WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti

Toshkent shahri Nodavlat Veb-sayt

5,732

Talabalar

1

Xorijiy talabalar

150

O'qituvchilar

12

Fakultetlar

4

Kafedralar

2021

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

Institut haqida

Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti — zamonaviy oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, bugungi global mehnat bozori talablariga mos yuqori sifatli ta’limni taqdim etadi.

Institut akademik bilim, ilmiy tadqiqot va amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni uyg‘unlashtirgan holda, talabalarning kasbiy kompetensiyalari, tahliliy fikrlashi va yetakchilik salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Akademik mukammallik

Ta’lim dasturlari milliy va xalqaro standartlar hamda zamonaviy mehnat bozori ehtiyojlari asosida ishlab chiqilgan. Talabalar innovatsion ta’lim metodlari, loyiha ishlari va amaliyot dasturlari orqali nazariy bilimlarini mustahkamlaydilar.

Talabaga yo‘naltirilgan ta’lim muhiti

Institutda tajribali professor-o‘qituvchilar, zamonaviy texnologiyalar va raqamli ta’lim resurslari asosida qulay akademik muhit yaratilgan.

Xalqaro hamkorlik

Institut mahalliy va xorijiy universitetlar, ilmiy markazlar hamda sanoat korxonalari bilan hamkorlikni rivojlantiradi. Bu talabalar uchun akademik almashinuv, amaliyot va xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlarini yaratadi.

Karyera imkoniyatlari

Bitiruvchilar davlat va xususiy sektor, xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari hamda biznes sohalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

Xorijiy talabalar uchun

Xorijiy talabalar uchun imkoniyatlar

Toshkent Menejment va Iqtisodiyot Institutida (TIME) xorijiy talabalar sifatli ta'lim, amaliy tajriba va xalqaro imkoniyatlarni o'zida mujassam etgan zamonaviy akademik muhitning bir qismiga aylanishadi.

Biz talabalarni zamonaviy bilim, amaliy ko'nikmalar va global dunyoqarash bilan ta'minlab, ularni xalqaro mehnat bozorida muvaffaqiyat qozonishga tayyorlaymiz.

━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━

Sifatli ta'lim

TIME xalqaro standartlarga mos zamonaviy ta'lim dasturlarini taklif etadi. Talabalar nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy tajriba ham orttirib, kelajakdagi kasbiy faoliyatga puxta tayyorlanadilar.

━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━

Xalqaro ta'lim muhiti

Talabalar turli mamlakatlardan kelgan tengdoshlari bilan birgalikda tahsil olib, madaniyatlararo muloqot, hamkorlik va xalqaro aloqalarni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━

Akademik mobillik va xalqaro imkoniyatlar

TIME hamkor universitetlari va xalqaro tashkilotlar bilan olib borilayotgan hamkorlik orqali talabalar almashinuv dasturlari, xalqaro konferensiyalar, seminarlar, yozgi va qishki maktablar hamda boshqa xalqaro loyihalarda ishtirok etishlari mumkin.

━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━

Kasbiy rivojlanish

Talabalar amaliyot, sanoat hamkorligi, ilmiy loyihalar va professional tadbirlar orqali o'z kasbiy salohiyatini rivojlantirib, muvaffaqiyatli faoliyat uchun zarur tajribaga ega bo'ladilar.

━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━

Talabalarni qo'llab-quvvatlash

TIME xorijiy talabalarni o'qishga qabul qilish jarayonidan boshlab bitirguniga qadar doimiy akademik va ma'muriy yordam bilan ta'minlaydi.

━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━

O'zbekistonni kashf eting

O'zbekistonda tahsil olish orqali talabalar Markaziy Osiyoning boy tarixi, madaniyati, milliy qadriyatlari va mehmondo'stligi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━

Xalqaro yozgi va qishki maktablar

Talabalar hamkor universitetlar bilan tashkil etiladigan yozgi va qishki maktablar, qisqa muddatli kurslar, treninglar va xalqaro seminarlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega.

━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━

Nima uchun aynan TIME?

