WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Qarshi davlat texnika universiteti

Qashqadaryo viloyati Davlat Veb-sayt

21,317

Talabalar

9

Xorijiy talabalar

810

O'qituvchilar

7

Fakultetlar

34

Kafedralar

1975

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

Qarshi Davlat Texnika Universiteti (QDTU)  1975-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filiali sifatida tashkil etilgan.

Qarshi davlat texnika universiteti (QDTU) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-428-sonli qarori bilan 2024-yilda qayta tashkil etildi. Universitet Qarshi va Shahrisabz shaharlaridagi 4 ta oliy ta’lim muassasasi negizida tuzildi.

O‘zbekiston Respublikasining janubida joylashgan zamonaviy texnik oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, muhandislik, energetika, axborot texnologiyalari va ishlab chiqarish yo‘nalishlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan.

Universitet texnik ta’limning amaliy va innovatsion modeliga asoslangan holda faoliyat yuritib, sanoat bilan integratsiyalashgan ta’lim tizimini rivojlantirib kelmoqda. QDTU bugungi kunda mintaqaning muhim ilmiy-ta’lim va texnologik rivojlanish markazlaridan biriga aylanib bormoqda.

Universitetning asosiy maqsadi — texnika, energetika, raqamli texnologiyalar, neft-gaz, qurilish va iqtisodiyot sohalari uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashdir.

QDTU barqaror rivojlanish tamoyillariga asoslangan holda:

  • ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish,
  • sanoat bilan hamkorlikni kengaytirish,
  • xalqaro ta’lim va akademik almashinuvni rivojlantirish
    orqali mintaqaviy va xalqaro miqyosda tan olingan texnik universitetga aylanishni maqsad qilgan.

 

Akademik va ilmiy salohiyat

Qarshi Davlat Texnika Universitetida:

  • bakalavriat,
  • magistratura,
  • doktorantura
    ta’lim bosqichlari mavjud.

Ta’lim yo‘nalishlari mehnat bozori ehtiyojlari asosida shakllantirilgan bo‘lib, muhandislik va texnologiyaga yo‘naltirilgan fanlar ustuvor hisoblanadi. Universitetda energetika, neft-gaz muhandisligi, IT va avtomatlashtirish, mashinasozlik, qurilish hamda iqtisodiy yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi.

Professor-o‘qituvchilar tarkibi tajribali mutaxassislar va yosh olimlardan iborat bo‘lib, talabalar ilmiy loyihalar, startaplar va amaliy tadqiqotlarga keng jalb etiladi.

Infratuzilma va innovatsiyalar

Universitetda zamonaviy ta’lim va ilmiy infratuzilma shakllantirilgan:

  • zamonaviy auditoriyalar va laboratoriyalar,
  • kompyuter va IT sinflari,
  • ilmiy-tadqiqot markazlari,
  • axborot-resurs markazi (kutubxona),
  • sport majmualari,
  • talabalar turar joylari.

QDTUda raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish, amaliy mashg‘ulotlarni kuchaytirish va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi.

Xalqaro hamkorlik

Qarshi Davlat Texnika Universiteti xalqaro hamkorlikni strategik yo‘nalish sifatida belgilagan. Universitet xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan:

  • akademik almashinuv,
  • qo‘shma ilmiy loyihalar,
  • professor-o‘qituvchilar va talabalar mobiliteti
    yo‘nalishlarida faol hamkorlik olib bormoqda.

Xalqaro konferensiyalar, seminarlar va grant dasturlarida ishtirok etish universitetning global akademik maydondagi nufuzini oshirmoqda.

Talabalar uchun imkoniyatlar

QDTU talabalari uchun quyidagi imkoniyatlar yaratilgan:

  • ilmiy va innovatsion loyihalarda ishtirok etish,
  • sanoat korxonalarida amaliyot o‘tash,
  • startap tashabbuslarini rivojlantirish,
  • sport, madaniy va ijtimoiy faoliyatlarda qatnashish,
  • xalqaro almashinuv dasturlarida ishtirok etish.

Kelajak strategiyasi

Universitet o‘z rivojlanish strategiyasida quyidagi ustuvor maqsadlarni belgilagan:

  • texnik va muhandislik ta’limi sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish
  • ta’lim jarayonini to‘liq raqamlashtirish
  • ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni kengaytirish
  • xalqaro hamkor universitetlar sonini oshirish
  • mintaqaviy sanoat uchun yetakchi kadrlar tayyorlash markaziga aylanish

Qarshi Davlat Texnika Universiteti texnika va innovatsiyalar orqali kelajakni barpo etishga intilayotgan yoshlarni, olimlarni va hamkorlarni ta’lim, ilm-fan va innovatsiya yo‘lida hamkorlikka chorlaydi.

Xorijiy talabalar uchun

Universitetimizda chet ellik talabalar uchun o‘zbek tilini o‘rganish kurslari tashkil etilgan. Shuningdek, ingliz, rus va nemis tillari bo‘yicha ham maxsus kurslar yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu kurslar talabalarning til ko‘nikmalarini rivojlantirish, xalqaro muloqot imkoniyatlarini kengaytirish va ta’lim jarayonida faol ishtirok etishlariga xizmat qiladi.

Darslar tajribali o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy va interaktiv metodlar asosida olib boriladi. Mashg‘ulotlar boshlang‘ich, o‘rta va yuqori darajalarda tashkil etilib, tinglovchilarning bilim darajasiga mos ravishda o‘qitiladi.

Xalqaro hamkorlik

Xalqaro hamkorlik

Qarshi davlat texnika universiteti xalqaro ta’lim va ilmiy hamkorlikni rivojlantirishni ustuvor yo‘nalishlardan biri deb biladi. Universitet Yevropa, Osiyo va MDH davlatlaridagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan faol hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik

Universitet Yevropa Ittifoqi, Hindiston, Malayziya, Belarus Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va boshqa davlatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan 80 dan ortiq ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari va memorandumlar imzolagan. Hamkor universitetlar orasida Vengriya, Polsha, Latviya, Ruminiya, Turkiya, Ispaniya, Chexiya, Belgiya, Bolgariya, Albaniya va Bosniya va Gersogovina oliy ta’lim muassasalari mavjud.

Talabalar akademik mobilligi

Qarshi davlat texnika universiteti talabalari Erasmus+ (ICM KA-171) dasturi doirasida Polsha, Ruminiya, Vengriya va Serbiya universitetlarida 1 semestrlik o‘quv almashinuvi dasturlarida muvaffaqiyatli tahsil olib kelishmoqda. Ushbu mobillik dasturlari talabalar bilimini oshirish, xalqaro tajriba va madaniyatlararo kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Xalqaro va qo‘shma grant loyihalari

Universitet Yevropa Ittifoqining Erasmus+ “Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE)” yo‘nalishidagi yirik loyihalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, MechaUz loyihasi doirasida:

  • “Mexatronika va robototexnika” ta’lim yo‘nalishi ochildi;
  • Yevropa universitetlarida seminar va treninglar tashkil etildi;
  • Zamonaviy laboratoriya jihozlari xarid qilindi.

Shuningdek, xalqaro hamkorlikdagi innovatsion va amaliy loyihalar orqali milliard so‘mlik grant mablag‘lari jalb etilgan.

Professor-o‘qituvchilar va xodimlar mobilligi

Universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari Yevropa Ittifoqi grantlari hamda milliy tanlovlar asosida AQSh, Hindiston, Turkiya, Latviya, Ruminiya, Vengriya, Tojikiston va boshqa davlatlarning nufuzli universitetlarida malaka oshirish va stajirovka dasturlarida ishtirok etib kelmoqdalar.

Xorijiy delegatsiyalar va xalqaro professorlar

Qarshi davlat texnika universitetiga muntazam ravishda xorijiy rasmiy delegatsiyalar tashrif buyuradi. Xitoy, Eron, Ruminiya, Polsha, Portugaliya, Rossiya va Vengriyadan kelgan professor-o‘qituvchilar universitetning o‘quv jarayoniga jalb etilib, talabalarga xalqaro tajriba asosida dars mashg‘ulotlari olib bormoqda.

Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari

Xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Qarshi davlat texnika universiteti yangi xorijiy hamkorlarni jalb etish, qo‘shma va ikki diplomli (Double / Joint Degree) dasturlarni joriy etish hamda ingliz tilida o‘qitiladigan ta’lim dasturlari sonini oshirish ustida izchil ish olib bormoqda.

Universitet Erasmus+ va boshqa xalqaro dasturlar orqali akademik mobillikni kengaytirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini kuchaytirish hamda xorijiy talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun qulay, xalqaro talablarga mos ta’lim muhitini yaratishni o‘z oldiga ustuvor vazifa qilib qo‘ygan.

