Urganch davlat tibbiyot instituti
7,627
Talabalar
1,219
Xorijiy talabalar
568
O'qituvchilar
6
Fakultetlar
32
Kafedralar
1992
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevralda “Yangi oliy o‘quv yurtlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 11-martdagi 125-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 1992-yil 20-martdagi 171-sonli buyrug‘iga asosan Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutining Urganch filiali tashkil etilgan. 1992-yil 2-sentabrda Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti Urganch filiali ochildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 31-maydagi Farmoni va Respublika Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-iyundagi qaroriga asosan filial Urganch davlat universiteti tarkibiga qo‘shildi. UrDUda Tibbiyot markazi tashkil qilindi.
Respublika Hukumatining 1998-yil 3-iyundagi 239-sonli qaroriga asosan UrDUning Tibbiyot markazi qaytadan mustaqil o‘quv markaziga aylantirildi. Ya’ni, Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti Urganch filiali tashkil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-iyuldagi “Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil qilish to‘g‘risida”gi PF-3629-sonli farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 29-iyuldagi 178-sonli qaroriga asosan yuqori malakali tibbiy kadrlarni tayyorlashni tashkil etishni takomillashtirish va uning sifatini oshirish maqsadida tugatilgan birinchi va ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutlari negizida Toshkent tibbiyot akademiyasi tashkil etildi. Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti Urganch filiali Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali deb yuritila boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 22-apreldagi PQ–149-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-oktabrdagi 621-sonli qaroriga asosan Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali Urganch davlat tibbiyot instituti etib qayta tashkil etildi. Mazkur qaror asosida tibbiyot sohasida yuqori malakali oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash, aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifati va qamrovini oshirish, tibbiy amaliyotning ta’lim hamda ilm-fan bilan integratsiyasini mustahkamlash, shuningdek, ilg‘or innovatsiyalarni davolash-diagnostika jarayonlariga keng joriy etish vazifalari belgilab berildi.
Xorijiy talabalar uchun
Xorijiy talabalar uchun tashkil qilingan til kurslari:
1. O‘zbek tili kursi
2. Rus tili kursi
Xalqaro hamkorlik
Urganch davlat tibbiyot institutining xalqaro faoliyati.
Urganch davlat tibbiyot institutida xalqaro faoliyat izchil va barqaror ravishda rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda institut Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Germaniya, Italiya, Isroil, Janubiy Koreya, Turkiya, Hindiston, Pokiston Islom Respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi 10 dan ortiq xorijiy davlatlarning 60 dan ziyod yetakchi oliy ta’lim muassasalari va tibbiyot tashkilotlari bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
Mazkur hamkorlik doirasida har yili institutning 80 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilari xorijiy universitetlar va klinikalarda malaka oshirib, stajirovka o‘taydi hamda nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda faol ishtirok etadi. Bu jarayon professor-o‘qituvchilar salohiyatini oshirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ta’lim jarayoniga zamonaviy innovatsion yondashuvlarni joriy etishga xizmat qilmoqda.
Shu bilan birga, har yili 50 nafardan ortiq nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va soha mutaxassislari institutga jalb etilib, talabalarga zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ma’ruza mashg‘ulotlari, mahorat darslari va amaliy seminarlar o‘tkazib kelmoqda. Ushbu hamkorlik institutda ta’lim sifati va mazmuni xalqaro standartlarga mos ravishda tashkil etilayotganini yaqqol namoyon etadi.
Institutda qator yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Jumladan, Privolzhsky Research Medical University bilan bakalavriatning “Davolash ishi” yo‘nalishida 3+3 formatida, “Farmatsiya” va “Stomatologiya” yo‘nalishlarida 3+2 formatida; Qozon Federal Universiteti bilan “Tibbiy biologiya” yo‘nalishida 3+3 formatida; hamda Shinjon tibbiyot universiteti bilan “Xalq tabobati” yo‘nalishida 3+2 formatida qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etilgan. Ushbu dasturlar talabalarga ikki tomonlama diplom olish, xalqaro tajriba orttirish va kasbiy kompetensiyalarini kengaytirish imkonini bermoqda.
Har yili institutning 50 nafardan ortiq talabalari Turkiya, Rossiya va Xitoy kabi davlatlarning hamkor klinikalarida yozgi malakaviy amaliyot o‘tab, nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlab kelmoqda. Bu esa yosh mutaxassislarning xalqaro maydonda raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllanishiga xizmat qilmoqda.
