika va estetika 5A111601 Ijtimoiy gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari) 5A120501 Falsafa (sohalar bo’yicha)

INSTITUT HAQIDA 1927-yilda O‘zbek davlat universiteti (hozirgi SamDU) tashkil etilgan vaqtdan boshlab, fizika-matematika fakulteti ham faoliyatini boshlagan edi. Birinchi marta Samarqandda fiziklar tayyorlash ishiga Rossiyadan taklif etilgan olim prof.A.M.Titov rahbarlik qilib, 1933-yilda A.Yu.Pedder va N.P.Kuznesovlar bilan birgalikda «Umumiy fizika», 1935-yilda «Optika va nazariy fizika» kafedralarni tashkil etgan edi. 1933-yilda prof.A.M.Titov rahbarligida birinchi marta Quyosh energiyasidan foydalanish (Geliofizika) bo’yicha ilmiy ishlar olib borishdi va uning rahbarligida 1935-yilda K.T.Abdirashidov, A.G.Kochnevlar, 1936-yilda A.N.Tekuchyov, S.U.Sultonov, Muso Mo’minovlar nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildilar. Fizika fanining rivojida prof. Muso Mo‘minovning xizmatlarini alohida e’tirof etish kerak. U 1944-yilda O‘zbek Davlat universitetiga rektorlik qilish bilan birga «Nazariy fizika» kafedrasi mudiri lavozimini ham bajardi va «Umumiy fizika», «Optika» kafedralarini tashkil etdi. 1951-yilda M.Mo‘minov, H.Haydarov bilan birga birinchi marta o‘zbek tilida «Molekulyar fizikadan» laboratoriya va o‘quv qo‘llanmalarini yaratdi. 1961-yil avgustda fizika-matematika fakulteti tarkibidan fizika fakulteti alohida ajralib chiqdi va fizika fani rivojida yangi davr boshlangan edi. 1959-yilda A.Q.Otaxo‘jayev (keyinchalik O‘zFA akademigi) Optika kafedrasiga mudir bo‘lib tayinlanishi, SamDUda Optiklar maktabining shakllanishiga olib keldi. Fakultetda uzoq yillar davomida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida hozirgi kunda 6 ta ilmiy maktab yaratildi. 1.Optika (Asoschisi va ilmiy rahbari akademik A.Q.Otaxo’jayev), 2. Yadro fizikasi (Asoschisi prof. Muso Mo‘minov), 3. Magnetizm (Asoschisi va ilmiy rahbari prof.O.Quvondiqov), 4. Kosmos fizikasi va astrofizika (Asoschisi va ilmiy rahbari prof.B.Maxmudov), Nochiziqli optika yo’nalishi (Asoschisi va Ilmiy rahbari prof.L.M.Sobirov) va Molekulyar lyuminesensiya yo‘nalishi (Asoschisi va Ilmiy rahbari prof.N.Nizomov). O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-5032 qarori hamda 2022-yil 13-yanvardagi “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi PQ-82 qarori asosida SamDUda fizika fakulteti negizida Muhandislik fizikasi instituti tashkil etildi. Institutda 6 ta mutaxassislik kafedralari faoliyat ko’rsatmoqda: Optika va spektroskopiya (kafedra mudiri PhD .G’.Sharifov), Umumiy fizika (kafedra mudiri dos.R.Rajabov), Nazariy fizika va kvant elektronika (kafedra mudiri prof.N.Eshqobilov), Qattiq jismlar fizikasi (kafedra mudiri dos.S.Axrorov), Yadro fizikasi va Astronomiya (kafedra mudiri dos.R.M.Eshbo’riyev), Nazariy va amaliy mexanika (kfedra mudiri prof. X.Xudoynazarov). Shuningdek, 2022-2023-o’quv yilidan boshlab, institutda yangi yo’nalishlarda jumladan, Elektronika va asbobsozlik; Intellektual muhadislik tizimlari; Elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi; Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish; Tibbiyot fizikasi; Mexanika va matematik modellashtirish yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Institutda ta’kidlab o’tilgan yo’nalishlar bo’yicha 1000 dan ko’proq talabalar tahsil olmoqdalar va 50 nafardan ortiq malakali magistr mutaxassislar tayyorlanmoqda. Institutda ilmiy salohiyat 74%ni tashkil qiladi, kafedralarda 1 nafar O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, 17 nafar fan doktorlari, professorlar, 35 nafar fan nomzodlari, dosentlar hamda 16 nafar katta o’qituvchi, assistentlar bilan birgalikda 10 nafar xorijiy professor-o’qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. MALAKA TALABLARI 60530900- Fizika(kunduzgi, kechki) 60531200-Tibbiyot fizikasi 60711200-Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar bo‘yicha) 60711600-Intellektual muhandislik tizimlari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60720800-Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish 60531000-Mexanika va matematik modellashtirish MAGISTRATURA 70530901 - Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha) 70530902 - Yadro fizikasi va yadro texnologiyalari (qo‘llash sohalari bo‘yicha) 70711201 - Elektronika va elektron texnikasi (tarmoqlar bo‘yicha) 70711801 - Tibbiy-biologik apparatlar, tizimlar va majmualar (qo‘llanish sohasi bo‘yicha) 70720801 - Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari (ishlab chiqarish bo‘yicha) 70711601 - Intellektual muhandislik tizimlari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 70531001 - Mexanika va matematik modellashtirish

Institut haqida Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish instituti Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyuldagi 12/8-32 - sonli Qarori bilan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tarkibida o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur institutga tamal toshi 1992-yilda SamDU ning amaliy matematika va informatika fakultetida professor H.To‘rayev va professor K.Saidovlar tomonidan qo‘yilgan. O‘sha yili fakultet tarkibida “Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish ” mutaxassisligi bo‘yicha talabalar qabul qilingan. Yildan-yilga qabul kvotasining ortib borishi bilan fakultet tarkibida iqtisodiyot va mehnat sotsiologiyasi, ichki va tashqi turizm menejmenti va nazariy iqtisodiyot kafedralari tashkil etildi. SamDU rektorining 1997-yil 15-avgustdagi buyrug‘iga muvofiq iqtisodiyot fakulteti ochildi. Hozirgi vaqtda institut tarkibida tarmoqlar iqtisodiyoti, inson resurslarini boshqarish va raqamli iqtisodiyot kafedralari faoliyat olib bormoqda. Ushbu kafedralar iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), bank ishi, agrobiznes va investitsion faoliyat hamda inson resurslarini boshqarish yo‘nalishlarida bakalavriat talabalariga dars bermoqda. Institutda asosiy eʼtibor salohiyatli yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlashga qaratilgan. Institutning ilmiy salohiyatining oshib borishi bilan kafedralarda iqtisodiyot nazariyasi, mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi, menejment, inson resurslarini boshqarish va raqamli iqtisodiyot mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura va tayanch-doktoranturalar faoliyati yo’lga qo’yildi. Bugungi kunda institut qoshida “Inson resurslarini boshqarish” ilmiy tadqiqot Markazi faoliyat yuritmoqda. Markaz tomonidan har yil qator xalqaro, respublika ilmiy-amaliy konferensiyalar va malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda hamda xo‘jalik va grant shartnomalari bajarilmoqda. Markaz qoshida OAK eʼtirof etgan jurnallar ro‘yxatiga kiruvchi “Inson kapitali va ijtimoiy rivojlanish” elektron jurnali taʼsis etilgan. Hozirgi davrda institutning asosiy maqsadlaridan biri dunyoning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan. Shu maqsadda, 2023-yilda institut Janubiy Koreyaning Yongnam universiteti, Tomsk davlat universiteti, V.M.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti hamda qator jahonning yuqori reytinglaridan o‘rin olgan universitetlar bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.

