WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

Qoraqalpog`iston Respublikasi Davlat Veb-sayt

13,489

Talabalar

1

Xorijiy talabalar

547

O'qituvchilar

7

Fakultetlar

26

Kafedralar

1934

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

Qoraqalpoq xalqining fan, ta`lim, madaniyat, iqtisodiyot, tarix va boshqa sohalarining rivojlanishida Nukus davlat pedagogika institutining alohida o`rni bor. Nukus davlat pedagogika institutining 90 yillik tarixi – Qoraqalpoq xalqi tarixining ajralmas bir qismi.

1934-yilda tashkil qilingan pedagogika instituti Qoraqalpog`istondagi keyingi tashkil qilingan oliy o`quv yurtlarining va ilmiy tadqiqot ishlarining asosi bo`lgan eng ulug` ilm-fan dargohi hisoblanadi. O`zbekiston Qahramoni  I.Yusupov yozganidek:

«Qaraqalpaqqa qalıń kitap oqıtqan,

Sen teberik dárgayısań bilimniń.»

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti O`zbekiston Respublikasida nufuzli oliy o`quv yurtlaridan biri bo`lib, dastlab Qoraqalpog`istonning usha davrdagi poytaxti To`rtko`l shahrida tashkil qilindi. Institut o`z faoliyatini dastlab tarkibida 12 nafar o`qituvchi, 42 nafar talaba bilan boshladi.

O`sha davrdagi eng bilimli va ziyoli insonlar V.P.Vertegov, I.Ibragimov, R.Rakipov, D.Bazarov, Ya.Dosumov, T.Bekimbetov, J.Orimbaevlar institutga rahbarlik qilib, uning tamal toshini qo`ydilar.

Tashkil qilingan pedagogika institutida birinchilardan bo`lib qoraqalpoq xalqining atoqli olimlari, madaniyat xodimlari, shoir va yozuvchilari N.Dauqaraev, S.Bulatov, R.Risaliev, I.Sag`iytov, A.Begimov, O.Bo`leshov, Q.Avezov, O.Qosekeev, I.Ibadullaev, T.Tajimuratov, A.Begjanov, S.Senyutkin, V.Vostrekova, professor O.Ochinskiy, Ya.Dosumov, A.Tetyushev, A.Qidirbaev, N.Asfandiyarov, G`.Jaytauov, R.Timasheva, N.Sokolov, S.Fisher, L.Saradjev, M.Galekeev, M.Sheglov, T.Bekimbetov, S.Osmanov, G.Chegotaev, S.Shaytar va boshqalar talabalarga ta`lim-tarbiya berib, ilm-fan sirlarini o`rgatdilar. 

1937-yili 27 nafar institutning ilk bitiruvchilar Respublikamiz maktablariga yo`llanma oldi. Ular orasida xalqimizning  atoqli o`g`il-qizlari P.Nurpeysov, U.Lepesov, G.Еrniyazova, J.Adilov, T.Aralbaevlar bor edi.

1942-yili pedagogika instituti Chimboy shahrida faoliyatini davom ettirdi. Bu davrda institutga S.Kamalov, J.Aralbaev, S.Bekmuratov, A.Esemuratov, U.Shalekenov, N.Aminovlar o`qituvchi qilib ishga olindi.

 Urushning olovli yillarida institutning 16 nafar o`qituvchi va talabalari M.Galekeev, A.Junusov, A.Bekbasov, A.Nurmanov, A.Panabergenov, R.Saparov, A.Radjapov va boshqa el fidoyilari Ikkinchi Jahon urushiga qatnashib, yurtimizni fashizm balosidan qahramonlarcha himoya qildilar. Institutning fizika-matematika fakul`teti bitiruvchisi Plis Nurpeysov Ikkinchi Jahon urushida sinovchi-uchuvchi bo`lib, Ittifoqning Qahramoni darajasiga ega bo`ldi.

1945-1946-yillar mobaynida institutda 32 nafar o`qituvchi faoliyat ko`rsatib, shundan 1 nafar professor, 7 nafar dotsent va fan nomzodlari mehnat qildi. Yildan-yilga fakul`tetlar, kafedralar, ilmiy darajali o`qituvchilar va talabalar soni ortib bordi.

1953-1954-yillari institutda 890 nafar talaba o`qib, 13 kafedrada 102 nafar o`qituvchi, shundan 1 nafar professor, ximiya fanlari doktori va 15 nafar ilmiy darajaga ega o`qituvchilar faoliyat ko`rsatdi. 1960-yillarda olimlar Q.Ayimbetov, S.Axmetov, J.O`rinboevlar doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. A.Tajimuratov, A.Qidirboev va G.Petrovlarga professor unvoni berildi. 1964-yilga kelib, institutning 7 fakul`tetida jami 4254 talaba, shundan kunduzgi bo`limda 2054 nafar, sirtqi bo`limda 2200 nafar talaba bilim oldi. Ularga 21 kafedraning 200 nafar professor-o`qituvchisi, shundan, 1 fan doktori, 36 fan nomzodi va dotsentlari mashg`ulotlar olib bordi.

O`sha davrda institutga ilmiy darajali pedagog kadrlar tayyorlashda Toshkent, Moskva, Kiev shaharlarining oliy o`quv yurtlari va ilmiy tadqiqot  institutlari yaqindan yordam berdi va ularga  institutimizning ko`pgina o`qituvchilari aspiranturaga va tajiriba almashishlarga yuborildi. Toshkentdan professorlar: T.Sarimsoqov, S.Sirojiddinov, L.Volkovskiy, N.Romanov, B.Levin, I.Arjanix, X.Rasulov, A.Ayupov, D.Babaev, Kievdan professorlar: I.Kandilenko, G.Svetkov, I.Xarchenko, G.Sidorenko, dotsentler V.Solonko, I.Skripniklar pedagogika institutiga kelib talabalarimizga ma`ruzalar o`qidi.

Pedagogika institutini bitirgan ko`pgina yigit-qizlar Qoraqalpog`istonning atoqli davlat arboblari el rahbarlari bo`lib etishdilar. Ulardan Mehnat Qahramonlari Q.Kamalov, B.Qurbonovlar, shuningdek xalq xizmatida bo`lgan K.Rzaev, A.Gaypova, Q.Abdirov, N.Qoylibaev, A.Kazbekov, T.Sherbekov, Q.Yusupov, S.Qaniyazov, S.Saparov, S.Seytnazarov va boshqa xalq ardog`idagi insonlarni atab ko`rsatish o`rinli.

Bu davrda institutda K.Ubaydullaev, P.Tetyushev, S.Kamalov, K.Rzaev va T.Izimbetovlar rektor lavozimlarida faoliyat ko`rsatdilar.

1974-yili institutning 250 nafar talabasi yozgi dam olish paytida o`sha davrdagi Taxiatosh  gidrouzelini qurishga fidokorona qatnashdi. Natijada, qurilishga qatnashgan talabalarimizdan Q.Qoщanov va M.Maxmudovlar Berlinda o`tkazilgan o`ninchi Jahon yoshlari festivaliga qatnashishga muyassar bo`ldi. 4 nafar talaba hukumat medallari va 39 nafar talaba Oliy Kengashning Hurmat yorlig`i bilan taqdirlandi.

1975-yilga  kelib institutda talabalar soni 4496 nafarga, kafedralar soni 27 taga etdi. Ularda 240 nafar o`qituvchilar faoliyat ko`rsatib, shundan 97 nafari ilmiy darajali bo`lib, ilmiy salohiyat esa 40,4 %ni tashkil qildi. Ilmiy darajali o`qituvchilar soni yil sayin ortib bordi. Shu davrda institutimizdan  M. Nurmuxammedov O`zbekiston FA akademigi, S.Kamalov O`zbekiston FA muxbir-a`zosi, S.Axmetov, R.Reymov, Q.Maqsetov, U.Shalekenov, T.Taubaev, E.Berdimuratov, R.Qosbergenov, J.Bazarbaev, A.Nurmaxanovalar fan doktorlari darajasiga erishdilar.

1976-yili pedagogika instituti asosida hozirgi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti tashkil topdi va uning kadrlari, asosan, pedagogika instituti professor-o`qituvchilari hisobidan ta`minlandi.

1990-yil 20-avgustdagi O`zbekiston Respublikasi Ministrlar Kabinetining №293-sonli va Qoraqalpog`iston Respublikasi Ministrlar Kengashining 1990-yil 14-sentyabrdagi №223/9-sonli Qarorlari bilan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti qaytadan tashkil qilindi.

