Alfraganus universiteti
24,000
Talabalar
214
Xorijiy talabalar
1,000
O'qituvchilar
8
Fakultetlar
22
Kafedralar
2022
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Alfraganus universiteti 2022-yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan. Uning Iqtisod, Filologiya, Ijtimoiy fanlar, Raqamli texnologiyalar, Jismoniy tarbiya va sport, Turizm, Davolash ishi va pediatriya hamda Stomatologiya va farmatsiya fakultetlari va ular tarkibida 46 ta yo‘nalishlari mavjud. Universitetda magistratura bosqichi ham mavjud bo‘lib, 11 ta yo‘nalishlarda talabalarni qabul qiladi.
Alfraganus universiteti o‘zbek qomusiy olimi Ahmad Al-Farg‘oniy nomiga Alfraganus deb nomlangan. Al-Farg‘oniy Yevropada aynan shu nom bilan mashhur bo‘lgan va oydagi kraterlarning biri ham olim sharafiga shunday atalgan.
Universitetning o‘z klinikasi mavjud. Shuningdek, universitet xalqaro ilmiy jurnali va talabalar gazetasiga ega. Universitetda tajribali professor-o‘qituvchilar dars beradi.
Alfraganus universiteti dunyoning 100 ga yaqin oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Jumladan, ayni kunlarda Amerika, Kanada, Germaniya, Turkiya, Yaponiya, Xitoy, Koreya bilan hamkorlikda samarali faoliyat olib bormoqda.
Grantlar va moliyaviy yordam
Alfraganus University turli yo‘nalishlardagi talabalarga quyidagi stipendiya va moliyaviy yordam dasturlarini taklif etadi:
Yutuqlarga asoslangan mukofotlar
Rektor stipendiyasi:
Barcha fakultetlar bo‘yicha birinchi bosqich talabalaridan kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra eng yuqori natija ko‘rsatgan talabalarni bir martalik mukofot bilan taqdirlaydi.
Al-Farg‘oniy innovatsion stipendiyasi va universitet nishoni:
Innovatsion loyihalar orqali ijodkorlik, tashabbuskorlik va jamiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan talabalarni rag‘batlantiradi. Akademik yuqori natijalar uchun kontrakt to‘lovidan ozod qilish: keyingi o‘quv yili uchun yuqori akademik natijalarga erishgan talabalar kontrakt to‘lovidan to‘liq ozod etiladi.
“Gravitatsional Idrok” stipendiyasi:
Milliy teleko‘rsatuv g‘olibiga beriladigan nufuzli to‘liq stipendiya bo‘lib, yuqori intellekt, tanqidiy fikrlash va yetakchilik qobiliyatini namoyon etgan maktab o‘quvchilarini rag‘batlantiradi.
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tashabbuslari
Rektorning maxsus stipendiyasi:
Barcha bakalavriat talabalari orasida yuqori natijalarni e’tirof etadi. Shuningdek, 1- va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar uchun to‘liq kontrakt to‘lovi qoplanadi.
Faol talaba stipendiyasi:
Har chorakda beriladigan pul mukofoti bo‘lib, akademik yutuqlar bilan birga universitet hayotidagi faol ishtirok (tadbirlar tashkil etish, xalqaro nashrlar va boshqalar) uchun taqdim etiladi.
Yutuqlar va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash grantlari:
Har yili “Namunali talaba” grantlari hamda iqtisodiy jihatdan muhtoj talabalarga maqsadli moliyaviy yordam ajratiladi.
Global nigoh va zamonaviy infratuzilma
Alfraganus University talabalarning global ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi:
- Ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlarini birlashtirgan zamonaviy universitet klinikasi
- Ilmiy tadqiqot va nashrlarni rivojlantiruvchi xalqaro ilmiy jurnal
- 25+ davlat bilan strategik hamkorliklar: xalqaro almashinuv, qo‘shma tadqiqotlar va madaniy almashinuv dasturlari
Xorijiy talabalar uchun
Alfraganus Universiteti dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan talabalar uchun zamonaviy va xalqaro talablarga mos ta'lim muhitini taqdim etadi.
Ta'lim dasturlari tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan interaktiv o‘qitish usullari asosida olib boriladi hamda zamonaviy laboratoriyalar, simulyatsiya markazlari, raqamli kutubxonalar va ilg‘or ta'lim texnologiyalari bilan qo‘llab-quvvatlanadi.