INSTITUT HAQIDA Universitet tarkibidagi yangi Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti 2022-yilda tashkil etildi. Mazkur institut zamonaviy ilm-fan yutuqlari, xususan ilg‘or biotexnologik yutuqlarni ta’lim tizimida keng va samarali joriy etish orqali zamonaviy agrar ta’lim tizimini shakllantirish va yangi avlod agromutaxassislarni tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilgan. Institut tarkibida quyidagi 3 ta kafedra faoliyati yo‘lga qo‘yilgan: (1) Agrokimyo va o‘simliklarni himoya qilish kafedrasi; (2) Meva-uzumchilik va sabzavotchilik kafedrasi; (3) Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasi. Bugungi kunda institutda 22 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Institutda 8 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishlari va 2 ta magistratura mutaxassisliklari mavjud. Institutda “Mevachilik va uzumchilik”, “Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik”, “Agrokimyo va agrotuproqshunoslik”, “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi”, “O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha)”, va “Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish” kabi bakalavr ta’lim yo‘nalishlari hamda Uzumchilik va uzumni qayta ishlash texnologiyasi va Himoyalangan yer meva sabzavotchiligi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida institut Italiyaning Bolonya universiteti, AQShning Nevada universiteti, Isroilning Xolon texnologiya instituti, Turkiyaning Anqara universiteti, Rossiyaning Belgorod universitetlari va mintaqamizda faoliyat ko‘rsatayotgan IKARDA va IKBA xalkaro agrar tadqiqot markazlari bilan hamkorlik olib bormoqda. Shuningdek, o‘quv jarayonining amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash maqsadida mahalliy qishloq xo‘jalik kooperatsiyalari va agrosanoat klasterlari bilan mustahkam hamkorlik ishlari o‘rnatilmoqda. Institutning o‘quv jarayonlarini zamon talablari va standartlariga mos ravishda tashkil etish maqsadida yetakchi xorijiy universitetlar bilan yaqindan hamkorlik olib borilmoqda. Institutning xorijiy hamkorlari Italiyaning Bolonya universiteti, Vengriyaning Seged universiteti, AQSH ning Nevada universiteti, Turkiyaning Anqara universiteti, Rossiyaning Belgorod universiteti. Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutida mavjud ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari Agrokimyo va agrotuproqshunoslik O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha) Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi (ekin turlari bo‘yicha) Zooinjeneriya: baliqchilik Mevachilik va uzumchilik Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi Magistratura mutaxassisliklari Eksperimental agrokimyo Agrokimyo Organik dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligi O‘simliklar himoyasi (usullari bo‘yicha) Subtropik va sitrus meva ekinlari Uzumchilik va uzumni dastlabki qayta ishlash Meva-sabzavotchilikda biotexnologiya Sabzavotchilik va polizchilik Kartoshkachilik Himoyalangan yer meva sabzavotchiligi Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi

FAKULTET HAQIDA SamDU Ilmiy kengashining 2020 yil 16-iyundagi №11-sonli qarori va universitet rektorining 2020 yil 18-iyundagi 290-ij buyruqlari bilan ijtimoiy fanlarning xususiyatlaridan kelib chiqib, Psixologiya, Ijtimoiy ish va Sotsiologiya yo’nalishlarini o’z tarkibiga olgan “Psixologiya va ijtimoiy munosabatlar” fakulteti tashkil etildi. Hozirgi kunda fakultetda jami 45 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatib kelishmoqda. Bulardan 1 nafari fan doktori, professor, 13 nafari fan nomzodi, PhD doktorlari, dosentlardir. Talabalar o’quv jarayonida zamonaviy axborot texnogiyalaridan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratilgan, 12 ta texnik jihozlangan o’quv auditoriyalarda darslar olib boriladi. MALAKA TALABLARI Bakalavriat yo'nalishi malaka talablari 60311000 Sosiologiya 60310900 Psixologiya (faoliyat turlari bo’yicha) 60920100 Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo’yicha) 60220500 - Falsafa Magistratura yo'nalishi malaka talablari 5A210201 Psixologiya (faoliyat turlari bo’yicha)