Ayni paytda institutda Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi, Afg‘oniston, Pokiston Islom Respublikasi, Hindiston, Bangladesh, Nepal va Misr Arab Respublikasidan 1200 nafardan ortiq xorijiy talabalar tahsil olmoqda. Xorijiy talabalar uchun institutda barcha zarur sharoitlar yaratilgan: zamonaviy o‘quv auditoriyalari, yuqori texnologiyali laboratoriyalar, 7/24 rejimida faoliyat yurituvchi IT-Park, kompyuter xonalari, qishki va yozgi sport majmualari, shuningdek Hindiston va Pokiston milliy taomlari tayyorlanadigan oshxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Talabalar turar joyi zamonaviy talablarga javob beradigan tarzda jihozlangan bo‘lib, talabalarning munosib yashashi va samarali hordiq chiqarishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
Institutning Xalqaro hamkorlik bo‘limi xalqaro faoliyatni muvofiqlashtirish, xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro aloqalarni rivojlantirish, shuningdek xorijiy talabalarning viza va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish ishlarini tizimli ravishda amalga oshirib kelmoqda.
Urganch davlat tibbiyot instituti xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish, ta’lim va ilm-fan integratsiyasini chuqurlashtirish hamda jahon tibbiyot ta’limi makonida o‘zining munosib o‘rnini mustahkamlash yo‘lida izchil sa’y-harakatlarni davom ettirib kelmoqda. Xalqaro faoliyatni kengaytirish orqali institut zamonaviy, raqobatbardosh va yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlashni o‘z oldiga ustuvor vazifa qilib qo‘ygan.
Talabalar uchun imkoniyatlar
Bugungi kunga qadar filial talabalari Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan turli ko‘rik tanlov, sport musobaqalari, intelektual va xalqaro fan olimpiadalarda yuqori o‘rinnlarni qo‘lga kiritishdi. Jumladan 3 nafar talaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, 6 nafar talaba Islom Karim nomli Davlat stipendiyasi, 11 nafar talaba Ibn Sino nomli Davlat stipendiyasi, 7 nafar talabalar O‘zbekiston Vrachlar assosiatsiyasining tibbiyot oliygohlari talabalari uchun ta’sis etilgan stipendiyasi, 3 nafar talaba qizlarimiz Zulfiya nomidagi stipendiya sohiblari bo‘lishdi.
Fakultetlar
FAKULTET DEKANI
Fazilova Sharifa Mirhamidovna
,
- Qabul vaqti:
- 09:00:00 -18:30:00
- Telefon:
- +998975137264
- Elektron pochta:
- sharifafozilova55@gmail.com
FAQULTET DEKANI
ALLANAZAROV ALLANAZAR XUDASHKUROVICH
,
- Qabul vaqti:
- 09:00:00 -18:30:00
- Telefon:
- +998932812421
- Elektron pochta:
- doctor-a-a@mail.ru
PEDIATERIYA FAKULTETI HAQIDA
1993-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida Pediatriya fakulteti tashkil qilingan. Hozirgi kunda fakultetga 7 ta kafedra qarashli bo‘lib, ular filialning asosiy o‘quv binosida va Urganch shahridagi shifoxonalarda joylashgan.
Mazkur fakultetga quyidagicha yillar kesimida professor-o‘qituvchilar dekan lavozimida faoliyat yuritganlar.
Uning birinchi dekani Masharipov Sobirjon Masharipovich (1993-1995);
Hidoyatov Baxtiyor Abdug‘afforovich (1995);
Jabborov Kamil Jabborovich (1996);
Musayev Maqsud Razzoqovich (1997-2008);
Quryazov Akbar Quranbayevich (2009-2013);
Rahmetova Malika Rahmetovna (2013-2015);
Yusupov Shavkat Rahimbayevich (2015-2017);
Abdullayev Ravshan Babajanovich (2017-2019);
2019 yil 1 aprel sanasidan buyon Anatomiya kafedrasi mudiri, dotsent Sapayeva Sharofat Aminovna fakultet dekani vazifasida faoliyat olib bormoqda.
1993 – 2015 yillarda Pediatriya fakultetida quyidagi dekan o‘rinbosarlari faoliyat yuritishgan.