Til kurslari

Qarshi davlat texnika universitetida talabalar, yoshlar va tashqi tinglovchilar uchun xorijiy tillarni o‘qitishga alohida e’tibor qaratilgan. Universitetda ingliz, nemis, fransuz, rus, xitoy, koreys, turk va boshqa xorijiy tillar bo‘yicha zamonaviy o‘quv kurslari tashkil etilgan bo‘lib, ular xalqaro sertifikatlarga tayyorgarlik hamda xorijda ta’lim olish va ishlash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Universitetda Germaniyaning “Prosica GmbH” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Yoshlarni nemis tiliga o‘qitib, tartibli migratsiyaga yuborish” markazi tashkil etilgan. Mazkur markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–96-son qarori asosida faoliyat yuritib, dastlabki bosqichda Germaniyadan jalb qilingan 6 nafar malakali o‘qituvchi tomonidan 250 nafar yoshni nemis tiliga o‘qitishni yo‘lga qo‘ydi.

Loyiha doirasida Germaniyaning “Prosica GmbH” va Motiba kompaniyalari bilan hamkorlikda 2026-yilda 3 ming nafar, 2030-yilgacha esa 50 ming nafar yoshni nemis tiliga o‘qitish hamda Germaniyaning nufuzli kompaniyalariga ishga joylashtirish rejalashtirilgan. Bu tashabbus universitetning xalqaro hamkorligini rivojlantirish va bitiruvchilarning xalqaro mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Talabalar uchun imkoniyatlar

IQTIDORLI TALABALAR


 

2021 yilda Qashqadaryo viloyati hokimligining talabalar va magistrlar uchun Metsenat.uz saytida qiymati 1 mlrd. 800 mln. sо‘m bо‘lgan 6 ta yо‘nalishda “Innovatsion loyihalar” tanlovi e’lon qilindi. Tanlovda institut talabalari va magistrlari tomonidan 37 ta innovatsion loyiha taqdim etildi. Viloyat ishchi guruhi tomonidan har bir yо‘nalish bо‘yicha 3 tadan tanlov g‘oliblari aniqlandi. Ushbu tanlovda institut talabalari va magistrlari tomonidan taqdim etilgan 3 ta loyiha g‘olib deb topildi.

2021 yilning 12-13 mart kunlari Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida о‘tkazilgan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari oliy ta’lim muassasalari о‘rtasida hududiy “Innovatsion g‘oya va ishlanmalar” kо‘rgazmasida institut professor-о‘qituvchilari va talabalari 16 ta innovatsion ishlanmalar bilan faol ishtirok etishdi. Institutning 2-kurs talabasi Pо‘latov Navrо‘z Mirtemir о‘g‘li kо‘rgazma doirasida о‘tkazilgan “POWER OF INNOVATION” robototexnika sohasidagi eng yaxshi ishlanmalar tanlovida 1-о‘rinni egalladi va Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 15 mln. sо‘m pul mukofoti sohibi bо‘ldi.

Institutning iqtidorli iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida 2021 yil 28-30 aprel kunlari bо‘lib о‘tgan “Qishloq va suv xо‘jaligining zamonaviy muammolari” mavzudagi XX – yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumanida 71 ta ilmiy maqolalari chop etildi.

2021 yil “Shoir xalq qalbining tarjimoni” mavzusidagi “Mejdunarodnaya konferensiya akademicheskix nauk” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari tо‘plamida “QXM” yо‘nalishi 302-guruh talabasi Shirinboyev Xudoynazarning ilmiy maqolasi chop etildi.

2021 yil “Obrazovaniye i nauka v XXI veke” xalqaro ilmiy jurnalida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida “Yer kadastri va yerdan foydalanish” ta’lim yо‘nalishi 307-guruh talabasi Murtozova Dilorom Sherzod qizining ilmiy maqolasi chop etildi.

“Qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yо‘nalishi talabasi Shirinboyev Xudoynazarbek Tolib о‘g‘li 2021 yil 15-16 mart kunlari Buxoro viloyatida о‘tkazilgan “BIR ZAMIN-BIR MAQSAD” online yoshlar forumida faol ishtiroki uchun sertifikat, 29-30 aprel kunlari О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil – “О‘ZBEKISTON YOSHLAR FORUMI” doirasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “YOSHLAR KELAJAK POYDEVORI” online forumida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi.

2021 yil 18 mart kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida “22 mart - Butunjahon suv kuni” ga bag‘ishlab “Yer qadri” shiori ostida о‘tkazilgan tanlovda talabalar tomonidan 11 ta ilmiy kо‘rgazma va modellar tayyorlandi.

2021 yil 20 aprel kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida “22 aprel – Butun ittifoq yer kuni” ga bag‘ishlab “Yer yoshlar kelajagi” shiori ostida о‘tkazilgan tanlovda talabalar tomonidan 17 ta ilmiy kо‘rgazma va modellar tayyorlandi. Unda “Yer kadastri va yerdan foydalanish” ta’lim yо‘nalishi 307-guruh talabasi D.Murtozova “Yer bizning yagona uyimiz” posterlar tanlovida 1-о‘rinni egalladi hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar о‘rtasida targ‘ib qilish hamda adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 502-sonli qaroriga asosan, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti “QXM” yо‘nalishi 302-guruh talabasi X.Shirinboyev “ABDULLA ORIPOV” nomidagi maxsus stipendiya sovrindoriga aylandi hamda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida iyul oyida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari bо‘yicha tanlov e’lon qilinib, 16 nafar iqtidorli talabalardan hujjatlar yig‘ma jildi qabul qilindi va institut miqyosida tanlovning dastlabki bosqichi о‘tkazildi. Tanlov natijalariga kо‘ra, ikki nafar iqtidorli talabalarning sinov natijasidan olgan ballari, hujjatlari, tarjimai holi, о‘quv va ilmiy faoliyatida erishgan yutuqlari natijalariga kо‘ra Respublika bosqichiga tavsiya etildi.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida noyabr oyida “Yil talabasi -2021” tanlovi bо‘lib о‘tdi. “Yil talabasi -2021” tanlovida 7 ta nominatsiya bо‘yicha 18 nafar talabalar ishtirok etishib, juda qizg‘in hamda kо‘tarinki ruhda bо‘lib о‘tdi. Jumladan, “Yilning о‘z mutaxassisligi bо‘yicha eng bilim-don talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha QXM fakulteti 3 kurs talabasi X.Shirinboyev 1-о‘rinni, QXM fakulteti 2 kurs talabasi A.Eshnazarov 2-о‘rinni, QXM fakulteti 2 kurs talabasi M.Almasova 3-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng faol tashabbuskor-targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha QXM fakulteti 3-kurs talabasi D.Murtozova 1-о‘rinni, SXM fakulteti 3 kurs talabasi О‘.Tо‘xtayev 2-о‘rinni, QXM fakulteti 3 kurs talabasi A.Abdu-samadov 3-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha QXM fakulteti 2 kurs talabasi S.Xazrat-qulov 1-о‘rinni, SXM fakulteti 3 kurs talabasi T.Shopulatov 2-о‘rinni, QXM fakulteti 2 kurs talabasi A.Davlatov 3-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha QXM fakulteti 2 kurs talabasi J.Ergashev 1-о‘rinni, SXM fakulteti 2 kurs talabasi O.Mannonov 2-о‘rinni, egallashdi. “Yilning eng yaxshi ijodkor talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha QXM fakulteti 3 kurs talabasi S.Mulkamalov 1-о‘rinni, QXM fakulteti 2 kurs talabasi AAsqarov 2-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng yaxshi bloger talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha QXM fakulteti 3 kurs talabasi O.Yarmanov 1-о‘rinni, QXM fakulteti 3 kurs talabasi D.Normurodov 2-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng namunali tadbirkor talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha SXM fakulteti 3 kurs talabasi S.Sag‘dullayeva 1-о‘rin-ni, SXM fakulteti 3 kurs talabasi A.Begimqulova 2-о‘rinni, QXM fakulteti 2 kurs talabasi K.Maxmayusupova 3-о‘rinni egalladi va bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

2021 yil 24 dekabr kuni О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-sining 2020 yil 9 martdagi “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 133-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida "Agro Start-up of the year" kо‘rik-tanlovi bо‘lib о‘tdi. Kо‘rik-tanlovda 20 dan ortiq “Star-up” loyihalari taqdim etildi. Unda institutning faol talabalaridan A.G‘ulomov faxrli 1-о‘rinni egallab, 500000 sо‘m pul mukofoti va 1-darajali diplomga, SH.Xudoyberdiyev va O.Yо‘ldoshevlar 2-о‘rinni egallab, 400000 sо‘m pul mukofoti va 2-darajali diplomga, D.Normurodov 3-о‘rinni egallab, 300000 sо‘m pul mukofoti va 3-darajali diplomga ega bо‘lishdi.