Talabalar amaliyot, ilmiy-tadqiqot faoliyati va dunyoning yetakchi universitetlari hamda tashkilotlari bilan yo‘lga qo‘yilgan xalqaro hamkorlik dasturlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Universitet xalqaro talabalar uchun barcha qulayliklarga ega xavfsiz yotoqxona, hamyonbop yashash sharoitlari hamda universitet hayotiga tez moslashish uchun zarur yordam xizmatlarini taqdim etadi.
Ko‘p millatli muhit, faol talabalik hayoti hamda akademik mukammallik va innovatsiyalarga sodiqligi bilan Alfraganus Universiteti talabalarga muvaffaqiyatli kasbiy faoliyat va uzluksiz ta'lim uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va global dunyoqarashni shakllantiradi.
Xalqaro hamkorlik
Alfraganus universitetining xalqaro hamkorlari soni kundan kunga ortmoqda. Jumladan, Turkiya, Hindiston, Yaponiya, Fransiya, Germaniya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Belgiya, Bolgariya, Chexiya, Janubiy Koreya, Latviya, AQSh hamda xalqaro, xorijiy tashkilotlar va turli ta‘lim muassasalari bilan shartnoma hamda memorandumlar imzolandi.
Memorandumlarning umumiy soni 97 taga yetgan bo‘lsa, shundan,
— Yevropa davlatlari bilan - 53 ta;
— Osiyo davlatlari bilan - 11 ta;
— Sharq mamlakatlaridagi OTM hamda tashkilotlar bilan - 9 ta;
— Qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlar bilan - 23 taga to’g’ri keladi.
Universitetimizning 185 nafar professor-o’qituvchilari xorijdagi hamkorlarimiz taklifiga binoan 35 ta xorijiy universitetlarning seminar, simpozium, xalqaro konferensiyalarida ishtirok etib, malaka oshirib qaytdilar. 62 nafar talabalarimiz esa jami 11 marotaba yevropa va osiyoning eng nufuzli hamkor universitetlarida o'rganish va amaliyotda bo’ldilar.
Har yili xalqaro "Bir makon-Bir yo'l" konferensiyasi tashkil etiladi. 2024 -yilda UNESCO tomonidan tashkil etiladigan "10-TA'LIMDA TADBIRKORLIK UNESCO-APEID" konferensiyasiga Alfraganus universiteti mezbonlik qilgan.
Til kurslari
Ayni paytda Alfraganus universitetida koreys tilini o'qitish Namseul K-markazi faoliyat yuritmoqda.
Talabalar uchun imkoniyatlar
{}
Fakultetlar
Davolash ishi va Pediatriya fakulteti
Davolash ishi va Pediatriya fakulteti zamonaviy tibbiy ta’lim standartlari asosida malakali shifokorlarni tayyorlaydi. Ta’lim jarayoni fundamental tibbiy fanlar, klinik mashg‘ulotlar va amaliyotning uyg‘unligi asosida tashkil etilgan.
Talabalar universitetning o‘z klinikasi, shuningdek hamkor shifoxonalar va tibbiyot markazlarida klinik amaliyot o‘tash, simulyatsion mashg‘ulotlarda ishtirok etish hamda tajribali professor-o‘qituvchilar rahbarligida tahsil olish imkoniyatiga ega.
Fakultetda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mavjud:
- 60910200 – Davolash ishi
- 60910300 – Pediatriya ishi
Fakultetning asosiy maqsadi – xalqaro standartlarga mos nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, raqobatbardosh shifokorlarni tayyorlashdir.
Stomatologiya va Farmatsiya fakulteti
Stomatologiya va Farmatsiya fakulteti zamonaviy tibbiyot va farmatsevtika standartlari asosida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi. Ta’lim jarayoni nazariy bilim, laboratoriya mashg‘ulotlari va amaliyotning uyg‘unligi asosida tashkil etilgan.
Talabalar universitetning zamonaviy o‘quv laboratoriyalari, universitet klinikasi, shuningdek hamkor stomatologiya klinikalari, farmatsevtika korxonalari va tibbiyot muassasalarida amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega.
Fakultetda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mavjud:
- 60910100 – Stomatologiya
- 60910800 – Sanoat farmatsiyasi
Fakultetning asosiy maqsadi – xalqaro standartlarga mos nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, zamonaviy sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalarida faoliyat yurita oladigan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashdir.
