Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
25,182
Talabalar
23
Xorijiy talabalar
1,049
O'qituvchilar
10
Fakultetlar
43
Kafedralar
1935
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Urganch davlat universitetining tashkil topishi oʻziga xos tarixga ega. Tarixga nazar soladigan boʻlsak, 1935-yilning 9-noyabr sanasida Urganch shahrida Xorazm o‘qituvchilar tayyorlash instituti ochilgan. 1942-yilning birinchi sentabr sanasidan e’tiboran esa bu muassasa Xorazm davlat pedagogika instituti sifatida faoliyat yurita boshlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil fevral oyida e’lon qilingan farmoniga asosan, Xorazm davlat pedagogika institutiga universitet maqomi berilib, Urganch davlat universiteti tashkil etildi. Dargoh ta’limiy, tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy faoliyatini zamon talablari, ruhiyati asosida qayta ko‘rib chiqish ishlarini zamonaviy loyihalar asosida 1990-yillar oxirida qurib bitkazilgan yangi binoga o‘tish bilan boshlab yubordi.
Hozirda Urganch davlat universitetida 11 ta fakultet, magistratura va sirtqi bo‘limlarda talabalar ta’limi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, jami 41 ta kafedralarda ming nafardan ziyod professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Universitetda mavjud 76 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishi, 37 ta magistratura mutaxassisliklari va 8 ta qo‘shma ta’lim dasturlarida jami 30 ming nafardan ortiq talabalar tahsil olishadi.
Ta’lim jarayonlari xalqaro talablarga moslashtirilmoqda. Joriy o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim jarayoni yangi standartlar va malaka talablari asosida kredit-modul tizimiga o‘tkazildi. Yangi standartlar va malaka talablari asosida kredit-modul tizimiga mos ravishda o‘quv dasturlari, o‘quv rejalari ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Natijada oliy ta’limning me’yoriy-uslubiy tizimi xalqaro standartlarga muvofiq joriy etildi. Ta’lim sifatini ta’minlashni HEMIS elektron ta’lim boshqaruv tizimi orqali nazorat qilindi, ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etildi.
Urganch davlat universiteti xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ta’lim va ilmiy sohada hamkorlik aloqalar geografiyasini kengaytirish maqsadida 30 ta mamlakatning nufuzli 80 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari bilan shartnoma imzolab, hamkorlik qilib kelmoqda.
O‘quv jarayonlariga Rossiya, AQSh, Ukraina, Polsha, Sloveniya, Koreya, Eron va Belorus Respublikasi kabi qator davlatlarning oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari jalb qilinmoqda.
Bularning barchasi universitetni har tomonlama yuksaltirish, talabalarning chuqur bilim olishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy moddiy-texnik baza bilan ta’minlash, yuksak ilmiy salohiyatli kadrlarni tayyorlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Xorijiy talabalar uchun
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti xorijiy talabalarga yuqori sifatli ta’lim, zamonaviy infratuzilma va qulay yashash sharoitlarini taqdim etadi. Universitetda ta’lim xalqaro standartlarga mos ravishda tashkil etilgan bo‘lib, tajribali professor-o‘qituvchilar, zamonaviy laboratoriyalar, raqamli ta’lim resurslari va innovatsion o‘qitish metodlari talabalarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga xizmat qiladi.
Xorijiy talabalar zamonaviy universitet yotoqxonalari bilan ta’minlanadi. Yotoqxonalar barcha zarur qulayliklar, yuqori tezlikdagi internet, o‘quv va dam olish xonalari bilan jihozlangan. Universitet xalqaro talabalarni akademik, madaniy va ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli integratsiya qilishga alohida e’tibor qaratadi. Talabalar nafaqat sifatli ta’lim oladilar, balki qadimiy Xiva shahri va Xorazmning boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar
Xalqaro hamkorlik
Urganch davlat universiteti xalqaro aloqalar bo`limi 2000 yilda tashkil qilingan bo`lib, unga B.Hikmetov (2000 - 2002 yy.), Z.Ibragimov (2002 - 2007 yy., 2015 y. avgustdan), M.Masharipov (2007 - 2009 yy.), J.Boltaev (2009 - 2012 yy.), L.Gandjaeva (2013 y.), R.Ataxanov (2012 y., 2014 - 2015 yy.) lar bo`lim boshlig`i lavozimida ishlaganlar. O`tgan 15 yil mobaynida bo`lim tomonidan Evropa Ittifoqi Davlatlari, AQSh, Hindiston, Koreya Respublikasi, Malayziya kabi ko`plab davlatlar hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Evropa Ittifoqi Komissiyasining ta’lim va madaniyat agentligi va boshqa bir qancha xalqaro tashkilotlar bilan o`zaro ta’lim, ilmiy ishlar va tajriba almashish bo`yicha hamkorlik yo`lga qo`yildi. Ushbu hamkorliklarning natijasida bugunga kelib universitetda umumiy qiymati 15 mln AQSh dollari atrofida 30 tadan ortiq katta va kichik loyihalar amalga oshirildi, 200 nafardan ortiq professor-o`qituvchilar, ilmiy xodimlar va talabalar rivojlangan davlatlar universitetlari va ilmiy markazlarida tajriba almashib, malaka oshirib, taxsil olib qaytdilar. Bundan tashqari, 100 nafardan ortiq xorijlik yuqori martabali mehmonlar (elchilar, universitet rektorlari, davlat arboblari, yozuvchi va shoirlar), olimlar, o`qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, ko`ngillilar, talabalar va hamkorlik tashkilotlari xodimlari universitetga tashrif buyurdilar. Shu o`rinda BMT ning YUNESKO va Rivojlantirish Dasturi, Evropa Ittifoqining TEMPUS, Erasmus Mundus, Erasmus plus, Janubiy Koreya Respublikasining KOICA (Koreya Xalqaro Hamkorlik Tashkiloti), Germaniyaning DAAD (Germaniya Akademik Almashuv Tashkiloti) va GIZ (Germaniya Xalqaro Xamkorligi) AQSh, Frantsiya, Germaniya davlatlarining O`zbekistondagi elchixonalari va Madaniy markazlarini alohida ta’kidlab o`tish joiz. Bundan tashqari, AQSh ning Kaliforniya Davlat universiteti bilan imzolangan hamkorlik memorandumiga asosan 2014 yil 20 - 23 may kunlari Fullerton shahridagi Kaliforniya Davlat universiteti olimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan AQSh-O`zbekiston olimlarining 1-chi xalqaro konferentsiyasi universitetlar o`rtasidagi hamkorlikni yanada yuqori darajaga ko`tardi va ushbu konferentsiyani 2017 yilda UrDUda o`tkazishga kelishildi. Bundan tashqari, ikki universitet olimlari hamkorlikda AQSh talabalarini yozgi ta`tilda Urganch Davlat universiteti olimlari bilan ilmiy ish qilishi va O`zbekiston tarixini o`rganishi bo`yicha Amerika Milliy Fan Jamg`armasiga (National Science Foundation) loyiha taqdim qildilar. Hozirgi kunda universitet Evropa Ittifoqining Erasmus plus dasturining “International credit mobility” doirasida Ispaniyaning Las Palmas, Italiyaning Peduya, Latviyaning Latviya universiteti, Xorvatiyaning Zagreb universitetlari bilan hamkorlik qilmoqda. Bundan tashqari, Erasmus plus dasturining “Capacity building” dasturi doirasida Ispaniyaning Santiyago De Kompostella universiteti bilan “Establishment of Computing Centers and Curriculum Development in Mathematical Engineering Master program (ECCUM)” loyihasi doirasida hamkorlik qilmoqda. Kelajakda xalqaro aloqalar bo`limi universitetning xalqaro hamkorliklari ko`lami va geografiyasini yanada kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Til kurslari
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida O‘zbekiston va xorijiy fuqarolar uchun o‘zbek, rus va ingliz tillari bo‘yicha til kurslari tashkil etilgan. Kurslar zamonaviy o‘quv metodikalari asosida malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. Tinglovchilar til ko‘nikmalarini (o‘qish, yozish, tinglab tushunish va so‘zlashuv) rivojlantirish bilan birga, O‘zbekiston tarixi, madaniyati va an’analari bilan ham yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Kurslar boshlang‘ich, o‘rta va yuqori darajalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga universitet sertifikati taqdim etiladi.
