WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha)

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

INTELLEKTUAL TIZIMLAR VA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI

60610100 – Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari

Bu yo‘nalishda tahsil olganlar Sun’iy intellekt va dasturlash texnologiyalarini, dasturlashtillarini hamda kompyuterli dasturlashni mukammal o‘rganadi. Qo‘shimcha tarzda barcha Kompyuter ilmlarini, Web texnologiyalar, Sun’iy intellekt, ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash texnologiyalari fanlari mukammal  o‘rganishlari mumkin.

 

Kredit

Jami soat

Auditoriya soati

Kurs ishi

Malakaviy asmaliyot

Mustaqil ta’lim

Jami

Ma’ruza

amaliy

Laboratoriya

Seminar

240

7140

2790

1118

1036

338

178

 

570

3960

 

1-bosqichda Xorijiy til, Oʻzbekistonning eng yangi tarixi, Samarqand tamadduni tarixi, Matematik analiz, Chiziqli algebra va analitik geometriya, Dasturlash asoslari, Diskret matematika va matematik mantiq,Oʻzbek (rus) tili, Ehtimollar nazariyasi va matematik statistikafanlari o‘zbek tilida olib boriladi.

2-bosqichdan boshlab oʻquv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid Dasturlash texnologiyalari, Algoritmlar va berilganlar strukturasi, Berilganlar bazasi, Sonli usullar, Tizimli dasturlash  fanlarning amaliy mashgʻulotlari va laboratoriya ishlari fakultetning kompyuter xonalarida, IT markazida o‘taydilar hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda oʻtkaziladi.  Bundan tashqari IT markazda iqtidorli hisoblangan talabalar o’z StartUp lari ustida ish olib boradi. Yaratilgan dasturiy vositalar bilan soha bo’yicha turli xil tanlovlarda ishtirok etadi. Kurs ishlsri  faniga ajratilgan mustaqil ta’lim soatlari hisobidan 1 kredit asosida bajariladi.

2, 3, 4-bosqichda mutaxassislik fanlari Ma’lumotlar bazasi, Kiberxavfsizlik asoslari, Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar, Elektronika va sxemalar dan tashqari Sun'iy intellekt uchun dasturlash, Kompyuter grafikasi va geometriyasi, Fraktallar nazariyasi va fraktal grafika, tanlov fanlar  ham olib boriladi. Fakultetda iqtidorli talabalardan tuzilgan guruhlarda mutaxasisilik fanlari to‘liq ingliz tilida o‘qitiladi.

4 yillik o‘qishni muvaffaqiyatli bitirgandan so‘ng talabalarga  Mobil ilovalar yaratish, Web texnologiyalar, Sun’iy intellect texnologiyalari mutaxasisi, Kompyuter dasturchisi, Informatika va matematika fani o‘qituvchisi mutaxassisligi beriladi.

1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.

GPA ko‘rsatkichi har yili avgust oyining uchinchi haftasida aniqlanadi.

Harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari tanlov fanlari blokining soatlari hisobiga (tanlov fanlarini o‘zlashtirish sharti bilan), harbiy yig‘in esa ta'til vaqti hisobiga o‘tkaziladi. Tanlov fanlari bloki OTM Kengashi qarori bilan mehnat bozori va kadrlar buyurtmachilarining talablari, moslanuvchanligi va harakatchanligini ta'minlovchi fanlar majmuasidan belgilanadi.

O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 % gacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 % gacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.

Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.

O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta'lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.

Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta'minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.

Jismoniy tarbiya va sport fani fakultativ kurs sifatida talabaning ixtiyoriy tanlovi asosidagi sport seksiyalarida tashkil etiladi.

Kurs ishlari shu fanga ajratilgan mustaqil ta'lim soatlari hisobidan I kredit asosida bajariladi.

 

Oʻquv jarayonining tarkibiy qismlar

Haftalar soni

Semestr

Nazariy va amaliy taʼlim

105

1-8

Malakaviy amaliyot

21

4, 6, 8

Attestasiyalar

19

1-8

Davlat attestasiyasi

7

8

Taʼtil

45

1-8

Fanlarni tanlash uchun roʻyxatdan oʻtish

4

1-8

GPA koʻrsatkichlarini hisoblash

3

1-6

Jami

204

 

 

 

TA’TIL VAQTI:

  1. 1-kurs:

- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyun oyining 2-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 10.06.2024-02.09.2024)

  1. 2-kurs:

-dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyul oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 01.07.2024-02.09.2024)

  1. 3-kurs:

- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyul oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 01.07.2024-02.09.2024)

  1. 4-kurs:

- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyul oyining 1-haftasidan

FANLAR

  1. Xorijiy til
  2. Oʻzbekistonning eng yangi tarixi, Samarqand tamadduni tarixi
  3. Matematik analiz
  4. Chiziqli algebra va analitik geometriya
  5. Dasturlash asoslari
  6. Diskret matematika va matematik mantiq I-qism
  7. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika
  8. Axborot xavfsizligi asoslari
  9. Falsafa
  10. Dasturlash texnologiyalari
  11. Algoritmlar va berilganlar strukturasi
  12. Kompyuter tarmoqlari
  13. Berilganlar bazasi
  14. Sonli usullar
  15. Tizimli dasturlash
  16. Dinshunoslik
  17. Tizimli dasturlash
  18. Mobil ilovalar yaratish
  19. Web texnologiyalar
  20. Umumiy pedagogika

O'xshash dasturlar