WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Etnogenez (o‘zbek xalqining etnik tarixi)

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

TARIX FAKULTETI

70220402-Etnogenez (o`zbek halqining etnik tarixi)

Bu yo‘nalishda tahsil olganlar arxeologiya bilim sohasi uchun zarur bo‘lgan fundamental fanlarni chuqur o‘rganishning ilmiy va nazariy asoslarini o`rganish nazarda tutilgan.

Kredit

Jami soat

Auditoriya soati

Kurs ishi

Malakaviy asmaliyot

Mustaqil ta’lim

Jami

Ma’ruza

amaliy

Laboratoriya

seminar

120

3600

650

298

32

 

320

 

420

2950

 

Yo‘nalish kurs bosqishlarida:

         - Markaziy Osiyo halqalarining etnogenezi va etnik tarixi, o‘zbek milliy etnologiya maktabining shakllanishi va rivoji, Madaniy antropologiya, etnogenez va etnik tarixixni nazariy asoslari, O`rta Osiyo antropologiyasi, toponimika (etnotoponimiya va etnonimiya), etnopsixologiya fanlarini o‘rganish bilan arxeologiya bilim sohasi uchun zarur bo‘lgan fundamental fanlarni chuqur o‘rganishning ilmiy va nazariy asoslarini ta’minlashi lozim.

         - bilimlarni yo‘naltirishda muhim hisoblangan fundamental umumkasbiy bilimlarni, amaliyotdagi qobiliyat va yangiliklarni shakllantirish;

         - etnogenez ta’lim sohasi yo‘nalishidagi ixtisoslik fanlarni o‘rganish va chuqur egallash uchun zarur bo‘lgan fundamental umumkasbiy bilimlarni, amaliy ko‘nikma va o‘quvlarni shakllantirishi;

         - umumkasbiy fanlar o‘zlashtirishni ta’minlash, etnogenez fani sohalari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lish va qayta ishlash metodlaridan zaruriy bilimga ega bo‘lish;

         -  etnogenez mutaxassisligida olingan ma’lumot va natijalarni qayta ishlash yo‘riqlariga oid bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmalarini ta’minlashi lozim.

         - etnogenez mutaxassisligi magstrantlarining kasbiy faoliyatiga muvofiq butun jahon va mamlakatimizda sohadagi mavjud muammolar, erishilgan yutuqlar va sohani rivojlantirish istiqbollari haqida tassavur hosil qilishi;

         - etnologik manbalardan unumli foydalanish, ulardan etnologik tadqiqotlarda foydalana olish bo‘yicha muhim bilimlar olishni ta’minlash;

         -  etnogenez mutaxassisligi magstrantlarining oliy ta’limdan keying ta’lim bo‘yicha kelgusida ta’limni davom ettirishga ongli munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashishi;

         - o‘qitish jarayoni, o‘qitishning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari; ta’limda ilmiylik, izchillik, muvofiqlik, ijodiylik va boshqa prinsiplar; ta’lim jarayonida motivatsiya; ta’lim metodlari, vositalari va texnologiyalari; umumiy va xususiy metodlar; ta’lim va aqliy taraqqiyot; tarbiya metodlari va formalari; bo‘lg‘usi etnolog shaxsi sifatlari; etnologik qobiliyat: nazariya va amaliyot haqida bilim berishi borasida ilmiy bilimlar, amaliy mahorat va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

Shuningdek kurs bosqichlarida ilmiy amaliyot(stajerovka) o‘taydilar.

1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.

GPA ko‘rsatkichi har yili avgust oyining uchinchi haftasida aniqlanadi.

O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda magistrlar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 % gacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 % gacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.

Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga magistrlik dissertatsiya ishini himoya qilish ham kiradi.

O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta'lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.

Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta'minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.

Kurs ishlari shu fanga ajratilgan mustaqil ta'lim soatlari hisobidan I kredit asosida bajariladi.

 

O`quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestr

Nazariy va amaliy ta`lim

45

1-3

Ilmiy amaliyot (stajirovka)

6

3

Ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash

9

3

Attestatsiyalar

10

1,2,3

Ta`til haftalari

28

1-4

Kredit ta’limga kirish

2

1,3

JAMI

100

 

 

 

 

 

TA’TIL VAQTI:

1. 1-kurs:

  -dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-         07.01.2024)

   - iyul oyining 2-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 10.07.2024-02.09.2024)

2. 2-kurs:

   -dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi(2024-yil uchun 25.12.2024-07.01.2025)

- iyun oyining 5-haftasidan.

 

FANLAR

  1. Jahon  madaniyati tizimida O’zbekiston arxeologiyasi yutuqlari
  2. O`zbekiston tarixi fanida innovasiyalar
  3. Madaniy antropologiya
  4. Etnogenez va etnik tarixning nazariy asoslari
  5. Markaziy Osiyo halqalarining etnogenezi va etnik tarixi
  6. O`rta Osiyo antropologiyasi
  7. Toponimika (etnotoponimiya va etnonimiya)
  8. Etnologiyada zamonaviy tadqiqot usullari
  9. O‘zbek xalqining moddiy va ma’naviy  madaniyati
  10. O‘zbek xalqining moddiy va ma’naviy  madaniyati
  11. O‘zbek milliy etnologiya maktabining shakllanishi va rivoji
  12. Antik va ilk o‘rta asrlarda O`rta Osiyodagi diniy jarayonlar

 

 

 

 

 

O'xshash dasturlar