Talabalar uchun imkoniyatlar
Pedagogika fakulteti “Amaliy san’at va badiiy kulolchilik” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Rajapova Nasiba Zaripovna O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Iste’dodlar kamalagi” imkoniyati cheklangan iqtidorli yoshlar ko‘rik-tanlovida ishtirok etib, “Eng yaxshi amaliy san’at” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi
Fakultetlar
Fizika-matematika fakulteti dastlab 1935-1936 o‘quv yilida Xorazm o‘qituvchilar tayyorlash institutining bo‘limi sifatida o‘z faoliyatini boshlagan. 1992 yilda Xorazm davlat pedagogika instituti Urganch davlat universitetiga aylantirilishi munosabati bilan fizika-matematika fakulteti tarkibiy tuzilishida o‘zgarishlar ro‘y berdi: avvalo fakultet kafedralari markaziy shaharlardan taklif qilingan yetuk mutaxassis kadrlar bilan boyitildi. Fakultetda yangi ilmiy pedagogik yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatuvchi “Funksiyalar nazariyasi”, “Informatika va HT”, “Fizika” kafedralari, “Algebra va geometriya” kafedrasi asosida yangi “Amaliy matematika” kafedrasi faoliyat ko‘rsata boshladi. 1994-1996 yillarda fakultetga f.-m.f.d. A.B.Hasanov, 1996-1999 yillarda f.-m.f.n, dotsent O.I.Asqarov, 1999-2009 yillarda f.-m.f.d., professor A.B. Hasanov, 2009-2015 yillarda f.-m.f.n., dotsent B.I.Abdullayevlar rahbarlik qilib, fakultetda o‘quv-tarbiyaviy, ilmiy va ilmiy metodik ishlarning yuqori saviyada tashkil etilishiga, professor-o‘qituvchilar ilmiy salohiyatini oshishiga katta hissa qo‘shdilar.
2015 yildan boshlab fizika-matematika fakulteti dekani lavozimida f.-m.f.n., dotsent J. Xujamov ishlab kelmoqda.
Xorijiy filologiya fakulteti 2019 yil fevral oyida sobiq Jahon tillari (2010 yilgacha), Chet tillari (2015 yilgacha) va Filologiya va san’at (2015 yilgacha) fakultetlari bazasida tashkil qilingan. Fakultetga bugungi kunda dots. Z.Jumaniyozov rahbarlik qilmoqda.
Fakultetda bugungi kunda 150 dan ortiq professor-o’qituvchi faoliyat ko’rsatmoqda va 3000 ga yaqin talaba tahsil olmoqda.
Fakultet qoshida
- Ingliz tili va adabiyoti
- Roman-german filologiyasi
- Tarjima nazariyasi va amaliyoti
- Fakultetlararo chet tillar kafedralari mavjud bo’lib, ularda 6 ta – Filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili, Filologiya va tillarni o’qitish: nemis tili, Filologiya va tillarni o’qitish: fransuz tili, Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili (o‘zbek va rus ta‘lim tili asosida), Tarjima nazariyasi va amaliyoti (2019), Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (2019) yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar va Lingvistika: ingliz tili va Lingvistika nemis tili (2019) mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar tayyorlab kelinmoqda.
Fakultetning ilmiy salohiyati bugungi kunda 17% ni tashkil qiladi, jumladan fakultet professor-o‘qituvchilari qatorida 1 nafar fan doktori, 21 nafar fan nomzodi va PhD lar talabalar magistrlarga tahsil berib kelmoqdalar.
Fakultetda xalqaro hamkorlik va chet ellar bilan ilmiy aloqalar bo‘yicha ancha ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, AQSH, Angliya, Germaniya, Fransiya, Ukraina, Koreya davlatlari doirasida Britaniya kengashi, KOIKA tashkiloti, V.Gyugo nomidagi madaniyat markazi, Norvich universiteti, Maks Plank instituti, Maynz universiteti, DAAD, Konrad Adenauer jamg‘armasi, Gyote instituti, Galle universiteti, Erasmus Mundus tashkiloti, Hindiston elchixonasi, Zaparojye milliy universiteti va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro ilmiy-pedagogik hamkorliklar mavjud. Ushbu tashkilotlar bilan imzolangan hamkorlik shartnomalari asosida fakultetda bir qancha xorijlik mutaxassislar faoliyat olib boryaptilar. Shu jumladan AQSHlik volontyor Andryu Xovard, Rebekka Martin, Piter Barsum (2015-206), Koreyalik volontyor Jo Juxeon, Che Hyon Rak (2014-2015), Germaniyalik Yurgen Asmus, Hans Passmanlar (2017-2018) mashg‘ulotlar olib bordilar. 2018-2019 o‘quv yilida Amerikalik volontyor Mina Gavel, koreyalik volontyor Lim Jongmyung, Germaniyalik mutaxassislar Wilhelm Rotman nemis tili, Helga Lefelman fransuz tili bo‘yicha faoliyat olib bordilar. Jumladan joriy 2021-2022 o‘quv yilida Zaparojye milliy universiteti professorlari Derevianko Yulia Yuryevna, Tretyak Yulia Nikolayevna, Zahra Zarrati hamda “English Fellow Program” dasturi doirasida Estalla Iton mavjud hamkorlik shartnomalari bo‘yicha fakultetda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqdalar.
Chet el bilan hamkorlikda bajarilgan e’tiborga molik ishlardan yana biri – 2012-2014 yillarda Germaniyada fermerlarning va qishloq xo’jaligi bo’yicha ixtisoslikka ega kollejlarning boshlang’ich hamda professional bilimlarini oshirishga qaratilgan ikki jildlik “Landwirt” kitobini o’zbek tiliga o’girish bo’yicha Germaniyaning Weihen Stefan universiteti hamda Folkswagen fondi bilan hamkorlikdagi loyiha amalga oshirilgan.
2009 yildan bugungi kunga qadar Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi Masharipova Feruza rahbarligida Amerikaning “Access Microprojekt” dasturi bo’yicha maktab o’quvchilari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari uchun UrDU tomonidan pedagogik yordam ko‘rsatish uchun grant yutib olindi va 2017 yilgacha faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, 2018-2021 yilga qadar fakultet qoshida Amerikaning STEM loyihasi o’z faoliyatini olib bordi.
Fakultet professor-o’qituvchilari Amerika, Angliya, Germaniya, Fransiya, Belgiya, Rossiya, Qozog’iston, Hindiston, Xitoy, Koreya, Malayziya kabi davlatlarning nufuzli oliygohlarida o‘z malakalarini oshirib qaytdilar.
Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, Andijon davlat universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Buxoro davlat universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti – bilan ham hamkorlik shartnomalari tuzilgan hamda bu bo‘yicha uzviy tarzda ilmiy seminarlar, konferensiyalar tashkil qilish, o‘quv adabiyotlar chop etish, lug‘at yaratish, talaba almashinish hamda boshqa shu kabi ishlar bajarilib kelinmoqda.
So‘ngi 5 yilda fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan 1000 dan ortiq ilmiy-nazariy va ilmiy uslubiy maqolalar xorij, respublika va OTMda, 50 dan ortiq darslik, o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar nashr qilindi.
Filologiya fakulteti dastlab 1935-yilda Xorazm o‘qituvchilar tayyorlash instituti negizida O‘zbek tili va dabiyoti kulliyoti nomi bilan tashkil etilgan. So‘nggi yillarda fakultet nomi Filologiya (2011-yilgacha), Filologiya va san’at (2015-yilgacha), Filologiya (2019-yilgacha Xorijiy filologiya negizida) va yana Filologiya fakulteti tarzida faoliyat yuritmoqda.
Fakultet tarkibidagi ta’lim yo‘nalishlari:
- filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)
- filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)
- ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda)
- amaliy filologiya
Fakultet kafedralari:
- O‘zbek tilshunosligi
- O‘zbek adabiyoti
- Rus tili va adabiyoti
Kafedralarda ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar salmog`i ko‘pchilikni tashkil qiladi. prof.H.Abdullayev, prof.S.Ro‘zimboyev, prof.Z.Do‘simovlarning har biri o‘ndan ortiq fan nomzodi, PhD, fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarga ilmiy rahbarlik qilishgan. Fakultet kafedralari ixtisosliklari bo‘yicha 10.00.01. – O‘zbek tili hamda 10.00.06. – Rus tili yo‘nalishlaridan katta ilmiy xodim izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar ilmiy faoliyat olib bormoqda.