• Toshkent va Farg'onadagi zamonaviy kampuslar

• Xalqaro yo'naltirilgan ta'lim dasturlari

• Tajribali professor-o'qituvchilar

• Akademik almashinuv dasturlari

• Ilmiy tadqiqot va innovatsion loyihalar

• Zamonaviy kutubxona va raqamli resurslar

• Hamyonbop kontrakt va yashash xarajatlari

• Ko'p millatli do'stona muhit

• Xorijiy talabalarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash

• Markaziy Osiyoning markazida qulay joylashuv

━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━

Student Travel Program – Studentravel.uz

TIME xorijiy talabalar uchun Studentravel.uz loyihasi orqali O'zbekiston bo'ylab sayohat qilishning noyob imkoniyatini taqdim etadi.

Talabalar Samarqand, Buxoro, Xiva, Chimgan, Chorvoq va mamlakatning boshqa diqqatga sazovor maskanlariga bozor narxlariga nisbatan 30–50% arzon narxlarda sayohat qilishlari mumkin.

Loyiha asosan TIME talabalari tomonidan tashkil etilib, xorijiy talabalarga O'zbekistonni mahalliy yoshlar nigohi bilan kashf etish, yangi do'stlar orttirish va unutilmas xotiralar yaratish imkonini beradi.

━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━

TIME bilan kelajagingizni bugundan boshlang!

O'rganing. Sayohat qiling. Rivojlaning. Muvaffaqiyatga erishing.

Xalqaro hamkorlik

Xalqaro hamkorlik orqali global imkoniyatlarni yaratamiz

Toshkent Menejment va Iqtisodiyot Instituti (TIME) talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun ta'lim, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar hamda madaniy almashinuv sohalarida global imkoniyatlarni yaratish maqsadida xalqaro akademik va professional hamkorlar tarmog‘ini faol ravishda kengaytirib bormoqda.

Dunyoning yetakchi universitetlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, xalqaro tashkilotlari va sanoat hamkorlari bilan olib borilayotgan hamkorlik TIMEda ta'lim sifatini oshirish, akademik salohiyatni rivojlantirish hamda bitiruvchilarni global mehnat bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishga tayyorlashga xizmat qiladi.

Akademik almashinuv

Xalqaro hamkorlik dasturlari talabalar, professorlar va o‘qituvchilarga akademik mobillik dasturlari, almashinuv semestrlari, mehmon ma'ruzalari hamda qo‘shma ta'lim loyihalarida ishtirok etish imkonini beradi. Bunday hamkorlik bilim almashish, pedagogik tajriba va xalqaro ilg‘or amaliyotlarni o‘zlashtirishga xizmat qiladi.

Ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha hamkorlik

TIME xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, ilmiy maqolalar, xalqaro konferensiyalar hamda innovatsion loyihalarni faol qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu hamkorlik yangi ilmiy bilimlarni yaratish va institutning ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Madaniy almashinuv

Xalqaro hamkorlik talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida madaniyatlararo muloqot, global dunyoqarash va o‘zaro tushunishni rivojlantiradi. Turli madaniy tadbirlar, xalqaro forumlar va qo‘shma loyihalar orqali ishtirokchilar qimmatli xalqaro tajribaga ega bo‘ladilar.

Xalqaro hamkor universitetlar

Bolgariya

  • University of Agrobusiness and Rural Development – Plovdiv
  • University of National and World Economy

Rossiya

  • Institute of Scientific Communications
  • Minin Nizhny Novgorod State Pedagogical University
  • Moscow Technical University of Communications and Informatics
  • Siberian Federal University
  • Ural Federal University

Belarus

  • National Academy of Sciences of Belarus

Amerika Qo‘shma Shtatlari

  • University of Missouri

Kanada

  • University Canada West

Qozog‘iston

  • Karaganda University of Kazpotrebsoyuz
  • E.A. Buketov Karaganda University

Janubiy Koreya

  • Kyungdong University
  • Kyungwoon University

Xitoy

  • Shaanxi Vocational Academy of Art
  • Hebei University of Economics and Business

Latviya

  • Riga Technical University

Vengriya

  • University of Debrecen

Indoneziya

  • Wahid Hasyim University

Polsha

  • Poznań University of Life Sciences
  • WSB University

Malayziya

  • INTI International University
  • UCSI University
  • Universiti Putra Malaysia (UPM)