2022 yil 20 mart kuni institutida “22 mart - Butunjahon suv kuni” ga bag‘ishlab “Suv zar – suvchi zargar” shiori ostida о‘tkazilgan tanlovda 25 ta talaba-yoshlar 4 ta nominatsiya bо‘yicha sovrinli о‘rinlarni qо‘lga kiritdilar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan 2022 yilning 11-12 mart kunlari institutda “Suv resurslaridan samarali foydalanish: muammo va yechimlar (janubiy viloyatlarda sug‘oriladigan yerlar misolida)” mavzusida, 2022 yilning 15-16 aprel kunlari “Sirtqi ta’limda о‘qitishning innovatsion texnologiyalari: muammo va yechimlar” mavzularida Respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiyalarda 52 ta ilmiy maqolalari chop etildi.

2021 yil 20 aprel kuni institutida “22 aprel– Butunittifoq yer kuni” ga bag‘ishlab о‘tkazilgan tanlovda talabalar tomonidan 21 ta ilmiy kо‘rgazma va modellar tayyorlandi. Unda “Yer kadastri va yerdan foydalanish” ta’lim yо‘nalishi talabasi D.Murtozova “Yer bizning yagona uyimiz” posterlar tanlovida 1-о‘rinni egalladi hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

2022 yilda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar о‘rtasida targ‘ib qilish hamda adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 502-sonli qaroriga asosan, institutning “CH va QXM” yо‘nalishi 302-guruh talabasi Sobirjon Mulkamolov “ABDULLA ORIPOV” nomidagi maxsus stipendiya sovrindoriga aylandi hamda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

2022 yilda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari bо‘yicha tanlov e’lon qilinib, 17 nafar iqtidorli talabalardan hujjatlar yig‘ma jildi qabul qilindi va institut miqyosida tanlovning dastlabki bosqichi о‘tkazildi. Tanlov natijalariga kо‘ra, 8 nafar iqtidorli talabalarning sinov natijasidan olgan ballari, hujjatlari, tarjimai holi, о‘quv va ilmiy faoliyatida erishgan yutuqlari natijalariga kо‘ra Respublika bosqichiga tavsiya etildi. О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022 yil 19 dekabrdagi “2022/2023 о‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichi talabalariga О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash tо‘g‘risida”gi 413-sonli buyrug‘iga asosan, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti “Chorvachilik va qishloq xо‘jaligini mexaniza-siyalash” fakulteti 5430100 – “Qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Shirinboyev Xudoynazarbek Tolib о‘g‘li О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, 5430100 – “Qishloq xо‘jaligini mexanizatsiya-lashtirish” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabasi Almasova Munavvar Abdusamad qizi Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi, 5311001 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (suv xо‘jaligi) ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabasi Hamdamov Burgut-Ali Shodmon о‘g‘li Beruniy nomli davlat stipendiyasi sovrindori bо‘lishdi hamda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

2022 yilning 27 iyunidan 7 iyuligacha “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida tashkil etilgan “Startap: nazariya, amaliyot, ilmiy tadqiqotlar va biznes integratsiyasi” mavzusidagi yozgi maktabda institutning 10 nafar iqtidorli talabalari faol ishtirok etishdi va “Talaba ish” nomli startap loyihasini ishlab chiqib, 1-о‘rinni egallashdi.

2022 yil 5-7 sentabr kuni о‘tkazilgan “InnoWeek-2022” Qashqadaryo viloyati hududiy innovatsion g‘oyalar kо‘rgazmasi doirasida “TECHNOWAYS” texnologik marafonibо‘yicha institutimiz talabasi B.Turdiyev faxrli 2-о‘rinni egalladi va О‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan sertifikat va 3D printeri bilan mukofotlandi.

2022 yil 25 sentabr kuni Samarqand shahrida "Best Publication" ilmiy-tadqiqotlari va yoshlarni qо‘llab-quvvatlash markazi tomonidan Mustaqil davlatlar hamdо‘stligi doirasida о‘tkazilgan “TASHABBUSKOR ISLOHOTCHI” tanlovida institutning “Chorvachilik va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 4 nafar talabalari Xazratqulov Sirojiddin Zoyirjon о‘g‘li, Almasova Munavvar Abdusamad qizi, Raupova Orasta Ikrom qizi, Karimova Inobat Umidjon qizilar faol ishtirok etib, estalik nishoni va nishon belgisi, guvohnoma, sertifikat, diplom, tashakkurnoma hamda qimmmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

2022 yilda 17-22 oktabr kunlari О‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan о‘tkazilgan “InnoWeyek-2022” Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasidagi “TECHNOWAYS” Texnologik rivojlanish marafonining Respublika bosqichida faol ishtirok etgani uchun institutining “Chorvachilik va qishloq xо‘jaligini mexaniza-siyalash” fakulteti 5311001 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomat-lashtirish va boshqarish (suv xо‘jaligi) ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi talabalari Bekzod Davron Normurodov, Asadbek Jabborovlar sertifikat bilan taqdirlandi.

Qashqadaryo viloyati hokimining 2022 yil 2 noyabrdagi “Axborot texnologiyalar sohasida “Istiqbolli IT–loyihalar (Ideathon)” viloyat hokimi sovrini uchun kо‘rik-tanlovni о‘tkazish tо‘g‘risida”gi 898-4-0-Q/22-sonli qarori asosida viloyat IT texnoparkida tashkil etilgan tanlovda institut talaba-yoshlari tomonidan shaxsiy texnologik biznesni yaratish va ishlab chiqilgan g‘oyani minimal hayotiy mahsulotga aylantirishga imkon beradigan 28 ta startap loyihalari taqdim etildi. Tanlovga 212 nafar iqtidorli yoshlar ishlanma-laridan 100 tasi tanlab olindi va ularning 15 nafarining loyihalari munosib deb topildi. Tanlov natijalariga kо‘ra, 2022 yil 24 dekabrda institutning “Gidromelioratsiya” fakulteti 60710400 – “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (suv xо‘jaligida)” ta’lim yо‘nalishi 2-kurs 210-guruh talabasi Isomiddinova Hulkar rahbarligidagi 3 nafar talaba-yoshlardan iborat bо‘lgan “Ekologlar” jamoasi Istiqbolli IT Loyihalar “IDEATHON” kо‘rik-tanlovining “Eng dolzarb muammoga yechim qilgan jamoa” nominatsiyasi bо‘yicha sovrinli sertifikatga ega bо‘ldi. Ular viloyat hokimligining statuetka, serifikat va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

2022 yil institutda bо‘lib о‘tgan “Yil talabasi-2022” tanlovida 36 nafar iqtidorli talabalar faol ishtirok etishdi. Unda “Yilning о‘z mutaxassisligi bо‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha “CH va QXM” fakulteti 4-kurs talabasi X.Shirinboyev 1-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 3-kurs talabasi B.Hamdamov 2-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 3-kurs talabasi S.Xazratqulov 3-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha “CH va QXM” fakulteti 4-kurs talabasi F.Yusupov 1-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 3-kurs talabasi M.Almasova 2-о‘rinni, “Gidromelioratsiya” fakulteti 4-kurs talabasi О‘.Tо‘xtayev 3-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha “CH va QXM” fakulteti 4-kurs talabasi B.Turdiyev 1-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 4-kurs talabasi A.Jabborov 2-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 4-kurs talabasi D.Normurodov 3-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha “CH va QXM” fakulteti 4-kurs talabasi A.Normatov 1-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 3-kurs talabasi J.Ergashev 2-о‘rinni, “Gidromelioratsiya” fakulteti 3-kurs talabasi O.Mannonov 3-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha “CH va QXM” fakulteti 4-kurs talabasi S.Mulkamalov 1-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 3-kurs talabasi O.Raupova 2-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 3-kurs talabasi T.Xolbotirov 3-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha “CH va QXM” fakulteti 3-kurs talabasi R.Ergasheva 1-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 2-kurs talabasi M.Tо‘rayeva 2-о‘rinni, “Gidromeliora-siya” fakulteti 4-kurs talabasi S.Sag‘dullayeva 3-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng faol iqtidorli talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha “CH va QXM” fakulteti 2-kurs talabasi I.Karimova 1-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 3-kurs talabasi O.Yо‘ldoshev 2-о‘rinni, “Gidromeliorayiya” fakulteti 3-kurs talabasi O.Mulkamolova 3-о‘rinni egallashi hamda bir martalik pul mukofotlari va diplomlar bilan taqdirlanishdi.

2023 yilda yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy-axloqiy, jismoniy barkamol, о‘z yurtiga sadoqatli etib tarbiyalash maqsadida Qarshi davlat universitetida “Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch qudratimiz - Vatan uchun!” shiori ostida “Talabalar shou”si о‘tkazildi. О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni о‘tagan, harbiy qism qо‘mondonligi tomonidan berilgan tavsiyanomasiga asosan imtiyozli ravishda tо‘lov-kontrakt shakli bо‘yicha о‘qishga qabul qilinib,  2023-2024 о‘quv yili uchun tо‘lov-kontrakt summasining 35% miqdori tо‘langani tо‘g‘risida “Gidromelioratsiya” fakulteti 60812300 - “Suv xо‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabasi Rо‘zimurodov Hasan Baxtiyor о‘g‘liga 2,25 mln. sо‘mlik VAUCHER topshirildi.