BIOKIMYO INSTITUTI HAQIDA 2023-yilda SamDU kimyo va biologiya fakultetlari negizida Biokimyo instituti tashkil etildi. Institutda 10 ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda: 1. Analitik kimyo 2. Botanika 3. Genetika va biotexnologiya 4. Zoologiya 5. Noorganik kimyo va materialshunoslik 6. Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo 7. Organik sintez va bioorganik kimyo 8. Polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya 9. Fizikaviy va kolloid kimyo 10. O‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya Bugungi kunda institutda 100 dan ortiq professor-o‘qituvchilar, shundan 17 ta fan doktori, professorlar, 72 ta fan nomzodlari, PhD, dotsentlar hamda 10 dan ortiq xorijiy olimlar faoliyat olib bormoqda. Institutning ilmiy salohiyat 84,4% ni tashkil etadi. Institutda quyidagi bakalavr yo‘nalishlari bo‘yicha, kunduzgi, kechki ta’lim turlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi: 1. Biologiya (turlari bo‘yicha); 2. Kimyo (turlari bo‘yicha); 3. Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha); 4. Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha); Shu bilan birga, biologiya, biotexnologiya, kimyo yo‘nalishlari magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Institutda ilmiy daraja beruvchi PhD.28.02.2018.K.02.05, PhD.03/30.12.2019.B.02.08 raqamli ilmiy kengashlar faoliyat olib bormoqda. Unda “02.00.02–Analitik kimyo”, “02.00.04–Fizik kimyo”, “03.00.05-Botanika”, “03.00.06–Zoologiya”, “03.00.07-O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi”, “03.00.08- Odam va hayvonlar fiziologiyasi” ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy ishlar himoyasi o‘tkazilmoqda. Institut bir qator xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilib kelinmoqda, Italiyaning Boloniya, AQSH ning Nevada, Turkiyaning Istanbu, Anqara, Afyon Kojatepe, Rossiyaning Moskva, Tomsk, Qozon, Vengriyaning Szeged, Germaniyaning Berlin universitetlari shular jumlasidandir. Institutda 4000 dan ortiq eksponatga ega «Zoologiya» muzeyi, zamonaviy ilg‘or asbob-uskunalar bilan jihozlangan, Nobel mukofoti laureati, professor Aziz Sanjar nomidagi «Zamonaviy analiz usullari» ilmiy laboratoriyasi, 1000 dan ortiq nusxadagi 250 ga yaqin tur o‘simliklar o‘stirilayotgan «Oranjeriya», minglab nusxadagi gerbariylar saqlanyotgan «Gerbariy fondi», «Gazlar analizi» ilmiy laboratoriyasi, «Ekologik tizimlar va priborlar» ilmiy laboratoriyasi, mahalliy faunamizda uchraydigan barcha turdagi hasharotlarni o‘zida mujassamlashtirgan «Entomologik kolleksiya», «Zamonaviy biotexnologik tadqiqotlar» ilmiy laboratoriyasi, tirik hayvonlar bilan bog‘liq tadqiqotlar uchun «Vivariy» laboratoriyalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti haqida.
Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti ya'ni avvalgi Filologiya fakulteti universitet bilan tengdosh - u 1927 yilda tashkil etilgan. Fakultetning ilm-fan va ta’lim maskani sifatida shakllanishida Abdurauf Fitrat, Abdurahmon Sa’diy, G’ozi Olim Yunusov, Sadriddin Ayniy, Vohid Abdullayev, Ulug’ Tursunov, Yevgeniy Polivanov, Abdulla Sulaymonov, Orif Ikromov, Xudoyberdi Doniyorov, G’ani Abdurahmonov, Botirxon Valixo’jayev, Rahmatulla Qo’ng’urov, Nuriddin Shukurov, Rahmonqul Orzibekov, Nazar Rajabov kabi taniqli olimlarning xizmatlari kattadir. Bugungi kungacha fakultet «filologlar beshigi» sifatida mamlakatimiz va Markaziy Osiyo respublikalari ta’lim tizimiga o’n minglab yuqori malakali filolog-mutaxassislar tayyorlab berdi. Ular orasida atoqli davlat, jamoat va fan arboblari, 120 dan ziyod fan doktorlari, 500 ga yaqin fan nomzodlari yetishib chiqdi. Hozirgi paytda fakultetda 5120100 – filologiya va tillarni o’qitish (o’zbek tili), 5120100 – filologiya va tillarni o’qitish (tojik tili) yo’nalishlari bo’yicha bakalavriat; 5A120101 – Adabiyotshunoslik (o’zbek adabiyoti), 5A120102 – Lingvistika (o’zbek tili), 5A120101 – Adabiyotshunoslik (tojik adabiyoti), 5A120102 – Lingvistika (tojik tili) mutaxassisliklari bo’yicha magistratura ta’limi berilmoqda. 10.00.01 - O’zbek tili. 10.00.02 - O’zbek adabiyoti, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tillari va adabiyotlari bo’yicha tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) ixtisosliklari bo’yicha oliy malakali kadrlar tayyorlanmoqda. Hozirgi paytda fakultetda 12 nafar fan doktori, professor, 25 nafar fan nomzodi, dosentlar faoliyat olib bormoqdalar. Ulardan ikki nafari (M.Muhiddinov, H.Umurov) “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiyi” faxriy unvoniga sazovor bo’lgan. 10 nafar professor-o’qituvchi davlatimizning orden va medallari bilan taqdirlangan. Fakultetdagi 5 ta kafedrada ishlayotgan 65 nafar professor-o’qituvchilar o’zbek tili va adabiyoti, tojik tili va adabiyoti, adabiyotshunoslik va tilshunoslik yo’nalishlarida samarali tadqiqotlar olib borishmoqda. Fakultetda 5120100 – filologiya va tillarni o’qitish (o’zbek tili), 5120100 – filologiya va tillarni o’qitish (tojik tili) yo’nalishlari bo’yicha bakalavriatda 611 nafar talaba, 5A120101 – Adabiyotshunoslik (o’zbek adabiyoti), 5A120102 – Lingvistika (o’zbek tili), 5A120101 – Adabiyotshunoslik (tojik adabiyoti), 5A120102 – Lingvistika (tojik tili) mutaxassisliklari bo’yicha 36 nafar yosh tadqiqotchi magistraturada ta’lim olmoqda. Shuningdek, talaba-yoshlar uchun «Shalola» she’riyat klubi, «Yosh tilshunos», «Yosh adabiyotshunos», «Yosh notiq» kabi ilmiy-ijodiy to’garaklar mavjud bo’lib, ular fakultetdagi hamda fakultet jamoasi hamkorlik qilayotgan akademik lisey va kasb-hunar kollejlaridagi ijodkor yoshlarni o’z saflariga birlashtirgan. MALAKA TALABLARI Bakalavriat yo'nalishi malaka talablari 5120101 Filologiya va tillarni o’qitish: o’zbek tili 5120117 Filologiya va tillarni o’qitish: tojik tili Magistratura yo'nalishi malaka talablari 5A111201 O’zbek tili va adabiyoti 5A120101 Adabiyotshunoslik: o’zbek adabiyoti 5A120101 Adabiyotshunoslik: tojik adabiyoti 5A120102 Lingvistika: o’zbek tili 5A120102 Lingvistika: tojik tili 5A120105 Folklorshunoslik va dialektologiya