Raqamli texnologiyalar fakulteti
Raqamli texnologiyalar fakulteti axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, xalqaro mehnat bozori talablariga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi. Ta’lim jarayoni nazariy bilim, laboratoriya mashg‘ulotlari va amaliyotning uyg‘unligi asosida tashkil etilgan.
Talabalar zamonaviy kompyuter laboratoriyalari va innovatsion o‘quv xonalarida tahsil oladi hamda IT kompaniyalari, texnologik startaplar va davlat hamda xususiy tashkilotlarning axborot texnologiyalari bo‘limlarida malakaviy amaliyot o‘taydilar.
Fakultetda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mavjud:
- 60610400 – Dasturiy injiniring
- 60610300 – Kompyuter injiniringi
- 60611200 – Kiberxavfsizlik injiniringi
- 60540100 – Matematika
- 60610500 – Sun’iy intellekt
Fakultetda quyidagi magistratura ta’lim yo‘nalishlari mavjud:
- 70610401 – Dasturiy injiniring
- 70610501 – Sun’iy intellekt
- 70610301 – Kompyuter injiniringi
Fakultetning asosiy maqsadi – dasturlash, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, kompyuter texnologiyalari va matematika yo‘nalishlarida chuqur nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega, innovatsion fikrlaydigan va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashdir.
Filologiya fakulteti
Filologiya fakulteti zamonaviy til ta’limi, adabiyot va ommaviy axborot kommunikatsiyalari sohalari uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi. Ta’lim jarayoni nazariy bilim, amaliy mashg‘ulotlar va zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etilgan.
Talabalar malakali professor-o‘qituvchilar rahbarligida tahsil olib, ta’lim muassasalari, tarjima markazlari, ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar hamda davlat va xususiy tashkilotlarda malakaviy amaliyot o‘taydilar.
Fakultetda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mavjud:
- 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)
- 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)
- 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (koreys tili)
- 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)
- 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (xitoy tili)
- 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (turk tili)
- 60110700 – O‘zbek tili va adabiyoti
- 60320100 – Jurnalistika
Fakultetda quyidagi magistratura ta’lim yo‘nalishlari mavjud:
- 70110701 – O‘zbek tili va adabiyoti
- 70230101 – Lingvistika (ingliz tili)
- 70230101 – Lingvistika (rus tili)
Fakultetning asosiy maqsadi – xorijiy va milliy tillarni puxta egallagan, adabiyot, tarjimashunoslik, ta’lim va ommaviy axborot vositalari sohalarida faoliyat yurita oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlashdir.
Ijtimoiy fanlar fakulteti
Ijtimoiy fanlar fakulteti ta’lim, ijtimoiy-gumanitar fanlar, psixologiya va xalqaro munosabatlar yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy bilim va kasbiy kompetensiyalarga ega mutaxassislarni tayyorlaydi. O‘quv jarayoni nazariy ta’limni amaliy mashg‘ulotlar, ilmiy izlanishlar va kasbiy amaliyot bilan uyg‘unlashtirgan holda tashkil etilgan.
Talabalar maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, psixologik markazlar, davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar, ilmiy muassasalar va boshqa hamkor tashkilotlarda amaliyot o‘tash orqali kasbiy tajriba orttiradilar.
Fakultetda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mavjud:
- 60110400 – Boshlang‘ich ta’lim
- 60111100 – Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
- 60110300 – Maxsus pedagogika (logopediya)
- 60110200 – Maktabgacha ta’lim
- 60110100 – Pedagogika
- 60310300 – Psixologiya
- 60220300 – Tarix
- 60310200 – Xalqaro munosabatlar
Fakultetda quyidagi magistratura ta’lim yo‘nalishlari mavjud:
- 70220501 – Falsafa
- 70110102 – Pedagogika
Fakultetning asosiy maqsadi – ta’lim, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi uchun yuksak kasbiy mahoratga, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalariga, yetakchilik salohiyatiga hamda zamonaviy ijtimoiy jarayonlarni tahlil qila olish kompetensiyalariga ega mutaxassislarni tayyorlashdir.
Iqtisodiyot fakulteti
Iqtisodiyot fakulteti iqtisodiyot, moliya, bank ishi, menejment va biznes boshqaruvi yo‘nalishlarida zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlaydi. Ta’lim jarayoni iqtisodiy nazariya, tahliliy yondashuv, raqamli texnologiyalar va amaliy mashg‘ulotlarning uyg‘unligi asosida tashkil etilgan.