Yangidan tashkil qilingan institut rektori vkazifasiga akademik J.Bazarbaev tayinlanib, professor-o`qituvchilardan Q.Kamalov, A.Najimov, M.Ajibekov, B.Shamambetov, J.Ubbiniyazov, M.Mambetullaev, M.Tileumuratov, O.Asamatdinov, O`.Aleuov, O.Dospanov, K.Qurambaev, Yu.Ibragimov, G`.Asenov, B.Allamuratov, B.Sherbaev kabi atoqli olimlar institutning ilm-fan va ta`lim-tarbiya ishlarini jadallashtirishda samarali mehnat qildilar.

Xorijiy talabalar uchun

Hozirgi vaqtda Nukus davlat pedagogik institutida yangi va barcha qulayliklarga ega auditoriyalar, barcha oquv qollanma va resuslar bilan taminlangan bólib, kutibxonalarda qosimcha boshqa resurslarni óqishi mumkin va chet ellik studentlar uchun yurtimizning barcha talabalari qatori ularni turar-joy bilan táminlash masalasi yólga qóyilgan bólib, 2, 3 va 5 órinliq yotoqxonalar barcha sharoitlari bilan foydalanishga topshirilgan. Yotoqxonalarda barcha zamonaviy axborot texnologiyalari bilan táminlangan. Talabalarning dars jarayonida yetarli bilim olishi uchun barcha sharoiytlar yaratilgan.

Xalqaro hamkorlik

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Xalqaro hamkorlik asosida ilmiy tadqiqot va ta’lim tarbiya ishlarini rivojlantirish va jahonning ТОP 1000 taligiga kirgan ОТМ lar bilan xozirgi kunda  63 shartnoma va memorandumlar mavjud.

Jahonning ТОP 1000 taligiga kirgan ОТМ lar va yuqori ta’lim muassasalaridan 7 professor-o‘qituvchilar va mutaxassisliklar  institutning ta’lim jarayoniga jalb qilingan. Hozirgi kunda Nukus DPIda ta’lim olish uchun xorijiy fuqoralar jami Qozog’iston Respublikasidan 1 nafar talabalar boshlang'ich ta’lim yo‘nalishlarida o‘qib kelishmoqda.

2026 yilga kelib Germaniya Federativ Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Fransiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Pokiston, Malayziya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlari oliy o‘quv yurtlari bilan 63 ta shartnomalar imzolangan bo‘lib, ularning 15 ta shartnomasi TOP-1000 ga kirgan oliy o‘quv yurtlari hisoblanadi. Institutda ayni paytda Malayziyaning Linkoln universiteti bilan Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi, Qozog‘iston Respublikasining L.N.Gumilev nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti bilan biologiya, kimyo va qozoq tili yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu 4 ta qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha 17 nafar talaba tahsil olmoqda.
 

Til kurslari

{}

Talabalar uchun imkoniyatlar

{

EL-YURT HURMATIGA SAZOVOR

 QAHARMON USTOZLAR-BIZNING FAXRIMIZ

 

Allaniyaz O`teniyazov

 

Allaniyaz O`teniyazov 1956-yilda Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti Chet tillari fakul`tetiga o`qishga kirib,  uni 1962-yili tugatgan. Talabalik yillarida chuqur bilim olish bilan birga o`zining mehnat sevarligi bilan tanildi, paxta yig`im-terim ishlarida faol qatnashdi, har yili 15-16 tonnadan ortiq paxta terishga erishib, eng oldingi safdagi yoshlardan biri bo`ldi. 1962-2002-yillari Nukus tumanidagi 4-maktabda o`qituvchi bo`lib ishladi. U 1954-yildan boshlab o`zi istiqomat qiladigan hududda yozgi mehnat ta`tili davrida o`z vaqtini xayr-saxovat ishlariga bag`ishlab, kam ta`minlangan, nogiron va etim-nochorlarga  40ta uy-joy, 2 maktab, 30 o`rinli 2ta bolalar bog`chasi, 2ta qishloq shifokorlik punkti, 1ta kutubxona binosini beg`araz qurib, xalqqa in`om etdi. 2000 yili 15 gektar maydonda bog`-rog`lar yaratdi. Allaniyaz O`teniyazovning mehnatlari munosib baholanib, Qoraqalppog`stonda xizmat ko`rsatgan o`qituvchi, O`zbekiston xalq o`qituvchisi, O`zbekiston selektsioneri faxriy atoqlari berildi va Mehnat Shuhrati ordeni bilan mukofotlandi.

Fidoyi inson, jonkuyar ustoz Allaniyaz O`teniyazovning sharafli mehnatlari yuksak baholanib, unga 2001-yili oliy mukofot - O`zbekiston Qaharamoni unvoni berildi.

Vera Borisovna Pak

Vera Pak 1956-yili Qoraqalpoq davlat pedagogika institutining Tabiatshunoslik-geografiya fakul`tetiga o`qishga  kirib, uni 1961-yilda muvaffaqiyatli tamomlaydi. U o`z mehnat faoliyatini 1961-yili Xiva shahridagi 3-maktabda  ximiya va biologiya fani o`qituvchisi sifatida boshladi. 1984-1985-yillarda Xiva shahar Xalq ta`limi bo`limida inspektor lavozimida ishladi. 1985-yildan hozirgacha  Xiva shahridagi 20-Mehribonlik uyida direktor lavozimida ishlab kelmoqda.

Yuksak ma`naviy qalb egasi bo`lgan bunday  pedagog-insonlar qaerda yashamasin ezgu ish va ma`rifat yo`lida doimo  insonlarga ibrat bo`lib  kelgan.

Vera Pakning ko`p yillik sharafli mehnatlari va yutuqlari hisobga olinib, unga 1992-yili O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan Xalq ta`limi a`lochisi unvoni berildi. U 2004-2009-yillarda  O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining  a`zosi bo`lib saylandi.

Mehridaryo tarbiyachi Vera Borisovna Pak 2001-yili O`zbekiston Qaharmoni faxriy unvoniga ega bo`ldi.

 

To`lepbergen Qayipbergenov

To`lepbergen Qayipbergenov 1955-yili Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti Rus tili va adabiyoti fakul`tetini muvaffaqiyatli tamomladi. Bo`lg`usi adib dastlab «Amudaryo» jurnalida adabiy xodim, Bosh muharrir, Qoraqalpog`iston radiosi boshlig`ining o`rinbosari, Qoraqalpog`iston Respublikasi gazetalarida Bosh muharrir, Qoraqalpog`iston Respublikasi matbuot qo`mitasi boshlig`i o`rinbosari lavozimlarida faoliyat ko`rsatdi. 1980-yildan boshlab umrining oxirigacha Qoraqalpog`iston Yozuvchilar Uyushmasi raisi vazifasida ishladi. Ijodkorning kitoblari qoraqalpoq, o`zbek, rus va boshqa tillarda nashr qilingan. T.Qayipbergenovning asarlari yuqori baholanib, unga O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq yozuvchisi faxriy unvonlari berildi. U Qoraqalpog`iston Respublikasi Berdaq nomidagi, Xalqaro Mahmud Qoshg`ariy va M.Sholoxov nomidagi mukofotlar laureati.

Yozuvchi To`lepbergen Qayipbergenov 2003-yili Vatanimizning yuksak mukofoti  - O`zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor  bo`ldi.

Ibrayim Yusupov

Ibrayim Yusupov 1949-yili Qoraqalpoq davlat pedagogika institutii Tarix-filologiya fakul`tetining Qoraqalpoq tili va adabiyoti bo`limini tamomladi. 1949-1962-yillari institutning qoraqalpoq adabiyoti fani o`qituvchisi, 1961-1962-yillari «Amudaryo» jurnalining Bosh muharriri, 1962-1965-yillarda mas`ul kotib, 1965-1980-yillari Qoraqalpog`iston Yozuvchilar uyushmasi raisi, 1980-1988-yillarda «Erkin Qaraqalpaqstan» gazetasining Bosh muharriri, 1994-yili Tinchlikni saqlash qo`mitasining Qoraqalppog`iston bo`limi boshlig`i, 1994-2000-yillari Qoraqalpog`iston Respublikasi Ma`naviyat va ma`rifat markazining boshlig`i lavozimlarida faoliyat ko`rsatdi. Ibrayim Yusupov O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Respublikasi xalq shoiri. Shoirning ko`pgina she`r, qissa va poemalari o`zbek, qozoq, turkman, rus va boshqa tillarida nashr qilingan.