FAKULTET HAQIDA Fakultetda 5120300-“Tarix-(jahon mamlakatlari bo‘yicha)”, 5120400-“Arxeologiya”, 5110600 – “Tarix o‘qitish metodikasi” yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr, 5A120401-Arxeologiya, 5A 120301-O‘zbekiston tarixi, 5A 120302-Tarix (yo‘nalishlar va mamlakatlar bo‘yicha), 5A120304-Tarixshunoslik, manbashunoslik tarixi tadqiqotlar metodlari, 5A120402- Etnografiya, etnologiya va antropologiya mutaxassisliklari bo‘yicha magistrantlar hamda 4 ta ixtisoslik bo‘yicha 07.00.01 - O‘zbekiston tarixi, 07.00.05 - Arxeologiya, 07.00.03 - Jahon tarixi, 07.00.08 - Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari tayanch doktorantura (PhD) ixtisosliklari bo‘yicha oliy malakali kadrlar tayyorlanmoqda. Bugungi kunda fakultetda O‘zbekiston tarixi, Arxeologiya, Jahon tarixi, Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedralari mavjud bo‘lib, ularda 8 ta fan doktori, professor, 18 ta fan nomzodi, dotsent, 42 ta katta o‘qituvchi va assistentlardan iborat bo‘lgan tajribali professor o‘qituvchilar jamoasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Fakultetda 1173 nafar bakalavr, magistr tahsil olishmoqda. 2020-2021-o‘quv yilida 196 ta bakalavr o‘qishni tugatib, ulardan 130 nafari xalq ta’limida, 14 nafari KHK da, 6 nafari litseyda, 8 nafari fermer xo‘jaligida, 14 nafari xizmat ko‘rsatish sohasida, 8 nafari ishlab chiqarish yo‘nalishida, 6 nafari mahalla fuqoralar yig‘inida, 4 nafari ijro boshqaruv tashkilotlarida, 6 nafari Viloyat IIB da ishlamoqda, 5 nafari magistratura ta’limida tahsil olmaqda, 3 nafari onalik ta’tilida hisoblanadi. Fakultetda oxirgi 10 yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va 10 nafar talaba Alisher Navoiy, Amir Temur va Yahyo Gʻulomov davlat stipendiyasi sovrindorlari bo‘lishgan va ulardan 3 nafari hozirgi kunda fakultetda faoliyat olib bormoqda. Professor M.Abramov (1994) - “Do‘stlik” va “Shuhrat” davlat ordeni, professor M.Jo‘raqulov «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» , «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi» unvonlari, PhD Hamroqulova Shohista “Shuhrat” medali sohibi hisoblanadi. Fakultetda xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ham salmoqli. Jumladan, hozirgi kunda imzolangan shartnomalar doirasida Moskva, Sankt-Peterburg, Tomsk, Samara (Rossiya Federasiyasi), Insubriya, Bolonya (Italiya), Bamberg, Olmon arxeologiya instituti (Germaniya), Leyden (Gollandiya), Nagoya (Yaponiya) va boshqa nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy-amaliy hamkorlik qilib kelishmoqda: o‘tgan davr mobaynida almashinuv dasturi doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi va malaka kurslarida o‘qish, bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha tahsilni davom ettirishmoqda: Xitoy Xalq respublikasidan 7 nafar talaba, Janubiy Koreya davlatidan 1 nafar talaba tahsil olishayotgan bo‘lsa, Janubiy Koreyalik magistrant va doktorant arxeologiya, hindistonlik doktorant manbashunoslik va tarixshunoslik ixtisosligida, Turkmaniston Respublikasidan 2 nafar bakalavr talaba tarix yo‘nalishida tahsil olishmoqda. Shuningdek, “Arxeologiya” kafedrasi Germaniyaning Yevrosiyo bo‘limi bilan hamkorlikda “O‘zbek-Germaniya arxeologik ekspeditsiyasini tashkil etish va Zarafshon vohasida razvedka ishlarini olib borish” bo‘yicha imzolangan shartnoma doirasida Qo‘shrabot tumanining Toz, Jonbuloq, Urganji qishloqlari atroflarida arxeologik qidiruv ishlari olib borildi. Fakultetimiz professor-o‘qituvchilari Niderlandiya, Ispaniya, Rossiya kabi davlatlarning oliy o‘quv yurtlarida ma’ro‘zalar bilan qatnashib kelishmoqda. Fakultetda falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD. 31.01.2019.Tar.02.10 raqamli 07.00.01-O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatmoqda. 2017-yili fakultetimizning “Ulug‘bek vorislari” jamoasi tafakkur sinovlari respublika tanlovining mintaqaviy g‘olibi bo‘lishdi. Fakultetimizda tahsil olayotgan talabalar orasida jahon, respublika va mahalliy musobaqalarda sovrinli o‘rin sohiblari ham bor. Jumladan, Karimov Bobur - muaytay sport turi bo‘yicha jahon chempioni, Xabibov Fayoz - qo‘l jangi buyicha O‘zbekiston chempionati sovrindori, Rajabov Nazir - taekvando sport turi buyicha O‘zbekiston chempionati sovrindori, Ro‘ziyeva Dinora, Xudoyerov Rustam, Xasanov Doston, Burxonova Go‘zal, Abdumrotov Shaxzod, Shukurov Yorbek, Tursunov Diyorbek, Baxriddinov Xusen - baydarka va kanoeda eshkak eshish sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionlari. MALAKA TALABLARI Bakalavriat yo'nalishi malaka talablari 5120300 Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo’yicha) 5120400 Arxeologiya 5110600 Tarix o’qitish metodikasi Magistratura yo'nalishi malaka talablari 5A120301 O’zbekiston tarixi 5A120302 Tarix (yo’nalishlar va mamlakatlar bo’yicha) 5A120304 Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (mamlakatlar bo’yicha) 5A120401 Arxeologiya 5A120402 Etnografiya, etnologiya va antropologiya

FAKULTET HAQIDA. Sun'iy intellekt va raqamli texnologiyalari fakulteti dastlab Amaliy matematika va informatika fakulteti sifatida  2017-yilda maxanika-mtematika fakultetidan ajralib qayta tashkil etildi va yanvardan boshlab alohida fakultet sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Fakultetda talim olgan 1700 nafardan ziyod malakali kadrlar Respublika xalq xo’jaligining turli soxalarida mehnat qilmoqdalar. Ulardan 20 nafari fan doktori va 40 kishi fan nomzodi ilmiy darajasiga erishgan.Hozirgi paytda fakultetda 5130200 – “Amaliy matematika va informatika”, 5110701 – “Informatikani o’qitish metodikasi”, 5330100 – “Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti” yo’nalishlari bo’yicha bakalavriat; 5A110701 – Ta’limda axborot texnologiyalari, 5A130200 – “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” mutaxassisliklari bo’yicha magistratura ta’limi berilmoqda. 05.01.02 – “Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotlarni qayta ishlash”, 01.02.05 – “Suyuqlik va gaz mexanikasi”, 05.01.07 – “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui” ixtisosliklari bo’yicha tayanch doktorantura (PhD) va doktoranturalarda (DSc) oliy malakali kadrlar tayyorlanmoqda.Fakultetda “Axborotlashtirish texnologiyalari”, “Matematik modellashtirish va kompleks dasturlash”, “Optimal boshqaruv metodlari ” kafedralari mavjud bo’lib ularda 4 ta professor, 17 ta dotsent, 2 ta katta o’qituvchi hamda 20 ta assistent o’qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar.Talabalar o’quv jarayonida zamonaviy axborot texnogiyalaridan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratilgan, 4 ta kompyuter sinfi (80 ta kompyuter), 10 ta texnik jihozlangan alohida auditoriyalarda darslar olib boriladi.Fakultetda “Axborot texnologiyalari va tizimlari”, “Anomal suyuqliklar mexanikasi” ilmiy maktablari faoliyat olib bormoqda va ularni tashkil etish va rivojlanishida prof. I.I.Jumanov va prof. B.X.Xujayorovlarning hissalarinni alohida ta’kidlash mumkin.Kafedralar professor-o’qituvchilari zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’limda qo’llash, ma’lumotlar bazasi va axborot resurslarini yaratish, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va joriy etish yo’nalishlari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Soha bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida 15 dan ortiq dasturiy mahsulotlari yaratilgan.Fakultet hududdagi o’rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar bilan fanning zamonaviy yutuqlarini tadbiq qilish ehtiyojlarini hisobga olgan holda shartnomalar tuzib, ularning bazasida malakali mutaxassis kadrlar tayyorlamoqda. MALAKA TALABLARI Bakalavriat yo'nalishi malaka talablari 5110700 Informatika o’qitish metodikasi 5130200 Amaliy matematika va informatika 5330100 Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti Magistratura yo'nalishi malaka talablari 5A110701 Ta’limda axborot texnologiyalari 5A130202 Amaliy matematika va axborot texnologiyalari

