WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Impuls Tibbiyot Instituti (Impuls BSR )

Stomatologiya

Bakalavr Kunduzgi 5 yil

Dastur haqida

1. Umumiy tavsifi

60910100 - Stomatologiya ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi ta'lim shaklda amalga oshiriladi. Ta'lim shakli o'qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta'limda bakalavriat dasturining me'yoriy muddati 5 yil.

1.1. Qo'llanish sohasi

1.1.1. Malaka talabining qo'llanilishi

Malaka talabi 60910100 - Stomatologiya ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar tayyorlovchi barcha tibbiyot va farmasevtika oliy ta'lim muassasalari uchun talablar majmuini ifodalaydi.

1.1.2. Malaka talabining asosiy foydalanuvchilari:

Mazkur ta'lim yo'nalishi bo'yicha malaka talablari, o'quv reja va o'quv dasturlarini ishlab chiqish va yangilash, ular asosida o'quv jarayonini samarali amalga oshirish va yangilash uchun mas'ul, hamda o'z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta'lim tashkilotining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, registrator ofisi boshqarma boshlig'i, dekanlar va kafedra mudirlari) va professor-o'qituvchilari;

ta'lim yo'nalishining o'quv reja va fan dasturlarini o'zlashtiruvchi oliy ta'lim tashkilotining talabalari;

bakalavr bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi Davlat attestatsiya komissiyalari;

ta'limni boshqarish bo'yicha vakolatli davlat organlari;

oliy ta'lim tashkilotlarini moliyalashtirishni ta'minlovchi organlar;

oliy ta'lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli davlat organlari;

kadrlar buyurtmachilari va ish beruvchi tashkilot va korxonalar;

oliy ta'lim tashkilotlariga o'qishga kirayotgan abituriyentlar ularning ota-onalari va boshqa manfaatdor shaxslar.

1.2. Kasbiy faoliyatlarning tavsifi.

1.2.1. Kasbiy faoliyatining sohalari:

60910100 - Stomatologiya ta'lim yo'nalishi - fan va sog'liqni saqlash sohasiga oid yo'nalish bo'lib, sog'liqni saqlash tizimi muassasalarida, aholi o'rtasida stomatologik kasalliklarni tashxislash va davolashning zamonaviy usullaridan keng foydalangan holda bemorlarning tibbiy muammolari bo'yicha asosiy vazifalarni hal qilish, stomatologik yordam va dispanser kuzatuv faoliyatining usullari va uslublarining sifatini oshirish (davolash-profilaktik, tibbiy-ijtimoiy) bo'yicha kompleks masalalarni yechish, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va ilmiy-tadqiqot markazlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etish hamda davlat va nodavlat tibbiy muassasalarida kompleks masalalar bilan bog'liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.

Yo'nalish bo'yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda bakalavrlarning kasbiy faoliyat sohalarida qo'shimcha va o'zgarishlar bo'lishi mumkin.

1.2.2. Kasbiy faoliyatlarning obyektlari:

Sog'liqni saqlash tizimidagi barcha davlat va nodavlat davolash muassasalarida shifokor umumiy stomatolog.

60910100 — Stomatologiya ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavriat bitiruvchilari fan sohasidagi bakalavriat ta'lim yo'nalishini tamomlangandan so'ng, bitiruvchilar pedagogik qayta tayyorlashdan o'tgan taqdirda, professional ta'lim muassasalarida ta'limning vakolatli boshqaruv

organlari tomonidan aniqlanadigan umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o'qitish bo'yicha pedagogik faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga ega bo'ladi.

1.2.3. Kasbiy faoliyatlarining turlari:

  • tashkiliy-boshqaruv;
  • tibbiy-profilaktik;
  • tezkor va shoshilinch tibbiy yordam;
  • tashxislash va davolash;
  • reabilitatsiya;
  • tibbiy-ijtimoiy;
  • ilmiy-tadqiqot faoliyati.