Fakultet tashabbusi bilan universitet miqyosida muntazam ravishda “She’riyat shohsupasi”, “Kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovlarii, hamda “Yosh notiqlar, “Navoiyxon talaba” loyihalari faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafеdra 2008 yil UNESCO ning O’zbеkistоndagi vakоlatхоnasi tashabbusi hamda Urganch Davlat univеrsitеti ilmiy kеngashining qarоri bilan Tabiatshunоslik va gеоgrafiya fakultеti negizida “Barqarоr taraqqiyot va ekоlоgik ta’lim” kafеdrasi tashkil qilingan (Universitet kengashi bayonnomasi №1. 28.08.2008 y.). Kafеdraga 2008-2011 yillarda dоtsеnt A.Raхimоv kafedra mudiri bo’lib faoliyat ko’rsatgan, hozirda Teхnika fakultetida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda. Shu davrda kafеdrada faxriy prоfеssоrlardan Pоul Vlеk (UNЕSCО ning O’zbеkistоndagi vakоlatхоnasi “Fan va barqarоr taraqqiyot ta’limi” masalalari bo’yicha katta maslahatchi, biоlоgiya fanlari dоktоri prоfеssоr), Abduqоdir Ergashеv (BMT huzuridagi ekоlоgik хavfsizlik halqarо fanlar akadеmiyasi va Antik dunyo tariхi Хalqarо fanlar akadеmiyasi akadеmigi) va prоfеssоr-o’qituvchilardan A.Raхimоv, Z.Sadullaеva, G’.Yoqubоv, D.Maхmudоva, M.Dоschanоvalar faoliyat yurutishgan. 2012 yilda b.f.d., prоf A.Ergashеv rahbarligida 06.01.08-O’simlikshunоslik iхtisоsligi bo’yicha “Dеgradatsiyaga uchragan tuprоqlarda Indigofera tinctoria L. o’simligini еtishtirishning agrоekоlоgik va biоtехnоlоgik хususiyatlari” (Хоrazm vilоyati misоlida) mavzusidagi nоmzоdlik dissеrtatsiya ishini Yoqubоv G’ayrat Quvandiqоvich muvfaqqiyatli himоya qildi. 2010 yil kafеdraga “Dеhqоnchilik” kafеdrasi qo’shilgan va “Biоgеоkimyo va tuprоqlarni muhоfaza qilish”, “Agrоnоmiya”, “Tuprоqshunоslik” bo’yicha mutaхassislar tayyorlagan.
2011 yil kafеdraga yangi mutaхasislik “Ekоlоgiya va atrоf muхit muhоfazasi” (Kasbiy ta’lim) yo’nalishi bo’yicha talabalar qabul qilindi. Bu davrda kafеdrada jami 18 ta prоfеssоr-o’qituvchi faоliyat yuritgan. 2011 yil aprеl оyidan boshlab kafеdraga dоtsent B.Ramatоv mudirlik qilgan, hozirda kafedrada dotsent lavozimida ishlab kelmoqda. 2012 yildan “Agrоnоmiya” va “Tuprоqshunоslik” yo’nalishlari bo’yicha kasbiy ta’lim mutaхasisligi оchilgan, 2012 yilda kafеdraga dоtsеnt P.Kamоlоv mudirlik qilgan, hozirda kafedrada dotsent lavozimida ishlab kelmoqda. Shuningdek, kafеdra prоfеssоr-o’qituvchilaridan 6 nafari chеt el grantlari (UNЕSCО, BMT, ICARDA, KEFning KGD, Gеrmaniya hamkоrlik tashkilоti) asоsida ilmiy tadqiqot loyihalarida, 5 ta Rеspublika miqyosidagi fundamental va amaliy grantlarida va bir nеcha хo’jalik shartnоmalari asоsida ilmiy tadqiqоtlar оlib bоrishgan. 2008-2012 yillarda kafedra kesimidagi yo’nalishlarda tahsil olayotgan talabalardan 6 nafari chеt elda (LOGO dasturi doirasida) malakaviy amaliyotlarini o’tagan. Yana 6 nafari Germaniyani nufusli universitetlarida magistraturada mutaxassislik bo’yicha tahsil olib, shulardan 2 nafari kafеdrada o’qituvchi bo’lib ishlab kelmoqda. Bundan tashqari kafedra professor-o’qituvchilari (R.Ro’zmetov, N.Matkarimovalar Xitoyda, O.Nurmetova va F.Nurmetovalar Germaniyada,
F. Abdullayeva, M.Bobojonova Xorvatiyada) xorijning nufusli oliygohlarida o’z malakalarini oshirish bilan birgalikda, turli ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etib kelishmoqda.
Talabalar ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, iqtidorlarini nomoyon qilishlari uchun Respublika miqiyosida o’tkazib kelinayotgan turli tanlovlar, ilmiy-amaliy anjumanlar va mutaхasislik fanlari bo’yicha Respublika fan olimpiadalarida talabalar faol ishtirok etib faxrli o’rinlarni qo’lga kiritib kelmoqdalar (2012-2013 o’quv yilida Ekologiya fani bo’yicha F.Olloshukurova – I - o’rin, rahbar Sh.Jumaniyozova (QDU), 2013-2014 o’quv yilida Ekologiya fani bo’yicha F.Olloshukurova II-o’rin, rahbar D.Maxmudova (QDU), Agrоnоmiya fani bo’yicha I.Atajanov III-o’rin, rahbar P.Kamolov (AndQXI), 2014-2015 o’quv yilida Ekologiya fani bo’yicha F.Olloshukurova II-o’rin, rahbar D.Maxmudova (QDU), Agrоnоmiya fani bo’yicha N.Yaqubova III-o’rin, rahbar S.Sadullaev (ToshDAU), 2015-2016 o’quv yilida Ekologiya fani bo’yicha A.Raximboyeva III-o’rin, rahbar D.Maxmudova (QDU). 2014-2017 yillarda kafеdraga dоtsent A.Tadjiеv mudirlik qilib kelgan, hozirda kafedrada dotsent lavozimida ishlab kelmoqda. Kafеdrada 2- nafar prоfеssоr, 8- nafar fan nоmzоdi, 2- nafar katta o’qituvchi 8- nafar assistеnt o’qituvchi ishlaydi. 2015 yil o’quv yilidan kafеdra nоmi Tuprоqshunоslik nоmiga o’zgartirildi. Kafedrada Ekologiya va atrof muhit muhofazasi, KT Agronomiya va Tuproqshunoslik bo’yicha mutaxassislar tayyorlanib kelinmoqda va ayni paytda 189 nafar talaba tahsil olmoqda. 2017 yil Urganch Davlat Univеrsitеti Tabiiy fanlar fakultеti “Tuprоqshunоslik” kafеdrasi nеgizida Qоvunchilik bo’limi tashkil qilindi va 2017-2018 o’quv yilidan boshlab kafеdraga yangi yo’nalishlar, 5410200-Agronomiya (sabzavotchilik va polizchilik) hamda 5410300-O’simliklar himoyasi va karantini mutaxassisliklari ochilishi rejalashtirilgan. 2017 yil mart оyidan boshlab “Tuprоqshunоslik” kafеdarasiga kafеdra mudiri q.х.f.n., dоts.Yoqubоv G’ayrat Quvandiqоvich rahbarlik qilib kеlmоqda. Yoqubоv G’ayrat Quvandiqоvich 2012-2015 o’quv yillarida Umumiy biоlоgiya kafеdrasiga kafеdra mudiri bo’lgan faоliyatida 6 ta lоtin yozuvida o’quv uslubiy qo’llanmalar, 1ta mоnоgrafiya, 40 dan оrtiq maqоlalar va tеzislar chоp qildirgan. 2013-2014 yiilarda Farg’оna Davlat univеrsitеti bo’lib o’tgan rеspublika fan оlimpiadasida Abdullaеv Ibоdulla Ravshanbеkоvich fahrli III-o’rinni, shu o’quv yilida VI-Innоvatsiоn g’оyalar, tехnоlоgiyalar va lоyhalarida Urganch shahri, Nukus shahri, Tоshkеnt shahridagi rеspublika yarmarkalarida faоl qatnashgan. 2014-2015 o’quv yilida dоts.Yoqubоv rahbarligida Qashqadaryo vilоyatida bo’lib o’tgan Biоlоgiya fanidan rеspublika fan оlimpiadasida biоlоgiya yo’nalishi talabasi Abdullaеv Ibоdulla Ravshanbеkоvich faхri II-o’rinniva 2015-2016 o’quv yilida Qashqadaryo vilоyatida bo’lib o’tgan Biоlоgiya fanidan rеspublika fan оlimpiadasida biоlоgiya yo’nalishi talabasi Allabеrganоva Хursnida faxriy II-o’rinni egallagan. 2022 yil sentyabr oyidan boshlab Agronomiya kafеdrasiga dоts. Bekchonov Muzaffar Xuberganovich rahbarlik qilib kеlmоqda., Kafedrada, kafеdra dоtsеntlaridan q.х.f.n. dots. Ro’zimоv J., dots. Kamolov P., q.х.f.n. Ramatоv B., q.х.f.n Egambеrdiеv О., Kadirov Sh., Nurjanov O., Urazmetov Q., katta o’qituvchi Do’schanоv U., Qurbonov M., o’qituvchilardan Pоlvоnоv S., M.Qurbanоv, Matqurbanоv T., Bеkchanоv M.Х., Quryazоv I., Xo'jayev N., Saparboyev Z., katta ilmiy хоdim va izlanuvchilardan Pоlvоnоv S., Matqurbanоv T., Raximov J.,lar faоliyat ko’rsatib kеlmоqdalar. Kafеdramizda 2022-2023 o’quv yilida hozirgi kungacha prоfеssоr-o’qituvchilar tamоnidan 60 ta maqоla va tеzislar, rеspublikada 12 ta, хоrijiy jurnallarda 3 ta, хalqarо kоnfеrеntsiyalarda 5 ta, darslik 3 ta, 2 ta o’quv qo’llanma, 5 ta o’quv uslubiy qo’llanmalar va 2 ta monografiya chоp qilindi.