FAKULTET HAQIDA Fakultet dastlab 1966-yilda tashkil etilgan. Bu ishda asosiy tashabbuskor va tashkilotchi Mardon Umarov bo‘lgan. Prof. M.Umarov 1966-yildan 1991-yilga qadar uzluksiz 25-yil davomida dekan vazifasida ishladi va ilmiy kadrlarni ko‘paytirish sohalarida katta tashkilotchilik ishlarini olib borgan. Hozirgi vaqtda fakultetda 3 ta ta’lim yo‘nalishlari (geografiya, ekologiya va gidrometeorologiya) bo‘yicha bakalavrlar, 4 mutaxassislik bo‘yicha (geografiya o‘rganish obyekti, ekologiya, tuproqshunoslik, gidrologiya) magistrlar tayyorlanadi. 50 nafar professor-o‘qituvchi, jumladan, 9 nafar fan doktori, professor, 12 nafar fan nomzodi, dosent va katta o‘qituvchi assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Fakultetda 500 nafar talaba hamda 25 ta magistrant tahsil olmoqda. Fakultetda 1 ta kompyuter sinfi, geologiya muzeyi, 14 ta o‘quv xonalari hamda O‘zbekiston-Azarbayjon do‘stlik xonasi mavjud. Fakultet xodimlari 1994-1997-yillar davomida turizm, urbanizasiya va shahar ekologiyasi muammolari bo‘yicha TASIS/TEMPUS dasturi asosida Belgiya, Ispaniya va Italiya davlatlari hamkorligida Urbalayf loyihasida qatnashib, Bryussel La-Kambra oliy arxitektura instituti, Milan politexnika universitetlarida malaka oshirgan. Fakultetda “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, Umumta’lim maktablarining 6-sinf o‘quvchilari uchun tavsiya etilgan “Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” o‘quv qo‘llanmasi muallifi prof.A.Abulqosimov hamda bir necha yillar davomida NATOning atrof-muhit muhofazasi komissiyasi a’zosi, “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” prof. L.Alibekovlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Fakultet xodimlari fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovasion loyihalar bo‘yicha ilmiy - tadqiqot ishlarini bajarib kelishmoqda. Jumladan, “Samarqand viloyatining o‘lkashunoslik atlasini tuzish”, “Samarqand viloyatining atrof-muhit muhofazasi”, “Ichimlik suvlar sifati”, “Maishiy xo‘jalik chiqindilarining tarqalishi”, "Yangi statsionar postlar yordamida Samarqand viloyatining elektr energiya beradigan shamol resurslarini o‘rganish va kartasini tuzish" hamda "Zarafshon vodiysining rekreasiya, turistik va ekologik kartalarini tuzish" mavzusilari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarda grant ishlari bajarmoqda. Fakultetda iqtidorli talabalar bilan ishlash ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 2010-yilda U.Abjalova Beruniy, 2011-yilda N.Erlapasov - Qodir Zokirov nomli, 2013-yilda K.Qobilova - Jo‘ra Saidov nomli, 2015-yilda R.Davronova - Ulug’bek nomli Davlat mukofoti sovrindori bo‘lishgan. 2017-2018-o‘quv yilida fakultetning 4 nafar bitiruvchilari Rossiyaning Shimoliy Kavkaz Federal universitetiga grant asosida magistraturaga qabul qilindi. Xorijiy aloqalar sohasida hozirgi kunda fakultet xodimlari xalqaro ECAP loyihasida chet ellik hamkorlar bilan ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. MALAKA TALABLARI Bakalavriat yo'nalishi malaka talablari 5110500 Geografiya o’qitish metodikasi 5140700 Gidrometeorologiya 5140600 Geografiya 5630100 Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi tarmoqlar va sohalar bo’yicha) Magistratura yo'nalishi malaka talablari 5A140602 Geografiya (o’rganish obekti bo’yicha) 5A141101 Gidrologiya (o’rganish obektlari bo’yicha) 5A630102 Ekologiya (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)

FAKULTET HAQIDA Samarqand davlat universitetining tarixi 1420-yil 21-sentabrda Mirzo Ulug‘bek madrasasi tashkil topgan paytdan, buyuk olim Muhammad Xavofiy Klavdiy Ptolemey nazariyasi bo‘yicha 100 dan ortiq tinglovchilar oldida ilmiy ma’ruza qilgan paytdan boshlanadi. Oʻsha kundan eʼtiboran Mirzo Ulugʻbek madrasasi faoliyat koʻrsata boshladi, unda islom qonunlari bilan bir qatorda algebra (al-jabr), geometriya (handasa), huquq (fiqh) va boshqa fundamental fanlar ham oʻqitiladi. Samarqand davlat universiteti Mirzo Ulug‘bek madrasasining bevosita davomchisi ekanligini yozma manbalar va ilmiy tadqiqotlar tasdiqlaydi. Matematika fakulteti universitetning eng qadimgi fakultetlaridan biri hisoblanadi. Fakultet zamonaviy ilmiy-texnikaviy va o‘quv-moddiy bazaga ega, jumladan, o‘quv va ilmiy laboratoriyalar, lingafon xonalari, kompyuter sinflari, bosma va elektron kutubxonalar, audiovizual va interfaol o‘quv qurollari bilan jihozlangan o‘quv xonalariga egadir. Matematika fakulteti Missuri universiteti (AQSh), Kiel universiteti (Germaniya), Abdussalom xalqaro nazariy fiziklar markazi (ICTP, Italiya), Toronto universiteti (Kanada) Moskva davlat universiteti. M.V. Lomonosov. , Birlashgan Yadro tadqiqotlari instituti, Axborot uzatish muammolari instituti, RAS Amaliy matematika instituti, Boshqird federal universiteti, Qozon federal universiteti, Malayziyaning Kebangsan, MARA, Putra, UTARU Malayziya kabi koʻplab yetakchi universitetlar bilan yaqin ilmiy aloqalar o’rnatilgan. Fakultet tuzilishi Hozirgi kunda fakultetda 6 ta kafedra mavjud: 1. Algebra va geometriya, 2. Matematik analiz, 3. Matematik fizika va funksional analiz, 4. Differensial tenglamalar, 5. Ehtimollar nazariyasi va amaliy matematika, 6. Matematik modellashtirish Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni 1 nafar akademik, 15 nafar fan doktori va professor, 60 nafardan ortiq fan nomzodi, falsafa doktori va dotsentlar, 15 nafar doktorantlar matematikaning turli yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Matematika fakulteti quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavrlar, magistrlar va doktorantlar (PhD va DsC) tayyorlaydi. Bakalavr: Matematika Matematik muhandislik Mexanika va matematik modellashtirish Amaliy matematika. Malaka: bakalavr; To'liq vaqtda ta'lim; kechqurun, yozishmalar. O'qitish tili: o'zbek, rus. tojik, ingliz. Asosan: 11 sinf; O'qish muddati: 4 yil; Kurs: To'liq kurs; Magistrlik darajasi: 70540101 – Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha) 5A130202 - "Amaliy matematika" Magistratura dasturi matematika fanining bugungi holatini aks ettiradi va quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy tadqiqot usullariga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan: matematik tahlil, funksional tahlil va ularni zamonaviy matematik fizikaga tatbiq etish, differensial tenglamalarning spektral nazariyasi va Shturm-Liouvil nazariyasi. masalalar, differensial tenglamalarning sifat nazariyasi, matematik fizikaning noto‘g‘ri qo‘yilgan va klassik bo‘lmagan masalalari, chiziqli bo‘lmagan algebraik va differensial tenglamalarning quvvat geometriyasi, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, qattiq mexanika, kontinuum mexanikasi, elastiklik nazariyasi, suyuqlik va gaz mexanikasi va boshqalar. tuproq mexanikasi. Ushbu dastur doirasidagi tayyorgarlik bitiruvchilarga bo‘lajak matematik-tadqiqotchilar uchun PhD ta’limini davom ettirish, shuningdek, oliy o‘quv yurtlarida yaxshi tayyorlangan mutaxassis sifatida ish boshlash imkonini beradi. Malaka: fanlar magistri (MSc) Matematika bakalavriga asoslangan To'liq vaqtda ta'lim - 2 yil Tillar: o'zbek, rus. tojik, ingliz. Doktorantura (PhD va DsC): 01.01.01 - matematik tahlil; 01.01.02 - differentsial tenglamalar va matematik fizika; 01.01.06 - Algebra 01.02.05 - Suyuqlik va gaz mexanikasi Doktorantura dasturi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy tadqiqot usullarini puxta egallagan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan: matematik tahlil, funksional tahlil va ularni zamonaviy matematik fizikaga tatbiq etish, differentsial tenglamalarning spektral nazariyasi, noto‘g‘ri va doimiy bo‘lmagan tenglamalar. matematik fizikaning klassik masalalari, matematik fizikaning teskari va noto'g'ri qo'yilgan muammolari va integral geometriya masalalari; nochiziqli algebraik va differensial tenglamalarning kuch geometriyasi, nazariy mexanika, qattiq mexanika, tuproq mexanikasi, suyuqlik va gaz mexanikasi. Malaka: matematika boʻyicha falsafa doktori, Fizika-matematika fanlari doktori. Matematika magistri asosida. To'liq vaqtda ta'lim - 3 yil. Tillar: o'zbek, rus. tojik, ingliz.