Talabalar banklar, moliya va sug‘urta tashkilotlari, logistika kompaniyalari, soliq organlari, korxonalar, davlat idoralari hamda xususiy sektor tashkilotlarida malakaviy amaliyot o‘tash orqali kasbiy tajriba orttiradilar.
Fakultetda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mavjud:
- 60410100 – Iqtisodiyot
- 60411100 – Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
- 60410500 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar
- 60410300 – Soliqlar va soliqqa tortish
- 60410200 – Buxgalteriya hisobi
- 61010400 – Logistika
- 60410600 – Bank ishi
- 60410800 – Menejment
- 60411200 – Marketing
Fakultetda quyidagi magistratura ta’lim yo‘nalishi mavjud:
- 70410102 – Iqtisodiyot
Fakultetning asosiy maqsadi – zamonaviy iqtisodiy jarayonlarni tahlil qila oladigan, strategik qarorlar qabul qilish, biznesni boshqarish, moliyaviy tahlil va xalqaro iqtisodiy faoliyat sohalarida samarali ishlay oladigan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashdir.
Jismoniy tarbiya va sport fakulteti
Jismoniy tarbiya va sport fakulteti sport nazariyasi, jismoniy tarbiya va professional sport yo‘nalishlarida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi. Ta’lim jarayoni nazariy bilim, amaliy mashg‘ulotlar, sport musobaqalari va murabbiylik faoliyatini uyg‘unlashtirgan holda tashkil etilgan.
Talabalar zamonaviy sport inshootlari va mashg‘ulot bazalarida tahsil olib, sport maktablari, sport klublari, federatsiyalar hamda boshqa sport tashkilotlarida malakaviy amaliyot o‘tash orqali kasbiy tajriba orttiradilar.
Fakultetda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mavjud:
- 61010200 – Sport faoliyati (Boks)
- 61010200 – Sport faoliyati (Dzyudo)
- 61010200 – Sport faoliyati (Futbol)
- 61010200 – Sport faoliyati (Karate)
- 61010200 – Sport faoliyati (Kikboksing)
- 61010200 – Sport faoliyati (Kurash)
- 61010200 – Sport faoliyati (Qo‘l jangi)
- 61010200 – Sport faoliyati (Yengil atletika)
Fakultetda quyidagi magistratura ta’lim yo‘nalishlari mavjud:
- 71010201 – Sport faoliyati
Fakultetning asosiy maqsadi – jismoniy tarbiya va sport sohasida zamonaviy bilim, murabbiylik mahorati hamda amaliy ko‘nikmalarga ega, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi va sportning milliy hamda xalqaro maydonlarida samarali faoliyat yurita oladigan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashdir.
Turizm fakulteti
Turizm fakulteti turizm, mehmondo‘stlik, arxitektura, kadastr va dizayn sohalari uchun zamonaviy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlaydi. Ta’lim jarayoni innovatsion yondashuvlar, loyiha ishlari, amaliy mashg‘ulotlar va ishlab chiqarish amaliyoti asosida tashkil etilgan.
Talabalar mehmonxonalar, turistik kompaniyalar, arxitektura va loyiha tashkilotlari, kadastr organlari, dizayn studiyalari hamda boshqa hamkor korxona va muassasalarda malakaviy amaliyot o‘tash orqali kasbiy tajriba orttiradilar.
Fakultetda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mavjud:
- 61010100 – Turizm va mehmondo‘stlik
- 60730100 – Arxitektura
- 60721700 – Kadastr
- 60210400 – Dizayn
Fakultetda quyidagi magistratura ta’lim yo‘nalishi mavjud:
- 71010101 – Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha)
Fakultetning asosiy maqsadi – turizm, mehmondo‘stlik, arxitektura, kadastr va dizayn sohalarida zamonaviy kasbiy bilim, ijodiy yondashuv hamda amaliy ko‘nikmalarga ega, xalqaro standartlar asosida faoliyat yurita oladigan mutaxassislarni tayyorlashdir.