 

 

2023 yil 20 mart kuni institutda “22 mart - Butunjahon suv kuni” ga bag‘ishlab “Suv zar – suvchi zargar” shiori ostida о‘tkazilgan “Suv zar - suvchi zargar” mavzusidagi posterlar tanlovida “Gidromelioratsiya” fakulteti 60812300 – “Suv xо‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs 306-guruh talabasi Sevara Sa’dullayeva faxrli 1-о‘rinni, “Chorvachilik va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 60810100 - “Qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabasi Sadoqat Suyarova faxrli 2-о‘rinni, “Chorvachilik va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 60711400 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabasi Farrux Sohibnazarov 3-о‘rinni egallashdi; “Suv xо‘jaligi sohasidagi innovatsion ishlanmalar” tanlovida “Gidromelioratsiya” fakulteti 60812300 – “Suv xо‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yо‘nalishi 2-kurs talabasi Jо‘rabek Mannonov faxrli 1-о‘rinni, 60812300 – “Suv xо‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Turdimurod Shopо‘latov faxrli 2-о‘rinni, 60710400 - “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” ta’lim yо‘nalishi 2-kurs talabasi Anvar Abduzoirov 3-о‘rinni egallashdi. Ular maxsus sertifikat, qimmatbaho sovg‘alar va 1 000 000 sо‘m, 800 000 sо‘m va 600 000 sо‘m miqdorida moddiy rag‘batlantirildi.

2023 yil 18-20 aprel kunlari “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “22 aprel – Butunjahon yer kuni”ga bag‘ishlab “Sayyoramizga sarmoya kiriting” shiori ostida о‘tkazilgan tanlovlarda institut “Chorvachilik va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 3-kurs talabasi Sirojiddin Xazratqulov “GEOSIENCE” ilmiy maqolalar tanlovida faxrli 1-о‘rinni egalladi. U maxsus sertifikat, qimmatbaho sovg‘alar va 400 000 sо‘m miqdorida moddiy rag‘batlatirildi; “GEOMOVIE” videoroliklar tanlovida institut “Chorvachilik va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 3-kurs talabalari Zaytuna Xonimqulova faxrli 1-о‘rinni, Islom Saidmurodov esa faxrli 3-о‘rinni egallashdi. Ular maxsus sertifikat, qimmatbaho sovg‘alar va 400 000 sо‘m va 200 000 sо‘m miqdorida moddiy rag‘batlantirildi.

 

 

2023 yilda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar о‘rtasida targ‘ib qilish hamda adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 502-sonli qaroriga asosan, institutning “Chorvachilik va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 60711400 - Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ta’lim yо‘nalishi 305-guruh talabasi Raupova Orasta Ikrom qizi “ABDULLA ORIPOV” nomidagi maxsus stipendiya sovrindoriga aylandi hamda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

2023 yilda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari bо‘yicha tanlov e’lon qilinib, 18 nafar iqtidorli talabalardan hujjatlar yig‘ma jildi qabul qilindi va institut miqyosida tanlovning dastlabki bosqichi о‘tkazildi. Tanlov natijalariga kо‘ra, 8 nafar iqtidorli talabalarning sinov natijasidan olgan ballari, hujjatlari, tarjimai holi, о‘quv va ilmiy faoliyatida erishgan yutuqlari natijalariga kо‘ra Respublika bosqichiga tavsiya etildi. О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023 yil 4 dekabrdagi “2023/2024 о‘quv yili uchun Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichi talabalariga О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash tо‘g‘risida”gi 516-sonli buyrug‘iga asosan, “TIQXMMI” MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti “Chorvachilik va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 5430100 – “Qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Almasova Munavvar Abdusamad qizi О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, 5410700 – “Yer kadastri va yerdan foydalanish” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Davlatov Abdullajon Davlat о‘g‘li Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi, 5410700 – “Yer kadastri va yerdan foydalanish” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Nosirov Jahongir Komil о‘g‘li Beruniy nomli davlat stipendiyasi sovrindori bо‘lishdi hamda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

2023 yilda Muhtaram Prezidentimizning 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomalarida ta’lim sifatini oshirish bо‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish, 2023 yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ularni ta’lim olishda yanada yuqori kо‘rsatkichlarga erishishiga undash maqsadida Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining qarori bilan, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun 2023-2024 о‘quv yili uchun “Viloyat hokimi stipendiyasi” joriy etildi. Viloyat hokimi stipendiyasi bо‘yicha tanlov 6 nafar iqtidorli talabalardan hujjatlar yig‘ma jildi qabul qilindi. Institut miqyosida tanlovning dastlabki bosqichi о‘tkazildi va 3 nafar iqtidorli talabalarning hujjatlari viloyat bosqichiga topshirildi. Viloyat bosqichi natijalariga kо‘ra, institutning “Chorvachilik va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 60811300 - Qishloq xо‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs 307-guruh talabasi Abdurahmonova Lazokat Abdivohid qizi “Viloyat hokimi stipendiyasi” sovrindori bо‘ldi. Viloyat bо‘yicha 14 nafar g‘oliblarga 2023-2024 о‘quv yilining sentabr oyidan iyun oyigacha har oy bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari miqdorida stipendiya tо‘lanmoqda.

 

 

 

2023 yilda “Uzbekistan GTL” kompaniyasi tomonidan о‘tkazilayotgan 5-tur stipendiyalar tanlovida institutning 32 nafar iqtidorli talabalari ishtirok etdi. Stipendiyalar tanlovida ishtirok etgan 3061 nafar viloyat oliy ta’lim muassasalari talabalaridan 16 nafari “Uzbekistan GTL” kompaniyasi stipendiyasiga sazovor bо‘ldi. Institutning “Chorvachilik va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 60711400 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabasi Ulug‘murodov Elshod Abdusalim о‘g‘li “Nazorat о‘lchov asboblari va avtomatika” yо‘nalishida 2023-2024 о‘quv yili bо‘yicha “Uzbekistan GTL” kompaniyasi stipendiyasi sovrindori bо‘ldi hamda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

2023 yil 17-20 oktabr kunlari “TIQXMMI” MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida о‘tkazilgan “InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar kо‘rgazmasi doirasida “Innovatsion maketlar” tanlovida 60711400 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabasi Ulug‘murodov Elshod Abdusalim о‘g‘li faxrli 1-о‘rinni, 60811600 – “Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi” ta’lim yо‘nalishi 2-kurs talabasi Xolmurotov Asror Yashin о‘g‘li 2-о‘rinni, 60711400 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabasi Turdiyev Botir Bahodir о‘g‘li 3-о‘rinni egalladi; “Videoroliklar” tanlovida 60812500-“Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Umurzaqov Bobomurod Akbar о‘g‘li 1-о‘rinni, 60812300-“Suv xо‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Haqberberdiyev Yoqubjon Mansur о‘g‘li 2-о‘rinni, 60812500-“Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi G‘ulomov Azizbek Muso о‘g‘li 3-о‘rinni egalladi; “Zakovat” intellektual tanlovida 1-о‘rinni “Innovatsiya” jamoasi, jamoa a’zolari – 60810600 - “Yer kadastri va yerdan foydalanish” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabasi Maxmatqulov Doston Yusufali о‘g‘li, 60811300-“Qishloq xо‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabasi Habibullayev Husan Shokirjon о‘g‘li, 60810600 - “Yer kadastri va yerdan foylanish” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabasi Bazarbayeva Gо‘zal Rustamovna, 60811300 - “Qishloq xо‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabasi Norboyev Sirojiddin Abdurahmon о‘g‘li egalladi. 2-о‘rinni “Lochin” jamoasi, jamoa a’zolari – 60711400-“Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabalari Ulug‘murodov Elshod Abdusalim о‘g‘li, Erkinov Sherbek Ulug‘bek о‘g‘li, Aynazarov Boburbek Ilhom о‘g‘li, Shoymardonov Olmos Almardon о‘g‘li egalladi. 3-о‘rinni 70810101-“Qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” magistratura mutaxassisligi 1-kurs magistri Yusupov Fuzayl Farxod о‘g‘li, 60812500-“Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Samadov Yigitali Asamali о‘g‘li, 60412300-“Suv xо‘jaligini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabasi Sayfullayev Sirojjon Ikrom о‘g‘li, 60812500-“Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” ta’lim yо‘nalishi 2-kurs talabasi Narzullayev Quvonchbek Dilshod о‘g‘li egalladi; “Posterlar” tanlovida 60722600 - “Geodeziya va geoinformatika” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabasi Karimova Inobat Umidbek qizi 1-о‘rinni, 5410700-“Yer kadastri va yerdan foydalanish” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Qahhorov Elbek Karimovich 2-о‘rinni, 5410700-“Yer kadastri va yerdan foydalanish” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Davlatov Abdulla Davlat о‘g‘li 3-о‘rinni egalladi; “Startap loyihalari” tanlovida 60811600-“Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi” ta’lim yо‘nalishi 2-kurs talabasi Tojiyev Qodirbek Ikromovich 1-о‘rinni, 60811600-“Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi” ta’lim yо‘nalishi 2-kurs talabasi Xolmurodov Asror Yashin о‘g‘li 2-о‘rinni, 60812200-“О‘simlikshunoslik” ta’lim yо‘nalishi 1-kurs talabasi Fatxullayev Abdulla Ziyodulla о‘g‘li 3-о‘rinni egalladi; “Ilmiy maqolalar” tanlovida 60810600-“Yer kadastri va yer tuzish” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Poyonova Javohirbonu Zoxid qizi 1-о‘rinni, 60812300-“Suv xо‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi G‘avsiyeva Saida Umar qizi 2-о‘rinni, 60710400- “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Mulkamolova Ozoda Orol qizi 3-о‘rinni egalladi. Ular maxsus sertifikat, qimmatbaho sovg‘alar va 450 000 sо‘m, 350 000 sо‘m va 200 000 sо‘m miqdorida moddiy rag‘batlantirildi.