Xalqimizning ardoqli farzandi Ibrayim Yusupovga 2004-yili O`zbekiston Qahramoni unvoni berildi.

G`ayratdin Xo`janiyazov

 

G`ayratdin Xo`janiyazov 1972-yili Qoraqalpoq davlat     pedagogika institutini tugallab, O`zbekiston Respublikasi  Fanlar akademiyasining Qoraqalpog`iston filiali N. Dauqaraev nomidagi Tarix, Til va adabiyot instituti Arxeologiya sektorida faoliyatini boshladi. 1974-1977-yillari Moskvadagi M.Lomonosov nomli davlat universitetida va Rossiya Fanlar akademiyasining Arxeologiya institutida o`zining tajribasini oshirdi. 1996-yili nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. U 2000-yildan boshlab O`zbekiston Respublikasi  Fanlar akademiyasi Qoraqalpog`iston bo`limi Tarix, arxeologiya va etnografiya institutining Arxeologiya bo`limiga rahbarlik qilmoqda. G`ayratdin Xo`janiyazov bir qancha ilmiy monografiyalar bilan birga, ikki yuzdan ortiq ilmiy, ilmiy-publitsistik ishlarning muallifi.

Olim 2001-yili O`zbekiston Respublikasi  Mustaqilligining 10 yilligi  esdalik nishoni, 2003-yili Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlandi.

Arxeolog-olim G`ayratdin Xo`janiyazovga 2008-yilda O`zbeksiton  Qahramoni unvoni berildi.

Marat Nurmuxammedov

1950-yili Qoraqalpoq davlat pedagogika institutini tamomlagan. 1953-yilda nomzodlik, 1956-yilda esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan, professor. O`zbekiston va Qoraqalpog`istonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi. O`zbekiston Respublikasi  Beruniy  nomidagi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Berdaq nomidagi Davlat mukofotlari sovrindori. 1974-yili O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi qilib saylangan.

Sabir Kamalov

1948-yili Qoraqalpoq davlat pedagogika institutini tamomlagan. 1953-yili nomzodlik, 1969-yili esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan, professor. O`zbekiston va Qoraqalpog`istonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi. Qoraqalpog`iston Respublikasi Berdaq nomidagi Davlat mukofoti sovrindori. 1979-yili O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi qilib saylangan.

Tarixchi olim O`zbekiston Respublikasi «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan.

 

Abatbay Dauletov

1964-yili Qoraqalpoq davlat pedagogika institutini tamomlagan. 1972-yili nomzodlik, 1994-yilda esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan, professor. Qoraqalpog`istonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi. 1995-yili O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi qilib saylangan.

Jumanazar Bazarbaev

1955-yilda Qoraqalpoq davlat pedagogika institutini tamomlagan. 1964-yili nomzodlik, 1973-yilda esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan, professor. O`zbekiston va Qoraqalpog`istonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan oliy va o`rta maxsus ta`lim fidoiysi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Berdaq nomidagi Davlat mukofoti sovrindori. 2000-yili O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi qilib saylangan.

Amin Baxiev

1961-yili Qoraqalpoq davlat pedagogika institutini tamomlagan. 1969-yili nomzodlik, 1981-yilda esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan, professor. Qoraqalpog`istonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Berdaq nomidagi Davlat mukofoti sovrindori. Olim O`zbekiston Respublikasi «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlandi. 2000-yili O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi qilib saylangan.

Husniddin Hamidov

1955-yili Qoraqalpoq davlat pedagogika institutni tamomlagan. 1967-yili nomzodlik, 1990-yilda esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan, professor Qoraqalpog`istonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi. U 1998-yili «Shuhrat» medali bilan mukofotlandi. 2000-yili O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi qilib saylangan.

}

Fakultetlar

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti qaytatdan tashkil etilganligi bilan 1990 yili «Pedagogika» fakulteti etib tashkillashtirildi. Fakultetni professor J.Narimbetov boshqardi. 1992-1994 yillari professor O.Alewov, 1994-1998 yillari professor O.Dospanov, 1998-2000 yillari dotsent T.Xalmuratov, 2000-2005 yillari dotsent SH.Saparovlar dekan lavozimida boshchilik etti. 2005 yil sentyabr oyidan «Boshlangich ta`lim metodikasi» va «Maktabgacha tarbiya» fakultetlari biriktirilib, «Pedagogika» nomi bilan nomlandi va fakultetga f.f.n. P.Najimov boshchilik etti. 2008 yil oktyabr oyidan boshlab fakultetning nomi «Maktabgacha tarbiya» fakulteti bo`lib o`zgardi va fakultetda p.f.n. Q.Seytmuratov dekan lavozimida ishladi. 2010 yil aprel oyidagi institut ilmiy kengashining qarori bilan rektor buyrug`i asosida fakultet nomi «Pedagogika» bo`lib o`zgartildi va g.f.n. K.Jaqsimuratov fakultet dekani etip bekitildi. 2013-2016 yillari fakultetga dotsent Z.Klicheva, 2016-2017 yillari katta o`qituvchi M.Allayarovlar boshchilik etti. 2017-2025 yillar ps.f.n, dotsent SH.Saparov dekan lovozimida boshqarib kelgan bo’lsa 2025-yil sentyabr oyidan pedagogika va jismoniy madaniyat fakultetleri biriktirilib Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti bo`lib o`zgartildi va p.f.n. professor U.Seytjanova fakultet dekani lovozimida ishlab kelmoqta.

           

Fakultet tarkibidagi kafedralar:

Umumiy pedagogika

Umumiy psixologiya

Musixiy ta’lim

Tasviriy san`at va muxandislik grafikasi

Jismoniy madaniya va sport

 

Ta`lim yo`nalishlari:

60110100-«Pedagogika»

60111300-«Musixiy ta’lim»

60310300-«Psixologiya»

60110500-«Tasviriy san`at va muxandislik grafikasi»

60111200-«Jismoniy madaniyat»

 Umumiy professor-o’qituvchilar soni 120 ta dan aslamni quraydi.

Bugingi kunda 2025-2026 o’quv yilida fakultetta umumiy 1316 ta talaba oqib bilim olib kelmoqta. Oquv qoraqalpoq, o’zbek, qozoq va rus tillarida o’qitiladi.

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti qayta ochilishi bilan 1990-yili Maktabgacha tarbiya fakulteti tashkil etildi. Fakultetga professor J.Narimbetov, 1992-yili professor O‘.Aleuov, 1994-yili professor O.Dospanovlar dekan lavozimida rahbarlik qildi. 2005-yilda Maktabgacha tarbiya va Boshlang‘ich ta’lim fakultetlari birlashtirilib, Pedagogika nomi bilan atalib, unga filologiya fanlari nomzodi P.Najimov rahbarlik qildi. 2008-yil oktyabr oyidan boshlab Maktabgacha tarbiya fakultetiga aylantirildi, fakultetga pedagogika fanlari nomzodi Q.Seytmuratov rahbarlik qildi. 2010-yil aprel oyidagi institut ilmiy kengashining qarori bilan rektor buyrug‘i asosida Pedagogika fakultetiga o‘zgartirildi va bu fakultetga geologiya fanlari nomzodi K.Jaksimuratov rahbarlik qildi.

Maktabgacha ta’lim kafedrasi Pedagogika fakultetining, so‘ngra 2013-2019-yillar davomida Boshlang‘ich ta’lim fakulteti tarkibida faoliyatini davom ettirdi.

2019-yilda Maktabgacha ta’lim fakulteti qayta ochilib, 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti bo‘lib o‘zgarib bugungi kunda fakultetni pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent M.X.Allambergenova rahbarlik qilib kelmoqda. Fakultet o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari Q.Tleumuratov va I.Taspolatovlar hamda yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari D.Bektursinov, Q.Sultanovlar o‘zlariga tegishli ishlarni bajarib kelmoqda.

Bugungi kunda maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida jami 57 professor-o‘qituvchilar bo‘lib, 4 professor, 13 fan nomzodi, shundan 10 dotsent, 12 katta o‘qituvchi, 18 assistent o‘qituvchi va 10 stajyor o‘qituvchi xizmat ko‘rsatmoqda.

