WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Iqtisodiy nazariya

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

INSON RESURSLARINI BOSHQARISH FAKULTETI

70310101 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha)

Bu yo‘nalishda tahsil olganlar iqtisodiy sohaga oid bilimlarni  mukammal o‘rganadi. Qo‘shimcha tarzda bu fanlarni ingliz  tilida o‘rganish imkoniyatiga ega bo`lishlari mumkin.

 

Kredit

Jami soat

Auditoriya soati

Kurs ishi

Malakaviy asmaliyot

Mustaqil ta’lim

Jami

Ma’ruza

amaliy

Laboratoriya

seminar

240

7200

2690

1068

1022

 

612

 

432

4078

 

1-bosqichda Iqtisodiy nazariya, ta`limotlar tarixi fanlari o‘zbek tilida olib boriladi. Mutaxassislik fanlari ingliz tilida o‘tiladi.

2-bosqichdan mikro va makro iqtisodiyot, O`zbekiston yangi iqtisodiyoti kabi fanlar o`tiladi.

2,3,4-bosqichda mutaxassislik fanlaridan tashqari barcha fanlar o‘zbek tilida olib boriladi. Mutaxasisilik fanlari to‘liq ingliz tilida o‘qitiladi.

4 yillik o‘qishni muvaffaqiyatli bitirgandan iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha) ,inson resurslarini boshqarish, bank ishi va audit sohalari mutaxassisligi beriladi.

1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.

GPA ko‘rsatkichi har yili avgust oyining uchinchi haftasida aniqlanadi.

Harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari tanlov fanlari blokining soatlari hisobiga (tanlov fanlarini o‘zlashtirish sharti bilan), harbiy yig‘in esa ta'til vaqti hisobiga o‘tkaziladi. Tanlov fanlari bloki OTM Kengashi qarori bilan mehnat bozori va kadrlar buyurtmachilarining talablari, moslanuvchanligi va harakatchanligini ta'minlovchi fanlar majmuasidan belgilanadi.

O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 % gacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 % gacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.

Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.

O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta'lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.

Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta'minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.

Jismoniy tarbiya va sport fani fakultativ kurs sifatida talabaning ixtiyoriy tanlovi asosidagi sport seksiyalarida tashkil etiladi.

Kurs ishlari shu fanga ajratilgan mustaqil ta'lim soatlari hisobidan I kredit asosida bajariladi.

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestr

Nazariy va amaliy ta’lim

116

1-8

Attestatsiyalar

24

1-8

Fanlarni tanlash uchun ro‘yxatdan o‘tish

4

1,3,5,7

Amaliyot

12

4.,6,8

Yakuniy davlat attestatsiyalari

4

8

Ta’til haftalari

41

1-8

GPA ko‘rsatkichini hisoblash

3

2,4,6

Jami

204

 

 

TA’TIL VAQTI:

  1. 1-kurs:

- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyun oyining 2-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 10.06.2024-02.09.2024)

  1. 2-kurs:

-dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyul oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 01.07.2024-02.09.2024)

  1. 3-kurs:

- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyul oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 01.07.2024-02.09.2024)

  1. 4-kurs:

- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyul oyining 1-haftasidan

FANLAR

  1. Iqtisodiy nazariya
  2. Iqtisodiy ta`limotlar tarixi
  3. Mikroiqtisodiyot
  4. Makroiqtisodiyot
  5. Global iqtisodiy rivojlanish
  6. Mintaqaviy iqtisodiyot
  7. O`zbekiston milliy iqtisodiyoti
  8. Bilimlar iqtisodiyoti
  9. Institutsional iqtisodiyot
  10. Hozirgi zamon raqobat nazariyalari

 

 

 

 

O'xshash dasturlar