WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Urganch davlat tibbiyot instituti

Stomatologiya

Bakalavr Kunduzgi 5 yil

Dastur haqida

Stomatologiya ishi yo‘nalishi, 2019-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida Pediatriya fakulteti negizida tashkil qilingan. Stomatologiya yo‘nalishida talabalar soni ortib borishi munosabati bilan filial Kengashining 2021 yil 27 avgustdagi 1-sonli bayonnomasiga asosan Stomatologiya fakultetiga asos solindi.

Farmatsiya yo‘nalishi 2021-yilda tashkil qilingan. Hozirgi kunda fakultetga 8 ta kafedra qarashli bo‘lib, ular filialning asosiy o‘quv binosi va Urganch shahridagi klinikalarda joylashgan. Kafedralarda professor-o‘qituvchilar, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori va tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega ustozlar faoliyat yuritishmoqda.

Mazkur fakultetning birinchi dekani tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent, Madrimova Aziza Gaibnazarovna 2025-yil fevral oyigacha faoliyat yuritgan.

Hozirgi kunda fakultetni tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent, Qurbanov Dilshodbek Farxod o‘g‘li boshqarmoqda. Bugungi kunda fakultetda 2 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 1190 nafar talaba tahsil olmoqda.

 

O'xshash dasturlar