Italiya

  • University of L'Aquila
  • Università degli Studi "G. d'Annunzio" Chieti – Pescara

Chexiya

  • University of Ostrava
  • Czech University of Life Sciences Prague (CZU)

Ozarbayjon

  • Azerbaijan State University of Economics (UNEC)

Qirg‘iziston

  • Osh Technological University

Xalqaro tashkilotlar

TIME oliy ta'limni rivojlantirish, akademik mobillik, ta'lim sifatini ta'minlash, xalqaro baholash standartlarini joriy etish hamda global ta'lim imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiluvchi xalqaro nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

  • British Council (Buyuk Britaniya)
  • ETS – Educational Testing Service (TOEFL, AQSh)
  • CEEMAN – Dinamik rivojlanayotgan jamiyatlarda menejmentni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro assotsiatsiya

Tegishli yangiliklar

  • TIME va Ural Federal Universitetining Iqtisodiyot va boshqaruv instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
  • Hamkorlik memorandumi imzolandi.
  • TIME va Beijing Ruipan International Education o‘rtasida ikki tomonlama xalqaro hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Til kurslari

Institutda ta’lim o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.
Shuningdek, Institutda IELTS va TOEFL xalqaro ingliz tili imtihonlarini topshirish imkoniyati mavjud. Imtihonda ishtirok etish uchun Institutning Xalqaro bo‘limiga murojaat qilib, tegishli ariza topshirish lozim.

Fakultetlar

Umumiy tavsifi

 

60410800 - Menejment ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavr tayyorlash kunduzgi va sirtqi shakllarida amalga oshiriladi. Ваrсhа ta'lim shakllari booyicha o'qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. (Oliy harbiy ta'lim muassasalari bundan mustasno). Kunduzgi ta'limda bakalavriat dasturining mе'уоriу muddati 4 yil.
Dasturni muvaffaqiyatli tugatgandan so'ng:
(a) fuqarolik jamiyatining dolzarb masalalarini bilishi, О'zbekistonni rivojlantirish strategiyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga ega bo'lishi;
(b)  dunyoqarash bilan bog'liq falsafiy bilimlar tizimigaega bo'lishi, mustaqil tahlil qila olishi, kasbiy faoliyatda ularni hisobga оlа bilishi;
(c) vatan tarixini bilishi, ma'naviy milliy vа umuminsoniy qadriyatlar masalalari yuzasidan o'z fikrini bayon qila olishi vа ilmiy asoslay bilishi, milliy istiqlol g'oyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazatga ega bo'lishi;
(d) xo'jalik yurituvchi sub'ekt faoliyatini rejalashtirish, hisob-kitob vа tahlil qilish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar, huquqiy hamda me'yoriy-huquqiy hujjatlarni bilishi; 
(e) rejalashtirish ishlarini tashkil etishi;  
(f) xo'jalik yurituvchi sub'ektni xo’jalik-moliyaviy va ishlab chiqarish faoliyati bo'yicha istiqbolli va joriy rejalarni (dasturlarini) ishlab chiqishi; 
(g) xo'jalik yurituvchi sub'ektlar iqtisodiy faoliyatini oqilona tashkil etishda mamlakatimiz va xorij tajribasini qo'llay olishi; 
(h) ishlab chiqarishning texnologik asoslarini bilishi; 
(i) xo'jalik yurituvchi sub'ektlar texnika-iqtisodiy hisob-kitoblari va xo’jalik faoliyati tahlilini olib borishda axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanishi; 
(j) mehnatni muhofaza qilish mе'уоrlаri va qoidalariga amal qilish, tarmoqlar vа sоhаlаr bo'yicha kоrхопаlаr faoliyati sifatini boshqarish jarayonlarini ishlab chiqish va tatbiq qilish; 
(k) zamonaviy axborot texnologiyalari tizimini yaratish va ulardan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash usullari vа mexanizmlarini ishlab chiqishi; tarmoqlar vа sohalar bo'yicha kоrxonalаrdа ishlab chiqarish samaradorligini ta'minlash bo'yicha ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish; 
(l) tаrmоqlаr vа sohalar bo'yicha kоrхопаlаr ishini tashkil qilishi vа uni boshqarishi;
(m) bajarayotgan faoliyati bo'yicha ish rejasini tuzishi va uni bajarishi, nazorat qilishi va amalga oshirgan ishining natijalarini baholashi lozim.

