Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)
Dastur haqida
TARIX FAKULTETI
60220300 - Tarix (mamlakatlar va yo`nalishlar bo`yicha)
Bu yo‘nalishda tahsil olganlar O‘zbekiston tarixi, jaxon tarixi, O‘zbekiston davlatchiligi tarixi, arxeologiya va etnologiya, tarixiy antropologiya, fanlarini o‘rganish bilan tarix bilim sohasi uchun zarur bo‘lgan fundamental fanlarni chuqur o‘rganishning ilmiy va nazariy asoslarini o`rganish nazarda tutilgan.
|
Kredit |
Jami soat |
Auditoriya soati |
Kurs ishi |
Malakaviy asmaliyot |
Mustaqil ta’lim |
||||
|
Jami |
Ma’ruza |
amaliy |
Laboratoriya |
seminar |
|||||
|
240 |
7200 |
2058 |
762 |
120 |
0 |
888 |
0 |
72 |
5070 |
Yo‘nalish kurs bosqishlarida:
- O‘zbekiston tarixi, jaxon tarixi, O‘zbekiston davlatchiligi tarixi, arxeologiya va etnologiya, tarixiy antropologiya, fanlarini o‘rganish bilan tarix bilim sohasi uchun zarur bo‘lgan fundamental fanlarni chuqur o‘rganishning ilmiy va nazariy asoslarini ta’minlashi lozim.
- bilimlarni yo‘naltirishda muhim hisoblangan fundamental umumkasbiy bilimlarni, amaliyotdagi qobiliyat va yangiliklarni shakllantirish;
- tarix ta’lim sohasi yo‘nalishidagi ixtisoslik fanlarni o‘rganish va chuqur egallash uchun zarur bo‘lgan fundamental umumkasbiy bilimlarni, amaliy ko‘nikma va o‘quvlarni shakllantirishi;
- umumkasbiy fanlar o‘zlashtirishni ta’minlash, tarix fani sohalari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lish va qayta ishlash metodlaridan zaruriy bilimga ega bo‘lish;
- O‘zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi, O‘zbekistonning eng yangi tarixi, xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi, tarix o‘qitish metodikasi fanlaridan bilimga ega bo‘lishini ta’minlash;
- tarix ta’lim yo‘nalishida olingan ma’lumot va natijalarni qayta ishlash yo‘riqlariga oid bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmalarini ta’minlashi lozim.
- tarix ta’lim sohasidagi talabalarining kasbiy faoliyatiga muvofiq butun jahon va mamlakatimizda sohadagi mavjud muammolar, erishilgan yutuqlar va sohani rivojlantirish istiqbollari haqida tassavur hosil qilishi;
- manbashunoslik va tarixshunoslik, sharq allomalarining ilmiy merosi va sharq tillari fanlaridan bilimlarga ega bo‘lishini ta’minlash;
- tarixiy yozma manbalar unumli foydalanish, ulardan tarixiy tadqiqotlarda foydalana olish bo‘yicha muhim bilimlar olishni ta’minlash;
- tarixiy o‘lkashunoslik va urbanizatsiya jarayonlari, tarix falsafasi va metodologiyasi, jahon sivilizatsiyalari tarixi fanlari bo‘yicha maxsus bilim, o‘quv va ko‘nikmalarni shakllantirish;
- tarix ta’lim sohasidagi talabaning muayyan magistratura mutaxasisligi bo‘yicha kelgusida ta’limni davom ettirishga ongli munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashishi;
- umumiy pedagogika nazariyasi, o‘qitish jarayoni, o‘qitishning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari; ta’limda ilmiylik, izchillik, muvofiqlik, ijodiylik va boshqa prinsiplar; ta’lim jarayonida motivatsiya; ta’lim metodlari, vositalari va texnologiyalari; umumiy va xususiy metodlar; umumiy pedagogik texnologiyalar; ta’lim tizimini boshqarish; pedagogik mahorat; umumiy psixologiya: umumiy psixologiyaning sohalari. yosh va pedagogik psixologiya: ta’limni va bilimlarni o‘zlashtirishni boshqarish psixologiyasi; ta’lim va aqliy taraqqiyot; tarbiya metodlari va formalari; bo‘lg‘usi o‘qituvchi shaxsi sifatlari; pedagogik qobiliyat: nazariya va amaliyot haqida bilim berishi borasida ilmiy bilimlar, amaliy mahorat va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
4 - bosqichda o‘rta maktablarda malakaviy pedagogik amaliyot o‘taydilar.
4.5 yillik o‘qishni muvaffaqiyatli bitirgandan so‘ng tarixchi, pedagog mutaxassisligi beriladi.
1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
GPA ko‘rsatkichi har yili avgust oyining uchinchi haftasida aniqlanadi.
O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 % gacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 % gacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.
Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.
O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta'lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta'minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
Jismoniy tarbiya va sport fani fakultativ kurs sifatida talabaning ixtiyoriy tanlovi asosidagi sport seksiyalarida tashkil etiladi.
Kurs ishlari shu fanga ajratilgan mustaqil ta'lim soatlari hisobidan I kredit asosida bajariladi.
|
O`quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestr |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta`lim |
127 |
1-9 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attesstatsiyasi |
|
Attestatsiyalar |
18 |
1-9 |
|
|
Fanlarni tanlash uchun ro`yxatdan o`tish |
5 |
1,3,5,7,9 |
|
|
Amaliyot |
10 |
4,6,8,9 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
2 |
9 |
|
|
Ta`til haftalari |
60 |
1-9 |
|
|
GPA ko`rsatkichini hisoblash |
4 |
2,4,6,8 |
|
|
JAMI |
226 |
|
|
TA’TIL VAQTI:
- 1-kurs:
- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)
- iyun oyining 2-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 10.06.2024-02.09.2024)
- 2-kurs:
-dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)
- iyul oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 01.07.2024-02.09.2024)
- 3-kurs:
- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)
- iyul oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 01.07.2024-02.09.2024)
- 4-kurs:
- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)
- iyul oyining 1-haftasidan
FANLAR
- Falsafa
- O‘zbek (rus) tili
- Xorijiy til
- Dinshunoslik
- Umumiy pedagogika va psixologiya
- Tarbiya
- Arxeologiya
- Etnologiya
- O‘zbekiston tarixi
- Jahon tarixi
- Maxsus tarix fanlari
- Tarixiy geografiya
- Raqamli tarix
- Jahon sivilizatsiyalari tarixi
- Fan va texnika tarixi
- Manbashunoslik va tarixshunoslik
- Tarixiy o‘lkashunoslik
- Sharq allomalarining ilmiy me’rosi
- Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi
- O‘zbekiston davlatchiligi tarixi
- Eski o‘zbek yozuvi
- O‘zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi
- Tarix o‘qitish metodikasi
- Tanlov fanlar
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Metrologiya va standartlashtirish
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Tarix
—
Farg‘ona davlat universiteti
Agronomiya
8 973 800 so'm
yiliga
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
O‘zbek tili va adabiyoti
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
Lingvistika. Rus tilini chet tili sifatida o‘qitish nazariyasi va metodikasi va madaniyatlararo muloqot
24 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
44.03.01 Pedagogik ta’lim. Chet tili
24 000 000 so'm
yiliga