Kimyoviy texnologiyalar fakulteti oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 18-martdagi №156 sonli Urganch davlat universiteti ustavini tasdiqlash to’grisidagi buyrug’iga asosan “Texnika” fakulteti tarkibidan ajralib chiqqan.
Kimyoviy – texnologiyalar fakultetida 3 ta kafedra mavjud bo‘lib, quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanmoqda:
Fakultetda malakali 45 nafar professor-o‘qituvchilar talabalarga zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda va yangi pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim bermoqda. Shulardan 30 nafari asosiy shtatda va 13 nafari o‘rindoshlik asosida faoliyat olib bormoqdalar. Fakultetda 3 ta fan doktori, 2 ta universitet faxriy professori, 14 ta fan nomzodi va 3 tasi katta o‘qituvchilardir.
Yuqorida keltirilgan ta’lim yo‘nalishlarida jami 2021-2022 o’quv yili holatida 1028 nafar talaba tahsil olmoqda, shulardan 569 nafari o‘g‘il bolalar, 459 nafari esa qiz bolalarni tashkil qiladi.
Xorazm viloyatida ishlab chiqarishni yuqori darajada rivojlantirish korxonalariga oliy ma'lumotli malakali kadrlar, xususan muxandis texnologlar tayyorlab berish bilan uzviy bog'liq. Malakali mutaxassis texnologlarni tayyorlab chiqarish maqsadida 1992 yili O’zbekiston Respublikasi prezidenti farmoni bilan Urganch Davlat universiteti tarkibida Тoshkent Politexnika universiteti fakulteti tashkil etildi. Unga Toshkent shahridagi turli oliygoxlarda arxitektura, kimyoviy texnologiya va injenerlik yo'nalishlarida ta'lim olayotgan Xorazmlik talabalarning keyingi o`qishlari ko`chirib kelindi.
O`tgan davrlarda kafedrada raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning, ya'ni o`quv-tarbiya jarayonlarini zamonaviy talablar asosida olib borishning mustahkam tizimi yaratildi. Kafedraning moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi. Kafedra barcha talablarga javob beradigan 10 ta - «Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar», «Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi», «Oziq-ovqat texnologiyasi», «Biotexnologiya», «Qishloq xo’jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi», «Fizik kimyoviy tahlil usullari», «Avtomatika va ishlab chiqarishni avtomatik boshqarish» kabi laboratoriyalar tashkil etildi. Ularni zamonaviy jihozlash, yetarli darajada reaktivlar bilan ta'minlash ishlariga jiddiy e'tibor qaratildi. Bu ishlarga 300 mln so`mdan ortiq mablag' sarflandi. Ushbu laboratoriyalarda nafaqat o`quv jarayoni, balki yosh olimlarning ilmiy tadqiqodlar ishlari olib borilmoqda hamda korxonalarning texnologik muammolari hal qilinmoqda,
O`quv adabiyotlari bilan ta'minlash darajasi 100 foizga yetkazildi. Adabiyotlarning yangi avlodlarini yaratish ishlari kuchaytirildi. O`quv mashgulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida olib borish an'ana tusiga kirdi. 1998-2011 yillarda kafedraning ilmiy salohiyati keskin oshdi. Nomzodlik va doktorlik himoyalar soni oshdi. Jumladan- 1998 yilda S.B.Baxtiyorov, 2003 yilda Z.K.Babaev, 2004 yilda I.R.Bayjanov, 2005 yilda Z.M.Quryazov, 2007 yilda Sh.K.Matchanov, 2009 yilda Sh.R.Qurambaevlar texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldilar. 2005 yili M.J.Jumaniyazov texnika fanlari doktori ilmiy darajasini, 2010 yili professor ilmiy unvonini oldi.
1994-2011 yillar davomida kafedra dunyoning va Respublikaning nufuzli oliygohlari va ilmiy tadqiqod institutlari bilan doimiy aloqalar bog'ladi. Jumladan, Shvedtsiya Qirollik instituti bilan hamkorlik aloqalari natijasida kafedra bitiruvchilari Masharipova Shoira, Allaberganova Inobatlar magistraturani ushbu institutda tamomladilar. Frantsiyaning Parij universiteti bilan hamkorlik samarasida dots. Z.K.Babaev ikki oylik malaka oshirishda bo`lib qaytdi. Xitoyning Shanxay universitetida kafedra a'zolaridan X.Xolmuratov, Sh.Kurambaev, Z.K.Babaevlar malakalarini oshirib keldilar. Mendeleev nomidagi Moskva Kimyo-texnologiya instituti bilan o`quv-ilmiy xamkorlik to`g'risida shartnomalar imzolandi. Chexiyaning agrar universiteti va Latviya Respublikasining Riga texnika universiteti bilan nomzodlik dissertatsiya tadqiqodlarini olib borishda xamkorlik qilinmoqda. Respublikamizdagi deyarli barcha oliygohlarning kimyo-texnologiya kafedralari bilan har tomonlama xamkorliklar shartnomalari imzolangan. O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga qarashli nufuzli ilmiy tadqiqod institutlarida talabalar amaliyot o`tkazadi va yosh olimlar ilmiy tadqiqodlar olib bormoqdalar. Bituruvchilarimiz barchasi regionning turli ishlab chiqarish sohalarida ish bilan ta'minlangan. Shu bilan birga 2003 yil bitiruvchisi Umid Boltaev, 1998 yil bitiruvchisi Alimov Umar, 1999 yili bitiruvchisi Yo'ldashev Norbeklar fan nomzodi ilmiy darajasini oldilar va xalq xo`jaligining turli sohalarida mehnat qilmoqdalar.
O`tgan 1992-2016 yillar davomida talabalarimizdan «Kimyoviy texnologiya» fanlaridan Respublika olimpiadasida K.Yuldashev 2001 da 2-o`rinni, 2005 yilda T.Musaev 1-o`rinni, J.S.Djabberganov 2006 yilda 1-o`rinni, D.Ruzibaev 2009-2010 yillarda 2-o`rini, D.Gapparov 2011 yilda, 2015 yil Sh. Ro`zimova nufuzli 2-o`rinni egalladilar. J.S.Djabberganov. 2007 yil noyabr-dekabr oylarida o`tkazilgan «Kelajak ovozi» tanlovining viloyat va Respublika bosqichlari g'olibi bo`lgan.