2023 yilda Shahrisabz shahrining markazida “Yangi О‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostidagi Qashqadaryo vtloyati hokimligi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Qashqadaryo hududiy boshqarmasining ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda mavjud muammolar yechimlariga qaratilgan innovatsion va startap loyihalar tanlovida institutning “Chorvachilik va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 60711400 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Davron Normurodov g‘olib bо‘ldi va 100,0 mln. sо‘mlik VAUCHER bilan taqdirlandi.

Qashqadaryo viloyati hokimining 2022 yil 2 noyabrdagi “Axborot texnologiyalar sohasida “Istiqbolli IT - loyihalar (Ideathon)” viloyat hokimi sovrini uchun kо‘rik-tanlovni о‘tkazish tо‘g‘risida”gi 898-4-0-Q/22-sonli qarori asosida viloyat IT Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki Direksiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy filiali tomonidan tashkil etilgan tanlovda institut talaba-yoshlari tomonidan shaxsiy texnologik biznesni yaratish va ishlab chiqilgan g‘oyani minimal hayotiy mahsulotga aylantirishga imkon beradigan 17 ta startap loyihalari taqdim etildi. Tanlov natijalariga kо‘ra, 2023 yil 18 dekabrda institutning “Gidromelioratsiya” fakulteti 60812500 – “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs 405-guruh talabasi Shermamatov Yusufxon Shokir о‘g‘li rahbarligidagi 3 nafar talaba-yoshlardan iborat bо‘lgan “Infinity” jamoasi Istiqbolli IT Loyihalar “IDEATHON” kо‘rik-tanlovida faxrli 1-о‘rinni egallab, maxsus DIPLOM ega bо‘ldi. Ular viloyat hokimligining statuetka, serifikat va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

 

2023 yil institutda bо‘lib о‘tgan “Yil talabasi-2023” tanlovida 78 nafar iqtidorli talabalar faol ishtirok etishdi. Unda “Yilning о‘z mutaxassisligi bо‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha “CH va QXM” fakulteti 4-kurs talabasi A.Davlatov 1-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 4-kurs talabasi J.Nosirov 2-о‘rinni, “Gidromelioratsiya” fakulteti 3-kurs talabasi D.Abduvaliyev 3-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha “Gidromelioratsiya” fakulteti 2-kurs talabasi N.Bobojonov 1-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 3-kurs talabasi M.Tо‘rayeva 2-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 4-kurs talabasi T.Xolbotirov 3-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha “Gidromelioratsiya” fakulteti 3-kurs talabasi YO.Haqberdiyev 1-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 3-kurs talabasi E.Ulug‘muro-dov 2-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 2-kurs talabasi B.Kattabekov 3-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha “Gidro-melioratsiya” fakulteti 2-kurs talabasi H.Shaxiyev 1-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 2-kurs talabasi S.Naimova 2-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha “Gidromelioratsiya” fakulteti 3-kurs talabasi O.Beg‘amov 1-о‘rinni, “Gidromelioratsiya” fakulteti 3-kurs talabasi SH.Muhidinov 2-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 3-kurs talabasi R.Pardayev 3-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha “CH va QXM” fakulteti 3-kurs talabasi I.Karimova 1-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 3-kurs talabasi N.Turg‘unboyeva 2-о‘rinni, “Gidromelioratsiya” fakulteti 2-kurs talabasi R.Rizvonov 3-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng faol iqtidorli talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha “CH va QXM” fakulteti 3-kurs talabasi S.Pardayeva 1-о‘rinni, “Gidromeliora-siya” fakulteti 4-kurs talabasi M.Toshmurodova 2-о‘rinni, “Gidromeliora-siya” fakulteti 3-kurs talabasi M.Qodirova 3-о‘rinni egallashdi. Ular, ya’ni 1-о‘rin g‘oliblariga bazaviy hisoblash miqdorining 8 barobari miqdorida, 2-о‘rin g‘oliblariga bazaviy hisoblash miqdorining 6 barobari miqdorida, 3-о‘rin g‘oliblariga bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobari miqdorida moddiy rag‘batlantirildi, maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Fakultetlar

Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti haqida umumiy ma’lumot

Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti Qarshi davlat texnika universiteti tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-dekabrdagi PQ–428-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Fakultet sobiq Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali negizida shakllantirilgan.

Fakultet oziq-ovqat sanoati, qayta ishlash texnologiyalari hamda zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari uchun yuqori malakali muhandis va texnolog mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan. Ta’lim jarayonlari zamonaviy o‘quv dasturlari asosida nazariya va amaliyot uyg‘unligida olib boriladi.

Fakultet ishlab chiqarish korxonalari bilan yaqin hamkorlik asosida talabalar uchun amaliyot va stajirovka imkoniyatlarini taqdim etadi. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.

 Fakultet tarkibidagi kafedralar

Fakultet tarkibida quyidagi kafedralar faoliyat yuritadi:

Sanoat axborot texnologiyalari va turizm

Sanoat muhandisligi va menejment

Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi

 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari

Fakultetda oziq-ovqat sanoati va texnologiya sohalari bo‘yicha zamonaviy bakalavriat dasturlari amalga oshiriladi:

Oziq-ovqat texnologiyasi (yog‘-moy mahsulotlari; don mahsulotlari)

Vinochilik texnologiyasi, bijg‘ish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi

Funksional va bolalar oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi

Parfyumeriya va kosmetika mahsulotlari texnologiyasi

Yog‘lar, efir moylari hamda parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi

Aholi va turistlar uchun ovqatlanish hamda servisni tashkil etish

 

Magistratura mutaxassisliklari

Magistratura bosqichida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi:

Oziq-ovqat texnologiyasi

Oziq-ovqat xavfsizligi

Oziq-ovqat sanoati mashinalari va agregatlari

 

 Xalqaro va amaliy yo‘naltirilgan ta’lim

Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakultetida ta’lim jarayoni zamonaviy texnologiyalar, innovatsion ishlab chiqarish yechimlari hamda amaliy mashg‘ulotlar asosida tashkil etilgan. Talabalar real ishlab chiqarish jarayonlariga yaqinlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni egallaydilar.

Fakultet oziq-ovqat sanoati, servis va texnologik yo‘nalishlarda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt fakulteti Qarshi davlat texnika universitetining zamonaviy va jadal rivojlanayotgan fakultetlaridan biri hisoblanadi. Fakultet axborot texnologiyalari, dasturiy injiniring, telekommunikatsiya hamda sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan.

Mazkur fakultet tarixan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali negizida shakllangan. 2024-yil 10-dekabrdagi PQ–428-son qaroriga muvofiq Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etilishi natijasida filial “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” fakulteti sifatida qayta tashkil etildi.

Fakultet zamonaviy raqamli iqtisodiyot, axborot jamiyati va innovatsion texnologiyalar rivoji uchun zarur bo‘lgan muhandis va IT mutaxassislarni tayyorlashda muhim o‘rin egallaydi.