Ta'lim yo'nalishlari

Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti) 70230502 Magistr
Agrokimyo 70810702 Magistr
Amaliy matematika (sohalar bo‘yicha) 70540201 Magistr
Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (kimyo) 70530104 Bakalavr
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (fizika va astronomiya) 70110701 Magistr
Arxeologiya 60220400 Bakalavr Magistr
Arxeologiya 70220401 Magistr
Atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 70710401 Magistr
Badiiy tarjima (tillar bo‘yicha) 70230203 Magistr
Biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha) 70510101 Magistr
Biologiya (turlari bo‘yicha) 60510100 Bakalavr
Biotexnologiya 70510103 Magistr
Biotexnologiya 60710200 Bakalavr
Dasturiy injiniring 60610400 Bakalavr
Dizayn (landshaft dizayni) 60210400 Bakalavr
Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi 70811101 Magistr
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60710400 Bakalavr
Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar bo‘yicha) 60710700 Bakalavr
Elektronika va elektron texnikasi (tarmoqlar bo‘yicha) 70711201 Magistr
Etnogenez (o‘zbek xalqining etnik tarixi) 70220402 Magistr
Falsafa 60220500 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 Bakalavr
Fizika 60530500 Bakalavr
Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha) 70530501 Magistr
Geografiya 60530200 Bakalavr
Geografiya 70530201 Magistr
Geologiya (faoliyat sohasi bo‘yicha) 60530500 Bakalavr
Gidrologiya (o‘rganish obyektlari bo‘yicha) 70530801 Magistr
Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo‘yicha) 60920100 Bakalavr
Inson resurslarini boshqarish 60411000 Bakalavr Magistr
Intellektual muhandislik tizimlari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60711600 Bakalavr Magistr
Iqtisodiy nazariya 70310101 Magistr
Iqtisodiyot 60310100 Bakalavr Magistr
Kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha) 70530101 Magistr
Kimyo (turlari bo‘yicha) 60530100 Bakalavr
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) 60610100 Bakalavr Magistr
Lingvistika (ingliz tili) 70230101 Magistr
Lingvistika (tojik tili) 70230501 Magistr
Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha) 60540300 Bakalavr
Matematika 60540100 Bakalavr
Matematika (sohalar bo'yicha) 70540101 Magistr
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik 60811000 Bakalavr
Mexanika muhandisligi 60712300 Bakalavr Magistr
Mexanika va matematik modellashtirish 60530600 Bakalavr Magistr
Muzeyshunoslik (turlari bo‘yicha) 60212100 Bakalavr Magistr
Organik dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligi 70810903 Magistr
O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish. 60820100 Bakalavr
O‘simliklar himoyasi va karantini 60810500 Bakalavr
O‘simliklar karantini va himoyasi 60811000 Bakalavr
O‘simliklar karantini va himoyasi (usullari bo‘yicha) 70811001 Magistr
Pedagogika 60110100 Bakalavr
Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi (ekin turlari bo‘yicha) 60811200 Bakalavr
Sotsiologiya 60310400 Bakalavr
Sun'iy intellekt 60610500 Magistr
Sun’iy intellekt 60610500 Bakalavr Magistr
Sun’iy intellekt (magistratura) 70610501 Magistr
Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) 60220300 Bakalavr
Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha) 70220301 Magistr
Tibbiyot fizikasi 60531200 Bakalavr
Xalqaro munosabatlar 60310200 Bakalavr
Yadro fizikasi va yadro texnologiyalari 70710406 Magistr
Yurisprudensiya 60420100 Bakalavr

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Arxeologiya

Magistr 2 yil uz

14 718 000 so'm

yiliga

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Yurisprudensiya

Bakalavr 4 yil uz ru

8 694 000 so'm

yiliga

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Amaliy matematika

Bakalavr 4 yil uz ru

11 040 000 so'm

yiliga

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Amaliy matematika

Bakalavr 4 yil uz ru

11 040 000 so'm

yiliga

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Inson resurslarini boshqarish

Magistr 2 yil uz

14 718 000 so'm

yiliga

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Inson resurslarini boshqarish

Magistr 2 yil uz

14 718 000 so'm

yiliga

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: ingliz tili

Magistr 2 yil uz

14 718 000 so'm

yiliga

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: ingliz tili

Magistr 2 yil uz

14 718 000 so'm

yiliga

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Fundamentalni tibbiyot

Bakalavr 4 yil uz

11 040 000 so'm

yiliga

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Axborot xavfsizligi

Bakalavr 4 yil uz ru

11 040 000 so'm

yiliga

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)

Bakalavr 4.5 yil uz

11 040 000 so'm

yiliga

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Psixologiya

Bakalavr 4 yil

8 694 000 so'm

yiliga

Mashhur bitiruvchilar

Xabib Yusufiy

(1916-1945) - mohir tarjimon.

Manzura Sobirova -Oydin

1906-1953 - Birinchi o‘zbek adibasi, iqtidorli hikoyanavis.

Usmon Nosir

(1912-1944) - oʻzbek shoiri, tarjimon, dramaturg.

Mirtemir

(1910-1978)- Oʻzbekiston xalq shoiri.

Muhammad Asimi

(1920-1996)- shoir va akademik.

Yahyo G'ulomov

(1908-1977)- tarixchi – arxeolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, tarix fanlari doktori, professor.

Ibrohim Mo’minov

(1908-1974)- tarixchi – arxeolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, tarix fanlari doktori, professor.

Uyg’un

(1905-1990)- shoir va dramaturg. Oʻzbekiston xalq shoiri. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi. Mehnat Qahramoni.

Hamid Olimjon

Hamid Olimjon (1909-1944)- o‘zbek shoiri, dramaturg, adabiy tanqidchi, XX asr o‘zbek mumtoz she’riyati namoyandasi

Sharof Rashidov

1959-1983-yillar O'zbekiston sovet sotsialistik Respublikasining birinchi kotibi.

Aminov Shoxrux Azamatovich

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari. 2004-yil Samarqand davlat universiteti Yurisprudensiya fakultetini tamomlagan.

Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich

Surxondaryo viloyat hokimi. 2005-yil Samarqand davlat universiteti Yurisprudensiya fakultetini tamomlagan.

Xolmuxammedov Muhsin Murodullaevich

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar Markazi direktori o‘rinbosari. 2002-yil Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot fakultetini tamomlagan. Xitoy, Gemaniya, Rossiya va Koreya davlatlarida malaka oshirib kelgan.

