WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

Bank ishi

Bakalavr Kunduzgi 1 yil

Dastur haqida

Fan maqsadi (FM)

Talabalarga xalqaro valyuta-kredit tizimining asosiy tushunchalari, prinsiplarini o‘rgatish va ularning global iqtisodiy munosabatlardagi o‘rnini tushuntirish.

  • Xalqaro valyuta tizimining shakllanishi, rivojlanishi va uning zamonaviy tuzilmasi haqida tushuncha berish;
  • Talabalarga valyuta kurslarining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni, ularning tahlilini va boshqarish usullarini tushuntirish;
  • Xalqaro moliyaviy institutlar (IMF, Jahon banki, Xalqaro moliyaviy korporatsiyalar va boshqalar) va ularning davlatlar o‘rtasidagi kreditlash jarayonlaridagi rolini o‘rgatish;
  • Xalqaro moliyaviy oqimlarning davlat va korporativ iqtisodiyotdagi ahamiyatini ochib berish, ularni boshqarish va oqilona foydalanishni o‘rgatish;
  • Talabalarga xalqaro moliya va kredit mexanizmlarining global iqtisodiy jarayonlardagi o‘rnini tushuntirish, shuningdek, xalqaro iqtisodiy integratsiyaning moliyaviy jihatlarini yoritish;
  • Talabalarda xalqaro valyuta-kredit munosabatlarida foydalaniladigan amaliy usullar va tahlil vositalari bo‘yicha malakalarini rivojlantirish.

 

Fan vazifasi (FV)

Talabalarga xalqaro valyuta-kredit munosabatlari, ularning tamoyillari, mexanizmlari va rivojlanish yo‘nalishlari haqida nazariy bilim berish.

  • Milliy va xalqaro valyuta tizimlarining ishlash tamoyillari, valyuta kurslarini shakllantiruvchi omillar va boshqarish usullari haqida chuqur tushuncha berish;
  • Jahon banki, Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (IMF), Yevropa Markaziy banki kabi tashkilotlarning tuzilishi, funksiyalari va global iqtisodiyotdagi o‘rnini o‘rgatish;
  • Xalqaro kredit operatsiyalari, ularning shakllari va mexanizmlarini tushuntirish hamda milliy va xalqaro darajada kredit olish va boshqarish jarayonlarini o‘rgatish;
  • Xalqaro valyuta va kredit munosabatlaridagi moliyaviy risklarni tahlil qilish, baholash va boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish;
  • Xalqaro to‘lov balansining tuzilishi, tahlil usullari va uning mamlakatlar iqtisodiyotidagi o‘rnini talabalarga tushuntirish;
  • Talabalarga xalqaro moliyaviy tizimning rivojlanish tendensiyalari va global iqtisodiy integratsiyadagi rolini tahlil qilish ko‘nikmalarini berish;
  • Zamonaviy valyuta va kredit operatsiyalarida foydalaniladigan innovatsion vositalar va texnologiyalar (masalan, kriptovalyutalar) haqida bilim berish.

 

 

Ta’lim natijalari (TN)

Bilimlar jihatidan:

 

Talabalarga xalqaro moliyaviy munosabatlarning nazariy va amaliy jihatlarini tushunish, tahlil qilish va samarali boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.

 

Talabalarning xalqaro moliya va kredit munosabatlari sohasidagi nazariy bilimlarini kengaytirish va amaliy faoliyatda samarali qo‘llashga tayyorlashni ko‘zda tutadi. 

 

Talabalarga bank tizimi sohasida nazariy va amaliy bilim berish, global moliyaviy jarayonlarni tahlil qilish qobiliyatini shakllantirish hamda xalqaro moliyaviy bozorlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni rivojlantirish.

 

Ko‘nikmalar jihatidan:

 

Rivojlanib borayotgan iqtisodiy tizimlar, ularning sabablari hamda natijalari to‘g‘risida umumiy tushunchalarga ega bo‘lish

 

Zamonaviy iqtisodiyot hamda ular ortidan keladigan natijalarga nisbatan o‘zining mustaqil fikr va qarashlariga ega bo‘lishi

 

Bank tuzimida, shuningdek tarmoqlar bo‘yicha yakunda professional kadrlar bo‘lib yetishish

 

O'xshash dasturlar