Sa’dullayev Otanazar Qodirovich, Yo‘ldoshev Nuraddin Egamberdiyevich, Jumaniyazov Quvondiq Yuldoshevich, Bobojonov Xudoynazar Rajabovich, Egamberdiyev Quvonchbek Qosimovich;
2016 - 2019 yillarda Vapayev Qudrat Bekberganovich, Karimov Rasulbek Xasanovich, Allaberganov Dilshod Shavkatovich, Salayev Ixtiyor Baxtiyorovichlar samarali faoliyat yuritganlar.
Pediatriya fakultetida 7 ta kafedralarda 100 dan ortiq ilmiy salohiyatli professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritishmoqda.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Pediatriya fakultetida quyidagi mas‘ul xodimlar bugungi kunda o‘z vazifalarini sidqidildan bajarib kelmoqdalar.
- Sapayeva Sharofat Aminovna – Pediatriya fakulteti dekani (2019-yil 1-apreldan buyon);
- Alimov Elyorbek Narxanovich – Yoshlar masalalari va ma’naviy – ma’rifiy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari (2020-yil 3-yanvardan buyon);
- Ahmedov Ruslan Baxtiyorovich – O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari (2019-yil 4-dekabrdan beri);
- Sadullayev Siroj Ernazarovich - O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari (2023-yil 18-sentabr);
- Baxtiyorov Doniyor Ulug‘bekovich– Pediatriya fakulteti uslubchisi (2022-yil 2-noyabrdan);
- Razzoqova Nasiba Ro‘zmetovna – kotiba, ish yurituvchi (1999-yildan beri);
- Xudoyberganova Manzura Yusupovna– O‘quv ishlari bo‘yicha dispetcher (2022-yil 16-aprel);
- Salayeva Zuhra Komiljanovna - fakultet Pediatriya ishi yo‘nalishi 1-bosqich talabalari tyutori (2023-yil 17-aprel);
- Xayitboyeva Nilufar Maxsudovna – fakultet Pediatriya ishi yo‘nalishi 2-bosqich talabalari tyutori (2021-yil 10-dekabr);
- Qurbanov Botir Qo‘ziyevich - fakultet xalq tabobati hamda oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi 2-bosqich talabalari tyutori (2023-yil 4-sentabr);
- Isakova Xurshidabonu Alisherovna – fakultet Pediatriya ishi yo‘nalishi 3-bosqich talabalari tyutori (2023-yil 18-sentabr):
Abdrimova Manzura Yuldashevna - fakultet Pediatriya ishi yo‘nalishi 1- va 2-bosqich talabalari tyutori (2023-yil 1-noyabr).
Bugungi kunda fakultetda Pediatriya ishi, Oliy hamshiralik ishi, Kasb ta’limi, Xalq tabobati yo’nalishlari bo’yicha 800 nafardan ortiq talabalar tahsil olmoqdalar. Har yili 90 nafardan ziyod yosh pediatrlar, 30 ga yaqin oliy hamshiralar o‘qishni bitirib, yurtimiz taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar, ulardan kamida 3 nafari imtiyozli diplomga ega.
Bugungi kunda fakultetda 4 ta ta’lim yo’nalishi bo’yicha 824 nafar talaba tahsil olmoqda.
- 60910300 – Pediatriya ishi – 641 nafar;
- 60910200 – Kasbiy ta’limi – 48 nafar;
- 60911100 – Xalq tabobati – 65 nafar;
- 60911200 – Oliy hamshiralik ishi – 70 nafar;
TIBBIY PROFILAKTIKA, SOG'LIKINI SAQLASHNI BOSHQARISH VA XORIJIY TALABALAR FAKULTETI
I. Fakultet tarixi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli “ Oliy ta’lim tizmini yanada rivojlantirish chora tadbirlari” to‘g‘risidagi qarori hamda 2020-yil 27-iyuldagi PQ-4790-sonli “O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora tadbirlari” to‘g‘risidagi qarorlar asosida “Tibbiy profilaktika, sog‘liqni saqlashni boshqarish va xorijiy talabalar fakulteti” ga asos solindi.
