Dastur haqida
60110900 - Biologiya o`qitish metodikasi ta`lim yo`nalishi umumiy o`rta ta`lim, o`rta maxsus, kasb-hunar muassasalarida faoliyat ko`rsatadigan yo`nalish bo`lib, u biologik ta`lim tizimiga bog’liq texnologiyalar va texnologik jarayonlar, o`qitishning zamonaviy texnologiyalari, usullari va vositalari kabi kompleks masalalar echimini qamrab oladi.
Qayd etilgan kasbiy faoliyat sohalarining umumiy o`rta ta`lim, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalarida «Biologiya (Botanika)», “Biologiya (Zoologiya)”, “Odam va uning salomatligi”, “Biologiya (Tsitologiya va genetika)” va “Biologiya (Evolyutsiya va ekologiya asoslari)” fanlaridan o`rnatilgan tartibda dars berish, ta`lim tizimida kabinet mudiri, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash, mos ta`lim yo`nalishlar bo`yicha ta`limni amalga oshiruvchi vazirliklar, ularning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bo`lib ishlash, tabiiy fanlar yo`nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida kichik ilmiy xodim bo`lib ishlash, mahalliy o`z-o`zini boshqarish organlari hamda joylardagi ma`naviyat va ma`rifat markazlarida ishlash, ishlab chiqarish sohalarida, kasbiy ta`lim pedagogikasi va texnologiyasi, o`qitishning didaktik vositalariini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish kabi kasbiy faoliyat turlari bilan shug’ullanadi.
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Pedagogika
62 937 500 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Koreys tili
24 384 000 so'm
yiliga
Jizzax davlat pedagogika universiteti
O'zbek tili va adabiyoti
11 250 000 so'm
yiliga
Osiyo xalqaro universiteti
Maktabgacha ta’lim
17 000 000 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili
—
Qo‘qon Davlat Universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
—