Maktabgacha ta’lim fakulteti tarkibidagi kafedralar:

1. Maktabgacha ta’lim;

2. Maktabgacha tarbiya va defektologiya;

3. Boshlang‘ich ta’lim;

 

 

 

Maktabgacha ta’lim fakulteti tarkibidagi ta’lim yo‘nalishlari:

1. 60110200-Maktabgacha ta’lim;

2. 60110300-Maxsus pedagogika: Logopediya;

3. 60110301-Maxsus pedagogika: Surdopedagogika;

4. 60110302-Maxsus pedagogika:Oligofrenopedagogika;

5. 6010400-Boshlang‘ich ta’lim;

2019-yildan shu davrgacha Maktabgacha ta’lim kafedrasini prof. G.X.Jumasheva boshqarib kelmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari "Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashning pedagogik va psixologik asoslari" mavzusida kafedraning ilmiy mavzusi bo‘yicha o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. 60110200 - Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi pedagogika texnikumlari uchun maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qituvchilarni hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tarbiyachi-pedagoglarni tayyorlaydi.

Kafedrada ilmiy-uslubiy va o‘quv-uslubiy seminarlar tashkil etilib, kafedra a’zolari o‘z faoliyatini ko‘rsatib, iqtidorli talabalar bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Shunday iqtidorli talabalardan biri M.Sobirova 2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendianti bo‘lishga muyassar bo‘ldi va hozirgi vaqtda institutimizning Pedagogika kafedrasida o‘qituvchi bo‘lib ishlab kelmoqda.

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining 2020-yil

14-avgust kungi 427 D/1 sonli buyrug‘i asosida "Maktabgacha tarbiya va defektologiya" kafedrasi maxsus pedagogika bo‘yicha mutaxassis tayyorlovchi kafedra sifatida tashkil etildi.

Maxsus pedagogika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlangan mutaxassislar maxsus ixtisoslashtirilgan ta’lim maktablari, maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli muassasalar va nodavlat tashkilotlarda defektolog, logoped, surdopedagog, oligofrenopedagog sifatida faoliyat ko‘rsatadi.

"Maktabgacha tarbiya va defektologiya" kafedrasiga pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Bekmanova Jamila Abdullayevna rahbarlik qilib kelmoqda.

"Boshlang‘ich ta’lim" kafedrasiga pedagogika fanlari doktori, p.f.d., (DSc), professor Kurbaniyazova Zamira Kalbayevna rahbarlik qilib kelmoqda.

Boshlang‘ich ta’lim kafedrasida 60110400 - "Boshlang‘ich ta’lim" bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qoraqalpoq, o‘zbek, rus, qozoq va turkman tillarida ta’lim olib borilmoqda. Shuningdek, 70110401 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi hamda 70110501 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) mutaxassisligi bo‘yicha ham qoraqalpoq, o‘zbek tillarida boshlang‘ich ta’lim tizimiga ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, kafedrada 24 professor-o‘qituvchi talabalar va magistrantlar o‘rtasida ta’lim-tarbiyaviy ishlarni olib borish bilan bir qatorda ko‘plab o‘quv-uslubiy bazani mustahkamlash bo‘yicha ish olib bormoqda. Shundan, 3 professor, 4 dotsent, 2 p.i.f.d. (PhD), 2 ta katta o‘qituvchi, 9 ta assistent o‘qituvchi, 4 ta stajyor o‘qituvchi bo‘lib, ilmiy daraja 37,5% ni tashkil etadi.

Fakultetimizda yo‘lga qo‘yilgan “Ustoz-shogird” an’anasi asosida 2023-2024-o‘quv yili uchun N.Jumamuratova – Ajiniyoz nomidagi stipendiya, S.Yusupova – “Ajiniyoz” stipendiyasi, R.Shabatova – “Navoiy” stipendiyasi, G.Seytbayeva – “Navoiy” stipendiyasi; 2024-2025-o‘quv yili uchun M.Mubarakova – Prezident davlat stipendiyasi, A.Reymbayeva – Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi, R.Eshmuratova – Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi, G.Klishbayeva – Ajiniyoz nomidagi stipendiya, A.Kudyarova – Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi, G.Imomova – Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi, G.Yuldashova – Ibroyim Yusupov nomidagi davlat stipendiyasi, U.Umirbayeva – To‘lepbergen Qayipbergenov nomidagi davlat stipendiyasi, Sh.Aytbayeva – Ajiniyoz nomidagi stipendiya; 2025-2026-o‘quv yili uchun M.Jumabayeva – Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi, A.Abilova – Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi, Sh.Kaliknazarova – Ibroyim Yusupov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lishga erishdi.

Hozirgi kunda fakultetda jami 2093 o‘quvchi ta’lim olmoqda, shundan 16 o‘g‘il bola, 2077 qiz bolani tashkil etadi.

Fakultet 1937-yilda pedagogika institut tarkibida rus tili va adabiyoti Fakulteti bo`lib tashkil etildi.  U 1963 yili “Chet tillari Fakulteti” bo`lib  kayta nomlandi.  Fakultet o`zining boy tarixi va an`analariga ega. Bu Fakultetni respublikamizga mashhur olimlar, akademiklar M.Nurmuxamedov, U.Xamidov, O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq yozuvchisi, O`zbekiston Qahramoni T.Qayipbergenov, A.Uteniyazov va bir qator davlat arboblari tugatgan. 1990 yili pedinstitut qayta ochilganida uning tarkibida Rus tili va adabiyoti Fakulteti o`z ishini davom etdi. 2000 yildan Rus-ingliz filologiyasi, 2004 yildan e`tiboran Chet tillari Fakulteti nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu Fakultetni 1990-2017 yillar mobaynida prof.Q.Qoshanov, dots.B.Xoshanov, p.f.n.B.Shaniyazov, f.f.n.M.Abdullaev, dots.G.Qurbaniyazov, f.f.n.D.Mamirbaevalar boshqargan. 2017 yilning iyun` oyidan boshlab fakultetga filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ilya Dilmanov rahbarlik qilmoqda. Dekan o`rinbosari lavozimida S.Saparov, N.Mambetaminov, M.Allaniyazovalar ishlab kelmoqda. 2023-2024 o`quv yilida fakultetning rus tili va adabiyoti va ingliz tili va adabiyoti kafedralarida 78 professor-o`qituvchi, shu jumladan, 1 nafar professor, 7 nafar falsafa doktori (PhD), 10 ta fan nomzodi va dotsentlar bo`lib, bu jamoa 1089 nafar talabaga ta`lim-tarbiya berib kelmoqda. Fakultetda Ingliz tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti (o`zga tildagi guruhlarda) bakalavr ta`lim yo`nalishi bo`yicha tayorlanmoqda. Shuningdek, 2018-2019 o`quv yilida  magistraturada Rus tili va adabiyoti mutaxassisligi bo`yicha kadrlar tayorlash ishi boshlandi. 2023-2024 o’quv yilida Chet tili va adabiyoti (inglis tili) mutaxassisligi bo’yicha 5 nafar magistrant, Rus tili va adabiyoti bo’yicha 1 nafar magistrant qabul qilindi

FAKULTET KAFEDRALARI:

  1. Rus tili va adabiyoti kafedrasi 
  2. Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 
  3. Fakultetleraro chet tillari kafedrasi 

TA’LIM YO’NALISHLARI

  1. 5111400-Xorijiy til va adabiyoti (Ingliz tili va adabiyoti)
  2. 5111300- Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti)
  3. 5111301- Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti o`zga tildagi guruhlarda)

Nukus davlat pedagogika institutining Ellikqal’a fakulteti 2019-yil 24-iyul kuni Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 669-sonli buyrug’i bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi Bo’ston akademik litseyi bazasida tashkil qilindi. Ellikqal’a tumanida fakultetning tashkil qilinishi Qoraqalpog’iston Respublikasining janubiy tumanlari hamda turli viloyatlardan (Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo) kelib ta’lim olayotgan talabalar uchun juda katta imkoniyat bo’ldi.

