WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Osiyo texnologiyalar universiteti

Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo'yicha

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

70310102 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha). Magistratura mutaxassisligi ilg'or mikro- va makroiqtisodiy nazariya, ekonometrik modellashtirish va iqtisodiy prognozlash, tarmoq va hududlar iqtisodiyotini chuqur tahlil qilish, investitsiya loyihalarini baholash, moliyaviy va statistik tahlil, raqamli iqtisodiyot hamda iqtisodiy siyosat va boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslash bo'yicha mustaqil tadqiqot olib borish bilan bog'liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi. Bitiruvchilar oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalarida o'qituvchi va katta o'qituvchi, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida ilmiy xodim, davlat va nodavlat korxonalarida bosh iqtisodchi va moliyaviy tahlilchi, banklar, sug'urta va investitsiya tashkilotlarida yetakchi mutaxassis, davlat boshqaruvi organlari, statistika idoralari va maslahat (konsalting) kompaniyalarida ekspert sifatida faoliyat olib borish, shuningdek tayanch doktorantura (PhD) da ilmiy faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

O'xshash dasturlar