O`quv-tarbiya jarayonidagi sayiiy harakatlar natijasida kafedra talabalari Prezident va Davlat stipendiyalarining g'oliblari bo`ldilar. Jumladan: 1998 yilda A. Matquliev Prezident stipendiyati, 2006 yilda T. Musaev «Beruniy» nomli Davlat stipendiyati hamda 2007 yilda Xalqaro Mendeleev nomli stipendiyasi, 2007 yilda Z.Masharipova «Ulugbek» nomli Davlat stipendiyati, 2008 yilda S.Ro`zmetov «Ulug'bek» nomli Davlat stipendiyati, 2009 yilda O.Matkarimov «Ulug'bek» nomli Davlat stipendiyati, 2010 yilda Z.B.Djumaniyazov «Beruniy» nomli Davlat stipendiyati bo`ldilar.
1994 yili Urganch davlat Universitetida «Kimyoviy-texnologiya» fakulteti tashkil qilingan bo’lib, fakultet tarkibida mutaxassis chiqaruvchi asosiy kafedra - «Texnologiya asoslari» nomi bilan tashkil topgan. Kafedrada shu yildan boshlab oziq-ovqat yo’nalishining “Konservalash texnologiyasi” mutaxasisligi bo’yicha kadrlar tayyorlashni boshlangan. 1996 yili kafedra tarkibida «Oziq - ovqat texnologiyasi» mutaxassisligi bo`yicha ham malakali kadrlar tayyorlanib boshlandi. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligini 2017 yil 18 martdagi №156 sonli buyrug’iga asosan Qishloq xo’jaligi maxsulotlarini saqlash va qayta ishlash xamda oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi” tashkil qilingan.
2019 yil yanvar oyidan “Oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasi tashkil qilingan. Kafedraga k.f.n. dots B.M.Ibadullayev rahbarlik qiladi. Kafedrada 5321000-oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo’yicha) bakalavr, shunigdek 5A321001–oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (yog’larni qayta ishlash texnologiyasi) bo’yicha magistrlar oliy toyifali muhandislar tayyorlanadi. Xozirgi kunda kafedrada 17 nafar professor–o’qituvchilar zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda hamda yangi pedagogik texnologiyalar asosida talabalarga ta’lim bermoqda.
Jismoniy madaniyat fakulteti 1999 yil 2 sentabrda tashkil topgan. 1999-2006 yillarda professor G‘.M.Satipov, 2006-2009 yillarda dotsent O‘.L.Matnazarov, 2009-2019 yillarda dotsent A.K.Sharipovlar fakultet dekani lavozimida faoliyat olib borgan. 2019 yildan xozirgi kungacha dotsent S.U.Koʻpalov Jismoniy madaniyat fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda. Dastlab fakultet tashkil topgan davrda 3 ta kafedra fakultet tarkibiga kirgan; “Odam anatomiyasi va fiziologiyasi” kafedrasi, “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” va “Umumiy jismoniy tarbiya” kafedrasi. 2011 yilga kelib “Odam anatomiyasi va fiziologiyasi” kafedrasi nomi “Tibbiy bilim asoslari” kafedrasiga “Umumiy jismoniy tarbiya” kafedrasi nomi “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasiga o‘zgartirildi. Odam anatomiyasi va fiziologiyasi (Tibbiy bilim asoslari) kafedrasi 1999 yil tashkil topgan bo‘lib, 1999-2006 yillarda dotsent E.Y.Qo‘shchanov, dotsent Z.Ametov, dotsent Q.Djumaniyazovlar, 2006-2011 yillarda professor G‘.M.Satipov kafedra mudiri lavozimida ishlagan, 2011-2015 yillar davomida dotsent X.Bekchanov kafedra mudiri lavozimida ishlab keldi.Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasida 1999-2010 yillarda dotsent M.M.Raximov faoliyat olib borgan, 2010 yildan boshlab p.f.n. F.T.Masharipov kafedrani boshqardi. Kafedra nomi 2015 yil sentabr oyidan Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodkasi nomi bilan o‘zgartirildi va unga dotsent S.U.Ko‘palov raxbarlik qildi, 2018 yil mart oyidan kafedraga dotsent O‘.L.Matnazarov raxbarlik qildi, 2023 yil sentyabr oyidan kafedraga p.f.b.f.d (Phd) Z.T.Sherov raxbarlik qilmoqda.
Umumiy jismoniy tarbiya (Jismoniy tarbiya va sport) kafedrasida 1999-2006 yillarda dotsent O‘.L.Matnazarov, 2006-2009 yillarda p.f.n. V.Sh.Raximov, 2009-2015 yilarda dotsent O‘.L.Matnazarov kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bordi. Kafedra nomi 2015 yil sentabr oyidan Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasiga o‘zgartirildi va 2020 yil sentabr oyigacha kafedraga dotsent B.J. Yadgarov raxbarlik qildi. Kafedra nomi 2020 yil sentabr oyidan Sport faoliyati nomi bilan o‘zgartirildi va unga dotsent F.T.Masharipov raxbarlik qilmoqda.
2020 yildan boshlab fakultetda 2 ta kafedra faoliyat olib bormoqda, bular “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodkasi” va “Sport faoliyati” kafedralari. Dastlab fakultetda kunduzgi va sirtqi bo‘limlarda 5141900-jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlangan. 2005 yili 5A141901- Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat ta’lim mutaxassisligi ochildi va unga 6 nafar magistrlar qabul qilindi. 2011-2012 o‘quv yilidan boshlab 5112000-Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar qabul qilindi. 2013-2014 o‘quv yilidan boshlab, chekka xududlarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, maxalliy qizlarni sport bilan shug‘ullanishlari uchun ayol murabbiylarni tayyorlash maqsadida Urganch davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakultetida 5610535-sport faoliyati (Xotin qizlar sportini rivojlantirish) ta’lim yo‘nalishiga talabalar o‘qishga qabul qilindi. Xorazm viloyatidagi bolalar va o‘smirlar sport maktablari, umumta’lim maktablari, kollejlar, yangi qurilgan sport majmualaridagi kadrlarga bo‘lgan extiyojlardan kelib chiqqan holda ushbu ta’lim yo‘nalishi talabalari 4 ta sport turi: Dzyu-do, Yengil atletika, Voleybol, Gandbol sport turlari bo‘yicha yo‘naltirilgan.
Jismoniy madaniyat fakulteti xozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, bolalar va o‘smirlar sport maktablari uchun jismoniy madaniyat ixtisosligi bo‘yicha malakali o‘qituvchi va murabbiy kadrlarni tayyorlab kelmoqda. 2001-2002 o‘quv yilidan boshlab fakultet yangi qurilib bitkazilgan o‘quv binosiga ko‘chib o‘tdi. Yangi binoda zamonaviy sport zal, o‘quv xonalari mavjud bo‘lib, to‘liq talablarga javob beradigan jihozlar bilan ta’minlangan. Fakultet binosi PQ-1533 dasturiga kiritilgan bo‘lib 2014 yil qayta ta’mirlandi.
Talabalarning dars jarayonida va darsdan bo‘sh vaqtlarida sport bilan shug‘ullanishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan: 2 ta katta sport zal (18x36), ochiq maydonda bitta futbol maydoni, yengil atletika yugurish yo‘lakchasi, uzunlikka sakrash maydonchasi, 2 ta yadro irg‘itish maydonchasi, 2 ta suniy qoplangan mini futbol, 1 ta basketbol, 1 ta voleybol maydonchalari, 1 ta tennis korti va 1 ta gimnastika maydonchalari mavjud. Shu jumladan, o‘quv binosida sport o‘yinlari va jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi xonalari etarli darajada ko‘rgazmali qurollar va ko‘rsatmalar, elektron doskalar va proektoplar bilan jihozlangan. Fakultetda professor-o‘qituvchilar o‘quv jarayonini yangi pedagogik va axborot texnologiyalari asosida olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Fakultetda 1 ta kompyuter va 1 ta lingafon xonalari tashkil qilingan bo‘lib, barcha kompyuterlar internet tarmog‘iga ulangan hamda o‘quv dasturida ko‘rsatilgan fanlardan ma’ruza matnlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari elektron shaklda kiritilgan.