Moddiy-texnik baza va Imkoniyatlar

Fakultetning 720 o’quvchi quvvatiga ega o’quv binosi hamda 2ta binodan iborat bo’lgan 300 o’rinli talabalar turar joyi mavjud. Shuningdek, o’quv binosida talabalar va o’qituvchilar uchun quyidagi qulayliklar va infratuzilma yaratilgan:

  • Sport zal va gimnastika zali;
  • 300 o’rinli zamonaviy oshxona;
  • 300 o’ringa mo’ljallangan majlislar zali hamda 100 o’ringa mo’ljallangan ma’ruza zallari;
  • Kompyuter xonasi va Chet tillarni o’qitishga mo’ljallangan so’nggi andozadagi kompyuter sinf xonasi;
  • 1700 kitob fondiga ega Kutubxona va uning 50 o’rinli shinam o’quv zali.

 

Kutubxona fondining tarkibi:

Adabiyot turi

Soni (nusxa)

O’quv qo’llanmalar

900

Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar

615

Badiiy adabiyotlar

120

Darsliklar

65

O’quv jarayoni va Ma’naviy-ma’rifiy hayot

2019-2020 o’quv yili boshlanishi bilan institutning Ellikqal’a fakultetida o’qish istagini bildirgan 600 nafarga yaqin talabalar turli mutaxassisliklar bo’yicha tahsil olib kelmoqdalar. Ularga institutning yuqori malakali professor-o’qituvchilari ta’lim berishmoqda.

Muhtaram Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbuslari doirasida darslardan tashqari vaqtlarda sport, fan va kompyuter savodxonligi to’garaklari muntazam yo’lga qo’yilgan. Fakultet talabalarining «Creativ» Quvnoqlar va zukkolar jamoasi, shuningdek, Davlat tili to’g’risidagi, O’qituvchilar va murabbiylar kuni hamda Davlat ramzlariga bag’ishlab o’tkazilgan bayram tadbirlarida faol ishtirok etib kelayotgan badiiy-ijodiy va teatrlashgan yosh havaskorlar jamoalari o’z faoliyatlarini kengaytirib bormoqdalar.

Talabalar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida sportning voleybol, futbol, stol tennisi, yengil atletika, kurash hamda shaxmat turlari bo’yicha doimiy ravishda musobaqalar o’tkazib kelinmoqda.

Tarkibiy Tuzilma: Kafedralar va Ta’lim Yo’nalishlari

Fakultet tarkibidagi kafedralar:

  • Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi
  • Umum taʼlim fanlar va masofaviy taʼlim kafedrasi

Mavjud ta’lim yo’nalishlari:

  • Matematika o’qitish metodikasi
  • Jismoniy madaniyat
  • O’zbek tili va adabiyoti
  • Ingliz tili va adabiyoti
  • Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish
  • Maktabgacha ta’lim
  • Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi

Aniq fanlar fakulteti So‘nggi yillarda fakultetga dotsentlardan K.Turdanov, M.Jalelov, K.Elg‘ondiyev, J.Seypullayev, A.Kamalov rahbarlik qilgan bo‘lsa, 2020-yildan boshlab hozirgi kunda dotsent R.Jiemuratov rahbarlik qilib kelmoqda. Fakultet dekani R.Jiemuratov 2022 yilda Qozon federal universitetida va 2023 yilda Finlyandiyada ilmiy-pedagogik safarda bo‘lib, o‘z malakasini oshirdi. So‘nggi yillarda fakultetga dotsentlardan K.Turdanov, M.Jalelov, K.Elg‘ondiyev, J.Seypullayev, A.Kamalov rahbarlik qilgan bo‘lsa, 2020-yildan boshlab hozirgi kunda dotsent R.Jiemuratov rahbarlik qilib kelmoqda. Fakultet dekani R.Jiemuratov 2022 yilda Qozon federal universitetida va 2023 yilda Finlyandiyada ilmiy-pedagogik safarda bo‘lib, o‘z malakasini oshirdi. Bugungi kunda fakultetda 1000 dan ortiq talaba yoshlar tahsil olib, har yili 300 dan ortiq talaba fakultetni bitirib, bakalavr diplomiga ega bo‘lmoqda.  Fakultet dekani dotsent R.Jiemuratov rahbarligida o‘quv, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda bir qancha yutuqlar qo‘lga kiritilib kelinmoqda. Hozirgi vaqtda fakultet tarkibida Matematika, Raqamli texnologiyalar, informatika va robototexnika kafedralarini o‘z ichiga olib, jami 60 dan ortiq professor-o‘qituvchi bo‘lib, hozirgi vaqtda yoshlarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.

Fakultetdagi ta’lim yo‘nalishlari:

Matematika va informatika

Amaliy matematika

Matematika

Matematika kafedrasi

1935-1936-yillari Qoraqalpog‘iston o‘qituvchilar institutining Fizika-matematika fakulteti tashkil etilib, bu fakultetda Fizika-matematika fanlari kafedrasi ochildi va uni Rossiya o‘quv yurtlaridan chaqirilgan olim M.V.Sheglov boshqardi.

1948-1949 o‘quv yilida Fizika-matematika fanlari kafedrasi Matematika va Fizika kafedralariga bo‘lindi. 1950-1960-yillarda Matematika kafedrasida Fizika-matematika fanlari nomzodlari F.V.Tomashevskiy va B.V.Levin, pedagogika fanlari nomzodi A.Z.Nasirovlar faoliyat ko‘rsatib, o‘quv-tarbiya ishlarini olib borish bilan bir qatorda dastlabki fan nomzodlarini takomillashtirishga ham o‘z hissalarini qo‘shdilar.

1969-yilda "Matematika" kafedrasi "Matematik analiz" va "Umumiy matematika" kafedralariga bo‘lindi. "Umumiy matematika" kafedrasini M.Galekeev boshqarib, bu kafedrada 14 o‘qituvchi ishladi, ular qatorida fizika-matematika fanlari nomzodlari O.Saparniyazov va I.Maxsudov, pedagogika fanlari nomzodi T.Tavbayevlar bor edi.

1990-yilning 1-sentyabr kuni Nukus davlat pedagogika instituti qaytadan ochildi. Bu institutning Muhandislik-pedagogika fakulteti tarkibida Matematika-informatika kafedrasi bo‘ldi.

1996-yilda fakultet tarkibida Oliy matematika, Matematikani o‘qitish metodikasi, Informatika va hisoblash texnikasi kafedralari mavjud edi.

2015-yilda "Umumiy matematika" kafedrasi "Matematika o‘qitish metodikasi" kafedrasi deb qayta nomlandi. 2015-2016-yillarda kafedraga fizika-matematika fanlari nomzodi G.Qaypnazarova rahbarlik qildi.

2016 yildan bugunga qadar kafedrani professor B.Prenov boshqarib kelmoqda. 2017-yilda kafedrada 28 professor-o‘qituvchi faoliyat yuritib, ilmiy daraja 28,5% bo‘lgan. Shunday qilib, hozirgi vaqtda kafedra tarkibida umumiy 50 ga yaqin professor-o‘qituvchi bo‘lib, ulardan 35 professor-o‘qituvchi to‘liq shtatda ishlaydi va kafedra ilmiy darajasi 50% dan yuqori ko‘rsatkichga ega.

Raqamli texnologiyalar, informatika va robototexnika kafedrasi

1990-yilning 1-sentyabr kuni Nukus davlat pedagogika instituti qaytadan ochildi. Mazkur institutning Muhandislik-pedagogika fakulteti tarkibida "Oliy matematika va informatika" kafedrasi ochildi. Kafedra mudiri t.i.k. dotsent B.Axmetov boshqardi. Kafedra tarkibida 11 o‘qituvchi, 3 muhandis, 1 operator, 1 katta lobarant va 1 lobarant ishladi.

1996-yil 13-dekabrda "Matematika-informatika" fakulteti bazasida "Informatika va hisoblash texnikasi" kafedrasi ochildi, 2001-yil "Informatika va axborot texnologiyalari," 2010-yil "Informatika o‘qitish metodikasi" kafedrasi nomiga o‘zgartirildi. 2010-2016-yillarda "Informatika o‘qitish metodikasi" kafedrasiga fizika-matematika fanlari nomzodi A.Tureniyazova rahbarlik qildi. Bu davrda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi. 2012-yilning 1-martida M.X.Allambergenova "Informatika fanidan interaktiv o‘quv komplekslar yaratish va ulardan ta’lim jarayonida foydalanish" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2016 yil uchun "Eng yaxshi pedagog-tadqiqotchi" tanlovining Respublika bosqichining Pedagogika ta’lim sohasi bo‘yicha nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. M.X.Allambergenova tomonidan 100 dan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan bo‘lib, ular 1 monografiya, 2 darslik, 6 o‘quv qo‘llanma, 18 o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 2 uslubiy tavsiyanoma hamda 102 ilmiy maqola va tezislardan hamda 3 patentdan iborat.

