WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Dastur haqida

Biologiya ta’lim yo‘nalishi tirik organizmlarning tuzilishi, rivojlanishi, irsiyati, ekologiyasi va hayotiy jarayonlarini ilmiy asosda o‘rganishga qaratilgan. Talabalar botanika, zoologiya, genetika, mikrobiologiya, biokimyo, molekulyar biologiya, fiziologiya va ekologiya fanlari bo‘yicha chuqur nazariy hamda amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar. Ta’lim jarayonida zamonaviy laboratoriya usullari, ilmiy tadqiqot metodlari va biologik ma’lumotlarni tahlil qilish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Bitiruvchilar ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, ekologik tashkilotlar, tibbiyot va farmatsevtika sohalari, qishloq xo‘jaligi hamda biotexnologiya korxonalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari mumkin.

Agar xorijiy fuqaroning O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi (residence permit) mavjud bo‘lsa, o‘qish uchun kontrakt miqdori 900 AQSh dollarini tashkil etadi.

 

O'xshash dasturlar