Yo'nalish bo'yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda bakalavrlarning kasbiy faoliyat turlarida qo'shimcha va o'zgarishlar bo'lishi mumkin. Ta'lim yo'nalishi bo'yicha tayyorlangan bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining muayyan turlari ta'lim jarayonining manfaatdor ishtirokchilari bilan hamkorlikda tibbiyot va farmasevtika oliy ta'lim muassasasi tomonidan aniqlanadi.

1.2.4. Kasbiy vazifalari.

60910100 - Stomatologiya ta'lim yo'nalishi bo'yicha Milliy malaka ramkasining 6-malaka darajasi hamda bakalavr kasbiy faoliyatlarining sohalari, obyektlari va turlariga muvofiq bakalavriat bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalarni bajarishga qodir bo'lishi lozim:

Tashkiliy-boshqaruv faoliyatida:

fuqarolik jamiyatining dolzarb masalalarini bilishi, O'zbekiston Respublikasi rivojlantirish strategiyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtainazarga ega bo'lishi;

dunyoqarash bilan bog'liq falsafiy bilimlarga tizimli ega bo'lishi, mustaqil tahlil qila olishi, kasbiy faoliyatida ularni hisobga ola bilishi;

vatan tarixini bilish, ma'naviy milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari yuzasidan o'z fikrini bayon qila olishi va ilmiy asoslay bilishi, milliy istiqlol g'oyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtainazarga ega bo'lishi;

xorijiy tillardan birida kasbiy faoliyatiga oid hujjatlar va ishlar mohiyatini tushunishi, tabiiy ilmiy fanlar bo'yicha kasbiy faoliyati doirasida zaruriy bilimlarga ega bo'lishi hamda ulardan zamonaviy ilmiy asosda hayotda va o'z kasb faoliyatida foydalana bilishi;

axborot yig'ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini egallagan bo'lishi, o'z kasb faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlar qabul qila olishi;

tegishli bakalavriat yo'nalishi bo'yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo'lishi;

yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o'z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olishi;

sohaga oid innovatsiyalarni amaliyotiga tatbiq qilishni tashkil etish;

sog'lom turmush tarzi va unga amal qilish zaruriyati to'g'risida ilmiy tassavvur hamda e'tiqodga, o'zini jismoniy chiniqtirish o'quv va ko'nikmalariga ega bo'lishi lozim;

sog'liqni saqlash tizimining birlamchi bo'g'inidagi davolash-profilaktika muassasalarida ishni tashkillashtirish va boshqarish;

tibbiyot sohasidagi boshqaruvni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalariga mos tarzda takomillashtirish;

aholi sog'lig'i holatining asosiy ko'rsatkichlarini rejalashtirish, tahlil qilish va hisobot tayyorlash qobiliyatiga ega bo'lishi lozim.

Tibbiy-profilaktik faoliyatida:

salomatlik, aholi orasida sog'lom turmush tarzini targ'ibot qilish, shuningdek, stomatologik madaniyat, sanitar-gigiyenik tarbiya, ratsional ovqatlanish, zararli odatlar bilan kurashish, o'smirlarni sog'lomlashtirish, ona va bola salomatligini himoya qilish bo'yicha chora-tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish;

sog'liqni saqlash tizimining birlamchi bo'g'inida birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish;

aholi orasida keng tarqalgan stomatologik kasalliklarning oldini olish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

surunkali stomatologik kasalliklarni erta aniqlash maqsadida profilaktik va maqsadli tibbiy ko'rik o'tkazish, aholining umumiy dispanserizatsiyasini amalga oshirish;

tibbiy-profilaktika faoliyatida ilg'or, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish.

Tezkor va shoshilinch tibbiy yordam faoliyatida:

shoshilinch holatlarni o'z vaqtida aniqlash;

kasalxonagacha bo'lgan tez tibbiy yordamni ko'rsatish;

aholiga kasalxonagacha bo'lgan shoshilinch stomatologik yordamni ko'rsatish;

ko'rsatmaga ko'ra kasalxonaga yo'llanma berish qobiliyatlariga ega bo'lishi kerak.