2017-2023 yillarda "Informatika o‘qitish metodikasi" kafedrasini fizika-matematika fanlari nomzodi M.Alaminov boshqargan. Kafedra o‘qituvchilaridan 2018-yil P.Qalxanov, 2020-yil J.O‘tepbergenov, 2021-yil Z.Ilyasova, 2022-yil J.Pirekeev, 2023-yil M.Mambetniyazov, O.Zaripov, B.Tlegenov o‘z ilmiy ishlarini himoya qilib, ilmiy darajali diplom oldi.

Kafedrada hozirgi vaqtda 20 shtat birligi bo‘lib, 2023-yil noyabr oyidan boshlab p.i.f.d. (PhD) dots.J.O‘tepbergenov boshqarib bormoqda.

1996-2026-yillar davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 10 dan ortiq darslik, 40 dan ortiq o‘quv qo‘llanma, 200 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar, 300 dan ortiq ilmiy maqolalar, 400 dan ortiq tezislar respublika va xalqaro jurnallarda nashr etildi.

Fakultet tarkibi: Fakultet dekani tarix fanlari doktori – M.Saribaev , Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o’rinbosari D.Reimov, O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosarlari N.Djumageldiev, B.Sag`indikov, R.Utepbergenov, Ilmiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari S.Dosmaganbetov, “Tarix o’qitish metodikasi” kafedrasiga t.f.d. (DSc) R.Bazarbaev, “Ijtimoy “ kafedrasi v.v.b (PhD) U.Xojaniyazov,  “Milliy g’oya ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasiga p.f.d. (PhD) E.Tilewov, “Geografiya o’qitish metodikasi” kafedrasiga  g.f.k dotsent G.Utepova boschilik qilmoqda. 2023-2024 o’quv yilida fakultet talabalar soni 727 nafarni tashkil etti.

Tarix fakul`teti bugungi kunda Respublikamizning Xalq ta`limi sohasi uchun tarixchi, geograf, milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi bo`yicha oliy ma`lumotli pedagog kadrlar tayyorlashga yo`naltirilgan.

Fakul`tetda talabalarning bilim olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Barcha o`quv auditoriyalari komp`yuter va videoproektorlar bilan jihozlangan bo`lib, lokal` internet tarmog`iga ulangan. Bundan tashqari professor-o`qituvchilar va talaba yoshlarning erkin foydalanishlari uchun bepul Wi-Fi uskunalari o`rnatilgan. Fakul`tetdagi komp`yuter va lingofon sinflaridan talabalar dars jarayonlarida foydalanib kelmoqda. Bunday imkoniyatlardan unumli foydalangan professor-o`qituvchilar talabalarga zamonaviy va ilg`or pedagogik ta`lim texnologiyalarini qo`llagan holda dars mashg`ulotlarini o`tib kelmoqda.

Talabalar olgan nazariy bilimlarini doimiy ravishda amaliyotlarda mustahkamlab boradi. Jumladan, 1,2-kurs talabalari o`quv-dala, arxeologik, etnografik va ishlab chiqarish amaliyotlarini o`tayotgan bo`lsa, 2-3-4-kurs talabalari esa 4+2 tizimi bo`yicha 4 kun oily ta`lim muassasasida va 2 kun umumiy o`rta ta`lim maktablarida pedagogik amaliyot o`tab kelishmoqda.

Fakul`tetda talabalarga yaratib berilgan imkoniyatlar natijasida fakul`tet talabalari orasidan davlat stipendiyalari g`oliblari bo`lmoqda.

Xususan: Tarix o`qitish metodikasi talabasi A.Abdullaeva, Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi talabasi D.Turkpenbaeva va Geografiya o`qitish metodikasi talabasi M.Bazarbaevlar «Navoiy» nomidagi Davlat stipendiyasi g`olibi bo`lgan bo`lsa, Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi talabasi A.Jumabaev va Geografiya o`qitish metodikasi talabasi A.Sharibayevlar  «Islom Karimov» nomidagi Davlat stipendiyasi, Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi talabalari J.Jollibaeva «Ajiniyoz» nomidagi va N.Muptullaeva «Kasaba uyushmalari» stipendiyalari  g`olibi bo`lishdi.

Shuningdek, fakul`tetimiz talaba yoshlari har yili Respublika miqyosida o`tkaziladigan har xil ko`rik tanlovlar va sport musobaqalarining faol ishtirokchilari.

2019 yil dekabr` oyida Toshkent shahrida o`tkazilgan “Tafakkur sinovlari” ko`rik-tanlovining  O`zbekiston Respublikasi final bosqichida fakul`tet jamoasi Respublikamizning barcha oliy ta`limi muassasalari orasidan faxrli 1-o`rinni egalladi.

Bunday tashqari, fakul`tet zukko yoshlaridan tashkil topgan «Shejire» intellektual klubi hamda quvnoq yoshlardan tarkib topgan «O`a-ha-ha» QVZ jamoalari har yili Respublika miqyosida o`tkazilib kelayotgan tanlovlarda sovrinli o`rinlarni egallashga muvaffaq bo`lib kelmoqda.

Fakultetning dastlabki poydevori o’qituvchilar institutida 1943-yilning sentyabridan fizika-matematika kafedrasi tarkibida ish boshlagan. Tabiatshunoslik-geografiya bo’limi asosida solinib, u keyinchalik 1948-yili fakultetga aylantirildi. Ushbu fakultetning birinchi dekani ximik katta o’qituvchi A.Buleshov bo’ldi. 1959-yili x.f.n. Pak Yakov fakultet dekani bo’lib tasdiqlandi. Bundan keyingi  1960-1965-yillar oralig`ida fakultetga prof. S.Erejepov, 1967-1968-yillarda A.Tleubergenov, 1969-1986-yillarda dots. Q.Aytbaevlar dekan lavozimida ishladi.

Mamlakatimiz mustahillikga erishgandan keyin Respublikada maktab o’qituvchilarini tayyorlashni takomillashtirish maqsadida 1990-1991-o’quv yilida Nukus davlat pedagogika institutining qayta tiklanishi bilan bu fakultet Tabiatshunoslik nomi bilan 1996-yili 5-sentyabrda qayta tashkillashtirildi va dekan lavozimida 1996-1998-yillari prof. B.Allamuratov, 1998-2002-yillari dots. Sh.Saparov, 2003-2010 yillari dots. Sh.Allamuratov, 2010-2021-yillari dots. A.Saparov, 2021 yilning mart oyidan boshlab dots. Q.Reymov boshchilik qilib kelmoqda.

   Fakultetimizda kimyo, biologiya, fizika, geografiya, texnologik ta'lim sohalari bo’yicha fan o’qituvchilarini tayyorlaydigan 60111300– Texnologik ta'lim,  60510100– Biologiya, 60530100 – Kimyo, 60530200–Geografiya, 60530500– Fizika, bakalavr  ta`lim yo’nalishlari va 70530510 - Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (fizika va astronomiya), 70530203-Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (geografiya), 70111301 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Texnologik ta’lim), 70530104 - Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (kimyo), 70510105 - Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (biologiya) magistratura mutaxassisligi hamda Qozog‘iston Respublikasi L.N.Gumilev nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti bilan hamkorlikda 7M01512 - Kimyo mutaxassisligi va 7M01513 - Biologiya mutaxassisligi Ajiniyoz nomidagi NDPI 70530101 – Kimyo, 70510101 - Biologiya mutaxassisliklari asosida 1+1 magistratura qo‘shma ta’limi yo‘lga qo‘yilgan.

Bitiruvchilarimiz respublikaning o’quv va ta`lim-tarbiya muassasalariga kelishilgan o’zaro shartnomalar asosida ishga to’liq joylashmoqda.

Talabalar kontingenti davlatimiz talabiga bog`liq yildan-yilga ko’paymoqda. Hozirgi kunda fakultetda 1199 talaba bakalavr ta`lim yo’nalishi bo’yicha bilim oladi.  Ularga 15 mingga yaqin atamadagi 145 mingdan oshiq nusxadagi zaxiraga ega kutubxona, hozirgi zamon texnik uskunalari bilan ta`minlangan, internet bilan ta`minlangan elektron kutubxona va sinflar, kabinet va laboratoriyalar foydalanuvda bo’lib, talabalar bilimining chuqurlashuviga asos bo’ladi. 