Fakultet tarkibidagi kafedralar

Fakultet tarkibida quyidagi ixtisoslashgan kafedralar faoliyat olib boradi:

Kompyuter tizimlarining dasturiy va texnik ta’minoti

Optik aloqa tizimlari va tarmoqlar

Axborot tizimlari va texnologiyalari

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari

Fakultetda zamonaviy IT bozori talablariga mos bakalavriat dasturlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi:

Kompyuter injiniringi

Telekommunikatsiya texnologiyalari

Axborot tizimlari va texnologiyalari

Axborot xavfsizligi

Dasturiy injiniring

Pochta aloqasi texnologiyalari

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasbiy ta’lim

Magistratura mutaxassisliklari

Magistratura bosqichida chuqurlashtirilgan ilmiy va muhandislik tayyorgarligi amalga oshiriladi:

Sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlari

Kompyuter injiniringi (kompyuter tizimlarini loyihalash)

Telekommunikatsiya injiniringi (axborot uzatish tizimlari va tarmoqlar)

 Zamonaviy infratuzilma

Fakultet talabalari uchun zamonaviy o‘quv laboratoriyalari, kompyuter sinflari hamda raqamli texnologiyalar asosidagi ta’lim muhiti yaratilgan. Talabalarning qulay yashashi uchun 540 o‘rinli zamonaviy Talabalar turar joyi faoliyat ko‘rsatadi.

Talabalar turar joyida dam olish, mustaqil ta’lim, internetdan foydalanish va ijtimoiy-madaniy faoliyat uchun barcha sharoitlar mavjud.

 Xalqaro va amaliy yo‘naltirilgan ta’lim

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt fakultetida ta’lim jarayoni zamonaviy dasturlash texnologiyalari, tarmoq tizimlari, kiberxavfsizlik hamda raqamli yechimlar asosida tashkil etilgan. O‘quv jarayonlari amaliyot bilan uyg‘unlashtirilgan bo‘lib, talabalar real IT loyihalar va innovatsion ishlanmalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega.

Fakultet xalqaro hamkorlik va akademik mobillikni rivojlantirish orqali bitiruvchilarning global mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.

Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti Qarshi davlat texnika universitetining muhim akademik bo‘linmalaridan biri bo‘lib, iqtisodiyot, menejment, moliya va raqamli iqtisodiyot sohalari uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan.

Fakultet o‘z faoliyatini 1992-yildan boshlagan bo‘lib, hududda iqtisodiy ta’lim va boshqaruv sohalarini rivojlantirishda muhim o‘rin egallab kelmoqda. Universitetning tarixiy rivojlanish bosqichlari natijasida fakultet bugungi kunda “Iqtisodiyot va boshqaruv” nomi bilan faoliyat yuritmoqda.

Ko‘p yillik faoliyati davomida fakultet bitiruvchilari respublika hamda xorijiy davlatlardagi turli tashkilotlar, moliya institutlari va biznes tuzilmalarida muvaffaqiyatli mehnat qilib kelmoqda.

 Fakultet tarkibidagi kafedralar

Fakultet tarkibida quyidagi ixtisoslashgan kafedralar faoliyat olib boradi:

Buxgalteriya hisobi va audit

Innovatsion iqtisodiyot

Biznes va boshqaruv

Moliya va bank ishi

 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari

Fakultetda zamonaviy mehnat bozori talablariga mos bakalavriat dasturlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi:

Iqtisodiyot

Logistika (iqtisodiy faoliyat)

Raqamli iqtisodiyot

Suv resurslarini tashkil etish va boshqarish

Menejment

Statistika

Buxgalteriya hisobi

Bank ishi

Moliya va moliyaviy texnologiyalar

 Magistratura mutaxassisliklari

Magistratura bosqichida chuqurlashtirilgan nazariy va amaliy tayyorgarlikka ega mutaxassislar tayyorlanadi:

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Mintaqaviy iqtisodiyot

Menejment

Buxgalteriya hisobi

Audit

Moliya

Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori

Investitsiyalarni boshqarish

 

 Xalqaro va amaliy yo‘naltirilgan ta’lim

Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetida ta’lim jarayoni zamonaviy axborot texnologiyalari, raqamli iqtisodiyot yondashuvlari hamda amaliy mashg‘ulotlar asosida tashkil etilgan. Talabalar real biznes jarayonlari, moliyaviy tahlil, boshqaruv strategiyalari va raqamli iqtisodiyot mexanizmlarini o‘rganadilar.

Fakultet xalqaro hamkorlik, akademik almashinuv va innovatsion loyihalar orqali talabalarni global mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh mutaxassislar sifatida tayyorlashni maqsad qilgan.

Neft-gaz va geologiya fakulteti Qarshi davlat texnika universitetining muhim va strategik fakultetlaridan biri hisoblanadi. Fakultet o‘z faoliyatini 1995 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti hamda Toshkent politexnika institutining Qarshi filiallari negizida tashkil etilgan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti tarkibida “Muhandis-texnika” fakulteti sifatida boshlagan.

2013 yil avgust oyida oliy ta’lim muassasasining yangi tashkiliy tuzilmasiga o‘tilishi munosabati bilan fakultet “Neft va gaz” fakulteti sifatida qayta tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-dekabrdagi PQ–428-sonli qarori asosida Qashqadaryo viloyatidagi to‘rtta oliy ta’lim muassasasi negizida Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etildi hamda universitetda “Neft va gaz” hamda “Geologiya va konchilik ishi” fakultetlari birlashtirilib, hozirgi kunda “Neft-gaz va geologiya” fakulteti nomi bilan faoliyat yuritmoqda.

Fakultet tarkibi

Neft-gaz va geologiya fakulteti tarkibida quyidagi 4 ta kafedra faoliyat olib boradi:

Neft-gaz ishi va ularni qayta ishlash texnologiyasi

Texnologik mashinalar va jihozlar

Geologiya va konchilik ishi

Tabiiy fanlar

 Ta’lim yo‘nalishlari

Fakultetda zamonaviy sanoat talablariga mos, amaliyotga yo‘naltirilgan hamda texnologik va muhandislik kompetensiyalariga asoslangan bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.

 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:

Neft va gaz ishi

Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi

Neft-gaz kimyo sanoati texnologiyasi

Texnologik mashinalar va jihozlar

Qurilish muhandisligi (neft-gaz sanoati obyektlari)

Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi

Konchilik ishi

Marksheyderlik ishi

Metallurgiya muhandisligi

 

 

 Magistratura mutaxassisliklari (o‘zbek tilida):

Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi

Neft va gaz konlarini ishlatish va ulardan foydalanish

Neft-gaz konlari mashina va jihozlarini ekspluatatsiya qilish

Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash

Foydali qazilma konlarini qazib olish muhandisligi

Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash

Foydali qazilma konlari geologiyasi (qidiruv va razvedka)

Nodir va radioaktiv metall rudalarini qazib olish, qayta ishlash va boyitish texnologiyasi

Metallurgiya

Neft-gaz sanoati mashinalari va jihozlari

 

Xalqaro va amaliy yo‘naltirilgan ta’lim

Neft-gaz va geologiya fakultetida ta’lim jarayoni zamonaviy laboratoriyalar, ilg‘or texnologiyalar hamda ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan o‘quv dasturlari asosida tashkil etilgan. Fakultet neft-gaz sanoati, geologiya va konchilik yo‘nalishlarida real ishlab chiqarish jarayonlariga yaqinlashtirilgan amaliy ta’limni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi.

Shuningdek, fakultet xalqaro hamkorlik, ilmiy loyihalar va akademik mobillik dasturlari orqali talabalarni global mehnat bozori talablariga mos mutaxassislar sifatida tayyorlashni maqsad qilgan.

Energetika muhandisligi fakulteti Qarshi davlat texnika universitetining muhim va strategik fakultetlaridan biri hisoblanadi. Fakultet o‘z faoliyatini 1995 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti hamda Toshkent politexnika institutining Qarshi filiallari negizida tashkil etilgan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti tarkibida “Muhandis-texnika” fakulteti sifatida boshlagan.

2013-yil avgust oyida oliy ta’lim muassasasining tashkiliy tuzilmasi yangilanishi munosabati bilan fakultet “Energetika” fakulteti sifatida qayta tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil
10-dekabrdagi PQ–428-sonli qarori asosida Qashqadaryo viloyatidagi to‘rtta oliy ta’lim muassasasi negizida Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etildi va fakultet hozirgi kunda “Energetika muhandisligi” fakulteti nomi bilan faoliyat yuritmoqda.

