WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Samarqand davlat texnika universiteti

Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji

Magistr Kunduzgi 2 yil Qo'shma dastur

Dastur haqida

70730401 - Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji

Tavsif:

Ushbu ta’lim dasturi orqali siz hozirgi Muhandislik sohalarida ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini loyihalash, texnologik jarayonlar va mehnatni tashkil etish va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, loyihaviy va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish, suv ta’minoti tizmlari, issiqlik va isitish tizimlari, gaz ta’minoti, binolarda tabiiy va sun’iy havo almashtirish tizimlari, suvoqova tizimlari hamda energiya samarador va tejamkor muhandislik tizimlarini loyihalash, amaliyotda axborot texnologiyalarning xalqaro va kasbiy standartlarini, zamonaviy uslublarini, instrumental va hisoblash vositalarini tayyorgarlik ixtisosligiga mos ravishda qoʻllash orqali “Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji” yo’nalishi bo’yicha bilim va malakalarga ega bo’lasiz.

Siz 2 yil davomida “Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji” ta’lim yo’nalishi bo’yicha ko’plab nazariv va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lasiz. Eng yangi va zamonaviy laboratoriya uskunalarida o’qitilayotgan fanlarni o’zlashtirasiz va uni amaliyotda qo’llashga imkon yaratiladi. Bizning ta’lim yo’nalishimiz orqali siz bugungi kunda ko’zlagan maqsadingizga erishasiz.

Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestir(2 yil) davomida jami:
120 kredit
to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan

Jami auditoriya soati: 3600 soat

Seminar: 210 soat

Bitiruv malakaviy ishi: 1200 soatni tashkil etadi.

 

O’quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

71

1 – 4

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish

Seminar

3

2

Attestatsiya

8

1 – 4

Yakuniy davlat attestatsiyalari

4

4

Ta’tillar

12

1 – 4

Kredit ta’lim tizimiga kirish

4

1 – 4

Jami

102

 

 

 

Qo’shimcha izoxlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi

O'xshash dasturlar