Aliqulov Xazrat

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rais o‘rinbosari. 2015-yil Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot fakultetini tamomlagan. Germaniya Federativ Respublikasi bank tizimining ilg‘or tajribalarini O‘zbekistondagi tijorat banklariga tadbiq etgan.

Farmon Toshev Is’hoqovich

O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi Samarqand viyolat bo‘limi rahbari. 1975-yil Samarqand davlat universiteti Filologiya fakultetini tamomlagan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi aʼzosi. Farmon Toshev “Mehnat shuhrati” ordeni (2003), “El-yurt hurmati” ordeni (2013), “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” unvoni (2022) bilan taqdirlangan.

Nodirjon Jonuzoqovich Xolboʻtayev

Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri. 1998-yil Samarqand davlat universiteti Filologiya fakultetini tamomlagan. Nodir Jonuzoq “Shuhrat” medali (2016) va Doʻstlik ordeni (2021) bilan mukofotlangan.

Ahatov Akmal Rustamovich

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori. 1997-yil Samarqand davlat universiteti Amaliy matematika fakultetini tamomlagan.

Primova Xolida Anarbayevna

Toshkent axborot texnologiyalar Samarqand filiali filiali “Axborot texnologiyalari” kafedrasi professori. 2005-yil Samarqand davlat universiteti Amaliy matematika fakultetini tamomlagan. “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Rozikov Utkir Abdulloyevich

1970-yilda Buxoro shahrida tug'ilgan. Romanovskiy nomidagi matematika instituti direktor o’rinbosari.1993-yil Samarqand davlat universiteti Mexanika-matematika fakultetini tamomlagan. U ehtimollik, matematik fizika va tahlil bo'yicha xalqaro miqyosda taniqli mutaxassis.

Laqayev Saidaxmat Norjigitovich

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi. 1973-yil Samarqand davlat universiteti Mexanika-matematika fakultetini tamomlagan. 1973–1975-yillarda Moskva davlat universiteti (MDU) professori R.A.Minlos rahbarligida stajirovkada bo‘ldi hamda 1975–1978-yillarda Moskva davlat universitetining Mexanika-matematika fakultetida akademik A.N.Kolmogorov rahbarligidagi matematika bo‘limi aspiranturasida o‘qigan.

Salahuddinov Nariman Faridovich

RFA Novosibirsk organik kimyo instituti professori. 1976-yil Samarqand davlat universiteti biologiya fakultetini tamomlagan. Rossiya fanlar akademiyasi muxbir a’zosi, fan doktori, professor. 500 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, 7 ta monografiya, 95 ta patent. 3 ta fan doktori, 14 ta fan nomzodi tayyorlagan.

Xudoyberdiyev Sharof Abdumalikovich

2003-yil Samarqand davlat universiteti biologiya fakultetini tamomlagan. Germaniya Marburg universiteti professori. Molekulyar biologiya bo‘yicha mutaxassis. Neyronlar, mikroRNK va genlarni boshqarilish mexanizmlari borasida tadqiqotlar bilan shug‘ullanadi.

Abdulqosimov Ali Abdulqosimovich

Geografiya fanlar doktori, professor. 1959-yil Samarqand davlat universiteti geografiya fakultetini tamomlagan. 1985-1988 yillarda “TASIS TEMPUS” dasturi asosida tuzilgan “Urbalife” Yevropa ittifoqi loyihasining Oʼzbekistondagi koordinatori sifatida faoliyat yuritgan. Oʼzbekiston geografiya jamiyati aʼzosi, Turon fanlar akademiyasi akademigi. 2006 yil Oʼzbekiston Respublikasi “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.

Boymirzayev Karimjon Mirzaxmedovich

Biznes va fan universiteti rektori. 1984-yil Samarqand davlat universiteti geografiya fakultetini tamomlagan. Geografiya fanlari doktori, professor. Tabiiy geografiya, landshaftshunoslik, antropogen landshaftshunoslik, voha landshaftlari, choʼllanish, iqlim oʼzgarishi, landshaft ekologiyasi yoʼnalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Uzoq yillar Namangan davlat universitetida kafedra mudiri, dekan, prorektor lavozimlarida ishlagan.

Ashurov Muhsinjon Xurramovich

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, Astronomiya instituti Nazariy astrofizika laboratoriyasi mudiri. 1971-yil Samarqand davlat universiteti fizika fakultetini tamomlagan. Oʻzbekistonda birinchi boʻlib optik va lazer kristallarni oʻstirish va shu kristallarni xalq xoʻjaligiga bevosita tatbiq etish bilan shugʻullangan va shu asosda “Fonon” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi vujudga kelgan. Birlashmada Oʻzbekiston Respublikasi orden, medallari va nodir tangalari tayyorlanadi. Akad. Ashurov M.X. lazer kristallar radiatsion optik xossalarini boshqarish texnologiyasi va radiatsiyaga bardoshli lazer kristallarini sintez qilishga doir tavsiyalarni ishlab chiqqan. Mazkur tadqiqotlar asosida intensiv nurlanish sharoitida qattiq jismli lazerlarning generatsiya va modulyatsiya xossalarini yoʻqotmaydigan yuqori samarali faol va sust elementlar yaratildi. Akad. Ashurov M.X. 1- va 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlangan.

Ahmedov Bobomurot Jo‘rayevich

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi. 1985-yil Samarqand davlat universiteti fizika fakultetini tamomlagan. 2021-yil “Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni, 2012-yil “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan. Uning ilmiy yutuqlari jahon miqyosida tan olinib, 2018 yilda Butunjahon Fanlar akademiyasi (The World Academy of Sciences, TWAS) va 2020 yilda Islom Dunyosi Fanlar akademiyasi (The Islamic World Academy of Sciences, IAS) aʼzoligiga saylangan. 2017 yilda ilmiy ishlariga eng koʻp havola qilingan muallif “Yil olimi-2017” (“Highly Cited Author”, Web of Science), 2018 yilda esa “Yil olimi-2018” (“Researcher of the Year”, Scopus) yuksak unvonlari bilan mukofotlangan.

Shamsutdinov Rustambek Temirovich

Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi direktori. 1964-yil Samarqand davlat universiteti tarix fakultetini tamomlagan. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni(1991 y), “Mehnat shuxrati” ordeni (2019 y), “Kembridj Xalqaro biografiya instituti hay’ati” a’zosi (Buyuk Britaniya)(1997), Shimoliy Karolina (AQSH) va Kembridj biografik markazi medali bilan tag‘dirlangan, shu Markaz chop ettirgan “Zafarli 500 kishi” nomli kitobda uning faoliyati yoritilgan (1997y), Inson huquqlari himoyachisi (2020y), “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni(2022), Oliy ta’lim a’lochisi (2023y) kabi bir qator unvon, medal va esdalik nishonlar sohibi. 2023 yil 7 apreldan Markaaziy Osiyo fan, madaniyat va san’at Akademiyasi akademigi. Hozirgacha uning O‘zbekistondagi qatag‘on va uning fojeali oqibatlari to‘g‘risida 22 ta monografik tadqiqoti, Oliy o‘quv yurtlari uchun qo‘llanma darslik sifatida O‘zbekiston tarixi fanidan 1995 yildan 2024 yillar orasida 20 marotaba o‘quv-qo‘llanma darsliklari e’lon qilindi.

