Dastur haqida
61010400 – Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi – fan va turizm sohasidagi taʼlim yoʻnalishi boʻlib, mamlakatda turizm sohasini boshqarish va tashkil etishning iqtisodiy-siyosiy jihatlari,sohada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etishning huquqiy-meʼyoriy asoslarini takomillashtirish, xalqaro va ichki turistik faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish, tashkiliy boshqaruv tarkibini shakllantirish, biznes strategiyasini tahlil qilish, maxsulot va xizmatlarni reklama qilish, marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, xizmatlar bozorini segmentlash, turizm mahsulot isteʼmolchilari xulq-atvorini oʻrganish, turizm korxonalari faoliyatini boshqarish, raqobatbardoshlik holatini tahlil qilish, turizm korxonalari dasturini tuzish, turli mulkchilik shaklidagi turistik va xizmat koʻrsatish korxonalari faoliyatini rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy koʻnikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yoʻnaltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublari bilan bogʻliq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Tarkib va o'quv rejasi:
O'quv dasturi davomida talabalar turizm faoliyatining huquqiy-iqtisodiy asoslari, turizmning mintaqalar miqyosida tasniflanishi, turlari, me'yor talablar, xalqaro turizm tashkilotlari tomonidan qabul qilingan huquqiy-moliyaviy standartlar, bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo'ladi, turizmning iqtisodiy jihatlarini tahlil qilish, turizm bozorini boshqarish va uning elementlari, turizmda raqobatbardoshlik, turizmda innovatsion faoliyat, turizmni xizmat turlari bo'yicha: joylashtirish, transport, resurslar samaradorligi va boshqa qo'shimcha turizm xizmatlarining tashkil etish mexanizmlarini tahlil qilish bo'yicha bilimlarga ega bo'ladi.
O'quv natijalari:
Dasturni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng:
-xalqaro va ichki turizm faoliyatini tashkil etish, turizm faoliyatida tashkiliy tuzilmalarni optimallashtirish, turizm resurslaridan samarali foydalanish hamda turizm biznes subyektlarining rivojlantirish strategiyasini qo‘llash, turli yo'nalishdagi (biznes, sport, san'at, ommaviy) tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish;
-turizmni tashkil etishda xalqaro shartnomalarni tuzish, yangi turistik yo'nalishlarni aniqlash, marshrutlar yaratishda muzokaralar, uchrashuvlar, ishbilarmonlik yozishmalarini olib borish va onlayn aloqalarni amalga oshirish;
- turizm xizmatlarini boshqarish, sotish va tashkil etishdagi global platformalarda ishlash, axborot tizimlarini, turizm faoliyatidagi moliyaviy-iqtisodiy tahlil va moliyaviy hisobotlarni tayyorlash, ma’lumotlar bazasini yuritish;
-turizm biznes subyektlari faoliyatini strategik va operatsion rejalashtirish, turizm faoliyatida standartlashtirish va sertifikatlashtirish me'yorlarini tartibga solish;
-turizmni boshqarishda iqtisodiy o‘sish, strategik tahlil qilish, raqobatdoshlikni ta’minlashga qaratilgan tashkilot strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
-turizmda loyihalar, biznes-rejalar va shartnomalarni shakllantirish hamda boshqarish, ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish;
-turizm munosabatlarini shakllantirishda investitsiyon muhitni, xalqaro turizm bozori va unga xos xatarlarni, raqobat muhitini tahlil qilish va baholash;
-xizmat ko‘rsatish faoliyatiga taalluqli qarorlarni qabul qilishda, ularni aniq vazifalarga moslashtirish orqali iqtisodiy,tashkiliy-boshqaruv modellarini shakllantirish;
- tashkilotning moliyaviy hisobotlarini shakllantirishda moliyaviy buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplari va standartlarini, boshqaruv hisobi ma’lumotlari asosida xarajatlarni boshqarish va qarorlarni qabul qilish;
- biznes jarayonlarini modellashtirish, biznes yuritishning iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarini baholash, yangi bozor imkoniyatlarini aniqlash va yangi biznes modellarini shakllantirish;
- yangi tashkilotlarni (faoliyat yo‘nalishlari, mahsulotlari) yaratish va rivojlantirish uchun biznes rejalashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Karyera imkoniyatlari:
Bakalavr dasturining bitiruvchilari turizm faoliyati bo'yicha davlat boshqaruv tashkilotlarida boshqaruvchi-mutaxassis, turizm faoliyatini tashkil etuvchisi, nazorat qiluvchisi, turizmda standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini muvofiqlashtirivchi mutaxassis, turizm biznes subyektlari boshqaruvchisi, turizm yo'nalishida iqtisodiy-moliyaviy operatsiyalarni boshqaruvchi, nazorat qiluvchi menejer, xizmat ko'rsatish turlari (mehmonxona, transport, ovqatlanish, ekskursiya, biznes tadbirlar, animatsiya, turizmda sug'urta, viza) bo'yicha menejer-mutaxassis, turizm mahsulotlarini yaratuvchi turizm operatori, turagent va turizm shartnomalarini tuzish bo'yicha o'z hissasini qo'shishi mumkin.
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Turizm va mehmondo‘stlik
13 000 000 so'm
yiliga
Buxoro innovatsiyalar universiteti
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
16 000 000 so'm
yiliga
Termiz davlat universiteti
Turizm va mehmondo‘stlik
9 372 500 so'm
yiliga
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Turizm va mehmondo‘stlik
24 000 040 so'm
yiliga
Oriental universiteti
Turizm va mehmondo‘stlik
18 000 000 so'm
yiliga
Oriental universiteti
Turizm va mehmondo‘stlik
16 000 000 so'm
yiliga