Jismoniy madaniyat fakultetida o‘tgan davr maboynida 5 ta monografiya, 10 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va 100 dan ortiq ilmiy maqolalar chop qilingan. Shuningdek fakultetimiz professor-o‘qituvchilari fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarda faol ishtirok etib kelishmoqda. 2012-2013 yillarda fakultetda Davlat fan texnika dasturi doirasida dotsent A.K.Sharipov raxbarligida IOT-2012-1-22- “Jismoniy tarbiya bo‘yicha mutaxassislarni kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishning innovatsion texnologiyalari” mavzusida innovatsion loyiha olib borildi. Tadqiqot natijasida 5 ta ilmiy maqola, 1 ta o‘quv – uslubiy qo‘llanma, 1 ta monografiya, 1 ta elektron qo‘llanma chop qilindi.
Fakultetda 2006-2012 yillarda jami 11 nafar professor-o‘qituvchi mustaqil tadqiqotchilik asosida pedagogika fanlari bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishgan. 2020 yilda “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchilari N.K.Ruzmetov va J.Sh.Jammatovlar mustaqil izlanuvchilik asosida 13.00.04. - Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi.
Universitetda jismoniy tarbiya, sport va ommaviy sog‘lomlashtirish ishlarini yuqori saviyada olib borish, davlatimiz tomonidan bu borada qo‘yilgan barcha vazifalarni samarali xal qilish, talabalar va xodimlar orasida sportning ommaviyligini oshirish «Universiada» va boshqa sport tadbirlarini muvaffaqiyatli o‘tkazishni yanada kuchaytirish maqsadida 1999 yil “Talaba”sport klubi jamoatchilik asosida tashkil qilingan. Universitetimiz sportchilari «Universiada» sport musobaqalarida viloyatimiz terma jamoasining asosiy tarkibini tashkil qiladi. Terma jamoamiz Namangan shahrida bo‘lib o‘tgan «Universiada-2000» sport musobaqalarida 11-o‘rinni egalagan bo‘lsa, Buxoro shahrida «Universiada-2002» va Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan «Universiada-2004» sport musobaqalarida 8-o‘rinni egallagan. Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan «Universiada-2007» va Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan «Universiada-2013» sport musobaqalarida 8-o‘rinni egallagan. Fargʻona shahrida bo‘lib o‘tgan «Universiada-2016» sport musobaqalarida Urganch Davlat universiteti terma jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari orasida faxrli 7-o‘rinni egallagan.
Fakultetimiz talabalari nafaqat sport musobaqalari balki Respublika miqyosida o‘tkazilgan fan olimpiadalarida ham muvaffaqiyatli ishtirok qilib kelmoqdalar. Shu jumladan O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya institutda bo‘lib o‘tgan “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” fani bo‘yicha Respublika fan olimpiadasida 2012 yil D.Yaqubova 3-o‘rinni, 2013 yil S.Matniyazovlar 2-o‘rinni egallashdi. Nomutaxassislik fanlari bo‘lgan Zoologiya fanidan Samarqand Qishloq xo‘jalik inistitutida bo‘lib o‘tgan Respublika fan olimpiadasida 2012-2013 yillarda A.Madaminov 2-o‘rinni, 2015 yil L.Abduraxmanov fahrli 3-o‘rinni egalladi. Fakultetimiz talabasi Atajonova Gulyor Komiljon qizi sport sohasidagi alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Fakultetda 1999-2020 yillar maboynida 10 dan ortiq halqaro toifadagi sport ustalari, 100 dan ortiq sport ustalari va yuzlab sport ustaligiga nomzod sportchilar etishib chiqdilar. 2012 yil London shahrida bo‘lib o‘tgan XXX yozgi Olimpiada o‘yinlarida Muradjan Xolmuradov ilk bor ishtirok qilgan bo‘lsa 2016 yilga kelib ishtirokchilar soni yanada oshdi. D.Urazbayev, Sh.Sabirov, G.Matniyazovalar 2016 yil Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok qilishdi. Diyorbek Urozbayev Dzyudo sport turidan 60 kg vaznda 3 o‘rinni egallab bronza medaliga sazovvor bo‘ldi. Shuningdek Sevinch Salaeva dzyudo sport turidan -52 kg vaznda va Tursunpashsha Nurmetova -63 kg vaznda 2016 yil Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tgan XV Paralimpiya o‘yinlarida bronza medaliga sazovvor bo‘lishdi. Shu bilan birga 2017 yil 17-27 sentyabr kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxabat shaxrida Jang san’ati va yopiq inshoatlardagi V-Osiyo o‘yinlarida UrDU Jismoniy madaniyat fakultetidan talabalari orasidan 7-nafari qatnashdi. Sportning Milliy kurash turidan 3 nafar talaba qiz, Og‘ir atletika turidan 2 nafar talaba, Taekvando sport turidan 1 nafar talaba, sombo sport turidan 1 nafar talaba ishtirok qilib barchasi sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
Fakultetimiz sportchi talabalaridan 10 nafarga yaqini 2021 yilda Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi olimpiya o‘yinlarida qatnashish uchun yuqori saviyada o‘quv yig’in mashg‘ulotlarida va olimpiadaga yo‘llanma beruvchi xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqdalar.
Fakuitetimiz sportchi talabalari va murabbiylari 2022 yilda bo’lib o’tgan “Universiada 2022” sport musobaqalarida munosib qatnashib umumjamoa hisobida faxrli 2- o’rinni qo’lga kiritdilar
2023 yil sentyabr oyidan fakultetimiz tarkibiga “San’at” kafedrasi qo’shildi va Jismoniy madaniyat fakulteti Sport va san’at fakulteti nomi bilan o’zgartirildi.
Iqtisodiyot fakulteti Urganch davlat universiteti gumanitar fanlar fakulteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Urganch filialining qo`shilishi natijasida 1995 yil 9 iyulda Iqtisodiyot fakulteti nomi bilan tashkil qilingan. Fakultetga iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abdullayev Ilyos Sultonovich rahbarlik qilmoqda. Fakultetda 4 ta kafedra faoliyat olib boradi, shu jumladan, “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri, PhD, Raximov To‘xtabek Jumaboyevich, “Menejment va marketing” kafedrasi mudiri, i.f.n., dotsent Ruzmetov Sherzodbek Baxtiyarovich "Turizm va mexmonxona xo'jligini boshqarish" kafedrasi mudiri PhD Ollanazarov Bekmurod Davlatmurodovich, “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi mudiri, Ph.D., dotsent Fayzullayev Nurulla Bahromovichlar hisoblanadilar.
Fakultetda 53 nafar professor-o`qituvchilar faoliyat ko`rsatayotgan bo`lib, ularning 4 nafari fan doktori va professor, 16 nafari fan nomzodlari va dotsentlar, 13 nafari katta o`qituvchi va 20 nafari assistent-o`qituvchilardan iborat.
Fakultet AQSH, Angliya, Germaniya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Chexiya, Rossiya, Polsha, Belgiya, Sloveniya, Italiya, Yaponiya va boshqa davlatlatning nufuzli universitetlari bilan xalqaro aloqalar o`rnatgan. Fakultet kafedralarida menejment, marketing, ekonometrika, ish yuritish, innovatsiya strategiyasi, mehnat iqtisodiyoti, mintaqaviy iqtisodiyot, agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti, institutsional iqtisodiyot, turizm: nazariya va amaliyot, xalqaro turizm, restoran menejmenti, servis faoliyati asoslari, ekologik turizm, iqtisodiyot nazariyasi, milliy iqtisodiyot, jahon iqtisodiyoti va XIM, makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, statistika, audit, buxgalteriya hisobi nazariyasi, moliya, soliq va soliqqa tortish kabi fanlar o’qitiladi.
Azaldan Xorazm diyori dunyo ilmiga katta hissa qo‘shgan olimu-fuzalolar vatani hisoblangan. Urganch Davlat univеrsitеti esa ota-bobolarimizning bu mеrosini va dunyo ilmini barkamol avlodga bеvosita yеtkazib bеrmoqda. Bunda Tеxnika fakultеtining hissasi ham salmoqlidir. 1992 yil bugungi kundagi Tехnika fakultеti Urganch Davlat univеrsitеtida Injеnеr-tехnika fakultеti bo‘lib shakllandi. Shu paytda fakultеt tarkibida “Umumiy fizika va radioelеktrotехnika”, “Mashinasozlik” kafеdralari mavjud bo‘lib ularda umuminjеnеrlik fanlari va mutaxassislik fanlari o‘qitilgan. Ijtimoiy gumanitar fanlar esa institutning fakultеtlararo kafеdralari profеssor-o’qituvchilari tomonidan o’qitilgan.
