WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti

Iqtisodiyot

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Umumiy tavsif

60410100 – Iqtisodiyot ta'lim yo‘nalishi turli tarmoqlar va mulkchilik shakllaridagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek moliya, kredit va sug‘urta muassasalari, davlat va mahalliy boshqaruv organlari, akademik hamda tarmoq ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, maktabgacha ta'lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta'lim muassasalarining iqtisodiy, moliyaviy, marketing, ishlab chiqarish-iqtisodiy va tahliliy xizmatlari uchun mutaxassislar tayyorlaydi.

Ingliz tili bo‘yicha talablar

Abituriyent quyidagi usullardan biri orqali ingliz tilini bilishini tasdiqlashi lozim:

  • IELTS — 4.5 va undan yuqori
  • TOEFL — ___ va undan yuqori
  • CEFR — B2 daraja
  • BMBA (DTM) imtihoni natijasi — 50 va undan yuqori (agar yuqoridagi sertifikatlar mavjud bo‘lmasa)
  • Institutning ichki ingliz tili imtihonidan kamida 60 ball (agar yuqoridagi sertifikatlar mavjud bo‘lmasa)

Matematika bo‘yicha talablar

Abituriyent matematika fanini quyidagi usullardan biri orqali tasdiqlashi lozim:

  • BMBA (DTM) imtihoni natijasi — 50 va undan yuqori
  • Institutning ichki matematika imtihonidan kamida 60 ball (agar BMBA sertifikati mavjud bo‘lmasa)

Kasbiy faoliyat

Iqtisodiyot dasturi talabalarga zamonaviy bozorlar faoliyati, davlat va korporativ moliya, makroiqtisodiy hamda mikroiqtisodiy jarayonlar bo‘yicha chuqur bilim beradi.

Dastur nazariy tayyorgarlikni ma'lumotlarni tahlil qilish, prognozlash va strategik rejalashtirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtiradi.

Bitiruvchilar davlat tashkilotlari, tahliliy markazlar, xalqaro kompaniyalar, banklar va investitsiya fondlarida dolzarb iqtisodiy masalalarni hal etuvchi malakali mutaxassislar sifatida faoliyat yuritadilar.

O'xshash dasturlar