WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Alfraganus universiteti

Falsafa

Magistr Kechki 2 yil Xalqaro akkreditatsiya

Dastur haqida

Falsafa (Magistratura)

Alfraganus Universitetining Falsafa magistratura dasturi falsafiy tafakkur, ilmiy-tadqiqot metodologiyasi hamda ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilish bo‘yicha chuqur nazariy bilim va ilmiy salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan.

Davomiyligi: 2 yil (4 semestr)
Kreditlar: 120 ECTS
Daraja: Falsafa magistri
Ta'lim shakli: Kunduzgi

Dastur zamonaviy falsafiy qarashlar, ilmiy izlanish metodlari va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Magistrantlar ilmiy tadqiqotlar olib borish, falsafiy va ijtimoiy muammolarni tahlil qilish hamda akademik faoliyatda zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha kompetensiyalarga ega bo‘ladilar.

Bitiruvchilar oliy ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari, davlat va nodavlat tashkilotlari hamda tahliliy va ekspertlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi muassasalarda faoliyat yuritishlari mumkin.

O'xshash dasturlar