Tashxislash va davolash faoliyatida:

aholi orasida stomatologik kasalliklarni erta tashxislash;

umumiy amaliyot stomatologi faoliyatida zamonaviy tashxislash usullaridan foydalanish;

keng tarqalgan stomatologik kasalliklarni zamonaviy usullardan foydalangan holda to'g'ri davolash;

bemorlarni ko'rsatmaga ko'ra tor mutaxassislar bilan birgalikda tekshirish va davolash;

o'z faoliyatida dalillarga asoslangan tibbiyot standartlaridan foydalanish qobiliyatlariga ega bo'lishi kerak.

Reabilitatsiya faoliyatida:

stomatologik kasalliklar bo'yicha reabilitatsiya chora-tadbirlarini o'tkazishga ko'rsatma va qarshi ko'rsatmalarni, muddatlarini to'g'ri aniqlash;

reabilitatsiya chora-tadbirlarini to'liq hajmda amalga oshirish;

bemorlar o'rtasida reabilitatsiya o'tkazishda zamonaviy usullardan foydalanish qobiliyatlariga ega bo'lishi lozim.

Tibbiy-ijtimoiy faoliyatida:

ijtimoiy soha himoya organlari va rahm-shafqat xizmatlari bilan hamkorlikda tibbiy-ijtimoiy

xizmat turlarini tashkillashtirish va xizmat ko'rsatish;

aholi o'rtasida jismoniy, tibbiy-ijtimoiy va psixologik nufuzni tiklash va rivojlantirish qobiliyatlariga ega bo'lishi kerak.

Ilmiy-tadqiqot faoliyatida:

ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlarda axborotni himoyalashga oid mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda ishtirok etish;

sog'liqni saqlash sohalarining barcha bo'g'inlari subyektlarni zamonaviy boshqarish tizimini ta'minlashga bag'ishlangan mamlakatdagi va xorijiy davlatlardagi fan-texnika yutuqlari, maxsus adabiyotlar va boshqa ilmiy-texnik axborotlarni o'rganish va tizimlashtirish;

tarmoqlar va sohalarni zamonaviy boshqarish tizimini ta'minlash borasidagi muammoli mavzular bo'yicha iqtisodiy axborotlarni yig'ish, qayta tiklash, tahlil qilish va tizimlashtirish ishlarni amalga oshirish;

internet tarmog'ida eng yangi ilmiy yutuqlar haqidagi ma'lumotlarni maqsadga yo'nalgan holda qidirish va topish;

ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlarda eksperimental tadqiqotlar o'tkazish, ularning natijalariga ishlov berish, baholash va boshqa kasbiy faoliyat turlarini bajarish;

tadqiqot natijalari va ishlanmalarini tatbiq etishda qatnashish bo'yicha faoliyat olib borish qobiliyatiga ega bo'lishi lozim.

2. Kasbiy kompetensiyalarga qo'yiladigan talablar:

ta'lim yo'nalishi ixtisoslik fanlarni o'rganish va chuqur egallash uchun zarur bo'lgan fundamental umumkasbiy bilimlarni, amaliy ko'nikma va o'quvlarni shakllantirishi;

og'zaki va yozma shaklda davlat tili qoida va me'yorlariga amal qilgan holda fikr, mulohaza, g'oya, taklif, ta'rif va xulosalarni mantiqiy, to'g'ri, asosli va aniq bayon etish hamda ifodalay olishi;

kasbiy faoliyatida axloqiy va deontologik tamoyillarni amalga oshirishni bilishi, tibbiy hujjatlarni yuritish qoidalarini bilishi;

axborotlarni yig'ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini bilish va faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlar qabul qila olishni;

kasbiy muammolarni hal etish uchun inson organizmidagi morfofunksional, fiziologik holatlarni va patologik jarayonlarni baholashni bilishi;

tibbiy yordam ko'rsatishda ko'zda tutilgan tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish ko'nikmalariga ega bo'lishi;

morfofunksional, fiziologik holatlarni baholash qobiliyati va kasbiy muammolarni hal qilish uchun inson tanasidagi patologik jarayonlarni bilishi;

muolajalarda ko'zda tutilgan tibbiy asboblardan foydalanishga tayyorlik tish kasalliklari bilan og'rigan bemorlarga tibbiy yordam ko'rsatishi;