Faol talabalarga  ilmiy darajasi oliy, katta tajribaga ega professor-o’qituvchilar ustozlik etadi. Shu bilan birga fan a`lochisi va iqtidorli talabalar orasidan oxirgi 3 yil mobaynida talabalardan: 2 talaba A.Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori, 2 talaba I.Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori, 1 talaba Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi, 3 talaba Ajiniyoz nomidagi stipendiyasi sovrindorlari, 1 talaba I.Yusupov nomidagi stipendiyasi sovrindori bo’lishga erishdi.

Hozirgi kunda fakultetda “Kimyo”, “Biologiya”, “Geografiya”, “Fizika”, “Texnologik ta’lim” kafedralari bo’lib, ularda 11 fan doktori, professor, 13 fan nomzodi, dotsentlar, 40 PhD, dotsentlar, 35 katta o’qituvchi va assistent o’qituvchilar bo’lib, bakalavr va magistratura talabalariga dars o’tadi, ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi.

Bugungi kunda fakultet tarkibidagi Kimyo kafedrasida p.f.f.d. PhD, katta o’qituvchi M.B.Artikov, Biologiya kafedrasiga b.f.f.d. PhD, dotsent A.S.Berdibаyev, Geografiya kafedrasiga i.f.f.d PhD, dotsent U.K.Eshimbetov, Fizika kafedrasiga f/m.f.f.d., PhD S.K.Abdijaliev, Texnologik ta’lim kafedrasiga p.f.d DSc, N.T.Orinbetovlar boshchilik qilmoqda.

Fakultet kafedralari tarafidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpoq Tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy laboratoriyalari va Botanika bog‘ida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi, Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi davlat muassasasi bilan birga ishlashish shartnomalari tuzilgan bo’lib, bu talabalarning laboratoriya darslarini o’tishda, mutaxassislik va pedagogik amaliyotlarni olib borishda katta yordam bermoqda.

Ta'lim yo'nalishlari

Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (fizika va astronomiya) 70110701 Magistr
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika) 70110601 Magistr
Biologiya 60510100 Bakalavr
Biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha) 70510101 Magistr
Boshlang‘ich ta’lim 60110400 Bakalavr
Fizika 60530500 Bakalavr
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari 60111000 Bakalavr
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o`qitish metodikasi(ma'naviyat asoslari) 70112101 Magistr
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (tarix) 70111101 Magistr
Jismoniy madaniyat 60112200 Bakalavr
Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi 70112201 Magistr
Kimyo 60110800 Bakalavr
Maktabgacha ta’lim 60110200 Bakalavr
Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi 60110300 Bakalavr
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport 60111900 Bakalavr
Matematika va informatika 60110600 Bakalavr
Maxsus pedagogika 60110300 Bakalavr
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 60111100 Bakalavr
Musiqa ta’limi 60110600 Bakalavr
Musiqa ta’limi va san’at 70111301 Magistr
Muzeyshunoslik (turlari bo‘yicha) 60212100 Bakalavr Magistr
O'zbek tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti) 60110700 Bakalavr Magistr
Ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha) 60111500 Bakalavr Magistr
O‘zbek tili va adabiyoti 70111401 Bakalavr Magistr
O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili 70111601 Bakalavr
Pedagogika 60110100 Bakalavr
Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha) 70110101 Magistr
Pedagogika va psixologiya 70110102 Bakalavr
Psixologiya 60310300 Bakalavr
Qoraqalpoq tili va adabiyoti 60111500 Bakalavr
Tarix 60220300 Bakalavr
Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati 70111201 Magistr
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi 60110500 Bakalavr
Ta’lim muassasalarining boshqaruvi 70110103 Magistr
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) 70110501 Magistr
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) 70110201 Magistr
Ta’limda axborot texnologiyalari 70110105 Magistr
Texnologik ta’lim 60111300 Bakalavr
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 60110900 Bakalavr Magistr

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

O'zbek tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti)

Magistr 2 yil kz

25 279 688 so'm

yiliga

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika)

Magistr 2 yil uz

25 279 688 so'm

yiliga

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi

Magistr 2 yil uz

25 279 688 so'm

yiliga

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

O'zbek tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti)

Magistr 2 yil ru

25 279 688 so'm

yiliga

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)

Magistr 2 yil uz

25 279 688 so'm

yiliga

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

Musiqa ta’limi va san’at

Magistr 2 yil uz

25 279 688 so'm

yiliga

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

Ta’limda axborot texnologiyalari

Magistr 2 yil uz

25 279 688 so'm

yiliga

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika)

Magistr 2 yil uz

25 279 688 so'm

yiliga

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (tarix)

Magistr 2 yil uz

25 279 688 so'm

yiliga

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati

Magistr 2 yil uz

25 279 688 so'm

yiliga

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)

Bakalavr 4 yil en

20 000 000 so'm

yiliga

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

Ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha)

Magistr 2 yil uz

25 279 688 so'm

yiliga

Mashhur bitiruvchilar

Allaniyaz Uteniyazov

Allaniyaz Uteniyazov 1936 yil 1 iyun kuni Kegayli tumani Xalqobod shirkat xoʻjaligi «Doʻstlik» boʻlimida, dehqon oilasida tavallud topgan. U 1956 yil Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti (hozirgi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti)ning chet tillari fakulteti inglis tili yoʻnalishiga oʻqishga kiradi va oʻqishini 1962 yilda tugatadi. Talabalik yillarida paxta terimida ishtirok etib, har yil 15-16 tonnadan ortiq paxta tergan. U 1962-2002 yillarda Nukus tumanidagi 4-sonli maktabda oʻqituvchi boʻlib ishladi. Allaniyaz Uteniyazov turmush oʻrtogʻi bilan birga bir oʻgʻil, ikki qizni tarbiyalab, voyaga etkazdi. 1954 yildan boshlab oʻzining yozgi ta'til paytlarini xayr-saxovat ishlariga bagʻishlab, kam ta'minlangan, nogiron va etimlarga uy qurib berish bilan shugʻullangan. Hayoti davomida 40 turar joy, 2 maktab, 30 oʻrinlik 2 bolalar bogʻchasi, 2 tibbiy xizmat oʻrni, 1 kutubxona binosini oʻz mehnati bilan qurib bitkazib, xalqqa sovgʻa qilgan. 2000 yil 15 gektar erda bogʻ barpo etdi. Allaniyaz Uteniyazovning bunday mehnatlari yuqori baholanib, unga «Oʻzbekiston seleksionerlari» faxriy unvoni, «Mehnat shuhrati» ordeni berilgan. Uning hayoti va ezgu ishlari haqida 3 film suratga olingan. Uning mehnatlari dunyoda tengsiz deb topilib, «Ginnes rekordlari» kitobiga kiritildi. Hukumatimiz tomonidan Allaniyaz Uteniyazovning mehnatlari munosib baholanib, 2001 yilda «Oʻzbekiston Qahramoni» faxriy unvoni berildi.

Tulepbergen Qayipbergenov

Tulepbergen Qayipbergenov 1929 yil 7 may kuni Kegayli tumani «Shoʻrtanboy» qishlogʻida tavallud topgan. 1947 yil Xoʻjayli pedagogika bilim yurtini, 1955 yil Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti (hozirgi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti)ning rus tili va adabiyoti fakultetini muvaffaqiyatli tamomlagan. Soʻngra «Amudaryo» jurnalining adabiy xodimi, bosh muharriri, Qoraqalpogʻiston radiosi rahbarining muovini, respublika gazetalarida bosh muharrir, Qoraqalpogʻiston Respublikasi matbuot qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimlarida ishladi. 1980 yildan 2015 yilgacha Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisi boʻlib ishladi. Tulepbergen Qayipbergenovning birinchi kitobi 1958 yilda chop etildi. Oʻsha paytdan boshlab uning hayoti davomida 93 kitobi qoraqalpoq, oʻzbek, rus va boshqa tillarda chop etildi. Tulepbergen Qayipbergenovning mehnatlari yuqori baholanib, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni berildi. Shuningdek, u Qoraqalpogʻiston Respublikasi Berdaq nomidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Qoshgʻariy nomidagi va sobiq Ittifoqning M.Sholoxov nomidagi Xalqaro mukofotlarining laureatidir. Tulepbergen Qayipbergenovga 2003 yilda «Oʻzbekiston Qahramoni» faxriy unvoni berildi.