Alimova Gavhar Zayirovna

Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on shahar hokimi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati a`zosi, senator. 1997-yil Samarqand davlat universiteti tarix fakultetini tamomlagan. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati a`zosi, senator 2016- “Shuhrat“ medali. 2022-yil „Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi“, 2022-yil Doʻstlik ordeni, 2022-yil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” ko‘krak nishoni, “Adolat” ko‘krak nishonlari sohibasi, G.Alimova Senator sifatida muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilib turadi. Jumladan 2023 yilda jami 42 ta OAV chiqishlar qilgan bo‘lib, ulardan 17 tasi televideniyeda, 9 tasi radioda, 16 tasi gazetalarda va 114 tasi ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlardir.

Talabalar fikri

Koki Murooka

Koki Murooka Yaponiya Akademik almashinuv dasturi Mening ismim Koki Murooka. Men Soka universitetining 3-kurs talabasiman, hozir Samarqand davlat universitetida rus tilini oʻrganish maqsadida chet elda tahsil olaman. Bu yerdagi hayotim juda qiziqarli. Professorlar o'z darslariga ishtiyoq bilan munosabatda bo'lishadi va barcha talabalar o'qishlariga jiddiy yondashadilar. Bu yerga ilk bor kelganimda menga rus tilini boshlang‘ichdan o‘rgatishgan va grammatika bo‘yicha tushunchalarimni yaxshilash, so‘z boyligim va o‘z fikrlarimni ifodalash usullarini oshirish uchun yaxshi darslar o‘tkazganman. Tildan tashqari, biz O‘zbekiston tarixini ham o‘rgandik, haqiqiy joylarga tashrif buyurdik, tarix va madaniyatni bevosita his qildik. Hozir men o‘qiyotgan sinfdagi do‘stlarim mehribon va men tushunmagan ma’ruzalar mazmunini o‘rgatadilar. Universitetda ishtirok etgan barcha xodimlarga faqat o'z minnatdorchiligimni bildirishim mumkin.

Kristotof Kurtika

Kristotof Kurtika Polsha Magistratura bosqichi, mobillik almashinuvi dasturi Mening ismim Krzysztof Kurtyka. Men Yagellon universitetining Krakov (Polsha) magistrant dasturi talabasiman. Samarqandga tashrif buyurish mening orzuim edi. Bu yerda barcha uchun qadimiy So‘g‘diyonaning (uning poytaxti bo‘lgan Samarqand) buyuk o‘tmishini o‘rganish, tojik tilida so‘zlash, o‘zbek tilini o‘rganish va rus tilida ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun behisob imkoniyatlar mavjud.

Yekaterina Xvatalova

Yekaterina Xvatalova Rossiya Fedratsiyasi “Raqamli iqtisodiyot” yo’nalishi talaba almashinuv dasturi talabasi Mening ismim Yekaterina Xvatalova, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 4-bosqich talabasiman. Samarqandda o‘qish mening mavjud bilimlarimni mustahkamlaydi va chuqurlashtiradi, shuningdek, bu yerda bo‘lganimdan ko‘ra ijobiy his-tuyg‘ular qoldiradi, deb o‘ylayman. SamDU oʻqituvchilaridan menga sarmoya kiritgan bilimlari uchun cheksiz minnatdorman. Men tanlaganim O‘zbekiston edi, chunki bu mamlakat buyuk madaniy meros, boy tarix, rang-barang an’ana va urf-odatlarga ega. Bu yerda o‘qish nafaqat bebaho ta’lim tajribasiga ega bo‘lish, balki Buxoro, Toshkent, Xiva, Shahrisabz kabi dunyoning eng qadimiy shaharlariga tashrif buyurish uchun ajoyib imkoniyatdir. Har bir shaharda jahon darajasidagi diqqatga sazovor joylar hisoblangan hashamatli meʼmoriy yodgorliklar saqlanib qolgan. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetini tanlashga qaror qilganimizda adashmadim. Ijobiy tajriba va yangi bilim olish imkoniyati uchun tashakkur.

Kang Lina, Yu Xiang, Zhang Huaqing, Li Juan

Kang Lina, Yu Xiang, Zhang Huaqing, Li Juan Xitoy Xalq Respublikasi Doktorantura (PhD), almashinuv dasturi Biz Xitoyning Shaansi Normal universitetidan almashinuv dasturi asosida tashrif buyurganmiz, Hozirda Samarqand davlat universitetining tarix fakultetida imliy tadqiqotlar olib bormoqdamiz. Avvalambor, Samarqandga ilk bor kelganimizda ko‘rsatgan katta yordami, o‘qishimiz va hayotimizda uchragan barcha qiyinchiliklarni bartaraf etishda yordam bergani uchun Xalqaro hamkorlik boshqarmasi xodimlariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ikkinchidan, “Tarix” kafedrasi va ilmiy kutubxona o‘qituvchi va xodimlariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. O‘qituvchilar juda ishtiyoqmand bo‘lib, bizga kerak bo‘lgan tarixiy hujjatlar va arxiv materiallarini topishda yordam berishdi, savollarimizga sabr bilan javob berishdi, o‘zbek va rus tillarini jiddiy va batafsil o‘rgatishdi, shuning uchun biz bu yerda boshqa ko‘plab narsalarni tanishish imkoniga ega bo’ldik. Nihoyat, bizga Samarqand davlat universiteti kampusi va Samarqand shahri juda yoqdi. Talabalar kampusi go‘zal, mahalliy xalq esa bizga iliq, mehribon va juda samimiyatda bolishdi. Markaziy Osiyo tarixini o‘rganuvchi insonlar sifatida biz bu yerga Markaziy Osiyoning uzoq va ajoyib tarixi va sivilizatsiyasi, ochiq va bag‘rikeng multikulturalizm bilan tanishish uchun kelganimizdan juda xursandmiz. Umuman olganda, biz Samarqandni juda yaxshi ko‘ramiz va Samarqand davlat universitetiga tashrif buyurishimizdan juda xursandmiz va bu tajriba hayotimizdagi eng qimmatli xazinalardan biri bo‘lib qoladi.

Li Lei

Li Lei Xitoy Xalq Respublikasi Tayanch doktorant (PhD) Men Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi Li Leiman,2022-yilda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti doktaranturasiga o’qishga qabul qilindim. Men hozirda o'zbek tilshunosligi kafedrasida qiyosiy tilshunoslik bo'ycha ilmiy izlanishshlar bilan bir qatorda nufuzli jurnallarda maqola chiqarish ustida faoliyat olib boryapmiz. Til - muloqot ko‘prigi hisoblanadi, insonlar o‘rtasidagi almashinuv va hamkorlikning asosi, til esa ikki mamlakatning xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlovchi rishtadir. O'zbek tili uzoq tarixga ega tillardan biri hisoblanadi, Umid qilamanki, SamDUda bu tilni yaxshi o‘rganaman, mahalliy urf-odatlar va madaniyatni yaxshilik chuqurroq or’ganmoqchiman, birgalikda Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi pragmatik hamkorlikni rivojlantirish va ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash uchun ko‘proq hissa qo‘shishga harakat qilaman. Universitet xorijlik talabalarni tahsil olish va yashashlari uchun yaxshi imkoniyatlar bilan ta’minlagan. SamDUda tadqiqot olib borayotganligimdan juda xursandman, barcha professor-o'qituvchilar jamoasiga minnatdorchilik bildirmoqchiman.