WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Alfraganus universiteti

Iqtisodiyot

Bakalavr Kunduzgi 4 yil Xalqaro akkreditatsiya

Dastur haqida

Iqtisodiyot (Bakalavriat)

Alfraganus Universitetining Iqtisodiyot dasturi talabalarga zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi, biznes boshqaruvi, moliyaviy tahlil va iqtisodiy jarayonlarni boshqarish bo‘yicha fundamental bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni beradi. Dastur davlat va xususiy sektor, bank-moliya tizimi, xalqaro tashkilotlar va biznes muhitida samarali faoliyat yurita oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.

Davomiyligi: 4 yil (8 semestr)
Kreditlar: 240 ECTS
Daraja: Iqtisodiyot bakalavri
Ta’lim shakli: Kunduzgi

Asosiy fanlar: Mikroiqtisodiyot, Makroiqtisodiyot, Iqtisodiy nazariya, Ekonometrika, Statistika, Buxgalteriya hisobi, Moliya, Menejment, Marketing, Raqamli iqtisodiyot, Xalqaro iqtisodiyot, Investitsiyalar, Biznesni rejalashtirish va Tadbirkorlik asoslari.

Malakaviy amaliyot dasturning muhim qismi hisoblanadi. Talabalar banklar, moliya institutlari, davlat idoralari, korxonalar, xalqaro tashkilotlar, konsalting kompaniyalari hamda boshqa hamkor tashkilotlarda amaliyot o‘tash orqali kasbiy tajriba orttiradilar.

Bitiruvchilar iqtisodchi, moliyaviy tahlilchi, biznes-maslahatchi, bank mutaxassisi, marketing va menejment bo‘yicha mutaxassis, loyiha koordinatori hamda davlat va xususiy tashkilotlarda iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.

Dastur zamonaviy iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, strategik qarorlar qabul qilish, moliyaviy va biznes tahlilini amalga oshirish, iqtisodiy muammolarga innovatsion yechimlar ishlab chiqish hamda xalqaro mehnat bozori talablariga mos professional kompetensiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

*Xorijiy talabalar uchun kontrakt to‘lovi miqdori 25 000 000 (yigirma besh million) so‘m etib belgilangan.

O'xshash dasturlar