Umumiу tavsifi

 

60411200 - Marketing ta'lim yo'nalishi bo'yicha bаkаlаrlаr tayyorlash kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy shakllarida amalga oshiriladi. Ваrсhа ta'lim shakllari bo'yicha o'qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi (Oliy harbiy ta'lim muassasalari bundan mustasno). Kunduzgi ta'limda bakalavriat dasturining mе'уоriу muddati 4 yil. 
Dasturni muvaffaqiyatli tugatgandan so'ng: 
(a) tovarlar va xizmatlar bozorida marketing faoliyatini va mijozlar bilan o'zaro munosabatlami boshqarishni tashkil etish; 
(b) ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish korxonalari faoliyatini rivojlantirishda marketing tamoyillarini tatbiq etish;  
(c) ishlab chiqarish yaxizmatko'rsatish korxonalarida marketing faoliyatini axborot bilan ta'minlash, bozorning jozibadorligini tahlil etish, bozorni segmentlash vositasida ehtiyojlarni tahlil etish; 
(d) korxonalarda marketing faoliyatini samarali boshqarish, zamonaviy marketing kontsepsiyalarini amaliyotgatatbiq etish, tovar, паrх, sotish, kommunikatsiyabo'yicha strategik qarorlar qabul qilish; 
(e) ichki va tashqi bozor kon'yunkturasini tahlil etish va prognozlash, bozordagi raqobat muhitini, iste'molchilar xulq-atvorini o'rganish, bozor va marketing tadqiqotlari o'tkazishni tashkil etish; 
(f) tovarlar va xizmatlar bozorini rivojlanish tendensiyasini o'rganish;  
(g) marketing sohasiga oid me'yoriy-huquqiy hujjatlarni, iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlari vа qonuniyatlarini bilish; 
(h) maqsadli segmentni tanlash, firmaning raqobatbardoshligini tahlil etish vа marketing strategiyasini tanlash, taqsimot kanallarini belgilash;  
(i) tоvаrlаr raqobatbardoshligini oshirish, yangi tovarlar ishlab chiqarish, marketing innovatsiyalarini amaliyotga joriy etish; 
(j) korxonalarda brend yaratish jarayonlari boshqarish, strategik brend menejmentini yo'lga qo'yish, mahalliy va xalqaro bozorlarda brеndlаrпi samarali ilgari surishga qaratilgan faoliyatlarni amalga oshirish; 
(k) bozorni qamrab olish strategiyasi, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish korxonalarini rivojlantirish bo'yicha marketing rejasi, korxonaning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish.

Umumiy tavsif

 

60310300 – Psixologiya ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzi, sirtqi, ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo’yicha o’qitish kredit-modul  asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil.

Mazkur ta’lim yo’nalish bo’yicha Malaka talablari, o’quv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish va yangilash, ular asosida o’quv jarayonini samarali amalga oshirish uchun mas’ul hamda o’z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta’lim tashkilotining boshqaruv hodimlari (rektor, prorektorlar, o’quv bo’limi boshlig’I, dekanlar, va kafedra mudirlari) va professor-o’qituvchilari hisoblanadilar. 

Umumiy tavsif

 

60110200 - Maklabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorash kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 3 yil.
Maklabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr bitiruvchilari o‘qishni tamomlagandan so‘ng davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi davlat boshqaruv organlari, maktabgacha ta’lim muammolari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda faoliyat olib borish, O‘zbekiston Respublikasi Fanllar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, maktabgacha ta’lim muammolari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda kompleks masalalarni yechish huquqiga ega bo‘ladi.