Fakultet tarkibi

Energetika muhandisligi fakulteti tarkibida quyidagi 5 ta kafedra faoliyat olib boradi:

  • Elektr ta’minoti va intellektual energetik tizimlar
  • Energetika muhandisligi
  • Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
  • Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish
  • Oliy matematika

Ta’lim yo‘nalishlari

Fakultetda zamonaviy mehnat bozori talablariga mos bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:

Energetika muhandisligi

Elektr muhandisligi

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish

Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (sanoatda)

Magistratura mutaxassisliklari:

Sanoat issiqlik energetikasi

Energiya tejamkorligi va energiya auditi

Elektr energetikasi tizimlari va tarmoqlari

Elektr mexanikasi

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish

Elektr ta’minoti

Muqobil energiya manbalari

Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi

 Xalqaro va amaliy yo‘naltirilgan ta’lim

Energetika muhandisligi fakulteti ta’lim jarayonida zamonaviy laboratoriyalar, raqamli texnologiyalar hamda xalqaro tajribaga asoslangan o‘quv dasturlaridan foydalanadi. Fakultet xalqaro grantlar, akademik mobillik va sanoat bilan hamkorlik orqali talabalarni global mehnat bozoriga tayyorlashni maqsad qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-maydagi 437-son qarori asosida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali tashkil etildi. Keyinchalik, Prezidentning PQ–42-son (2021-yil 10-dekabr) qaroriga muvofiq filial negizida Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Prezidentning PQ–428-son (2024-yil 10-dekabr) qarori asosida Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etilib, irrigatsiya, gidromelioratsiya, gidroenergetika hamda ekologiya yo‘nalishlari izchil rivojlantirilmoqda.

Irrigatsiya muhandisligi yo‘nalishi suv resurslarini boshqarish, gidrotexnika inshootlarini loyihalash va ekspluatatsiya qilish, tejamkor sug‘orish texnologiyalari hamda raqamli va geoaxborot tizimlariga asoslangan zamonaviy muhandislik yechimlariga ixtisoslashgan.

Akademik baza va kafedralar

Yo‘nalish bo‘yicha ta’lim jarayoni quyidagi ixtisoslashgan kafedralar ishtirokida amalga oshiriladi:

Irrigatsiya va melioratsiya

Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalari

Agrotexnologiyalar

Ekologiya va gidrologiya

Gumanitar fanlar

 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari

Yo‘nalish doirasida zamonaviy mehnat bozori talablariga mos bakalavriat dasturlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi:

Gidrotexnika inshootlari qurilishi (suv xo‘jaligi)

Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalarini ekspluatatsiya qilish

Gidroenergetika muhandisligi

Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash

Avtomobil va traktorsozlik

Kasbiy ta’lim (qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash)

Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi

Atrof-muhit muhandisligi (sanoat sohasi)

Geodeziya, kartografiya va kadastr

Geodeziya va geoinformatika

Kartografiya va masofadan zondlash

Kadastr

Agronomiya

O‘simliklarni himoya qilish va karantin

Zooinseneriya

Meva-sabzavotchilik va uzumchilik

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi

O‘rmon xo‘jaligi va urbanizatsiya hududlarini ko‘kalamzorlashtirish

 

 Magistratura mutaxassisliklari

Magistratura bosqichida yuqori malakali ilmiy va muhandis kadrlar tayyorlanadi:

Nasos stansiyalari va qurilmalarini ekspluatatsiya qilish va diagnostika

Gidrotexnika inshootlari

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash (o‘simlikchilik)

Sanoat korxonalarida atrof-muhit muhofazasi

Atrof-muhit muhandisligi

Kadastr (mutaxassis tayyorlash dasturlari)

Organik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi

O‘rmon xo‘jaligi

Manzarali bog‘dorchilik va landshaft dizayni

 Xalqaro va amaliy yo‘naltirilgan ta’lim

Irrigatsiya muhandisligi yo‘nalishida ta’lim jarayoni zamonaviy laboratoriyalar, raqamli texnologiyalar, geoaxborot tizimlari hamda ilg‘or muhandislik dasturlari asosida tashkil etilgan. O‘quv jarayonlari ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan bo‘lib, talabalar real loyihalar, amaliy mashg‘ulotlar va ilmiy tadqiqotlarda faol ishtirok etadilar.

Yo‘nalish suv xo‘jaligi, gidroenergetika, ekologiya va raqamli qishloq xo‘jaligi sohalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda bitiruvchilarning global mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.

Transport va qurilish muhandisligi fakulteti Qarshi davlat texnika universitetining tarixan shakllangan, muhim va strategik fakultetlaridan biri hisoblanadi. Fakultet o‘z faoliyatini 1975 yildan boshlab olib borgan bo‘lib, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar asosida bir necha bor qayta tashkil etilgan.

1995 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti hamda Toshkent politexnika institutining Qarshi filiallari negizida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti tashkil etilgach, “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash”, “Gidromelioratsiya” va “Yer tuzish” fakultetlari birlashtirilib, Agromuhandislik fakulteti tashkil etildi. Keyingi yillarda fakultet “Qishloq va suv xo‘jaligi muhandisligi”, “Muhandis-texnika” hamda “Muhandislik texnikasi” nomlari bilan faoliyat yuritdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-dekabrdagi PQ–428-sonli qarori asosida Qashqadaryo viloyatidagi to‘rtta oliy ta’lim muassasasi negizida Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etildi va fakultet hozirgi kunda “Transport va qurilish muhandisligi” fakulteti nomi bilan faoliyat olib bormoqda.

Fakultet tarkibi

Transport va qurilish muhandisligi fakulteti tarkibida quyidagi 5 ta kafedra faoliyat olib boradi:

Transport muhandisligi

Gidravlika va muhandislik inshootlari qurilishi

Metrologiya va materialshunoslik muhandisligi

Kimyo muhandisligi va biotexnologiya

Umumtexnik fanlar

 

Ta’lim yo‘nalishlari

Fakultetda zamonaviy mehnat bozori talablariga mos, amaliyotga yo‘naltirilgan va muhandislik kompetensiyalariga asoslangan kunduzgi bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:

Transport muhandisligi

Qurilish muhandisligi

Yo‘l muhandisligi

Arxitektura

Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari

Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi

Transport vositalari muhandisligi

Yo‘l harakatini tashkil etish

Metrologiya va standartlashtirish

Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi

Mexanika muhandisligi

Kimyo muhandisligi

Kimyoviy texnologiyalar

Biotexnologiya

Muhandislik kommunikatsiyalari va qurilish ekspluatatsiyasi

Yengil sanoat muhandisligi

 

Magistratura mutaxassisliklari:

Quruqlikdagi transport vositalari va tizimlari

Transport muhandisligi

Gidrotexnik inshootlar

Gidravlika

Gidroelektr va nasos stansiyalarini ekspluatatsiya qilish

Gidroenergetika muhandisligi

Gidrotexnik inshootlarning ekspluatatsiyasi, ishonchliligi va xavfsizligi

Kimyoviy texnologiya (yuqori molekulali birikmalar)

Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar texnologiyasi)

Kimyoviy texnologiya (organik moddalar texnologiyasi)

Katalizatorlar va adsorbentlar texnologiyasi

Kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari

Biotexnologiya

Xalqaro va amaliy yo‘naltirilgan ta’lim

Transport va qurilish muhandisligi fakultetida ta’lim jarayoni zamonaviy laboratoriyalar, raqamli modellashtirish va loyihalash texnologiyalari hamda xalqaro tajribaga asoslangan o‘quv dasturlari orqali olib boriladi. Fakultet sanoat korxonalari, loyiha institutlari va xalqaro hamkorlar bilan yaqin hamkorlik asosida talabalarni real muhandislik muammolarini hal qilishga va global mehnat bozoriga tayyorlashni maqsad qilgan.

