Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Biznesni boshqarish (Master of Business Administration-MBA)
Dastur haqida
Bisnes boshqaruvi (MBA) mutaxassisligi 70411301
Umumiy tavsifi
Biznes boshqaruvi bo'yicha magistratura dasturi bisnes faoliyati va strategiyasini ishlab chiqish, uni tashkil etish va regalashtirish, samarali boshqarish bo’yicha chuqur bilim va ko’nikmalar hosil qiluvchi magistratura dasturidir. Dastur magistratura bosqichi talabalarini milliy bozorda raqobatni keskinlashayotgan murakkab muhitida faoliyat yuritish va samarali biznesni tashkil qilish amaliyotiga hissa qo'shish uchun zarur bo'lgan ilg'or ko'nikmalar va muhim bilimlar bilan ta’minlashga mo'ljallangan.
Tarkib va o'quv rejasi
Dastur davomida talabalar biznesni samaradorligini oshirish bilan bog‘liqlikda yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlashtirish, bozor va raqobat muhitini tahlil qilishni, strategik boshqaruvning modellari, strategiyani ishlab chiqish va uni amalga oshirish hisobga olgan holda biznes faoliyat yuritishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash, va uni amaliyotda qoʻllash mexanizmini koʻrib chiqishdan iborat.
Magistratura talabalari biznesni samarali ishlab chiqarishni tashkil qilishning usullari va shartlari, biznеs muammolarini tahlil qilishda tizimli yondashuv va moliyaviy, iqtisodiy tahlil usullarini qo’llash, raqobat muhitini tahlil qilish, invеstitsion tahlilni amalga oshirish va korxona rеsurslarini xisobga olgan xolda tog’ri qaror qabul qilish ko’nikmalarini vujudga kеltirish, biznes kompaniyalar raqobqtbardoshligi, risklarni va bisnes faoliyatini boshqarishning xalqaro tajribalarini o‘zlashtiradilar. Ular biznes faoliyatini boshqaruvning strategik, moliyaviy va tashkiliy jihatlarini chuqur o‘rganadi, zamonaviy biznes kompaniyalar oldida turgan muammolar va imkoniyatlar haqida har tomonlama tushunchaga ega bo‘ladi.
Biznes boshqaruvi mutaxasisligi bo'yicha magistratura dasturining o'quv rejasi nazariya va amaliy bilimlarni birlashtiradi. Talabalar biznes kompaniyalarni strategik boshqarish modellari, funktsiyalari, strategik boshqarish nazariyasining tushunchalari, bozor jozibodorligi va kompaniya raqobatbardoshligini baholash, strategik boshqaruv modellari, korxonaning ichki va tashqi bozordagi strategiyalarini tahlil qilish usullari haqida bilimlarga ega bo‘ladi.
O'quv natijalari
Biznes boshqaruvi bo'yicha magistratura dasturining o'quv natijalariga quyidagilar kiradi:
• bisnes korxonalarida moliyaviy, iqtisodiy va tijorat ishlarini tashkil etish usullari; ishlab chiqarishni tartibga solishning iqtisodiy usullari;
• ushbu sohada qarorlarni mustaqil qabul qilish;
• Biznеs jarayonlarini baholash va tahlil qilish usullarini qo’llay olish;
• Ishbilarmonlik xavfini hisobga olgan holda biznеsning faoliyat yuritish chеgarasini aniqlash;
• Yangi zamonaviy biznеs stratеgiyalarini tanlashda analitik usullarni ishlatish;
• korxona faoliyat olib borayotgan bozor va raqobat muhitini mustaqil tadqiq eta olish
• strategik modellarini kuchli, zaif tomonlari va bozor jozibodorligini oshirish boʻyicha moslashtirish;
• korxonaning ichki va tashqi muhitini tahlil qilish;
• strategik boshqaruvning modellarini amaliyotda qoʻllash;
• korxonaning biznes strategiyasini taxlil qilish va uni qayta ishlab chiqishda strategik boshqaruv usullarini qoʻllash koʻnikma va malakalarini egallashi imkoniyatiga ega bo’ladi.
Karyera imkoniyatlari
Biznes boshqaruvi mutaxasisligi magistratura bosqichi bitiruvchilari turli sohalarda faoliyat olib borish imkoniyat ega bo’ladilar. Bitiruvchilar biznes boshqaruvi mutaxassis bo'lganligi bois, bisnes kompaniyalarida moliyaviy menejer, xalqaro tijorat ishlarini tashkil etish va boshqarish menedjeri, boshqarma yoki bo'lim boshlig'i,marketing direktori va biznesni boshqarish bo'yicha maslahatchi sifatida ishlashi mumkin. Ba'zi bitiruvchilar ushbu sohada Ph.D. tadqiqotni davom ettirishlari mumkin.
Umuman olganda, biznes boshqaruvi bo'yicha magistrlik dasturi talabalarga biznes yuritish uchun zarur bo'lgan ilg'or bilim, ko'nikmalar bilan ta’minlaydi. Dastur bitiruvchilarni murakkab bisnes boshqaruv muammolarini hal qilishga tayyorlaydi, biznes boshqaruvi bo’yicha strategik qarorlar qabul qilishni va biznes kompaniyalarning uzoq muddatli barqarorligi va muvaffaqiyatiga hissa qo'shishadi.
O'xshash dasturlar
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Marketing
17 999 999 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Iqtisodiyot
—
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Inson resurslarini boshqarish
14 718 000 so'm
yiliga
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Inson resurslarini boshqarish
14 718 000 so'm
yiliga
Jizzax shahridagi Qozon federal universitetining filiali
Iqtisodiyot
25 420 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat transport universiteti
Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
—