Umumiy tavsif

 

60610400-Dasturiy injiniring ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzi, sirtqi, ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit-modul  asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil. Mazkur ta’lim yo‘nalish bo‘yicha Malaka talablari, o‘quv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish va yangilash, ular asosida o‘quv jarayonini samarali amalga oshirish uchun mas’ul hamda o‘z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta’lim tashkilotining boshqaruv hodimlari (rektor, prorektorlar, o‘quv bo‘limi boshlig‘i, dekanlar, va kafedra mudirlari) va professor-o‘qituvchilari hisoblanadilar.
Dasturni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng:
Zamonaviy dasturlash tillari va texnologiyalari bo‘yicha chuqur nazariy bilimlar.
Dasturiy ta'minotni ishlab chiqish jarayonlari, metodologiyalari (Agile, Scrum, Waterfall) va ularning qo‘llanilish sohasi.
Algoritmlar va ma'lumotlar tuzilmalari asoslari.
Ma'lumotlar bazalarini loyihalash, boshqarish va optimallashtirish bo‘yicha bilimlar.
Tizim tahlili va arxitekturasi bo‘yicha nazariy tushunchalar.
Katta hajmdagi dasturiy loyihalarni ishlab chiqish, texnik hujjatlarni tayyorlash va loyiha boshqaruvini amalga oshirish.
Ma'lumotlar bazalari bilan ishlash: SQL so‘rovlarini yozish va optimallashtirish, noSQL texnologiyalaridan foydalanish.
Testlash, debugging va dasturiy ta'minotni optimallashtirish jarayonlarini samarali amalga oshirish.
Jamoada ishlash va texnologik vositalardan foydalangan holda hamkorlikda dasturiy mahsulotlar yaratish.
Tizim xavfsizligini ta'minlash va xavflarni aniqlash bo‘yicha asosiy ko‘nikmalar.
Loyihalarni boshqarish va mijoz talablariga mos yechimlarni ishlab chiqish.
Dasturiy ta'minotning texnik talablari va foydalanuvchi ehtiyojlarini aniqlash, ularga mos dasturiy yechimlarni ishlab chiqish.
Mobil va veb-ilovalarni yaratish, shuningdek, ularni server tomonida integratsiya qilish.
Sun'iy intellekt va mashinani o‘rganish bo‘yicha boshlang‘ich darajadagi amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Dasturiy mahsulotlarni tijoratlashtirish va bozor talablari asosida yangilab borish.


Umumiу tavsifi

 

60721700-Kadastr ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzi, sirtqi, ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo’yicha o’qitish kredit-modul asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil. Mazkur ta’lim yo’nalish bo’yicha Malaka talablari, o’quv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish va yangilash, ular asosida o’quv jarayonini samarali amalga oshirish uchun mas’ul hamda o’z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta’lim tashkilotining boshqaruv hodimlari (rektor, prorektorlar, o’quv bo’limi boshlig’i, dekanlar, va kafedra mudirlari) va professor-o’qituvchilari hisoblanadilar. 

Kurs tavsifi

 

60410100-Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi turli mulk shakllariga tegishli tarmoq, sohalarning xo‘jalik yurituvchi subyektlari, moliya, kredit va sug‘urta muassasalari, davlat hamda mahalliy hokimiyat organlari, akademik va tarmoq, ilmiy tadqiqot tashkilotlari, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarning iqtisodiy, moliya, marketing, ishlab chiqarish – iqtisodiy va tahlil xizmatlarini o‘z ichiga oladi, tarmoqlar va korxonalarni rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik kobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublari bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Dasturni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng:
ishlab chiqarishni tashkil etish, tashkiliy tuzilmalarni optimallashtirish, resurslardan samarali foydalanish hamda korxona (tashkilot)ni rivojlantirish strategiyasini qo‘llash, tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish;
ijodiy fikrlash, muzokaralar, uchrashuvlar, ishbilarmonlik yozishmalarini olib borish va onlayn aloqalarni amalga oshirish;
korporativ axborot tizimlarini, moliyaviy-iqtisodiy tahlil va moliyaviy hisobotlarni tayyorlashni, ma’lumotlar bazasini yuritish;
strategik va operatsion rejalashtirish, ishni samarali tashkil etish, boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini, xodimlar jamoasiga yetakchilik qilish;
iqtisodiy o‘sish, strategik tahlil qilish, raqobatdoshlikni ta’minlashga qaratilgan tashkilot strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
aktivlarni baholash, aylanma mablag‘larni boshqarish, dividend siyosati va kapital tuzilmasini shakllantirishda moliyaviy
boshqaruvning asosiy usullarini qo‘llash;
loyihalar, biznes-rejalar va shartnomalarni shakllantirish hamda boshqarish, ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish;
makroiqtisodiy muhitni, bozor va unga xos xatarlarni, raqobat muhitini tahlil qilish va baholash;
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatiga ta’luqli qarorlarni qabul qilishda, ularni aniq vazifalarga moslashtirish orqali iqtisodiy, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv modellarini shakllantirishda miqdoriy va sifatli tahlil qilish;
tashkilotning moliyaviy hisobotlarini shakllantirishda moliyaviy buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplari va standartlarini, boshqaruv hisobi ma’lumotlari asosida xarajatlarni boshqarish va qarorlarni qabul qilish;
biznes jarayonlarini modellashtirish, biznes yuritishning iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarini baholash, yangi bozor imkoniyatlarini aniqlash va yangi biznes modellarini shakllantirish;
yangi tashkilotlarni (faoliyat yo‘nalishlari, mahsulotlari) yaratish va rivojlantirish uchun biznes rejalashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.

