Dastur haqida
Kiber huquqi (70420131)
Mazkur magistratura yo‘nalishi raqamli muhitda yuzaga keladigan huquqiy muammolarni hal eta oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlaydi. Dastur texnologiya va qonun kesishgan nuqtalarda yuzaga keladigan masalalarni tahlil qilish, tartibga solish va hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Talabalar kiberjinoyatlar, axborot maxfiyligi, intellektual mulk, elektron tijorat va ilg‘or texnologiyalar (AI, blokcheyn, raqamli platformalar) bilan bog‘liq huquqiy masalalarni o‘rganadilar. Dastur tahliliy fikrlash, yuridik muammolarga kompleks yondashuv va axloqiy baholashni shakllantiradi.
Bitiruvchilar davlat, xususiy va xalqaro tashkilotlarda raqamli huquqiy munosabatlarni tartibga solishda, siyosat ishlab chiqishda va kiberxavfsizlik sohasida maslahat berishda faoliyat yuritadilar.
O'xshash dasturlar
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Biznes huquqi
24 374 397 so'm
yiliga
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Suv diplomatiyasi
—
Toshkent shahridagi “Sankt-Peterburg davlat universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi Filiali
Yurisprudensiya
—
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)
Ekologiya huquqi
29 714 040 so'm
yiliga
AFRASIAB UNIVERSITY
Mehnat huquqi
35 000 000 so'm
yiliga
Rossiya TIV MGIMOning Toshkent filiali
Yurisprudensiya
61 000 000 so'm
yiliga