Ibroyim Yusupov

Ibroyim Yusupov 1929 yil 5 may kuni Chimboy tumani «Ozod» qishlogʻida tavallud topgan. Uning otasi diniy ulamo sifatida qatagʻonga uchrab, surgunda dunyodan oʻtkan. Onasi Xonbibi ikki oʻgʻil, toʻrt qizni bir oʻzi voyaga etkazdi. Ibroyim Yusupov 13 yoshidan boshlab mehnat qila boshlaydi. 1945-1949 yillarda Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti (hozirgi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti) talabasi, 1949-1962 yillarda institutning adabiyot fani oʻqituvchisi, 1961-1962 yillarda «Amudaryo» jurnali muharriri, 1962-1965 yillarda «Amudaryo» jurnali ilmiy kotibi, 1965-1980 yillarda Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, 1980-1988 yillarda hozirgi «Erkin Qoraqalpogʻiston» gazetasi bosh muharriri, 1988-1994 yillarda Qoraqalpogʻiston Tinchlik qoʻmitasi raisi, 1994-2000 yillarda Qoraqalpogʻiston «Ma'rifat, madaniyat va ma'naviyat» ijtimoiy markazi raisi lavozimlarida ishladi. Uning koʻpgina she'rlari dunyoning koʻp tillariga tarjima qilingan. Hayoti davomidagi mehnatlari uchun unga Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri unvoni berilgan. 2004 yilda Ibroyim Yusupovga «Oʻzbekiston Qahramoni» faxriy unvoni berildi.

Vera Borisovna Pak

Vera Pak 1938 yil 13 noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanida tavallud topgan. 1961 yil Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti (hozirgi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti)ni tamomlagach, Xiva shahridagi 3-maktabda oʻqituvchi, tuman xalq ta'limi boʻlimi inspektori lavozimlarida faoliyat yuritgan. U 2001 yil oliy darajadagi «Oʻzbekiston Qahramoni» faxriy unvoniga ega boʻlgan. Vera Pak 1985 yildan boshlab umrining oxirigacha Xivadagi mehribonlik uyi direktorii vazifasida faoliyat yuritdi.

Gʻayratdin Xujaniyazov

Gʻayratdin Xujaniyazov 1948 yil 12 dekabr kuni Qoraoʻzak tumanida tavallud topgan. U 1972 yil Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti (hozirgi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti)ni tugatib, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston filiali, N.Dauqaraev nomidagi tarix, til va adabiyot institutining arxeologiya sektorida oʻzining mehnat faoliyatini boshladi. M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida, sobiq Ittifoq Fanlar Akademiyasi arxeologiya institutida (1974-1977 yy.) malakasini oshirib keldi. 1981-1984 yillarda aspiranturada oʻqib, 1996 yil nomzodlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2000 yildan buyon Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi, N.Dauqaraev nomidagi tarix, til va adabiyot instituti arxeologiya boʻlimini boshqarib kelmoqda. Gʻayratdin Xujaniyazov 130 ilmiy, 100 dan ortiq ilmiy-ommabop ishlar muallifidir. Chunonchi, Istoriya razvitiya fortifikasii antichnogo Xorezma», «Kultova-pogrebalnie pamyatniki Karakalpakov XVII-XIX vekov po materialam mogilnika Krantau» mavzusidagi maqolalar, «Daukesken-Vazir (Istochniki, topografiya i xronologiya)», «The military architecture of ancient Chorasmia (6 thcentury BC -4 th century AD)», «Qadimgi Xorazm mudofaa inshootlari» mavzusidagi monografiyalar, ilmiy asarlarini yozgan. 2001 yil «Oʻzbekiston Mustaqilligining 10 yilligi» esdalik nishoni, 2003 yil «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan. Gʻayratdin Xujaniyazovning mehnatlari munosib baholanib, 2008 yil unga «Oʻzbekiston Qahramoni» faxriy unvoni berildi.

Sabir Kamalov

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, tarix fanlari doktori, professor Sabir Kamalov 1948 yil Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti (hozirgi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti)ni tamomlagan. 1953 yil nomzodlik, 1969 yil doktorlik dissertasiyalarini himoya qilgan. Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻistonga xizmat koʻrsatgan fan arbobi, Nyu-York akademiyasining haqiqiy a'zosi boʻlgan. Sabir Kamalov Qoraqalpogʻiston Respublikasining Berdaq nomidagi davlat mukofoti laureati boʻlgan.

Marat Nurmuhammedov

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, filologiya fanlari doktori, professor Marat Nurmuhammedov 1950 yil Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti (hozirgi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti)ni tamomlagan. 1953 yil nomzodlik, 1965 yil doktorlik dissertasiyalarini himoya qilgan. Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻistonga xizmat koʻrsatgan fan arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining Beruniy nomidagi, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Berdaq nomidagi davlat mukofotlari laureati boʻlgan. Qoraqalpogʻiston Respublikasidan chiqqan birinchi akademikdir.

Amin Baxiev

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, biologiya fanlari doktori, professor Amin Baxiev 1961 yil Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti (hozirgi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti)ni tamomlagan. 1967 yil nomzodlik, 1983 yil doktorlik dissertasiyalarini himoya qilgan. Qoraqalpogʻistonga xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Berdaq nomidagi davlat mukofoti laureatidir. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Bioekologiya instituti direktorii boʻlib faoliyat yuritgan.

Jumanazar Bazarbaev

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, filosofiya fanlari doktori, professor Jumanazar Bazarbaev 1955 yil Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti (hozirgi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti)ni tamomlagan. 1964 yil nomzodlik, 1973 yil doktorlik dissertasiyalarini himoya qilgan. Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻistonga xizmat koʻrsatgan fan arbobi, Oʻzbekistonga xizmat koʻrsatgan oliy va oʻrta maxsus ta'lim fidoiysi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Berdaq nomidagi davlat mukofoti laureatidir.

Husniddin Hamidov

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, filologiya fanlari doktori, professor Husniddin Hamidov Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti (hozirgi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti)ni tamomlagan. 1967 yil nomzodlik, 1990 yil doktorlik dissertasiyalarini himoya qilgan. Qoraqalpogʻistonga xizmat koʻrsatgan fan arbobi.

Abatbay Dauletov

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, filologiya fanlari doktori, professor Abatbay Dauletov 1964 yil Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti (hozirgi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti)ni tamomlagan. 1972 yil nomzodlik, 1994 yil doktorlik dissertasiyalarini himoya qilgan.

Rustem Janabaev

Rustem Janabaev 1993 yil Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxiyatosh tumanida tavallud topgan. 2017 yil Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakultetini tugatgan. 105 koilogramdan yuqori vazn toifasi boʻyicha dunyoga mashhur ogʻir atletchidir. Birnecha marta Oʻzbekiston chempionati gʻolibi, «Universiada» sport musobaqalari gʻolibi boʻlgan Rustem Janabaev 2016 yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtkan yozgi Olimpiyada oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 2017 yil Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida yopiq sport inshootlarida oʻtkazilgan birinchi Osiyo oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritib, Osiyo chempioni boʻlgan boʻlsa, 2018 yil jahon chempionatida ham oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Alisher Auezbaev

Oʻzbekiston Respublikasi oʻz mustaqilligini e'lon qilgach 1994 yil mustaqil davlat sifatida birinchi marta ishitrok etayotgan Yaponiyaning Xirosima shahridagi XII Osiyo oʻyinlarida jamoaga eng daslabki oltin medalni olib bergan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti bitiruvchisi, «nokautchi» Alishar Auezbaevdir. 1994 yil 7 oktyabr kuni Alisher Auezbaev 91 kilogramgacha vazn toifasida chorak finalda raqibi – nepallik Raj Kapur Tapaliyani nokautga uchratadi. Yarim finalda esa xitoylik Xiang Taoni ochkolar hisobida engib, finalga yoʻl oladi. Finalda Alisher Auezbaev oʻz kuchini va irodasini koʻrsata oldi. Raqibi Saud Arabistonilik bokschi Yusuf Xavsavini nokautga uchratib, oltin medal gʻolibiga aylandi. Alisherning gʻalabasi Oʻzbekistonning mustaqil davlat sifatida ishtirok etgan dastlabki xalqaro musobaqasidagi ilk oltin medal boʻldi.