“Mashinasozlik” kafеdrasi bitkazuvchi kafеdra hisoblangan va ushbu kafеdrada quyidagi uchta yo’nalish bo’yicha kadrlar tayyorlangan:
- oziq-ovqat sanoati mashina apparatlari;
- sovutish mashinalari va qurilmalari;
- avtomobil va avtomobil xo’jaligi.
Mamlakatimizda kasb-hunar kollеjlari qurilib ishga tushirilishi munosabati bilan kollеjlarni yеtuk mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida 2005 yildan boshlab 5140900 – Kasb ta’limi (Bino va inshootlar qurilishi) ta’lim yo’nalishi bo’yicha mutaxassislar tayyorlana boshlangan.
1996 yildan boshlab kadrlarga bo’lgan mahalliy ehtiyojni hisobga olib fakultеt tarkibiga “Arxitеktura va qurilish” kafеdrasi qo’shilgan va shu munosabat bilan fakultеtda quyidagi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha kadrlar tayyorlana boshlangan:
- transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash;
- tехnologik mashinalar va jihozlar;
- arxitеktura;
- bino va inshootlar qurilishi.
2011 yilda univеrsitеt fakultеtlarini umumlashtirish natijasida fakultеt tarkibiga yangi kafеdra va ta’lim yo’nalishlari kiritilgan. 2011 yil sentabr oyidan Kimyo-tехnika fakultеti shakllantirildi.
Fakultеt tarkibiga univеrsitеtning injеnеrlik va injеnеr-tехnolog tayyorlovchi ta’lim yo’nalishlari kiritildi. 2015 yil sentabr oyidan boshlab esa fakultеtga “Tехnika” nomi bеrildi. Shu paytda fakultеtda “Qurilish va arxitеktura”, ”Kimyoviy tехnologiyalar”, “Transport tizimlari” kafеdralari faoliyat ko’rsatdi va quyidagi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar va magistrlar tayyorlandi:
“Qurilish va arxitеktura” kafеdrasida
- 5340100 – Arxitеktura;
- 5340300 – Shahar qurilishi va xo’jaligi;
- 5341000 – Qishloq hududlarini arxitеktura-loyihaviy tashkil etish;
“Transport tizimlari” kafеdrasida
- 5310500 – Avtomobilsozlik va traktorsozlik;
- 5310600 – Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (traktorlar, qishloq xo’jalik mashinalari va jihozlari);
2017 yil mart oyidan fakultet tarkibida “Qurilish va arxitektura”, “Transport tizimlari” va “Fakultetlararo umumtexnika fanlari” kafedralari faoliyat ko’rsata boshlagan. Fakultetda bu davrda 7 ta ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyolangan:
- 5310500 - Avtomobilsozlik va traktorsozlik;
- 5310600 - Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi;
- 5340100 - Arxitektura;
- 5341000 - Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish;
- 5340300 - Shahar qurilishi va xo’jaligi;
- 5340500 - Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalari ishlab chiqarish.
- 5340200-Bino va inshootlar qurilishi.
2020 yil sentabr oyidan fakultet tarkibida “Qurilish”, “Arxitektura”, “Transport tizimlari” va “Fakultetlararo umumtexnika fanlari” kafedralari faoliyat ko’rsata boshlagan. Fakultetda bu davrda 7 ta ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyolangan:
- 5310500 - Avtomobilsozlik va traktorsozlik;
- 5310600 – Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi;
- 5340100 - Arxitektura;
- 5341000 - Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish;
- 5340300 - Shahar qurilishi va xo’jaligi;
- 5340500 - Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalari ishlab chiqarish.
- 5340200-Bino va inshootlar qurilishi;
- 5310700 - Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo`yicha).
2023 yil sentabr oyidan fakultet tarkibida “Qurilish”, “Arxitektura”, “Transport tizimlari”, “Fakultetlararo umumtexnika fanlari” va “Geodeziya, kartografiya va kadastr” kafedralari faoliyat ko’rsata boshlagan. Fakultetda hozirgi kunda 15 ta ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyolanmoqda:
- 60212200 - Madaniy meros obyektlarini asrash;
- 60730100 - Arxitektura (turlari bo‘yicha);
- 60710700 - Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (mashinasozlik);
- 60712400 - Avtomobilsozlik va traktorsozlik;
- 60712500 - Transport vositalari muhandisligi (turlari bo'yicha);
- 60730200 - Shahar qurilishi hamda kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish;
- 60710600 - Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha);
- 60720700 - Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha);
- 61040100 - Transport logistikasi (transport turlari bo‘yicha);
- 61040300 - Yo‘l harakatini tashkil etish;
- 60730300 - Qurilish muhandisligi: bino va inshootlar qurilishi;
- 60730300 - Qurilish muhandisligi: qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish;
- 60730500 - Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini loyihalashtirish va ekspluatatsiyasi;
- 60722500 - Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo'yicha);
- 60711000 - Muqobil energiya manbalari (shamol).
Fakultеtda malakali 100 dan ortiq profеssor-o’qituvchilar talabalarga zamоnaviy axborot tехnologiyalaridan foydalangan va yangi pеdagogik tехnologiyalarni qo’llagan holda ta’lim bеrib kelmoqdalar. Fakultеtda 4 ta fan doktori, 9 ta fan nomzodlari, 15 ta katta o’qituvchi va 70 dan ortiq o’qituvchilar dars mashg’ulotlarini olib boradilar.
Tехnika fakultеti univеrsitеtning arxitеktor va muhandis tayyorlovchi asosiy fakultеtlaridan biri hisoblanadi. 2005 yildan buyon fakultеtda prof. B.S. Qalandarov, dots. B.A. Sabirov, dots. Z.K. Babayеv, dots. A.R. Matnazarovlar rahbarlik qilib kеlganlar. 2017-yil 5-sentabrdan buyon fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Qurbanov Muzaffar Kadambayevich fakultet dekani lavozimida ishlab kelmoqda.
Fakultеtimiz talabalaridan A. Matquliev Prezident stipendiyati, Ruziyеv Gamzat, Jumaniyazov Mansur, Nurmеtov Umid, T. Musaev, O. Matkarimov, Samandarov Abboslar O’zbеkiston Rеspublikasining “Bеruniy” nomidagi Davlat stipendiyati Z. Masharipova, S. Ro’zmetov, Z. Jumaniyazovlar “Ulug’bek” nomli Davlat stipendiati bo’lganlar. Fakultеt talabalari Rеspublika fan olimpiadalarida ham doimo muvaffaqiyatli qatnashib sovrindor o’rinlarni egallab kеlmoqdalar.
Fakultеt professor-o’qituvchilari tomonidan chet el ilmiy-texnik jurnallarida va rеspublika jurnallarida muntazam ravishda ilmiy maqolalar nashr qilinib kelinmoqda.
Fakultеt kafеdralarida xorijiy va Rеspublika miqyosidagi ilmiy grantlarini bajarish ishlari doimiy tarzda olib borilmoqda.
Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti
“Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakulteti 2018-yil 3-sentabrdagi 595-sonli buyruq asosida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali huzurida tashkil etilgan.
2020-yil 2-sentabrdagi 78n-sonli buyruqqa muvofiq, “Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi” fakulteti nomi “Telekommunikatsiya texnologiyalari” deb o‘zgartirilgan.
2018–2019-yillarda fakultet dekani lavozimida Rahimboev Hikmat Jumanazarovich faoliyat yuritgan.
2019–2020-yillarda dekan Avazov Nodirbek Egamberganovich bo‘lgan.
2020-yildan hozirgi kungacha fakultet dekani lavozimini Avazov Erkinjon Sherimmatovich egallab kelmoqda.
Fakultet ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (sirtqi shaklda) mutaxassislar tayyorlaydi. Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish maqsadida yirik tarmoq korxonalari — “O‘zbektelekom” AJ Xorazm filiali, 9-transport telekommunikatsiya tarmoqlari uzeli, “O‘zbektelekom” AJ UzMobile Xorazm filiali hamda UzNET huzurida kafedra filiallari ochilgan.