Tibbiy profilaktika, sog‘liqni saqlashni boshqarish va xorijiy talabalar fakulteti 2020-yilda sentabr oyida tashkil qilingan bo‘lib hozirda dekanatda 15 nafar xodim faoliyat yuritib kelmoqda va jami talabalar kontingenti 1678 nafardan oshgan, shu jumaladan xorijiy talabalar soni 1160 nafar (Turkmaniston 196 nafar, Qirg‘iziston 31 nafar, Hindiston 640 nafar, Pokiston 280 nafar, Rossiya 11 nafar, Avg‘oniston 1 nafar, Misr 1 nafar)ni tashkil qiladi. 2023-2024 o‘quv yilida mahalliy talabalar kvotasi 170 nafar o’zbek va rus ta’lim tillarida tashkil qilindi va xorijdan jalb qilinadigan talabalar soni 235 nafarga yaqin.
Shu bilan birga fakultetda 7 ta kafedra biriktirilgan va dekanat tomonidan kafedralar o‘quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy faoliyati nazorat qilinadi. Kafedralar ilmiy salohiyati yuqori va faoliyat olib boruvchi professor-o‘qituvchilar professional pedagoglar hamda yetuk mutaxassislar hisoblanishadi. 2021-2022 o‘quv yilida 56 nafar talabalar “Tibbiy profilaktika ishi” yo‘nalishini filial birinchi bitiruvchilari bo‘lishdi.
II. Fakultetga qarashli kafedralar.
- Otorinoloringologiya va oftalmologiya kafedrasi
- Onkologiya va nur tashxisi kafedrasi
- Umumiy gigiyena kafedrasi
- Mikrobiologiya kafedrasi
- Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish kafedrasi
- Yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va ftiziatriya kafedrasi
- Ingliz tili kafedrasi
III. Fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlari
Fakultetda iqtidorli, a’lochi talabalar soni yildan-yilga oshib bormoqda ularni natijalari filial rasmiy kanallari va sahifalarida e’lon qilib borilmoqda. Nafaqat respublikamiz balki xorijiy davlatlar fan olimpiadadlarida qatnashib faxrli o‘rinlar sohiblari bo‘lishgan. Jumladan, 2021-2022-o‘quv yilida “Tibbiy profilaktika ishi” yo‘nalishi bitiruvchisi Yusupov Bilol “Islom Karimov” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan hamda Sajid Muhammad Arsalan Ali (Pokiston davlati
fuqarosi) Yosh olimlar va talabalarning 17-Xalqaro ilmiy Pirogov konferensiyasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.Shuningdek, 2023-2024-o‘quv yilida fakultet tomonidan mahalliy va xorijlik talabalar uchun turli qil tadbir va tanlovlar tashkil etildi.
Xorijlik talabalarni tariximiz, shuningdek, diqqatga sazovor maskanlarimiz bilan tanishtirish maqsadida Urganch suratlar galereyasi va Jaloliddin Manguberdi yodgorlik majmuasiga tashrif buyurushdi. Talabalar, galereyada tasviriy san’at,
grafika va haykaltaroshlikning mingga yaqin nodir namunalari bilan tanishgan bo‘lsa, Jaloliddin Manguberdi majmuasida esa undan qolgan bitiktosh nusxasi, Manguberdining shajarasi, uning hayoti va faoliyati bilan tanishib, ko‘plab taasurotlarga ega bo‘lishdi.
Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga xorijlik talabalar uchun sayohat uyushtirildi. Talabalar markaz xizmat va sektorlari
faoliyati, kutubxona fondi, elektron resurslari, bu erda tashkil qilingan o‘lkashunoslik muzeyi eksponatlari bilan tanishdilar.
“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining
32 yilligi” shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bilim saviyasi va dunyoqarashini yanada kengaytirish, ona Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usini oshirish maqsadida Urganch shahrida joylashgan 53008-sonli harbiy qismda “Xalq bilan armiya – bir tanu bir jon!” shiori ostida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi.
Unda TTA Urganch filiali “Tibbiy profilaktika, SSB va xorijiy talabalar” fakultetidan 30 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida harbiylar ishtirokida maxsus vositalar ko‘rgazmasi, saf tortish elementlari ko‘rsatib berildi. Harbiy qismda tashkil etilgan bu kabi tadbirlar, ishtirokchilarda milliy armiyamiz bilan faxr hissini uyg‘otishi shubhasiz.
TTA Urganch filialida ilk marotaba “Zakovat” intellektual o‘yini xorijlik yoshlar o‘rtasida o‘tkazildi.
