WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Qarshi davlat texnika universiteti

Kompyuter injiniringi

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

70610301 – Kompyuter injiniringi mutaxassisligi kasbiy faoliyatining sohalari bo‘yicha -Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda professional ta’lim muassasalarida maxsus fanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari (ITI), bioinformatika, biomeditsina, axborot iqtisodiyoti, ijtimoiy media va ijtimoiy tarmoq tahlili sohalaridagi ilmiy-tadqiqot muassasa (ITM) va tashkilotlarda, markazlarda, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ma’lumotlar ilmi va kompyuter injiniringi sohasida kompleks masalalarni yechish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etishni o‘z ichiga oladi.

Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter tizimlari va tarmoqlarining matematik, texnik-dasturiy ta’minotini loyihalash, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarini boshqarish, texnik-dasturiy vositalarni ishlab chiqishga joriy etish va foydalanishning samarali jarayonlarini qo‘llash, ilmiy tadqiqot hamda tashkiliy-boshqaruv jarayonlarida faol ishtirok etish, pedagogik jarayonni olib borish kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shug‘ullanadi.

O'xshash dasturlar