Ta'lim yo'nalishlari

Agronomiya 60810400 Magistr
Arxitektura 60730100 Bakalavr
Atrof-muhit muhandisligi 60711800 Magistr
Axborot tizimlari 70610103 Magistr
Axborot tizimlari va texnologiyalari 60610100 Bakalavr
Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60610100 Bakalavr
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi 60611300 Bakalavr
Bank ishi 60410600 Bakalavr
Barqaror-aqilli qishloq xo’jaligi 60810400 Bakalavr
Bino va inshootlar qurilishi (inshootlar turi bo‘yicha) 70730301 Magistr
Biotexnologiya 60710200 Magistr
Biotexnologiya 70510103 Magistr
Buxgalteriya hisobi 60410200 Bakalavr
Dasturiy injiniring 60610400 Bakalavr
Dasturiy injiniring Magistr
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi 60520200 Bakalavr
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60710400 Bakalavr
Elektr muhandisligi 60710500 Bakalavr
Elektronika va asbobsozlik 60710700 Bakalavr
Energetika muhandisligi. 60710400 Bakalavr
Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi 60720400 Bakalavr
Geodeziya va geoinformatika 60721500 Bakalavr
Gidroenergetika 60710600 Bakalavr
Gidrologiya (o‘rganish obyektlari bo‘yicha) 70530801 Magistr
Gidrologiya (tarmoqlar bo‘yicha) 60530800 Bakalavr
Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish Bakalavr
Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish 60812500 Bakalavr
Gidrotexnika qurilishi (turlari bo‘yicha) 60730900 Bakalavr
Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi 60730600 Bakalavr
Iqtisodiyot 60310100 Bakalavr
Iqtisodiyot 70410102 Magistr
Iqtisodiyot (matematik iqtisodiyot) 60310100 Bakalavr
Kadastr 60721700 Bakalavr
Kartografiya va masofadan zondlash 60721600 Bakalavr
Kimyo muhandisligi 60710100 Bakalavr
Kimyo muhandisligi. 70710101 Magistr
Kimyoviy texnologiya 70710101 Bakalavr Magistr
Kompyuter injiniringi 70610301 Magistr
Kompyuter injiniringi 60610300 Bakalavr
Kompyuter injiniringi (АТ-servis, aхborot xavfsizligi, multimedia texnologiyalari) 60610500 Bakalavr
Konchilik ishi 60720800 Bakalavr
Logistika 61010400 Bakalavr
Materialshunoslik 60720300 Bakalavr
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi 61020200 Bakalavr
Meliorativ gidrogeologiya 60812600 Bakalavr
Menejment 70410801 Magistr
Menejment 60410800 Bakalavr
Metallurgiya muhandisligi 60711200 Bakalavr
Metrologiya va standartlashtirish 60710800 Bakalavr
Mexanika muhandisligi 60712300 Bakalavr
Mexatronika va robototexnika 60711000 Bakalavr
Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410400 Bakalavr
Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410500 Bakalavr
Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va ekspluatatsiyasi. 60730400 Bakalavr
Neft va gaz ishi 60721100 Bakalavr
Neft va gaz ishi (faoliyat turlari bo‘yicha) 60721800 Bakalavr
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi 60720600 Magistr
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi 70720601 Magistr
Oziq-ovqat texnologiyasi. 60720100 Bakalavr
O‘simliklar himoyasi va karantini 70810501 Magistr
O‘simliklar himoyasi va karantini 60810500 Bakalavr
O‘simliklar karantini va himoyasi 60811000 Bakalavr
Professional ta’lim: yer kadastri va yer tuzish 60112400 Bakalavr
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari 60712100 Magistr
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar bo‘yicha) 70810101 Bakalavr
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha) 60811300 Bakalavr
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi. 60810700 Bakalavr
Qurilish inshootlari muhandisligi 70730304 Bakalavr
Qurilish muhandisligi 70730301 Magistr
Qurilish muhandisligi 60730300 Bakalavr
Soliqlar va soliqqa tortish 60410300 Bakalavr
Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60410700 Bakalavr
Sun'iy intelekt 70610701 Magistr
Sun'iy intellekt 60610500 Bakalavr
Sun'iy intellekt 60610500 Magistr
Sun’iy intellekt 70610501 Magistr
Sun’iy intellekt 60610500 Bakalavr
Sun’iy intellekt (magistratura) 70610501 Magistr
Suv ta’minoti muhandislik tizimlari 60812900 Bakalavr
Suv xo‘jaligi va melioratsiya 60811200 Bakalavr
Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”) 60611000 Bakalavr
Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”, Teleradioeshittirish”, “Mobil tizimlar”) 60611000 Bakalavr
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari) 60710900 Bakalavr
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish 60710900 Bakalavr
Texnologik mashinalar va jihozlar 60720400 Bakalavr
Transport vositalari muhandisligi 60711400 Bakalavr
Transport vositalari muhandisligi (transport vositalariga xizmat ko‘rsatish) 60712500 Bakalavr
Transport vositalari muhandisligi. 70711401 Magistr
Turizm va mehmondo'stlik 71010101 Magistr
Yengil sanoat muhandisligi 60720700 Bakalavr
Yer kadastri va yer tuzish 60811600 Bakalavr
Yer kadastri va yerdan foydalanish 60810600 Bakalavr
Yo'l muhandisligi 60730500 Magistr

Mashhur bitiruvchilar

Nuriddin Zayniyev Zayniyevich

2004-yilda Qarshi davlat texnika universiteti (Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini) tamomlagan. Qarshi shahar, viloyat partiya qoʻmitalari yoʻriqchisi, boʻlim mudiri, viloyat partiya qoʻmitasi kotibi, viloyat universal tovar-xomashyo „Nasaf“ birjasi boshqaruvi raisi lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan[1]. 2002-yilgacha „Muborakneftgaz“ DK neft va gaz konlari boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan. 2002-yil 26-dekabrda Qashqadaryo viloyati hokimi etib saylandi. 2011-yil 30-noyabrda u hokimlik lavozimidan ozod etilgan. 2000-yilda Qashqadaryo viloyati Muborak 227-okrugidan Oliy Majlis II chaqiriq deputati etib saylangan. 2015-yil 3-fevralda vafot etgan

Zafar Ro'ziyev Sharipovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan , ta'lim, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi a’zosi . Qashqadaryo viloyati hokimi ( 2013-2019 ). 2019-yildan - Jizzax viloyati Zarbdor tumani hokimi. 1989-yil Qarshi davlat texnika universitet(Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institut)ni tamomlagan.

Shuxrat Aslanov Chariyevich

“Shurtan gaz kimyo majmuasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati Bosh direktori. 1995 yildan 1999 yilgacha Qarshi davlat texnika universiteti (Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti)da tahsil olgan.

Normumin Xolboyev Yaxshiyevich

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar hokimi.

To‘xtamurod Meyliyev Abdixalikovich

Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani hokimi

Jasur Shukurov Nigmatovich

2013-2017 yillarda “O’zstandart” agentligi “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi direktori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.2017 y. - h.v. “O’zstandart” agentligi Bosh direktori o‘rinbosari lavozimida ishlamoqda. 1994-1997-yillar Qarshi davlat texnika universitet(Qarshi muhsndislik-iqtisodiyot institutida)da tahsil olgan.

Ibrat Ismailov Ilxomovich

Qarshi davlat texnika universitetida Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorector. 2009 -yilda Qarshi davlat texnika universiteti(Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti)ni muvofaqqiyatli bitirgan.

Berdiyev Abdumalik Xakimovich

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori 1998-yilda Qarshi davlat texnika universiteti (Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini) tamomlagan.

Norinov Faxriyor Qurbonovich

Qarshi xalqaro universiteti о‘quv ishlari bо‘yicha prorector. 2014-yida Qarshi davlat texnika universiteti (Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini) tamomlagan.

Farmonov Jasur Boyqarayevich

2004-yilda Qarshi davlat texnika universiteti (Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini) tamomlagan. 2024-yildan — Qarshi iqtisodiyot va pedagogika universiteti nodavlat ta’lim muassasasi, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor

Talabalar fikri

Amonov Lazizjon

Qarshi davlat texnika universiteti tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan foydalangan holda, 2023–2025 o‘quv yillari davomida Yevropa Erasmus+ dasturi doirasida Ruminiya va Serbiyada magistratura bosqichida tahsil oldim.

Inatova Maftuna

Universitetimizdagi tajribali professor-o‘qituvchilar va zamonaviy ta’lim tizimi men uchun katta imkoniyatlar eshigini ochdi. Shu mustahkam poydevor tufayli men Erasmus+ granti sohibiga aylandim va Vengriyada tahsil oldim. Xorijdagi tajribam shuni anglatdiki, institutimiz xalqaro standartlarga javob beradigan ta’lim beradi. Biz uchun shunday sharoit va global imkoniyatlar yaratib berayotgan aziz universitetim men uchun har doim “Number One” bo‘lib qoladi

Chinori Tokita

Mening ismim Chinori Tokita. Men Yaponiyada joylashgan Samarkand Daryo kompaniyasining bosh direktori (CEO)man. Men Qarshi Davlat Texnika Universitetiga tashrif buyurdim va undan zavq oldim.

Lia Baltador

Mening ismim Lia Baltador. Men Sibiu shahridagi Lucian Blaga universitetida talabalarni o‘qiyman. Men Qarshi Davlat Texnika Universiteti Xalqaro Aloqalar Bo‘limi xodimlarini juda yaxshi ko‘raman.

G‘aniyev Asadbek

Qarshi davlat texnika universitetining faxrli bitiruvchisi sifatida ta’kidlashni istardimki, mening akademik yutuqlarim u yerda olgan mustahkam bilim asosim bilan chambarchas bog‘liqdir. KSTUdagi yuqori sifatli ta’lim, qo‘llab-quvvatlovchi professor-o‘qituvchilar va ilmiy-tadqiqotga yo‘naltirilgan muhit mening professional va shaxsiy rivojlanishimda muhim rol o‘ynadi.Nufuzli “El-Yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasini qo‘lga kiritish mening hayot yo‘limdagi muhim bosqich bo‘ldi va bu universitet ustozlarimning yo‘l-yo‘riqlari hamda qo‘llab-quvvatlashlarisiz mumkin bo‘lmas edi. Hozirda men Malayziyada magistratura bosqichini tamomladim va KSTUda olgan bilim hamda qadriyatlarni ishonch bilan namoyon etmoqdaman.

Eui Seob Song

MODNI International kompaniyasi Qarshi davlat texnika universitetidagi ishidan juda mamnun. Ushbu universitet Qashqadaryo viloyatida juda yaxshi hisoblanadi