Joriy yilning 11-yanvar kuni, “Tibbiy profilaktika, SSB va xorijlik talabalar” fakulteti tomonidan xorijlik talabalar ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Dastavval, filial ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.S.Yusupov so‘zga chiqib, talaba-yoshlarga omad va zafarlar tiladi. 4 ta jamoa o‘rtasida qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘lgan mazkur intellektual o‘yinda g‘olib jamoalar aniqlanib, estalik sovg‘alari ham topshirildi.
Talaba-yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida o‘tkazilayotgan bunday o‘yinlar alohida e’tirofga loyiq.
IV. Fakultet o‘quv uslubiy ishlari
Fakultet dekani va o‘quv ishlariga mas’ul dekan o‘rinbosarlari filialdagi o‘quv-uslubiy ishlarni, talabalalar harakatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017 yildagi 393-sonli qaroriga, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlariga, tasdiqlagan nizomlariga, farmoyishlariga, baholash nizomlariga asosan olib borishadi. O‘zbekiston Respublikasi davlat OTMlarida va shu jumladan filialda ham 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2020-yil 8-sentabrdagi №236-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Tibbiyot va farmasevtika oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul o‘qitish tizimini joriy etish to‘g‘risidagi” Nizomiga asosan barcha yo‘nalishlardagi ta’lim kredit-modul o‘qitish tizimiga o‘tkazilgan.
Jumladan, filialdagi, fakultetdagi raqamlashtirish jarayoniga o‘tish munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyrug‘i bilan HEMIS (Higher Education Management Information Systems) axborot tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish va o‘quv-uslubiy ishlarni tashkil qilish, yuritish yo‘lga qo‘yilgan. Fakultetning asosiy qismi xorijiy talabalardan tashkil topganini inobatga olgan holda dekanat hodimlari chet ellik talabalar bilan rus, ingliz tillarida o‘quv-uslubiy ishlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning olib borishadi. Fakultetda akademik mobillik bo‘yicha bir qancha talabalar belgilangan muddatlarda boshqa OTMlarda o‘z o‘qishlarini o‘qib kelishgan. Fakultetda 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab “Tibbiy profilaktika ishi” (5510300) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha birinchi bitiruvchilar (56 nafar)ga “Vrach epidemiolog-gigiyenist” bakalavr darajasi diplomlari topshirilgan hamda shu o‘quv yilidan boshlab filialda yangi joriy qilingan “M.B.B.S.” – Tibbiyot va jarrohlik bakalavri ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha birinchi (9 nafar) bitiriuvchilarga bakalavr diplomlari berildi.
FAQULTET DEKANI

Kurbanov Dilshodbek Farxod o‘g‘li
,
- Qabul vaqti:
- 14:00:00 -17:00:00
- Telefon:
- +998991898888
- Elektron pochta:
- Aziza_Gaibnazarova@mail.com
FAQULTET DEKANI

RAXMANOVA UMIDA ULUG’BEKOVNA
,
- Qabul vaqti:
- 14:00:00 -17:00:00
- Telefon:
- +998937435616
- Elektron pochta:
- raxmanovaumidahon@gmail.com
Ta'lim yo'nalishlari
| Davolash ishi 60910200 | Bakalavr |
| Pediatriya ishi 60910300 | Bakalavr |
| Stomatologiya 60910100 | Bakalavr |
| Tibbiy profilaktika ishi 60910400 | Bakalavr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Urganch davlat tibbiyot instituti
Stomatologiya
24 964 760 so'm
yiliga
Urganch davlat tibbiyot instituti
Davolash ishi
34 950 664 so'm
yiliga
Urganch davlat tibbiyot instituti
Stomatologiya
22 468 284 so'm
yiliga
Urganch davlat tibbiyot instituti
Davolash ishi
34 950 664 so'm
yiliga
Urganch davlat tibbiyot instituti
Davolash ishi
24 964 760 so'm
yiliga
Urganch davlat tibbiyot instituti
Tibbiy profilaktika ishi
36 300 000 so'm
yiliga
Urganch davlat tibbiyot instituti
Pediatriya ishi
16 714 560 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
Anmol Sharma
Mayank Kumar
Karan Chotia
Saksham Chahar
Tarun Singh
Talabalar fikri
Viza olish tartiblari