WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika)

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

70111001-Aniq va tabiiy fanlarni o`qitish metodikasi (geografiya) magistratura mutaxassisligi – “Pedagogika” ta`lim sohasiga oid yo`nalish bo`lib, u barcha ta`lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o`qitish, O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlarini yuritish, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug`ullanish, mos ta`lim yo`nalishlari bo`yicha ta`limni oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyhalashtirish va boshqarish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Kasbiy foliyatlarining ob`ektlari:
- oliy ta`lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta`lim muassasalarida pedagogik faoliyat;
- Fanlar Akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarida hamda oliy ta`lim tizimi muassasalarida ilmiy-tadqiqot va jarayonlar;
- oliy ta`lim muassasalarida mutaxassislik bo`yicha o`quv-tarbiya va ma`naviy-ma`rifiy jarayonlar;
- ta`lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy va texnik loyihalari, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug`ullanuvchi ob`ektlar majmuasini qamrab oladi.
70111001-Aniq va tabiiy fanlarni o`qitish metodikasi (geografiya) magistratura mutaxassisligi bo'yicha magistrlar tayyorlash kunduzgi ta`lim shaklida kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi.

O'xshash dasturlar