Umumiy tavsif

 

60410200 Buxgalteriya hisobi ta'lim yo'nalishi bo'yioha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va sirtqi shakllarida amalga oshiriladi. Ваrсhа ta'lim shakllari bo'yicha o'qitish kredit-modul tiztmi asosida tashkil qilinadi (Oliy harbiy ta'lim muassasalari bundan mustasno). Kunduzgi ta'limda bakalavriat dasturining me'yoriy muddati 4 yil.
Dasturni muvaffaqiyatli tugatgandan so'ng:
- ilmiy-tadqiqot institutlari vа markazlarda tarmoqlar va sohalarni zamonaviy boshqarish usullari bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda qatnashish; 
(b) xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni buxgalteriya hisobining milliy standartlari va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy qilish, buxgalteriya hisobini mazkur standartlar talablari asosida yuritishga bag'ishlangan mamlakatdagi va xorijiy davlatlardagi fan-texnika yutuqlari, maxsus adabiyotlar va boshqa ilmiytexnik axborotlarni o'rganish ча tizimlashtirish;
(c) tarmoqlar vа sohalarda auditning xalqaro standartlari talablari asosida nazoratni ta'minlash borasidagi muammoli mаvzular bo'yicha axborotlarni yig'ish, qayta ishlash, tahlil qilish va tizimlashtirish ishlarini amalga oshirish;
(d) ilmiy-tadqiqot mavzusi doirasida ilmiy-amaliy ma'lumotlami yig'ish, tahlil qilish va ulаrпi tizimlashtirish; 
(e) internet tarmog'ida eng yangi ilmiy yutuqlar haqidagi ma'lumotlarni maqsadga yo'nalgan holda qidirish va topish;
(f) ilmiy tadqiqot ishlanmalarini tayyorlash, soha adabiyotlari ekspertizasini amalga oshirishda qatnashish; tadqiqot natijalari vа ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish.

Umumiy tavsif

 

60610300-Kompyuter injiniringi ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzi, sirtqi, ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo’yicha o’qitish kredit-modul  asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil. 
Mazkur ta’lim yo’nalish bo’yicha Malaka talablari, o’quv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish va yangilash, ular asosida o’quv jarayonini samarali amalga oshirish uchun mas’ul hamda o’z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta’lim tashkilotining boshqaruv hodimlari (rektor, prorektorlar, o’quv bo’limi boshlig’I, dekanlar, va kafedra mudirlari) va professor-o’qituvchilari hisoblanadilar.