Ta'lim yo'nalishlari
| Arxitektura 60730100 | Bakalavr |
| Bank ishi 60410600 | Bakalavr |
| Boshlang'ich ta'lim 60110400 | Bakalavr |
| Buxgalteriya hisobi 60410200 | Bakalavr |
| Dasturiy injiniring 60610400 | Bakalavr |
| Dasturiy injiniring 70610401 | Magistr |
| Davolash ishi 60910200 | Bakalavr |
| Dizayn 60210400 | Bakalavr |
| Falsafa 70220501 | Magistr |
| Falsafa 70220501 | Magistr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Arab tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Koreys tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Turk tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Xitoy tili 60230100 | Bakalavr |
| Iqtisodiyot 60410100 | Bakalavr |
| Iqtisodiyot 70410102 | Magistr |
| Iqtisodiyot va yo'nalishlari 60410100 | Bakalavr |
| Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar 60411100 | Bakalavr |
| Jurnalistika 60320100 | Bakalavr |
| Kadastr 60721700 | Bakalavr |
| Kiberxavfsizlik injiniringi 60611200 | Bakalavr |
| Kompyuter injiniringi 60610300 | Bakalavr |
| Kompyuter injiniringi 70610301 | Magistr |
| Lingvistika (Ingliz tili) 70230101 | Magistr |
| Lingvistika (Rus tili) 70230101 | Magistr |
| Logistika 61010400 | Bakalavr |
| Logistika (transport faoliyati bo`yicha) 61010400 | Bakalavr |
| Maktabgacha ta’lim 60110200 | Bakalavr |
| Marketing 60411200 | Bakalavr |
| Matematika 60540100 | Bakalavr |
| Maxsus pedagogika (logopediya) 60110300 | Bakalavr |
| Menejment 60410800 | Bakalavr |
| Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 60111100 | Bakalavr |
| Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410500 | Bakalavr |
| O'zbek tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti) 60110700 | Bakalavr |
| Ortopedik stomatologiya 80910706 | Ordinatura |
| O‘zbek tili va adabiyoti 70110701 | Magistr |
| Pedagogika 60110100 | Bakalavr |
| Pedagogika 70110102 | Magistr |
| Pediatriya ishi 60910300 | Bakalavr |
| Psixologiya 60310300 | Bakalavr |
| Psixologiya (amaliy psixologiya) 60310900 | Bakalavr |
| Sanoat farmatsiyasi 60910900 | Bakalavr |
| Soliqlar va soliqqa tortish 60410300 | Bakalavr |
| Sport faoliyati 71010201 | Magistr |
| Sport faoliyati (Karate) 61010200 | Bakalavr |
| Sport faoliyati (Kikboks) 61010200 | Bakalavr |
| Sport faoliyati (Qo‘l jangi) 61010200 | Bakalavr |
| Sport faoliyati (boks) 61010200 | Bakalavr |
| Sport faoliyati (dzyudo) 61010200 | Bakalavr |
| Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha: futbol, karate, kikboksing, dzyudo, kurash) 61010300 | Bakalavr |
| Sport faoliyati (kurash) 61010200 | Bakalavr |
| Sport faoliyati (yengil atletika) 61010200 | Bakalavr |
| Sport faoliyati: futbol 61010200 | Bakalavr |
| Stomatologiya 60910100 | Bakalavr |
| Sun'iy intellekt 60610500 | Bakalavr |
| Sun’iy intellekt 70610501 | Magistr |
| Tarix 60220300 | Bakalavr |
| Turizm (faoliyat turlari boʻyicha) 71010101 | Magistr |
| Turizm va mehmondo‘stlik 61010100 | Bakalavr |
| Xalqaro munosabatlar 60310200 | Bakalavr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Alfraganus universiteti
Sport faoliyati (Karate)
25 000 000 so'm
yiliga
Alfraganus universiteti
Ortopedik stomatologiya
45 500 000 so'm
yiliga
Alfraganus universiteti
Sun’iy intellekt
—
Alfraganus universiteti
Dasturiy injiniring
—
Alfraganus universiteti
Kompyuter injiniringi
—
Alfraganus universiteti
Sport faoliyati
—
Alfraganus universiteti
Iqtisodiyot
—
Alfraganus universiteti
O‘zbek tili va adabiyoti
—
Alfraganus universiteti
Lingvistika (Ingliz tili)
—
Alfraganus universiteti
Turizm (faoliyat turlari boʻyicha)
—
Alfraganus universiteti
Falsafa
—
Alfraganus universiteti
Sport faoliyati (dzyudo)
25 000 000 so'm
yiliga