WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Geologiya fanlari universiteti

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi

Bakalavr Kunduzgi 4 yil Grant mavjud

Dastur haqida

Ekologiya – tirik organizmlarning atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatini o‘rganadigan biologik fan. Birinchi ekologlar - biologlar bo‘lib, ular asosan yovvoyi tabiatni asrash, yo‘qolib borayotgan va noyob turlarni himoya qilish bilan shug‘ullanishgan.
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha mutaxassislarning hozirgi kundagi faoliyat doirasi ancha kengaydi. Unga inson va tabiatning o‘zaro munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lgan ixtiyoriy muammolar kiradi.
Ekologlar – suv, er, havoning holatini, sanoat chiqindilarining insonlarga, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ta’sirini o‘rganishadi. Agar zararli moddalarning miqdori kritik darajadan yuqori bo‘lsa, sabablarni aniqlab, vaziyatning qanday kechishini oldindan aytib berishadi. Mutaxassis-ekologlar kosmik raketalar uchirishning oqibatlarini o‘rganishadi, zararli mahsulotlar faoliyatini va radioaktiv chiqindilardan foydalanishni kuzatishadi hamda nazorat qilishadi. Ular tabiatdagi kataklizmalar sabablarini izohlashadi va insonlarning tabiatga ta’sirini imkon qadar kamaytirish yo‘lllarini ishlab chiqishadi. Lekin, hamma joyda bo‘lgani kabi, hujjatlarni rasmiylashtirish ularning ham anchagina vaqtlarini “o‘g‘irlaydi”.

O'xshash dasturlar