WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

Iqtisodiyot

Bakalavr Kunduzgi 1 yil

Dastur haqida

         Fan maqsadi (FM)

talabalarda davlatning iqtisodiy siyosati to‘g‘risidagi tizimli, keng qamrovli nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini shaakllantirish, iqtisodiy siyosatni o‘ziga xos xususiyatlari, shakl va usul, vositalari to‘g‘risida  amaliy ko‘nikma  xosil qilishdan iborat.

 

Fan vazifasi (FV)

Fanning vazifasi davlat iqtisodiy siyosati haqidagi turli kontseptsiyalarni taxlil etish va rivojlangan mamlakatlar tajribalarini o‘rganish; O‘zbekistonda iqtisodiy siyosatni shakllanishi va rivojlanishi, davlatning bosh isloxotchi vazifasini bajarishi; davlat iqtisodiy siyosatining maqsadlari, vazifalari va ularni amalga oshirishning yo‘nalishlari, soxa va shakllarini, usul va vositalarini taxlil qilish; iqtisodiy siyosatning  bozor va davlat mexanizmlari uyg‘unligini ta’minlash yo‘nalishlarini o‘rgatishdan iborat.

 

Ta’lim natijalari (TN)

Bilimlar jihatidan:

 

ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning umumiy asoslari, bosqichlari, o‘zgarish sabablari va oqibatlari; hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining xususiyatlari; iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;

 

talaba iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil qilish usullarini bilgan holda samarali qo‘llashi; iqtisodiy qonunlarni, ilmiy tushunchalarning (kategoriyalarning) amal qilish xususiyatlarini, mexanizmlarini bilgan holda iqtisodiy muammolar bo‘yicha yechimlar qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

 

Fanning tarkibini tushunish tadbirkorlik qarorlarini qabul qilish, iqtisodiy siyosatni tushunish va ishlab chiqish, umuman olganda zamonaviy iqtisodiy faoliyatni o‘rganish kabi jihatlarni o‘z ichiga qamrab oladi.

 

Ko‘nikmalar jihatidan:

 

Rivojlanib borayotgan iqtisodiy tizimlar hamda ularning sabablari hamda natijalari tug’risida umumiy tushunchalarga ega bo‘lish

 

Zamonaviy iqtisodiyot hamda ular ortidan keladigan natijalarga nisbatan o‘zining mustaqil fikr va qarashlariga ega bo‘lishi.

 

Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o‘lchamlari, iqtisodiy taraqqiyot, iqtisodiy o‘sish va milliy boylik, Iste'mol, jamg‘arma va investitsiyalar, Milliy iqtisodiyotning muvozanatli va mutanosibli rivojlanishi, Iqtisodiyotning siklligi, Ishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik, Moliya tizimi va moliyaviy siyosat, Pul-kredit tizimi va banklar, Davlatning iqtisodiy roli, Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati

 

O'xshash dasturlar