dorilarni va boshqalarni tibbiy ishlatishga tayyorligi kasbiy muammolarni hal qilishda moddalar va ularning kombinatsiyasidan foydalana olishi;

sog'liqni saqlash va mustahkamlash, sog'lom turmush tarzini shakllantirish, stomatologik kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishining oldini olish, ularning erta tashxisi, ularning kelib chiqish va rivojlanish sabablarini aniqlash, shuningdek, inson salomatligiga ekologik omillarning zararli ta'sirini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish qobiliyati va tayyorligi;

dalillarga asoslangan tibbiyot asosida tibbiy ma'lumotlarni tahlil qilish va ommaga taqdim etishga tayyorligi;

profilaktik tibbiy ko'riklar o'tkazish qobiliyati va tayyorligi, tibbiy ko'riklar va stomatologik patologiyasi bo'lgan bemorlarni dispanserizatsiyasi va dispanser nazoratga olishi;

stomatologik kasalliklari to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash va tibbiy-statistik tahlil qilishning ijtimoiy-gigiyenik usullaridan foydalana olishi;

bemor shikoyatlarini, uning anamnez ma'lumotlarini, tekshiruv natijalarini, laboratoriya, instrumental, patoanatomik va boshqa tadqiqotlarni holatini yoki stomatologik kasalligining mavjudligi yoki yo'qligi aniqlay olishi;

kasallik va sog'liq bilan bog'liq muammolarning xalqaro statistik tasnifiga muvofiq bemorlarda stomatologik kasalliklarning asosiy patologik holatlari, belgilari, sindromlari, nozologik shakllarini aniqlash qobiliyatiga ega bo'lishi;

vaqtinchalik nogironlik tekshiruvini o'tkazishga, tibbiy-ijtimoiy ko'rikda ishtirok etishga, insonning biologik o'limini belgilashga tayyorligi;

turli stomatologik kasalliklari bilan og'rigan bemorlarni boshqarish taktikasini aniqlash;

ambulatoriya va kunduzgi shifoxona sharoitida stomatologik kasalliklar bilan og'rigan bemorlarni boshqarish va davolashga tayyorligi;

favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordam ko'rsatishda ishtirok etishga tayyorlik, shu jumladan tibbiy evakuatsiyada ishtirok etishi;

tibbiy reabilitatsiya va kurort davolashga muhtoj tish kasalliklari bilan og'rigan bemorlarda tabiiy terapevtik omillar, dorivor, dori-darmonsiz terapiya va boshqa usullardan foydalanish zarurligini aniqlashga tayyorligi;

aholini sog'lomlashtiruvchi tabiatning asosiy gigiyenik tadbirlarini salomatlikni saqlash va rag'batlantirishga yordam beruvchi asosiy fiziologik ko'rsatkichlarni o'z-o'zini nazorat qilish ko'nikmalarini o'rgatishga tayyorlik stomatologik kasalliklarning oldini olishi;

xavf omillarini bartaraf etish va sog'lom turmush tarzi ko'nikmalarini rivojlantirish uchun o'quv faoliyatiga tayyorligi;

jamoat sog'lig'ini muhofaza qilish sohasida, tibbiyot tashkilotlari va ularning tarkibiy bo'linmalarida tashkil etish va boshqarishning asosiy tamoyillarini qo'llay olish;

asosiy tibbiy-statistik ko'rsatkichlar yordamida stomatologik yordam sifatini baholashda ishtirok etishga tayyorligi;

aholini stomatologik salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan yangi usul va uslublarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonini rejalashtirish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak.

3. Amaliyotlarga qo‘yiladigan talablar Malakaviy amaliyot - umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy (ishlab chiqarish) jarayonlar bilan uyg‘unlashtirish, tegishli amaliy ko‘nikmalar, kompetensiyalar va malakalarni shakllantirishga qaratiladi. Ta’lim yo’nalishi bo‘yicha qo‘yidagi amaliyotlar o‘tkaziladi:

1. O‘quv tanishuv amaliyoti

2. Ishlab chiqarish (malaka) amaliyoti

3. Bitiruv oldi amaliyoti

O'xshash dasturlar