WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Alfraganus universiteti

Sun'iy intellekt

Bakalavr Kunduzgi 4 yil Xalqaro akkreditatsiya

Dastur haqida

Sun’iy intellekt (Bakalavriat)

Alfraganus Universitetining Sun’iy intellekt dasturi talabalarga sun’iy intellekt tizimlarini loyihalash, ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha chuqur nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalar beradi. Dastur intellektual axborot tizimlari, ma’lumotlar tahlili va zamonaviy raqamli texnologiyalar sohalari uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.

Davomiyligi: 4 yil (8 semestr)
Kreditlar: 240 ECTS
Daraja: Sun’iy intellekt bakalavri
Ta’lim shakli: Kunduzgi

Asosiy fanlar: Dasturlash asoslari, Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash, Ma’lumotlar tuzilmalari va algoritmlar, Oliy matematika, Diskret matematika, Ehtimollar nazariyasi va statistika, Ma’lumotlar bazasi, Kompyuter ko‘rishi, Tabiiy tilni qayta ishlash, Sun’iy intellekt algoritmlari, Ma’lumotlar tahlili, Kompyuter tarmoqlari, Kiberxavfsizlik va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.

Malakaviy amaliyot dasturning muhim qismi hisoblanadi. Talabalar IT kompaniyalari, sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, texnologik startaplar hamda davlat va xususiy tashkilotlarning axborot texnologiyalari bo‘limlarida amaliyot o‘tash orqali real loyihalarda ishtirok etish va kasbiy tajriba orttiradilar.

Bitiruvchilar sun’iy intellekt muhandisi, ma’lumotlar tahlilchisi (Data Analyst), ma’lumotlar olimi (Data Scientist), kompyuter ko‘rishi mutaxassisi, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) mutaxassisi, AI dasturchisi, dasturiy ta’minot ishlab chiquvchisi va IT loyiha mutaxassisi sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.

Dastur zamonaviy axborot texnologiyalari talablariga muvofiq algoritmik fikrlash, ma’lumotlarni tahlil qilish, innovatsion yechimlar ishlab chiqish, sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish va jamoada ishlash bo‘yicha professional kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan.

*Xorijiy talabalar uchun kontrakt to‘lovi miqdori 25 000 000 (yigirma besh million) so‘m etib belgilangan.

O'xshash dasturlar