Fakultet optik tolali, sun’iy yo‘ldosh, radiorele va kabel aloqa tarmoqlarida ishlovchi raqamli telekommunikatsiya tizimlari va ma’lumot uzatish tizimlarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi.
Bakalavriat yo‘nalishlari:
-
60320400 – Kutubxona-axborot faoliyati
-
60610600 – Telekommunikatsiya texnologiyalari
-
60610600 – Dasturiy injiniring
-
60611300 – AKT sohasida kasb ta’limi
-
60611400 – Pochta aloqasi texnologiyasi
Magistratura mutaxassisliklari:
-
5A335101 – Telekommunikatsiya injiniringi (tele-radioeshittirish)
-
70610601 – Telekommunikatsiya injiniringi
-
70610606 – Fotonika va optik aloqa
-
70610401 – Dasturiy injiniring
Ta’lim bakalavriatda kunduzgi, sirtqi va masofaviy shakllarda olib boriladi. Sirtqi ta’lim 2018–2019-o‘quv yilidan boshlab Prezident qarorlariga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Ta'lim yo'nalishlari
| Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti 70230104 | Magistr |
| Aktuar va moliyaviy matematika 70540103 | Magistr |
| Amaliy matematika (sohalar bo‘yicha) 70540201 | Magistr |
| Amaliy matematika va informatika 5130200 | Bakalavr |
| Arxitektura 60730100 | Bakalavr |
| Arxitektura tarixi va nazariyasi 70730103 | Magistr |
| Axborot tizimlari va texnologiyalari 60610100 | Bakalavr |
| Axborot xavfsizligi 60610200 | Bakalavr Magistr |
| Axborot xavfsizligi (yo‘nalishlar bo‘yicha) 70610302 | Magistr |
| Bino va inshootlar arxitekturasi 70730101 | Magistr |
| Biologiya 60510100 | Bakalavr |
| Biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha) 70510101 | Magistr |
| Biologiya (turlari bo‘yicha) 60510100 | Bakalavr |
| Buxgalteriya hisobi 60410200 | Bakalavr |
| Cholg‘u ijrochiligi (an’anaviy cholg‘ular) 60211501 | Magistr |
| Dasturiy injiniring 60610400 | Bakalavr Magistr |
| Dasturiy injiniring | Magistr |
| Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi 70811101 | Bakalavr Magistr |
| Ekologiya 70520202 | Magistr |
| Elektr energetikasi tizimlari va tarmoqlari (faoliyat turlari bo‘yicha) 70710603 | Magistr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish (magistratura): Ingliz tili 70230101 | Magistr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Fransuz tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Koreys tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Xitoy tili 60230100 | Bakalavr |
| Fizika 60530500 | Bakalavr |
| Fizika 70530501 | Magistr |
| Fotonika va optik aloqa 70611006 | Magistr |
| Geodeziya va geoinformatika (magistratura) 70721501 | Bakalavr |
| Geodeziya va kartografiya (funksiyalari bo‘yicha) 70722502 | Magistr |
| Geografiya 70530201 | Magistr |
| Iqtisodiyot 60310100 | Bakalavr Magistr |
| Iqtisodiyot va yo'nalishlari 60410100 | Bakalavr |
| Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar 60411100 | Bakalavr |
| Kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha) 70530101 | Magistr |
| Kimyo (turlari bo‘yicha) 60530100 | Bakalavr |
| Kimyo muhandisligi 60710100 | Bakalavr Magistr |
| Kimyo muhandisligi. 70710101 | Magistr |
| Kimyoviy texnologiya (mineral o’g’itlar texnologiyasi) 70710101 | Magistr |
| Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) 60610100 | Bakalavr |
| Kompyuter injiniringi 60610300 | Bakalavr Magistr |
| Kompyuter injiniringi (АТ-servis, aхborot xavfsizligi, multimedia texnologiyalari) 60610500 | Bakalavr |
| Kompyuter lingvistikasi 70230801 | Bakalavr Magistr |
| Lingvistika (fransuz tili) 70230101 | Magistr |
| Lingvistika (ingliz tili) 70230101 | Magistr |
| Lingvistika (nemis tili) 70230101 | Magistr |
| Lingvistika (rus tili) 70230101 | Magistr |
| Lingvistika (tillar bo‘yicha) 70230101 | Magistr |
| Logistika 61010400 | Bakalavr |
| Logistika (transport faoliyati bo`yicha) 61010400 | Bakalavr |
| Marketing 60411200 | Magistr |
| Marketing 70411201 | Bakalavr Magistr |
| Matematika 60540100 | Bakalavr |
| Matematika 70540202 | Magistr |
| Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha) 70540101 | Magistr |
| Ma’lumotlar ilmi (Data Science) 70610504 | Magistr |
| Mexanika va matematik modellashtirish 60530600 | Magistr |
| Mexanika va matematik modellashtirish (magistratura) 70530601 | Magistr |
| Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha) 70710411 | Bakalavr |
| Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (konservalangan oziq-ovqat, go’sht, sut va baliq mahsulotlari) 70720101 | Magistr |
| Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) 70720101 | Magistr |
| Oziq-ovqat texnologiyasi 60720100 | Bakalavr |
| Oziq-ovqat xavfsizligi 70720102 | Magistr |
| O‘simliklar himoyasi va karantini 70810501 | Magistr |
| Qayta tiklanuvchi energiya manbalari 60712100 | Bakalavr |
| Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik. 70230201 | Magistr |
| Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: ingliz tili 70230201 | Magistr |
| Qurilish muhandisligi 70730301 | Bakalavr |
| Raqamli iqtisodiyot 70310501 | Magistr |
| Shahar transporti xo‘jaligi va aloqa yo‘llari 70730202 | Magistr |
| Sport faoliyati 71010201 | Magistr |
| Sport faoliyati (basketbol) 61010201 | Bakalavr |
| Sport faoliyati (dzyudo) 61010200 | Bakalavr |
| Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha: futbol, karate, kikboksing, dzyudo, kurash) 61010300 | Bakalavr |
| Sport faoliyati (voleybol) 61010200 | Bakalavr |
| Sun'iy intelekt 70610701 | Magistr |
| Tarix 60220300 | Bakalavr |
| Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha) 70220301 | Magistr |
| Tarjima nazariyasi va amaliyotii: Ingliz tili / Rus tili / Nemis tili 60230200 | Bakalavr |
| Telekommunikatsiya injiniringi 70610601 | Magistr |
| Tibbiyot fizikasi 60531200 | Magistr |
| Transport logistikasi (transport turlari bo‘yicha) 61040100 | Bakalavr |
| Transport vositalari muhandisligi 60711400 | Bakalavr |
| Transport vositalari muhandisligi. 70711401 | Bakalavr |
| Tuproqshunoslik 70810203 | Magistr |
| Turizm va mehmondo'stlik 71010101 | Magistr |
| Turizm va mehmondo‘stlik 61010100 | Bakalavr Magistr |
| Yarim o‘tkazgichlar fizikasi 70530905 | Magistr |
| Yengil sanoat muhandisligi 60720700 | Bakalavr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Psixologiya
16 800 000 so'm
yiliga
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Yurisprudensiya
14 400 040 so'm
yiliga
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti
14 388 311 so'm
yiliga
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Turizm va mehmondo‘stlik
11 990 260 so'm
yiliga
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Yengil sanoat muhandisligi
11 990 260 so'm
yiliga
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Oziq-ovqat texnologiyasi
11 990 260 so'm
yiliga
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Transport vositalari muhandisligi
11 990 260 so'm
yiliga
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Kimyo muhandisligi
11 990 260 so'm
yiliga
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Dasturiy injiniring
11 990 260 so'm
yiliga
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Axborot xavfsizligi
14 388 312 so'm
yiliga
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Axborot tizimlari va texnologiyalari
14 388 312 so'm
yiliga
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Psixologiya
14 400 040 so'm
yiliga
Talabalar fikri
Azizbek Sultonboyev
Ismoilov Diyorbek
G'ayipov Dilshod
Matmuratov Xojimurod Abdusharif o'gli
Dong Guojun
Nazarov Murodjon Maxsudbekovich