WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Osiyo texnologiyalar universiteti

Iqtisodiyot

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60310100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha). Mikro- va makroiqtisodiyot, iqtisodiy tahlil va prognozlash, korxona iqtisodiyoti, mehnat iqtisodiyoti, moliya, statistika, ekonometrika hamda raqamli iqtisodiyot asoslarini egallash, tarmoq va sohalar bo'yicha iqtisodiy jarayonlarni tadqiq etish, resurslardan samarali foydalanish va boshqaruv qarorlarini iqtisodiy asoslash bilan bog'liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi. Bitiruvchilar davlat va nodavlat korxonalari, sanoat, qishloq xo'jaligi, savdo va xizmat ko'rsatish tashkilotlarida iqtisodchi, moliya-iqtisod va rejalashtirish bo'limlarida mutaxassis, bank va sug'urta tashkilotlarida analitik, davlat boshqaruvi organlari va statistika idoralarida xodim, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, oliy ta'lim muassasalari hamda maslahat (konsalting) kompaniyalarida faoliyat olib borish imkoniyatiga ega bo'ladi.

O'xshash dasturlar