Umumiу tavsifi

 

60410500 - Moliya va moliyaviy texnologiyalar ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va sirtqi ta'lim shakllarida amalga oshiriladi. kunduzgi ta'limda bakalavriat dasturining me'yoriy muddati 4 yil.
Dasturni muvaffaqiyatli tugatgandan so'ng:
(a) moliyani boshqarish strategiyasini bilish va amaliyotda qo'llay olish;
(b) moliyaviy faoliyatga doir muammolarni aniqlash va yechimlarini amaliyotga tatbiq etish;
(c) maqsadga budjet mablag'laridan foydalanish oshiriladigan chora-tadbirlarni tashkil etish hisobotini tuzish;
(d) moliyaviy texnologiyalat, moliya bozori, kredit tashkilotlari, budjet-soliq sohasida qo'llaniladigan turli tartib, usullar, standartlarni ishlab chiqishda qatnashish;
(e) moliya bozorida moliyaviy texnologiyalar asosida operatsiyalarni muvaffaqiyatli tashkil etish;
(f) moliyaviy texnologiyalar sohasida moliyaviy qarorlar qabul qilishda strategik moliyaviy tahlil metodlarini qo'llay olish;(g) moliyaviy texnologiyalar yordamida xalqaro operatsiyalarni muvaffaqiyatli tashkil etish va amalga oshirish;
(h) davlat hokimiyati organlarida moliyaviy texnologiyalami rivojlantirish bo'yicha hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish, qabul qilingan hujjatlar ijrosini ta'minlash;

Umumiу tavsifi

 

60410300-Soliqlar va soliqqa tortish ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va sirtqi ta'lim shakllarida amalga oshiriladi. Ваrсhа ta'lim shakllari bo'yicha o'qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta'limda bakalavriat dasturining me'yoriy muddati 4 yil.
Dasturni muvaffaqiyatli tugatgandan so'ng: 
(a) soliq xizmati organlari ishini tashkil qilish va faoliyatini boshqarish; 
(b) soliq ishini tashkil etish uchun zarut bolgan shart-sharoitlarni yaratish va resurslarni rejalashtirish; 
(c) innovatsion axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llagan holda soliq ma'murchiligini tashkil etish; 
(d) innovatsion axborot texnologiyalar tizimini yaratish va ulardan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan ishlab chigarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash metodlari va mexanizmlarini ishlab chiqish; soliq solish amaliyotida yuz bergan muаmmоlаrni yechish yo'llarini izlash, ilg'or tajriba va sinalgan metodlarni amaliyotga tatbiq etish;  
(e) xizmat yazifalarini bajarish chog'ida unga mа'lum bolgan xizmat sirlari va boshqa ma'lumotlarni, shuningdek davlat sirlarini saqlash, ularning oshkor etilishiga уо'1 qo'ymaslik;  
(f) bajarayotgan faoliyati bo'yicha ish rejasi tuzish va uni bajarish, nazorat qilish va amalga oshirgan ishining natijalarini baholash; 
(g) yuridik va jismoniy shaxslarning soliq solish va soliq qonunchiligi buzilishi masalalari bo'yicha murojaatlarini ko’rib chiqish; 
(h) 60410300 - "Soliqlar va soliqqa tortish" ta'lim yo'пalishi fuqarolarning og'zaki va yozma murojaatlarini, shikoyat уа aizalarini ko'rib chiqish va qonuniy tartibda hal etish;  
(i) soliq to'lashdan bo'yin tovlayotgan shubhali soliq to'lovchilarni aniqlash; 
(j) nazotat qiluvchi organlarining xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish masalalari bо' yicha ishlarini muvofiqlashtirish; 
(k) soliq tekshiruvlarini o'tkazish, soliq to'lovchilarning moliya-xo'jalik faoliyatini taftish qilish, buxgalteriya hisoblari, statistik, soliq vа moliyaviy hisobotlar haqqoniyligini tekshirish; (l) рul mablag'larining noqonuniy aylanishi manbalariga bаrhаm berish choralarini amalga oshirish, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul tushumlarining bank kassalariga o'z vaqtida va to'liq topshirilishi yuzasidan soliq tekshiruvlarini tashkil qilish; 
(m) savdo vа xizmatlar ko'rsatish qoidalariga rioya etilishini nazotat qilish, shu jumladan nazorat-kassa mashinalarini, plastik kartochkalardan to'lovlarni qabul qilib olish bo'yicha hisob-kitob terminallarini qo'llanish, alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotish hamda markirovka qilish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan qisqa muddatli tekshirishlarni o'tkazish;  
(n) bozorlar, savdo komplekslari hududlarida vа ulаrgа tutash bo’lgan avtomobillarni vaqtinchalik saqlash joylarida moliyaviy-iqtisodiy hamda soliq sohasidagi jinoyatlar vа boshqa huquq buzilishlarini aniqlash va oldini olish, ularning hududlarida sifatsiz, qalbakilashtirilgan, kontrafakt yoki kontrabanda tovarlarini tayyorlash vа sotishga qarshi kurashishni tashkil etish;  
(o) soliq sohasida huquqbuzarlikka уо'1 qo'ygan xo’jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan moliyaviy vа boshqa jazo choralarini qo' llashni ta'minlash.

Umumiy tavsif

 

60711000 —Mexatronika va robototexnika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchilar pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tgan taqdirda, professional ta’lim muassasalarida ta’limning vakolatli boshqaruv organlari tomonidan aniqlanadigan umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish bo‘yicha pedagogik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi. Mexatronika va robototexnika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi sanoat, qishloq xo’jaligi va xizmat ko’rsatish sohasi korxonalarida mexatron va robototexnik tizimlami loyihalash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, ulami diagnostika qilish, sinash va ekspluatatsiya qilish hamda ulardan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni tashkil etish va takomillashtirish bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi. 

Ta'lim yo'nalishlari

Bojxona ishi (faoliyat turlari bo‘yicha) 60410300 Bakalavr
Buxgalteriya hisobi 60410200 Bakalavr
Dasturiy injiniring 60610400 Bakalavr Magistr
Davlat moliyaviy nazorati va auditi 70410506 Magistr
Iqtisodiyot 60310100 Bakalavr
Iqtisodiyot 60410100 Bakalavr
Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo'yicha 70310102 Magistr
Kadastr 60721700 Bakalavr
Kompyuter injiniringi 60610300 Bakalavr Magistr
Maktabgacha ta’lim 60110200 Bakalavr
Marketing 60411200 Bakalavr Magistr
Menejment 60410800 Bakalavr Magistr
Mexatronika va robototexnika 60711000 Bakalavr
Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410500 Bakalavr
Psixologiya 60310300 Bakalavr
Soliqlar va soliqqa tortish 60410300 Bakalavr

Mashhur bitiruvchilar

Turdibekova Sitora Shavkat Qizi

Xalqaro toifadagi sport ustasi, Osiyo chempioni, Parij–2024 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Turdibekova Sitora Shavkat qizi — o‘zbekistonlik professional bokschi, xalqaro toifadagi sport ustasi, Osiyo chempioni va Parij–2024 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi. U xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib, mamlakat sporti rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda hamda yosh avlod uchun ilhom manbai hisoblanadi. Yutuqlari 🥇 2021-yil — Boks bo‘yicha Osiyo chempioni (57 kg). 🥉 2021-yil — Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bronza medali sovrindori. 🥊 2024-yil — Parij XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi. 🇺🇿 O‘zbekiston ayollar boks terma jamoasi a’zosi. 🎖️ "Jasorat" davlat medali bilan taqdirlangan (2024)

Gʻaybnazarov Fazliddin Xasanboyevich

Olimpiya chempioni, Jahon chempionati kumush medali sovrindori, Osiyo chempionati kumush medali sovrindori Gʻaybnazarov Fazliddin Xasanboyevich — o‘zbekistonlik bokschi, Olimpiya chempioni, jahon va Osiyo chempionatlari kumush medali sovrindori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi. U xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib, mamlakat sporti rivojiga katta hissa qo‘shgan hamda yosh avlod uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. Yutuqlari 🥇 Rio–2016 Olimpiya o‘yinlari chempioni. 🥈 2015-yil boks bo‘yicha Jahon chempionati kumush medali sovrindori. 🥈 2015-yil Osiyo chempionati kumush medali sovrindori. 🥊 London–2012 va Rio–2016 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi. 🇺🇿 O‘zbekiston milliy boks terma jamoasi a'zosi. 🎖️ "Oʻzbekiston iftixori" faxriy unvoni bilan taqdirlangan.